O'zbekistonda o'tkazilgan I, II, III, Toshkent xalqaro investitsiya forumi
O'zbekistonda o'tkazilgan I, II va III Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim tadbirlar bo'lib, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, biznes muhiti va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
I Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2022-yil 24-26-mart kunlari o'tkazildi. Forumda dunyoning turli nuqtalaridan 56 ta davlatdan 1,5 ming vakillar ishtirok etdi. O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Forumda global va mintaqaviy iqtisodiy o'sish, investitsiya muhitini yaxshilash, innovatsion texnologiyalar va raqamli transformatsiya kabi mavzular muhokama qilindi. Tadbirda turli mamlakatlardan hukumat vakillari, biznes liderlari, moliya institutlari va ekspertlar ishtirok etishdi. Forum doirasida biznes uchrashuvlari, panel muhokamalari va turli sessiyalar o'tkazildi, bu esa ishtirokchilarga investitsiya imkoniyatlarini o'rganish va yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatish imkonini berdi. Forumda jami 7,8 milliard dollarlik shartnoma imzolandi.
2023-yil 27-28-aprel kunlari o‘tkazilgan II Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi yangi sahifa ochdi. Ushbu tadbir O‘zbekistonning investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro darajada muhim e’tibor qozondi. Unda dunyoning 70 davlatidan 2,5 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etdi. Ushbu forumda muhokama qilingan mavzular, ayniqsa, sanoat, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida O‘zbekistonning yangi imkoniyatlarini ko‘rsatdi. Ishtirokchilar investitsiya qonunchiligidagi yangiliklar, davlat-xususiy sheriklik dasturlari va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr almashishdi.Xorijiy investorlar bilan yangi shartnomalar va kelishuvlar imzolandi. O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi innovatsion yondashuvlar taqdim etildi. Forum natijasida xorijiy investorlar bilan yangi shartnomalar va kelishuvlar imzolandi. O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi innovatsion yondashuvlar taqdim etildi. Forum davomida bir qator muhim kelishuvlar imzolandi, 3 milliard dollardan ortiq investitsiya shartnomalari qabul qilindi. II Toshkent xalqaro Investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar imzolandi.
2024-yil 2-3-may kunlari Toshkentda o‘tkazilgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga yangi turtki beradigan muhim tadbir bo‘ldi. 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegat ishtirok ushbu forum, bir tomondan, mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, ikkinchi tomondan esa investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan. Tadbir davomida O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va qonunchilikdagi yangiliklar haqida muhokama qilindi. Ishtirokchilar O‘zbekistondagi investitsiya muhitining yaxshilanishi, yangilangan qonunchilik va davlat-xususiy sheriklik dasturlari haqida ma’lumotlar olishdi. Forumda sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va raqamli iqtisodiyot kabi turli sohalarda yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Forum 30 ta mamlakatdan 110 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan dunyoning yetakchi nashrlari “CNN”, “Euronews”, “London Post”, va “Associated Press” tomonidan yoritildi. Forum yakuniga ko‘ra jami qiymati $26,6 mlrd.ga teng kelishuvlar imzolandi.