November 23, 2022

Quyidagilar rad etish uchun asos bo‘ladi:

🔹murojaatchi talab etiluvchi hujjatlarni taqdim etmaganda;

🔹murojaatchi o’ziga oid bo’lmagan soxta va noto’g’ri ma’lumot taqdim etganda;

🔹qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushganda;

🔹murojaatchiga nisbatan xorijga chiqishiga to‘sqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tugatilmagunga qadar;

🔹murojaatchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);

🔹murojaatchi ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa — nazorat to‘xtatilgungacha (ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);

🔹murojaatchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);

🔹agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa, majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun alimentlar oldindan to‘langanligi Bosh prokuratura huzuridagi MIBning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno;

🔹murojaatchiga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi axboroti mavjud bo‘lsa;

Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.