O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 01-aprel kunidagi 133-sonli va 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarorlari yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri.
Peshku tuman adliya bo‘limi tomonidan Peshku tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2025-yil 01-aprel kunidagi 133-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-sonli “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”g qarori yuzasidan targ‘ibot tadbilari tashkilotlarda amalga oshirilmoqda.
2025-yilning 01-avgust kuni Peshku tuman “Xorkash” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.
mahalla fuqarolar yigini binosida quyosh paneli o‘rnatilaganligi, ushbu panellarni o‘rnatish mablag‘ini tejashi yo‘lga qo‘yilishi bildirildi.
Mazkur Qarorda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash, yirik sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini tashkil etish, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali hamda tejamkor foydalanilishini, shuningdek, elektrlashtirish va bu borada davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni mahallalar kesimida targ‘ib qilib borish ishlarini tashkil etish,
quyosh paneli va quyosh kollektori o‘rnatish imkoniyati mavjud tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlarini aniqlash va ularga ushbu tejamkor uskunalarni o‘rnatishda ko‘maklashish, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa bino-inshootlar devor va tom qismlari germetik issiqligini saqlash holati va energiya samaradorligini o‘rganib, ularning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish hamda uning ijrosini ta’minlash va boshqa holatlar o‘z aksini topganligi tushuntirildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga energiya tejovchi imkoniyatlardan foydalanish faqatgina aholiga faqatgina foyda ekanligi tushuntirildi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga hududlarida yashovchi bacha fuqarolarga ham mazkur Qaror boyicha targ‘ibot va tushuntirish ishlar olib borilishlari bildirildi.