O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 01-aprel kunidagi 133-sonli va 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarorlari yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri.
Peshku tuman adliya bo‘limi tomonidan Peshku tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2025-yil 01-aprel kunidagi 133-sonli Qarori yuzasidan targ‘ibot tadbilari tashkilotlarda amalga oshirilmoqda.
2025-yilning 18-iyul kuni Peshku tuman “Shavgon” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolarning xonadaonlarida targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.
“Shavgon” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Shavgon” qishlog`ida yashovachi fuqaro Akramov Hojiurodning xonadonida mahalla fuqarolar yig`ini raisi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2025-yil 01-aprel kunidagi 133-sonli Qarori yuzasidan targibot tadbirlari“Shavgon” qishlog`ida yashovachi fuqaro Hotamova Gulzodaning xonadonida tagibot tadbirlari amalga oshirilib,
targ`ibot tadbirlari davomida fuqrolarga elektrlashtirish va bu borada davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni mahallalar kesimida targ‘ib qilib borish ishlarini tashkil etish, quyosh paneli va quyosh kollektori o‘rnatish imkoniyati mavjud tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlarini aniqlash va ularga ushbu tejamkor uskunalarni o‘rnatishda ko‘maklashish, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa bino-inshootlar devor va tom qismlari germetik issiqligini saqlash holati va energiya samaradorligini o‘rganib, ularning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish hamda uning ijrosini ta’minlash va boshqa holatlar o‘z aksini topganligi tushuntirildi.
Qarorda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash, yirik sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini tashkil etish, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali hamda tejamkor foydalanilishini, energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hamda tejamkor uskunalarning afzalliklari to`grisida va fuqarolar uylariga quyosh panellari o‘rnatishdagi afzalliklar hamda buo‘yicha beriladigan subsidiyalar to‘g‘risida tushuntirildi.
Fuqarolarga mazkur qaror yuzasidan tayyarlangan bukletlar tarqatildi.