September 18, 2020

KERAKSIZ bo'lgan BILIMLAR axlat chelakiga aylanib qolmaslikni UCHTA USULI

O'zingiz uchun KERAKSIZ bo'lgan BILIMLAR axlat chelakiga aylanib qolmaslikni UCHTA USULI (3 - qism)

Oldingi qismda biz o'rgangan bilimimizni amalda qo'llashga tayyorladik, bugun esa endi amalda qo'llashni o'rganamiz.

Shundaylar borki juda ko'p bilimga ega bo'lsa ham hayotida muvaffaqiyatga chinakam baxtga erishmagan. Shundaylar borki hayotida kam narsa bilib ularni amalda qo'llab ko'plab natijalarga erishgan.

Siz qaysi toifadagi inson bo'lishni xohlaysiz?

O'rganib bilim olishimizdan maqsad miyamizni ichini kerakmas narsalarga to'ldirib tashlash emas aksincha hayotimizda qo'llab o'zimiz kutgan natijaga erishishda. Bilim amalda qo'llanmasa u sizni o'stirib rivojlantirish o'rniga, umidsizlikga tushuradi, ikkilantiradi, ko'p o'ylanib harakat qilmas insonga aylantirishi ham mumkin. Bunday deyishimga sababim bor albatta. Shaxsan men bir paytlari juda aqlli edim o'zimcha lekin hayotimda hech qanday natija yo'q edi. Hayotida menga nisbatan ko'p natija qilganlar mendan maslahat so'rar edi.

O'rgangan bilimimizni amalda qo'llasakgina u qiymatga aylanadi hayotimizda o'zgarishlar qiladi. Shuning uchun sizga amalda qo'llash uchun bir nechta tavsiyalar berib o'taman:

72 SOAT QOIDASI

  • Agar siz 72 soat ichida o'rgangan bilimingizni amalda qo'llamasangiz 72 soatdan keyin amalda qo'llamasligingiz ehtimoli yuqori ya'ni amalda qo'llamaysiz.

"ПЫЛЕСОС" BO'LMANG"П

  • " Пылесос" dek barcha bilimlarni so'rib olayotgan bo'lsangiz endi to'xtang! Bilim olishni o'rniga nimalar bilishingizni yozib chiqing. Yozish qoidasi: shu paytgacha biladigan, lekin amalda qo'llamagan 5 ta bilimni yozing va ularni amalda qo'llab bo'lgach yana 5 tasini yozing. Toki sizda boshqa amalda qo'llash mumkin bo'lgan bilimlaringiz qolmaguncha shunday davom qildiring. Bu amaliyotni "KUNLIK VAZIFA" daftariga yozib bajarishingiz mumkin.

YANGIMISIZ?

  • Endi bilim olishni boshlagan bo'lsangiz o'rganganlaringizni amalda qo'llab boring. Misol uchun kitob o'qiyabsiz va uning ichidan amalda qo'llash mumkin bo'lgan 5 ta texnika yozib oldingiz va ularni amalda qo'llashni boshlang. Amalda qo'llab bo'lgach yana shu xolatda davom qildiring.

"Agar o'rgangan bilimingizdan foydalanishni bilmasangiz, bilim hech narsaga yaramaydi"

Demak vazifa bu o'rgangan narsalaringizni amalda qo'llab boshlaganingizni isbotini @Javlonbek_Davronovich_bot ga yozib yuboring.

Muallif: Javlonbek Ibragimov