SiNMAS ISHONCH
SINMAS ISHONCH
Har birimizni o'tmishimizda erishgan juda ko'plab kattayu - kichik g'alabalarimiz bor. Ular jilovlab bo'lmas yovvoyi istakimizni alangasi, ichimizdagi kuchli to'xtatib bo'lmas ishtiyoq, erishish uchun barcha narsaga tayyor bo'lib harakatlanish shu bilan birga to'siq, qiyinchiliklarga, e'tibor bermaslik ya'ni ularni pisand qilmaslik orqali maqsad tomon harakatimiz mevasidir. Ichimizdagi olov kabi kuchli ishtiyoq bizni ichimizdan otilib chiqib bizni maqsadlarimiz tomon undagan.
Ushbu g'alabalar, xuddi yengil osmonda uchgandek, hamirdan qil sug'urgandek, hech bir qiyinchiliksiz o'z - o'zidan sodir bo'lgandek lekin aslida unday emas bularga siz kuchli ishtiyoq orqali qattiq intizom, qatiyat, tinimsiz mehnat orqali erishgansiz.
Ushbu marralar tomon siz o'zingizga katta standartlar o'rnatib mashaqat qilgansiz chunki siz bilasiz, agar kuchli harakat qilinmasa, kurashmasangiz g'alaba qozona olmaysiz. Faqat shunday harakatlar bilangina orzuingizni ro'yobga chiqara olasiz. Shubhasiz, juda ko'p urunish, juda kuchli, katta ishonch inson xarakterida, fikrlash tarzida portlashlar hosil qilib insonni o'zgartiradi.
Hayot bizga birinchi g'alabamiz mazasini berganda buni bizning xizmatimiz evaziga bergan mukofati deb ayta olmaymiz. Bu aslida sizning hayotingiz, sevgingiz, , sizning yashash tarzingiz, yutuqlaringiz yanada zo'r bo'lishi mumkinligini ko'rsatayotgan oddiy ishora hisoblanadi.
Demak bizni har bir yutuqimiz hayotimizda yanada yaxshi natijalar qilishimiz mumkinligini bildirayotgan ishora ekan. Qolgani esa sizga va harakatingizga bog'liq.
O'tmishdagi yutuqlaringizni eslash va maqtash bilan faqat ularga yopishib olmasdan, kelajag uchun yanada balandroq cho'qqilar tomon harakatlaning. O'zingizga qulay bo'lib qolgan hayot tarzingizdan voz kechib boshqa yutuqlar tomon dadil qadam tashlang.
Menimcha men tushunib yetdim, erishishim mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlarimga erishmaganimning asosiy sababini. Sababi men u paytlari "Balkim o'xshab ketar..." tamoyili asosida harakatlanganman ekan.
Men shuni tushundimki "Balkim o'xshab ketar..." degani "Albatta o'xshamaydi, kutganingdek natija bo'lmaydi" degan iborani sinonimi ekan. "Balkim o'xshab ketar... = Albatta o'xshamaydi, kutganingdek natija bo'lmaydi"
Kutgan natijamizga erishish uchun xohish emas kuchli niyat ishtiyoq kerak.
Natija xohishni emas, balki niyatni talab qiladi. Niyat - bu natija allaqachon sizga tegishli ekanligiga qat'iy ishonchingiz. Siz unga loyiqsiz va 100% unga erishgandek, mavjud deb harakatlanishingiz.
Xohish bu "agar bo'lsa yaxshi bo'lar edi" deb fikr yurutish xalos. Maqsad tomon harakatlanish - bu g'alabagacha, g'alaba qozonishingizga qattiq ishonch bilan kurashish.
Dunyodagi hamma narsaga qat'iy ishonch bilan harakatlanish bu ilojsiz albatta. Siz aniq erishishingizga ishonadigan narsani tanlashingiz va o'sha maqsadingiz tomon harakatlanib nuqtaga zarba berishingiz kerak. Birinchi safar o'xshamasa hechqisi yo'q. Har safar o'xshamaganida "nima uchun o'xshamadi?" degan savolni o'zingizga bering va xatoingizni to'g'irlang va yana o'sha nuqtaga zarba bering. To maqsadingizga erishguncha urining.
Sinmas ishonchni biz har safar noaniq qo'rquv tomon harakatlanib yutuqlarga erishish orqali shaklantiramiz. Va uni mustahkamlab boramiz. Bu esa bizga erkinlik, o'zimizga bo'lgan ishonch va sevgini beradi.
Agar bu mening hayotimda bo'ladi deb qaror qilsam, u shunday bo'ladi. Ertami-kechmi, bunday yoki unday lekin albatta bo'ladi.
Muallif: Javlonbek Ibragimov shaxsiy rivojlanish bo'yicha kouch
Mening blogim: @IJ_Lifestyle