MIJOZ SIZNI SOTIB OLADI MAHSULOTINGIZNI EMAS
Man "sotuv" bo'yicha seminarga borish uchun internet orqali ro'yxatdan o'tdim.
Ertasiga ertalab soat 9:00 da manga o'sha seminarning konsultant menejeri qo'ng'iroq qildi.
Man telefonga javob berdim va u yoqimsiz ohangda gapirishni boshladi.
Konsultant - Siz kecha seminarga kelish uchun ro'yxatdan o'tgan ekansiz.
Men - Ha o'tgandim
Konsultant - Shu bo'yicha ma'lumot bermoqchi edim. Savollaringiz bormi?
Men - Ha bor. Nimalar o'rgatiladi "Sotuvga" tegishli? Necha soat bo'ladi?
Men savollar berishni boshladim
Konsultant - Hozir so'rab aytaman
Menejerni 5 daqiqa kutdim va u telefonni qo'yib yubordi.
Keyin 1 soatdan keyin yana qo'ng'iroq qilib shunday dedi.
Konsultant - So'ragan narsalaringizga javob bermoqchi edim.
Men - Uzr shart emas. Bora olmayman.
Konsultant - Hmmm unda nimaga ro'yxatdan o'tdingiz vaqtimizni olib - deb menga jahl qildi.
Men bu suhbatdan keyin portlab kulub yubordim.
Xo'sh siz sotuvchi qanday xatolarga yo'l qo'yganini bildingizmi?
Unaqada komentariyada qoldiring.
"Esingizdan chiqarmang siz to'g'ringizda mijoz aniq tasavvurga ega bo'lishi uchun 4 sekunt yetarli."
. DJordon Belfort
Telefonda yoki uchrashuvda suhbatlashasizmi ahamiyati yo'q, mijoz siz to'g'ringizda ma'lumotga ega bo'lishi uchun 4 sekunt yetarli.
Agar 4 sekunt omadsiz boshlansa mijoz sizdan hech narsa sotib olmaydi.
Siz 4 sekuntda mijozga o'zingizni ekspert sifatida sotishingiz kerak.
Mijozga siz ekspert sifatida maqsadiga erishishiga yordam berishingizni tushunishi kerak.
Siz o'z ishini ustasi bo'lmagan insonga nimanidir yoki qaysidir ishni ishonib topshirarmidingiz ?
Albatta "YO'Q" !
"Ta'kidlayman sizda faqat 4 sekunt vaqtingiz bor o'zingizni professional ekanlikingizni isbotlash uchun."
QANDAY QILIB 4 SEKUNTDA EKSPERTLIKINGIZNI ISBOTLASHINGIZ MUMKIN?
To'g'ri kiyinish
- Sizning yoningizga kimdir futbolka, tizzasi yirtilgan jinsi da kelsayu men professionalman desa ishonarmidingiz? Siz konsultant sifatida albatta klassik kiyingan bo'lishingiz kerak. Kastyum shim ko'ylak albatta toza dazmollangan bo'lishi shart.
[ bu bo'yicha sizga yangi kanalimizni tavsiya qilamiz > t.me/IJD_class <]
Yuzingiz va sochingiz
- Sochingiz taralgan va yuzingiz toza bo'lishi kerak. Buni misol sifatida keltirmasam ham bo'lardi lekin esingizdan chiqarmang tashqi ko'rinish biznesda katta rol o'ynaydi.
Kayfiyatingiz a'lo darajada bo'lishi shart.
Salomlashuvga katta e'tibor bering.
- Mijoz sizning tashqi ko'rinishingizga qarab 70 - 80% baho beradi.
- Telefon orqali suhbatlashsangiz ovozingiz, kayfiyatingiz, salomlashuvingizga 70 - 80 % e'tibor beradi va hayolan sizni rasmingizni chizadi.
Shuning uchun bularga qa'tiy amal qiling!
😉 Sinab ko'ring!!!
Muallif: Javlonbek Ibragimov
Agar sizga maqolamiz yoqqan bo'lsa buni do'stlaringizga jo'nating.
Kanalimizga qo'shiling > IJ MLM <