BOY BO‘LISHNING SIRLARIDAN...

BOY BO'LISHNING SIRLARIDAN...


Har bitta muammo keyingi muammoni tortib oladi....

Bilaman....
Siz ham yaxshi hayot kechirishni xohlaysiz. Sayohatlar qilgingiz, katta daromad topishni, sog'lom bo'lishni, bolalaringizni yaxshi o'qishlarda o'qishini xohlaysiz va h.k.z...

Lekin hozirgi hayotingizga nazar soling...

Xo‘sh hammasi siz xohlagandekmi yoki nimadir kamdekmi?

Keling bu hayotga "muammolar ko'zoynaki" bilan emas uni yechib qaraylik.


Nega muammolar ko'zoynaki dedim sababi, biz muammolarga e'tibor beraverib bu ko'zoynakni o‘zimiz uchun yaratganmiz.



Tasavvur qiling tabiyat rang - barang va juda go‘zal to‘g‘rimi?
Atrofga nazar soling, endi esa Qora ko'zoynak taqing, ko‘zingizga. Endichi ?

Hozir ham hamma narsa boyagidek asl rangidami chiroyli ochiq rangmi?
Yo‘q endi esa hamma go'zalliklarga, ranglarga qora rang aralashgan va rasvo....

Endi qanday go'zalliklarga qarasangiz ham ularni asl go'zallikini xis qila olmaysiz.
Sababi endi nimaga qaramang hammasi Qora rang ya'ni muammolar aralashgan.


Endi sal aniqroq qilib misol keltiraman.

Xotiningizga, mashinangizga, orzu maqsadlaringizga, farzandingizga, hovli joyingizga, sog'liqingizga, daromadingizga, atrofingizdagi jamiyki narsalarga e'tibor bilan qarang va o‘ylang.

Agar siz xotinim ovqat mazali pishira olmaydi, mashinam shaldiroq arava, farzandlarim tarbiyasi rasvo, pulim umuman yo‘q, sog'liqim rasvo, orzu - maqsadlarga erishish uchun katta pul kerak bu ilojsiz, hovli joyim eski deyayotgan bo'lsangiz siz haqsiz!
Haqiqatdan ham xuddi shunday va yanada battar bo'lib boraveradi.
Sababi sizda muammolar ko'zoynaki bor.

Nima uchun haqsiz dedim? Men ham sizni muammolar ko'zaynokingiz bilan atrofga nazar solsam, menga ham shunday ko‘rinadi.


Muammolar qanday kelib chiqadi?

Insonda pul bo‘lmasa uning hayotining har jabhasida muammolar kelib chiqadi.
Buni qanchalik inkor qilmang bu xaq.

Tasavvur qiling sizning hozir plastik kartangizda va cho'ntakingizda 1 000 000 000 ( bir milliard ) so'm pul bor.

Buni xuddi sizda haqiqatdan ham bordek xis qiling.

Xo'sh endi o‘zingizni va meni aldamasdan ayting - chi?
Sizni hamma muammolaringiz xal bo‘lishi aniq to‘g‘rimi?


1 000 000 000 (bir milliard) so'm sizda bo‘lsa.

- Uyda urush janjal bo'lmaydi.
- Sog'liqingizga har oyda pul ajrata olasiz...
- Yaqinlaringizga sovg‘alar olib berasiz...
- Hurmatingiz baland bo'ladi...
- Ajoyib mashina sotib olardingiz...
- Hovli joyingizni daxshat qilib ta'mirlatar edingiz...
- Bozordan emas butik lardan haqiqiy sifatli kiyimlar oilaviy olib kiyardingiz...
- Sport bilan shug'ullanar edingiz...
- Hayriya bilan shug'ullanardingiz...
- Bolalaringizni yaxshi joylarda o‘qitar edingiz...
- Sevgan ishingiz bilan shug'ullanardingiz...
- Sifatli mahsulotlar olib iste'mol qilar edingiz
- Ya'ni zavqlanib to'q yashar edingiz.

Endi tasavvur qiling bu 1 000 000 000 (bir milliard) so'm sizning oylik daromadingiz.

Judayam zo'r shunday emasmi?

Erkin hayot, har kuni lazzatlanish har daqiqangizdan.
Bu sizga quvonch baxt beradi.

Keyinchi...?
Eng asosiysi siz Allohga behisob Shukuronalik aytishni boshlaysiz har daqiqada va har soniyada.

Siz hamisha insonlarga tabassum ulashasiz va ularga yaxshi gaplar gapirar edingiz.
Sizda ajoyib imkoniyatlar bo'lardi, va ulardan qo‘rqmasdan foydalanar edingiz.

Bunday Shukuronalikga to'la hayot sizga katta kuch Energiya berardi.

Siz tinimsiz harakat qilardingiz.
Shukuronalik qilib yashagningiz uchun ham hayotingiz yanada go‘zallashib boraveradi.

Sizda shubha, gumon, yomonlik, salbiy fikrlar, noshukurlik, urush - janjal, muammolar bo'lmaydi.

Bunday hayotni xis qilib mazza qildingiz shundaymi?
Ha haqiqatdan ham ajoyib.
Endi qarang siz bilan birga formula kashf qilamiz.
Kelishdikmi ?


P (pul) × OB (oshib borsa) × Sh (Shukuronalik ham oshib boradi) = BM ya'ni (Baxtli Muvaffaqiyatli hayot)

P × OB × Sh = BM
Sizga yoqdimi?


Albatta zo'r va 100% to'g'ri formula shundaymi?
Yoki shunday ko'rinadimi?

Nima deb o‘ylaysiz?
Mayli bu formulani maqolamiz so'ngida yana ko‘rib chiqamiz.

Demak siz bilan 100% amin bo'ldikki pul bizning hayotimizda birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak ekan, shundaymi?

Ha bu aniq.
Pulsizlik sizni qaddingizni bukadi, sizni hech kim hurmat qilmaydi, oilaviy urush janjallar kelib chiqadi, hech ish qila olmaysiz, baxtsiz omadsiz bo'lib qolasiz.

Endi keyingi savolim shundan iboratki, Sizning pulingiz ko‘p bo'lishini hayotingizni o‘zgartirishni xohlaysizmi?

Biz ko‘z oynakni yechib hozir bizda bor narsalarga Shukur qilishimiz kerak shundagina pulingiz ko‘payadi desam ishonasizmi?


Hammasi teskarisiga ishlaydi, pulim bo‘lsa shukur qilaman emas pulingiz bo‘lishi uchun ham shukur qilishingiz shart.


Yuqoridagi formulaga e'tibor beraylik.


P (pul) × OB (oshib borsa) × Sh (Shukuronalik ham oshib boradi) = BM ya'ni (Baxtli Muvaffaqiyatli hayot)

P + OB + Sh = BM


Bu hayotdagi muammolar insonlarni noshukur qilib qo‘yadi.
Va muammolar ko'zoynakini bizga taqib qo‘yadi.


Bu ko'zoynak bilan biz hayotimizni o‘zgartirishimiz ilojsiz narsa.
Chunki u sizga hayotingizni o'zgartirishingiz uchun noto'g'ri ma'lumot beradi.

Biz negativ fikrlaydigan bo'lib qolamiz.
Keling ko'zoynakni yechgan xolda formulaga yana nazar solaylik.


P × OB × Sh = BM edi endi o‘zgartiramiz.

Sh × P × OB = BM
ya'ni Shukuronalik qilishni boshlasangiz sizning daromadingiz oshib boradi va qarabsizki baxtli va muvaffaqiyatli hayot kechirishni boshlaysiz.


Alloh ham aytgan: "Agar shukur qilsang senga yanada ko‘p beraman, noshukurlik qilsangiz borini ham tortib olaman"

Bu so‘zlar shunchaki aytilgan emas.
Bu necha asrlar davomida kelayotgan tajribadan o‘tgan ko‘hna haqiqatdir!!!

Bu o‘zgarmas va eng to'g'ri qonundir.

Atrofingizga nazar soling va buni guvohi bo'lasiz.
Noshukur insonlar hamisha qiynalib yashayabdi.
Shukur qiluvchi insonlar baxtli va muvaffaqiyatli hayot kechirishmoqda.

Formulamiz:


Sh (Shukur qiling bor narsalaringizga) × P (pulingiz) × OB (oshib boradi) = BM ya'ni (Baxtli Muvaffaqiyatli hayot) kechirishni boshlaysiz.

Sinab ko‘ring va hayotingizni o‘zgartiring.

Shukuronalik haqida to‘liq ma'lumot olish uchun ssilka ustiga bosing https://t.me/Tortishish_qonuni/259

Muallif: Javlonbek Ibragimov

Tadbirkor | Psiholog | Biznes trener