Marketing sizga yordam bera olmaydi.
.
MARKETINGMI ...? FOYDASI YO'Q AGAR SIZNI FIKRLASH TARZINGIZDA MUAMMO BO'LSA ... BARIBIR JUDA KO'P PUL TOPA OLMAYSIZ
Men ketma - ketlik bilan biznesim bo'la turib omadsizlikga uchraganman.
Omadsizlik deganda pulga nisbatan omadsizlikni nazarda tutyabman.
Nima qilsam ham be foyda edi.
Boshqalarga qaraganda ko'p ishlardim, ertalab 4:30 uyg'onib soat 23:50 da uhlardim.
Baribir daromadim oshmasdi aksincha tushishni boshlagandi va qarzga botdim.
Firma rahbari bo'lsam ham uyga bozordan nimadir sotib olishga qurbim yetmasdi.
Cho'ntagimda oshib borsa 10 000 so'm bo'lardi.
Ishlarim yurishmay yuragimni ezardi.
Buni albatta hozir shu holdagilar yoki shu holatni boshidan o'tkazayotganlar biladi, xuddi mendek.
Bilasiz kimgadir qarzdor bo'lsang yoki ishing yurishmay qolsa na uhlashingda na yeyishingda halovat bo'ladi.
Hayot xuddi oq - qoradan iborat rangda tasvirlanadi.
Sizni xohishlaringiz emas majburiyatlar harakatga keltiradi.
Ozib, asabiy holga kelib qolasiz.
Yaqinlaringiz oldida xuddi obro' e'tiboringiz tushib ketgandek bo'ladi.
Yaqinlaringizni tug'ulgan kuni, va to'ylariga borish yoqmay qoladi sababi nimadir sotib olishga cho'ntagingizda pul yo'q.
Agar o'zingiz yolg'iz qolsangiz bu muammolar girdobida chiday olmay yig'laysiz.
Agar sizning farzandingiz bo'lsa bormi...
Uni boshqalarni bollaridek kiyintira olmaganingizdan qattiq ruhan ezilasiz....
Buni xis qilish juda og'ir...
Agar sizda shunday holat bo'lgan bo'lsa va buni eslatganim uchun uzr so'rayman.
Sizda shunday xolat bo'lgan bo'lsa buni qanday yengib chiqqansiz?
Yoki hozir shu xolda bo'lsangiz nimalarni xis qilyabsiz?
Javobingizni
➡️ @Javlonbek_Davronovich_bot ga yozib yuboring.
Kanalimiz: @Ibragimov_Javlonbek