September 9, 2020

Hayotimiz zerikarliligining sabablaridan bittasi

Bizlar o'zimizni yerga ko'mish bilan yoki harakatlar qilib rivojlanish bilan shug'ullanamiz. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.


Men o'zimda dahshatli faktni bilib qoldim. Harakat qilishdan ko'ra juda ko'p o'ylanishni boshlabman. Bir tomondan, bu yaxshi. Hayotingizga nazar solasiz. Kerakmaydigan narsalardan, insonlardan voz kechasiz. Kerakmas bilimlarni olmaysiz. Xatolarni yutuqlarni tahlil qilasiz.

Vaqt o'tishi bilan biz yanada ko'proq o'ylaylarga sho'ng'iy boshlaymiz. Va buning o'ziga xos hiyla-nayranglari bor. Gap shundaki, qachonki biz ko'p o'ylay boshlaganimizda, o'z-o'zidan yangi narsalarni qilishni to'xtatamiz.

O'ylash, fikrlash - miyaning vazifasi, lekin uning yagona vazifasi sizning haqiqiy shaxsingizni anglash va sizni baxtli qilish ham emas, balki xavfsizligingizni taminlash. ️

Ammo xavfsizlikda yashash bu hayot degani emas. Hayot - bu yanada yangicha hayot kechirish va eng yaxshisini eslab qolish, yangi tajribalarga ega bo'lish degani. Yangicha hayot kechirmasangiz, bug'ulishni, beparvo bo'lishni boshlaysiz, o'zgarishlarni to'xtatasiz va shu bilan birga sizni energiya, kuchli his - tuyg'ular tark etadi va biz aytamiz: "ha, bu yoshimning yoki yana nimanidir ta'siri". 

Bu yoshingizga bog'liq emas. Faqat sizda hech qanday his - tuyg'ular qolmagan, chunki sizni hayotingizda yetarlicha qo'rquv yo'q, noma'lum yangi narsalarga intilmayabsiz, lekin ayni paytda, bu sizga kerak bo'lgan narsa.

Siz o'zingizning issiq, xavfsiz, qulay kichkina dunyochangizda uzoq qolib ketdingiz. O'zgarishlar, hissiyotlar undan chiqsangizgina boshlanib, hayotingiz rang - barang bo'ladi.

Lekin nima uchun undan chiqa olmayabsiz va chiqish qiyin bilasizmi? Manashu kichkina xavfsiz dunyoingizdan chiqmaslik uchun nima sizni ushlab turubdi deb o'ylaysiz ? 

Albatta Orzularga berilib "O'ylanib o'tirish"!

"O'ylanib o'tirish" sizning nimadir qilayotganingiz haqidagi xayolotni keltirib chiqaradi. Xuddi siz muhim ishlar qilayotgandek o'zingizni his qilasiz.

Mo'jizalar qachon sodir bo'ladi bilasizmi? Qachonki siz natijasi aniq bo'lmasa ham mardonavor yangi harakatlarni amalga oshirishni boshlaganingizda. Hayotimdagi barcha yaxshi narsalar natijasiga to'liq amin bo'lmasam ham shunchaki zavq bilan harakat qilganimda, sodir bo'lgan.

Va shunday qilib, bugun men sizga va o'zimga aytmoqchiman: «O'ylashni to'xtat! Salbiy natijaga emas ijobiy natijaga diqqatingni qarat. Chuqur nafas ol, tinchlan va birinchi qadamni qo'y: faqat u yerda, aqlga sig'maydigan noma'lum narsalar mo''jizalar seni kutmoqda." Nomaʼlum narsalardan qo'rqmang! 

Agar siz ham kam o'ylab, ko'proq harakat qilishingiz kerak bo'lsa, 1 ni qo'ying.

Agar to'xtash va nima qilayotganingizga nazar solishingiz vaqti kelgan bo'lsa 2 ni qo'ying.

Bu haqda o'z fikrlaringizni yozing, menga qiziq👇🏻