O'zbekiston Respublikasiga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevroosiyo iqdisodiy ittifoqimi qanday iqdisodiy siyosiy masalalar bor?
Bugungi zamoniy dunyoda O'zbekiston tashqi savdo va iqtisodiy integratsiya masalarida ko'p yillardan buyon kutilib kelinayotgan muhim tanlov arafasida. Mamlakatimiz uchun ikki asosiy yo'nalish mavjud bo'lib, bular jahon savdo tashkiloti va Yevroosiyo ittifoqiga a'zo bo'lish. Har ikkala tashkilotning ham o;ziga xos afzalliklari va kamchiliklari ko'zga tushadi. Shuning uchun ham, bu masala nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy qaror ham hisoblanadi.
Birinchidan, JSTga a'zo bo'lish O'zbekiston ya'ni mamlakatimiz uchun xalqaro savdoda huquqli qatnashuvchi bo'lish imkoniyatini tuhfa etadi. Tashkilotning asosiy tamoyillari - erkin savdo qila olish, diskriminatsiya, siyosat va shaffoflikdir. Yurtimiz JSTga kirish orqali, eksport bozorlarini kengaytiradi, chet el investitsiya oqimlari ortadi va mahalliy mahsulotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi boshlaydi. Shu nilan birgalikda, bu jarayon davomida raqabot kuchaya boshlaydi, ichki bozorni isloh qilishni va mahsulotlar sifati sezilarni darajada oshishni talab qiladi. Bunaqangi o'zharishlar natijasida ayrim korxonalar sezilarli darajada qiyinchiliklarni boshdan kechiradi.
ikkinchidan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shilish orqali yaqin mintaqadagi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun katta hissa qo'shadi. Ushbu ittifoq a'zosi bo'lish birqancha ustuvorliklari bor, bular bojxona to'siqlari kamayadi, mehnat migratsiyasi uchun qulaylik yaratadi va transport logistika imkoniyatlarining kengayishidir. Lekin, YeOII doirasida ayrim siyosiy bosimlar yuzaga chiqishi mumkin, chunki ittifoqdagi yirik davlarlarning manfaatlari qolganlarnikiga nisbatadan yuqori deb hisoblanadi. Qo'shimcha qilish joiz bo'lsa, O'zbekiston iqtisodiy siyosatining mustaqilligi cheklanishi ehtimoli ham mavjud.
Shuning uchun ham, JST global bozor bilan integratsiyani kuchaytirsa, YeOII mintaqaviy hamkorlik ancha osonlashadi. Ikkla tashkilot ham bir biriga o'rin bosar bo'lishi mumkin , lekin ular orasidagi muvozanatni topish mushkul masala.
Xulosa qilish mumkinki, O'zbekiston asosiy maqsadi - iqtisodiy yuksalishni barqaroq yo'ga qo'yib olish hamda xalqaro maydonda mustaqil o'rnini mustahkamlashtir. Jahon savdo tashkilotiga qo'shilish uzoq muddatli manfaarlarni hisobga oladigan bo'lsak juda ham ko'p imkoniyatlar eshigini ochib berishda qo'l keladi, chunki bu davlatni global iqtisodiy tizimga chuqurroq jalb etadi. Shu bilan bir qatorda takidlash joizki, Yevroosiya iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirish va mintaqaviy savdo aloqalrini kengaytirish ham o'z samarasini beradi. Shunday ekan, yurtimizning olib borishi kerak bo'lgan tashqi siyosati bir yoqlama emas, balki muvozanatli bo'lishi kerak.