Xadislar
April 29, 2020

Al-jome' as-sahih. Iymon kitobi. (1 - qism)

1-bob. Iymon kitobi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:”Islom 5 dalil asosiga qurilgan.(Islomdan murod iymon demakdir). Iymon so’zda ham amalda ham bo’lmog’i kerak. Iymon kuchaygaydir va susaygaydir”. Dalili: Olloh taolo Qur’oni Karimda:”Iymonlarini yanada ziyoda qilsinlar, deb ularga hidoyatimizni ziyoda qildik” va “Olloh taolo hidoyat topgan kishilarning hidoyatini ziyoda qildi va ularga taqvo ato etdi”,-deb aytgan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning “Ollohni deb yaxshi ko’rish va Ollohni deb yomon ko’rish iymondandir.” Degan so’zlari ham iymonning mustahkamlanishi yoki susayishini anglatadi. Halifa Umar ibn Abdulaziz Adiy ibn Adiyga bunday deb yozgan:”Albatta, iymonning ham o’z farz va amallari,muayyan chegaralari,bajarilishi lozim bo’lgan sunnatlari mavjuddir. Demak, kimki bularga to’liq amal qilsa, iymoni mukammal bo’lgaydir, kimki yetarli rioya qilmasa, iymoni sust bo’lgaydir.Agar umrim uzoq bo’lsa,sizlarga bilib olishlaringiz uchun bular haqida birma-bir bayon qilarman,basharti vafot etsam, suhbatingizga mushtoqligim yo’q”.
Sahoba Maoz:”Kel, biz bilan biroz o’tir, oymon haqida suhbatlashaylik!”-deganlar. Ibn Umar aytganlar:”Banda ko’ngliga kelgan har bir gunoh xavfi bor narsani tark etmaguncha taqvo haqiqatiga yeta olmaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”Islom 5 dalildan iborat”,-deganlar:
1.Kalimai shahodat(aytmoq);
2.Namoz o’qimoq;
3.Zakot bermoq;
4.Haj qilmoq(imkoni bo’lsa);
5.Ramazon ro’zasini tutmoq”.
2-bob. Iymon shartlari. Olloh taolo aytadi:”Yaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa va G’arbga qaratgan kishilar emas, balki Olloh taologa, uning farishtalriga, oxirat kuniga,kitoblariga, payg’ambarlariga ishongan, yaxshi ko’rgan mol-mulkini qarindoshlarga,musofiru tilamchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda 5 vaqt namozni vaqtida o’qigan va zakot bergan, Olloh bilan o’zi o’rtasidagi va bandalar o’rtasidagi ahdiga vafo qilgan, yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan kishilardir.Mana shunday sifatga ega bo’lganlar diniga sodiq odamlar bo’lib, kufr hamda yaramas xulqlardan o’zlarini ehtiyotlagaydirlar va o’zlariga yetuk insoniy fazilatlarni mujassam qilgaydirlar”. Iymonning mukammal bo’lmog’ining uch sharti:
— to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;
— kishilar bilan yahshi munosabatda bo’lmoq;
— kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chiniqtirmog’i. Kimki bularni to’la o’zlashtirsa, iymonni mukammal bo’lgaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam iymon to’g’risida so’ralganda,yuqoridagi oyati karimani o’qigan edilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar: Iymon daraxt yanlig’ 60dan ortiq shohga egadir.Gunoh qilmoqqa Olloh va bandalardan uyalmak o’sha shohlardan bittasidir”.
3-bob. Birovga zarari tegmagan kishi musulmondir.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir.Olloh taola man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo yo’lida jihod qilgan kishidir”.
4-bob. Islomda eng afzal amal qaysi?
Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:”Yo Rasululloh, musulmonlarning afzali qaysi kishidir?”.”Qo’lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir”,- deb javob berdilar.
5-bob. Ochlarni to’yg’azish islomdandir.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:”Qaysi xislatlar islomda eng yaxshidir?”.Aytdilar:”Ochlarga taom bermog’ing va tanigan tanimaganingga salom bermog’ing”
6-bob. O’zi yahshi ko’rgan narsani birodariga ravo ko’rmoqlik iymondandir.
“O’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz”
7-bob. Sevishlik iymondandir.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Toki meni otangizdan ham , bolangizdan ham,barcha odamlardan ham yaxshiroq ko’rmas ekansiz,birortangiz mo’min bo’la olmaysiz”
8-bob. Iymon halovatiga erishmoq.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Kimda quidagi uch xislat bo’lsa,unga iymon huzur-halovat baxsh etgaydir: — Olloh va Rasulini hammadan ko’ra yaxshi ko’rmoq;
— Yaxshi ko’rgan kishisini faqat Ollohmi deb(Olloh yaxhsi ko’rgani uchun) yaxshi ko’rmoq;
— Yomon ko’rgan kishisini faqat Ollohni deb(Olloh yomon ko’rgani uchun) yomon ko’rmoq”.
9-bob. Ansorlarni yaxshi ko’rish kishi iymonining mukammalligi alomatidir
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Ansorlarni yaxshi ko’rmoq iymon alomatidir,yomon ko’rmoq munofiqlik belgisidir.”
10-bob. Rasululloh maslahatlari.
Bir qancha sahobalar o’rtasida Rasululloh aytdilar:”Ollohni bir deb bilgaymiz, unga shirk keltirmagaymiz,o’g’rilik qilmagaymiz, zino qilmagaymiz, farzandlarimizni o’ldirmagaymiz,tuhmat qilmagaymiz(zino va boshqa narsalar hususida),shariat amriga itoat qilgaymiz,deb menga so’z beringiz. Kimki ushbu so’zlarga vafo qilsa,Olloh yarlaqaydir,ammo kimki ushbu og’ir gunohlardan birortasini qilib qo’ysa va u bu dunyoda jazolansa, o’sha jazo unga kafforatdir(oxiratda qayta jazolanmaydi).Kimki shu gunohlardan birortasini qilsa-yu,Olloh yashirgan bo’lsa,bu o’ziga xavoladir, xohlasa kechgaydir,xohlasa azoblagaydir”. Sahobalar:”Shunga so’z berdik”,-deb aytdilar. 11-bob. Fitnadan hazar qilmoq dindandir.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Shunday davrlar kelgaydirki, musulmon o’z dinini fitnalardan asramoq maqsadida tog’u-toshlarga qo’y haydab chiqib ketishni afzal ko’rsa,ajab ermas.”
12-bob.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Men hammalaringizdan ko’ra Ollohni yaxshiroq bilgayman”(Kishining diyonati,iymoni mustahkamlangani sari Ollohni yaxshiroq taniyveradi)
13-bob.
Ollohni dil ko’zi bilan ko’rmoq, tanimoq kerak(ya’ni,iymon kalima keltirish bilangina bo’lmaydir,balki Ollohga qalbdan e’tiqod qilmoq lozim).Oyati karimada:”(Olloh taolo) og’zingizdan beixtiyor chiqib ketgan qasam uchun gunohkor qilmagaydir, lekin dilingizga tugilgan yomonliklaringiz uchun gunohkor qilgaydir” deyilgan. Oisha onamiz aytganlar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam sahobalariga qudrati yetadigan ishni buyurgan edilar,sahobalar:”Biz siz singari emasmiz-ku,Olloh sizning ilgarigi va kelgusi gunohlaringizni kechirgan(shuning uchun ham bizga ko’proq ish
buyuravering,biz ko’proq riyozat chekmog’imiz lozim)”, dedilar. Rasulullohning g’azablari kelgani yuzlaridan bilindi:”Oralaringizda eng taqvoliroq va Ollohni tanidiganroq kishi menman”,-deb javob qildilar”.
14-bob. Qayta kofir bo’lmoqni o’tda kuymoqni rad qilgandek rad etmoq iymondandir
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Quidagi 3 narsa kimda bo’lsa, u iymondan halovat topgusidir:
— kimki Olloh va uning Rasulini boshqalardan yaxshiroq ko’rsa;
— yaxshi ko’rgan kishisini faqat Olloh yaxhsi ko’rgani uchun yaxshi ko’rsa;
— kofirlikka qaytishlikni xuddi o’tga tushgandek yomon ko’rsa”.
15-bob. Iymon ahlining hayotlarida qilgan ishlariga ko’ra bir-birlaridan afzalliklari.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam deganlar:”Ahli jannat jannatga kirgaydir,ahli do’zax do’zaxga kirgaydir, keyin Olloh taolo maloikalriga: ”Qalbida zarracha iymoni bor odamni do’zaxdan chiqaringiz!”,-deb aytadir. Ular shundan so’ng, kuyib, qorayib ketgan holda do’zahdan chiqgaydirlar, hayot daryosida cho’milgaydirlar, yomg’irdan keyin giyohlar
ungandek badankari ko’rkam bo’lg’usidir”. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Tushimda ko’rsam, odmlarning ko’ylaklari etagi ko’kraklari barobarida, ba’zi birlariniki esa undan ham kalta. Ularning oralarida Umar ham bor, uning ko’ylagi uzun,hatto yerda sudralib yuribdir”.Sahobalar
so’radilar:”Nimaga yo’ydingiz?”.”Dinga yo’ydim”,-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam.