Motivatsiya va motiv/Мотивация и мотив

Source: Motivate

Motivatsiya. Motivatsiya. Motivatsiya.

Barchamiz bu so'zga o'rganib bo'lganmiz. Motivatsiya kerak deymiz. Ammo biz bu so'zni asl mohiyatini bilmay turib ham ishlataveramiz. Keling, shu mavzuga oydinlik kiritamiz. Motivatsiya o'zi nima ekanligini tushunib olamiz.

Vikipediya nima deydi?

Bizning har narsani biluvchi Vikipediyamiz "Motivatsiya (Lat. Movēre dan "harakat qilish" dan) - harakatga turtki; insonning xatti-harakatlarini, uning yo'nalishini, tashkilotini, faolligini va barqarorligini belgilovchi psixofiziologik jarayon; insonning ehtiyojlarini faol ravishda qondirish qobiliyati" deydi. Tushundingizmi?

Keling soddaroq tilda bu so'zni tahlil qilamiz. Motivatsiya bu shunday aqlli qurilmaki, u bizni biror bir ishni qilishimizga unday oladi. Boshqacharoq aytganda, u bizni shunday gipnoz qiladiki, u aytgan ishni qachon va qanday qilib qilganimizni sezmay qolamiz.

Boshqalar nima deydi?

“Motivatsiya” tushunchasiga turlicha yondashuvlar mavjud.

Masalan, V.K. Vilyunas aytishicha motivatsiya - bu faoliyat uchun mas'ul bo'lgan jarayonlarning yig'indisi. K. K. Platonov fikricha, motivatsiya psixik hodisa sifatida motivlarning kombinatsiyasi hisoblanadi.

Motiv nima?

Shu yerda biroz chalkashdik. Motivatsiya deb turib, motiv so'ziga ko'zimiz tushdi. Hop, motivatsiyani nima ekanligini tushundik. Motiv nima? Yana Vikipediyajonga murojaat qilamiz.

Motiv (lat. Moveo "Men harakatlanaman") - bu obyekt uchun terminal (yakuniy) qiymatni ifodalovchi, uning faoliyat yo'nalishini belgilaydigan, unga erishish uchun faoliyatning ma'nosi bo'lgan moddiy yoki ideal obyekt. Motiv subyekt tomonidan ijobiy his-tuyg'ular (yutuqdan) yoki salbiy (yo'qotishidan) bilan ajralib turadigan aniq tajribalar orqali ochiladi. Motivni anglash ichki ishni talab qiladi.

Yana oydinlashtirishga to'g'ri keladi. Bitta so'z bilan ifodalaydigan bo'lsak, motiv bu ehtiyoj. Masalan, siz chanqadingiz. Suv ichishni rosa xohlayapsiz. Bu holda, motiv bu - suv.

Biz asosiy mavzuni ko'rib chiqdik, keyingi postlarda mavzuni davom etiramiz. Hozircha esa shular.


Source: Motivate

Мотивация. Мотивация. Мотивация.

Мы все привыкли к этому слову. Говорим, что нам нужна мотивация. Но мы продолжаем использовать слово, не зная его истинного значения. Давайте сделаем уточнегия на счет этой темы. Поймем, что такое мотивация.

Что говорит Википедия?

"Мотиваация (от лат. movēre «двигать») — побуждение к действию; психофизиологический процесс, управляющий поведением человека, задающий его направленность, организацию, активность и устойчивость; способность человека деятельно удовлетворять свои потребности." говорит наша всезнайка Википедия.

Давайте разберем это слово на более простом языке. Мотивация - это такое умное устройство, которое побуждает нас что-то сделать. Другими словами, он так загипнотизирует нас, что мы не понимаем, когда и как мы сделали то или иное действие.

А что говорят другие?

Существуют разные подходы к понятию «мотивация».

Например, мотивация по В. К. Вилюнасу — совокупная система процессов, отвечающих за побуждение и деятельность. А К. К. Платонов считает, что мотивация как явление психическое есть совокупность мотивов.

А что такое мотив?

Мы немного запутались здесь. Говорим мотивация, и вдруг увидели слово мотив. Хоп, мы поняли, что такое мотивация. А мотив? Опять будем просить Википедию.

Мотив (лат. moveo «двигаю») — материальный или идеальный предмет, представляющий терминальную (окончательную) ценность для субъекта, определяющий направление его деятельности, достижение которого и выступает смыслом деятельности. Мотив выявляется субъектом посредством специфических переживаний, характеризующихся либо положительными эмоциями (от его достижения), либо отрицательными (от его утраты). Для осознания мотива требуется внутренняя работа.

Я должен уточнить снова. Одним словом, мотив - это необходимость. Например, вы хотите пить. Вы очень хотите пить воду. В этом случае мотив - вода.

Мы рассмотрели основу этой тему и продолжим тему в следующих публикациях. Пока это все.


Blog: T.me/JavohirRAkramovBlog