Self Development
April 25, 2020

Shaxsiy rivojlanish nimadan boshlanadi?/С чего начинаеться саморазвитие?

Source: Fifteen Design

Shaxsiy rivojlanish yohud "Self-development" tobora ommalashib borayotgan so'z. Dunyo bo'yicha, har xil insonlar o'zining shaxsiy "Self-development" formulasiga ega. Bu mavzuga doir ko'plab kitoblar yozilyapti. Bundan oldingi postim singari bu mavzuga ham oydinlik kiritishga jazm qildim.

Shaxsiy rivojlanish nima degani?

Ba'zi bir manbalarga ko'ra:

Shaxsiy rivojlanish - bu doimiy ish harakat, o'zini takomillashtirish va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish. Ushbu jarayonda inson o'z xohish-istaklari va maqsadlariga e'tiborini qaratadi va ularga erishish uchun doimo tobora ko'proq yangi bilimlarga ega bo'ladi. Bu jarayon hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun zarurdir.

Demak, shaxsiy rivojlanish - bu o'zining foydasiga, hayotini yaxshiroq tarafga o'zgartirish uchun bajarilgan ish harakat.

Shaxsiy rivojlanishni nimadan boshlash kerak?

Shaxsiy rivojlanish avvalo insonning o'zidan boshlanadi. Qachonki inson o'z hayotini yaxshi tarafga o'zgartirishni niyat qilsa, o'zining bilimlarini oshirishga harakat qilsa, yaxshi odatlarni rivojlantirsa, u shaxsiy rivojlanishning birinchi bosqichida bo'ladi.

Qanday qilib?

Shu yerda bir savol tug'iladi. Shaxsiy rivojlanish uchun qanday ishlarni bajarishim kerak? Nimadan boshlashim kerak?

Sizlarga shaxsiy rivojlanish uchun beradigan tavsiyalarim:

  • Kitob o'qish. Ko'rinishidan oddiy narsaga o'xshaydi, ammo bu so'zning ortida chuqur ma'no bor.
  • Maqsadlar qo'yish. Inson shunchaki orzu qilmasligi kerak. U o'zining oldiga maqsad qo'yishi kerak. Shunda u barcha orzulariga erishadi.
  • Vaqtni boshqarish. Bu ham muhimdir. Biz o'zimiz anglamagan holda, qancha vaqtimizni behuda sarflayotganimizni bilmaymiz. Vaqtni boshqarishni o'rganishimiz kerak.
  • Insonlarga munosabatini o'zgartirish. Aynan siz insonlarga qanday munosabatda bo'lishingiz, sizni kelajagingizni belgilab beradi.
  • O'zingizni o'ylang. Bu egoizm emas. Siz o'zingiz haqingizda qayg'urishingiz kerak. Bu katta ahamiyatga ega.

Hozircha shular. Keyingi postlarda bu punktlarning har biriga alohida to'xtalib o'tamiz.


Source: Fifteen Design

Личное развитие или «Саморазвитие» становится все более популярным словом. Во всем мире разные люди имеют свою собственную формулу саморазвития. Многие книги пишутся на эту тему. Как и в моем предыдущем посте, я решил уточнить на счет этой тему.

Что такое саморазвитие?

По некоторым источникам:

Саморазвитие – это постоянная работа над собой, самосовершенствование и выработка личных качеств. В этом процессе человек концентрируется на своих собственных желаниях и целях и постоянно добывает все новые и новые знания для их достижения. Этот процесс является основным для достижения жизненного успеха.

Итак, саморазвитие - это дело, сделанное на благо самого себя, чтобы изменить свою жизнь к лучшему.

С чего начинаеться саморазвитие?

Личное развитие начинается с самого человека. Когда человек намерен изменить свою жизнь к лучшему, попытаться расширить свои знания, развить хорошие привычки, он будет на первом этапе саморазвития.

Каким образом?

Появляется вопрос. Что мне нужно делать для саморазвития? С чего мне начать?

Мои рекомендации для личного развития:

  • Чтение книг. Это выглядит как нечто простое, но за этим словом стоит глубокий смысл.
  • Постановка целей. Нельзя просто так мечтать. Вы должны поставить перед собой цель. Тогда ваша цель осуществит все ваши мечты.
  • Тайм-менеджмент. Это тоже важно. Мы тратим очень много времени просто так, не осознавая этого. Нам нужно научиться управлять временем.
  • Изменить отношение к людям. То, как вы относитесь к людям, определит ваше будущее.
  • Подумайте о себе. Это не эгоизм. Вы должны заботиться о себе. Это имеет большое значение.

Пока на этом все. В следующих постах мы остановимся на каждом из этих пунктов отдельно.


Blog: T.me/JavohirRAkramovBlog