April 5, 2022

“Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishda soliqlarning oʻrni va ahamiyati: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

“Soliqlar va sugʻurta” fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tashabbusi bilan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib belgilangan vazifalar doirasida “Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishda soliqlarning oʻrni va ahamiyati: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish boʻlimi boshliq oʻrinbosari z.Ubaydullayev, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri K.Urazaliyev, kafedra professor-oʻqituvchilari, “Soliqlar va soliqqa tortish” taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi oʻqituvchisi PhD. B.Ibragimov amaldagi yer qaridan foydalanganlik uchun soliq mavzusida taqdimot qildi. Taqdimot davomida yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish, qazilma yoqilgʻining behuda sarflanishini oldini olishda soliqqa tortish tizimini isloh qilish orqali bartaraf etish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni eng kam darajaga keltirish orqali qazib olinayotgan yer osti boyliklarini soliqqa tortish tizimini optimallashtirish zarur ekanligini taʼkidladi.

Davra suhbatida davomida Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish boʻlimi boshliq oʻrinbosari z.Ubaydullayev, kafedra professor-oʻqituvchilaridan i.f.n., dot. F.Bozorov, PhD. N.Artiqov, PhD. B.Ibragimovlar oʻz fikrlari va takliflarini bayon qilishdi.

Davra suhbatida talabalar ham faol ishtirok etishdi.