April 15, 2022
“O’zbekistonda qishloq xo’jaligining mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sirini statistik baholash” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 oktabrdagi 841-son “2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida qo’yilgan 2-maqsad, 2.4-vazifasidan kelib chiqqan holda qo’mitaning tajribali mutaxassislari va kafedraning professor-o’qituvchi hamda tayanch doktorantlari tomonidan mavzuga doir ma’lumotlar taqdim etildi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi Qishloq xo’jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig’i Sh.G’ulomov mavzu doirasida ma’lumotlar berib o’tdi.