January 20, 2022

“Toshkent moliya institutining xalqaro va milliy reytinglardagi oʻrnini oshirish boʻyicha stratetegik vazifalarni belgilash”

Xususan, Toshkent moliya instituti Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan eʼlon qilib borilayotgan milliy reytingda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Institut 2017 yil yakunlari bo‘yicha 25-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2018 yil yakunlari bo‘yicha 9-o‘rinni egalladi, Davlat inspeksiyasi tomonidan oxirgi eʼlon qilingan milliy reytingda 2019 yil natijalari bo‘yicha 8-o‘rinni egalladi. So'nggi e'lon qilingan 2020-yil yakunlari bo'yicha, Milliy reytingda Oliy ta'lim muassasalari ichida Toshkent moliya instituti 5-o'rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020 dagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoniga muvofiq Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi nufuzini oshirish maqsadida milliy reytingda so‘nggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallab kelayotgan oliy taʼlim tashkilotlariga oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik berilishi hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinishi, milliy reytingda birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan oliy taʼlim tashkilotiga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati berilishi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tegishli ishlarni amalga oshirishda quyidagilarga alohida eʼtibor qilinishi lozimligi taʼkidlandi:

- dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy taʼlim muassasalari bilan bevosita hamkorlik o‘rnatish, institut pedagog xodimlarining ushbu taʼlim muassasalarida PhD yoki DSs (fan doktori yoki fan nomzodi) ilmiy darajasini olish, maʼruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazishda ishtirok etishlarini doimiy ravishda taʼminlab borish uchun amaliy ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

- professor-o‘qituvchilarning doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishlari hamda ilmiy unvonlar olishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha chora tadbirlarni jadallashtirish;

- institut professor-o‘qituvchilarining xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalarini muntazam eʼlon qilib borishlarini nazorat qilish tizimini kuchaytirish, nashrlar soni va ularga iqtiboslar ko‘rsakichlari (Google Scholar tizimi bo‘yicha) yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

- institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari maqsadliligini va uning asosida olingan mablag‘lari hajmini oshirish yuzasidan jiddiy nazoratni o‘rnatish va boshqa reyting indikatorlari bo‘yicha maqsadli faoliyatni jadallashtirish.