March 12, 2022

Islom moliyasi tarixi asoslari va Oʻzbekistonda uning istiqbollar


Master-klassda “Moliya” kafedrasi mudiri X.Qobulov, kafedra professor-oʻqituvchilari hamda “Moliya” fakulteti talabalari qatnashdi. Master-klass davomida Islom moliyasining paydo boʻlish tarixi, asoslari, Islomiy banklar va anʼanaviy banklarning farqli jihatlari, Oʻzbekistonda Islom moliyasi istiqbollari, mashhur insonlarning Islom moliyasi boʻyicha fikrlari koʻrib chiqildi.

Islom moliyasi asosida tashkil etiladigan iqtisodiy munosabatlar misollar orqali tushuntirib berildi. Interfaol usulda tashkil etilgan master-klassda talabalarning koʻplab savollariga spiker oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda javob berib oʻtdi. Master-klassning qiziqarli va maʼlumotlarga boy boʻlganligi, ishtirokchilar tomonidan bunday mavzudagi tadbirlarni bardavom boʻlishlik istagi bildirilganligida ham oʻz aksini topdi.