April 3

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy hamda kasbiy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talaba va oʻquvchilar oʻrtasida“Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasimusobaqasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOMI.

Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik deb yuritiladi) tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalari hamda kasbiy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talaba va oʻquvchilar oʻrtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi (keyingi oʻrinlarda – Musobaqa deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

2. Musobaqa tashkil etishdan asosiy maqsad – talaba-oʻquvchilarni oʻz xalqiga, Prezidentiga va Vataniga sadoqat hamda yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportning harbiy-texnik va amaliy turlarini ommalashtirishdan iborat.

II. Musobaqani oʻtkazish va tashkil qilish tartibi

3. Musobaqa Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etiladi. Musobaqada Respublika va Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etmagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan Vazirlik tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalari hamda kasbiy taʼlim muassasalarining jami 5 nafargacha talaba-oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etadi.

4. Musobaqa 3 bosqichda oʻtkaziladi:birinchi bosqich – guruhlar oʻrtasida saralash bosqichi har yili mart-aprel oylari davomida;ikkinchi bosqich – fakultetlararo (kasbiy taʼlim muassasalarida, taʼlim muassasasi yoʻnalishlararo) bosqichi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan taʼlim muassasalari jamoalari oʻrtasida har yili aprel-may oylari davomida;uchinchi bosqich – yakuniy taʼlim muassasasi kurslararo (har bir fakultet 1-5 kurs talabalari yoki oʻquvchilari oʻrtasida yoʻnalishlarning 1-3-bosqich) bosqichi har yili may-iyun oylari davomida oʻtkaziladi.

5. Musobaqaning barcha bosqichlarini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlari tuziladi hamda ishchi guruhlarga taʼlim muassasalari rektorlari, direktorlar (Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari, direktor oʻrinbosarlari) masʼulligida Hakamlar hayʼati tarkibi shakllantiriladi.

6. Musobaqaning 1- va 2-bosqichlarida Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra gʻolib boʻlgan faqat 1 ta jamoaga keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yoʻllanma beriladi.

III. Musobaqa shartlari va baholash mezonlari

7. Musobaqaning barcha bosqichlari masʼul taʼlim muassasalari tomonidan belgilangan sport majmualarida oʻtkaziladi.

Musobaqa 2 ta shart asosida baholanadi.

1-shart oʻquv granatasini uzoqlikka uloqtirish sharti;

Ushbu shartdagi mashqni bajarish joyining uloqtirish marrasi, yoʻlagi chiziq va belgilar hamda 30, 40, 50, 60 va h.k metr masofa koʻrsatkichlari bilan jihozlanadi. Ishtirokchi mashqni F-1 oʻquv granatasini (600 gramm) uloqtirish orqali bajaradi.Sport hakami tomonidan ishtirokchilarga mashqni bajarish sharti va xavfsizlik qoidalari yetkaziladi;ishtirokchilar mashqni navbat bilan bajaradi;ishtirokchiga 1 marotaba uloqtirish imkoni beriladi;ishtirokchi sport hakamining “Ruxsat” buyrugʻidan keyin mashqni bajarishga kirishadi. Granata uloqtirgandan keyin ishtirokchi tana muvozanatini saqlab qolishi va granata yoʻlak (koridor) ichiga tushishi kerak;agar granata tasodifan qoʻldan chiqib ketsa, ishtirokchi marra chizigʻini bossa yoki tana muvozanatini yoʻqotib undan oʻtib ketsa, granata yoʻlak (koridor) chiziqlarining tashqi tomoniga tushsa, aynan shu natija hisobga olinmaydi va takroriy uloqtirishga ruxsat berilmaydi;ishtirokchi yoki jamoaning boshqa aʼzosi tomonidan xavfsizlik qoidalari talablari buzilganda uloqtirish natijasi hisobga olinmaydi. Har bir ishtirokchining necha metr masofaga uloqtirgani qoʻshib chiqilib umumiy ball chiqariladi.

2-shart turnikda tortilish sharti;

2-shartdagi mashqni bajarishda qoʻl kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qoʻllar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq toʻgʻri tushirilgan, oyoq uchi toʻliq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatda bajariladi.Qoʻllar bukilib, tana yuqoriga koʻtariladi, bunda jagʻ (iyak) turnik ustiga toʻliq chiqarilgan holat qabul qilinadi.Qoʻllar yana toʻliq uzatiladi, tana bir maromda pastga tushirilib, dastlabki holatga qaytiladi. Tananing osilgan holati 3 soniyadan koʻp boʻlmagan vaqt davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 450 gacha bukishga ruxsat beriladi.Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qoʻlda osilib olish amallari taqiqlanadi. Ushbu shart har bir turnikda tortilishiga qarab 1 balldan beriladi (masalan 15 ta tortilsa 15 ball bilan baholandi).

8. Ushbu 2 ta shartlarda jamoa aʼzolarining har birlari ishtirok etadi va jamoaning umumiy yigʻilgan ballari jamoa soniga nisbatan boʻlingan holda gʻolibjamoa aniqlanadi.

9. Yakuniy natijadan keyin ballar teng kelib qolgan taqdirda Hakamlar hayʼati tomonidan sportga oid qoʻshimcha shart berilib gʻolib aniqlanadi.

IV. Hakamlik qilish va apellyatsiya berish tartibi

10. Musobaqada hakamlik qilish maqsadida sport hakamlari tarkibi – bosh sport hakami va sport hakamlari tayinlanadi.Sport hakamlari tarkibi:musobaqa va shartlarni odilona, shaffoflik bilan baholaydi;har bir jamoa va ishtirokchining musobaqa va shartlarda koʻrsatgan natijalarini bayonnoma orqali rasmiylashtiradi;gʻolib jamoa va ishtirokchilarni belgilaydi;apellyatsiya shikoyatlari 3-kun muddatgacha beriladi va bir hafta muddatda koʻrib chiqadi.Musobaqalarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, joylari, vaqti va ketma-ketligi belgilanadi.Bosh sport hakami sport hakamlari tomonidan natijalarning toʻgʻri baholanishi hamda oʻyinlarning shaffoflik bilan oʻtkazilishiga masʼuldir. Bosh sport hakami oʻyinlar boshlanishidan oldin musobaqa oʻtkaziladigan joylarni, ularning jihozlanganligi va tayyorligini tekshiradi, muammo yoki kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻradi.Oʻyinlar shartlarini qoʻpol ravishda buzgan ishtirokchilarni sport hakamlari tarkibi aʼzolari bilan kelishgan holda, oʻyinlardan chetlatish masalasini hal etadi.Sport hakamlari tomonidan oʻyinlarning toʻgʻri oʻtkazilishini, natijalarning shaffoflik bilan baholanishini nazorat qiladi.Oʻyinlar davomida musobaqalarni mazkur Nizomga muvofiq oʻtkazilishini, natijalarning haqqoniy va shaffof tarzda baholanishini hamda gʻoliblarni aniqlaydi.Oʻyinlarni oʻtkazish joylari, sport (maxsus) jihozlari va vositalari tayyorgarligini taʼminlaydi.Ishtirokchilarga oʻyinlar shartlarini, xavfsizlik qoidalarini yetkazadi, bu borada tushuntirish ishlarini olib boradi va ulardan musobaqa shartlari toʻgʻri bajarilishini talab qiladi.

11. Oʻyinlarni oʻtkazish davomida jamoa rahbarlari va aʼzolariga quyidagilar taqiqlanadi:sport hakami ishiga aralashish;sport hakamining qaroriga qarshilik koʻrsatish va unga boʻysunmaslik;sport hakami bilan kelishilmagan tarzda musobaqa yoki shartlarni bajarish vaqtida oʻz jamoasiga yoki ishtirokchiga mazkur Nizomda koʻrsatilmagan qoidalarga zid ravishda yordam koʻrsatish;musobaqa yoki shartlarni bajarishning belgilangan joyida sport hakamining ruxsatisiz boʻlish;musobaqa yoki shartlarni bajarishga jamoa aʼzosi boʻlmagan shaxslarni jalb etish. Oʻyinlarda oliy taʼlim muassasasida tahsil olmaydigan talaba-yoshlarning ishtirok etishi qatʼiy taqiqlanadi va mazkur qoidaga rioya qilmagan jamoa musobaqadan chetlashtiriladi.V. Musobaqa ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

12. Musobaqa ishtirokchilari quyidagilarga majbur:musobaqalar talablarini bilish va unga soʻzsiz rioya qilishga;oʻyinlar davomida oʻzini munosib tutish va boshqalarni ham nomunosib xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasligini taʼminlashga;oʻyinlarni oʻtkazish joyida belgilangan kiyimda boʻlishga;oʻyinlar ishtirokchilari va sport hakamlariga xushmuomala munosabatda boʻlishga;zarur hollarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishga; sport hakamlarining koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishga;oʻyinlar davomida oʻrnatilgan kun tartibi va boshqa tartib-qoidalarga, musobaqalar shartlari va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etishga.

VI. Gʻoliblarni taqdirlash

13. Musobaqaning 1- va 2-bosqichida ishtirok etgan barcha jamoa aʼzolariga taʼlim muassasalarining faxriy yorliqlari topshiriladi.

14. Musobaqaning yakuniy 3-bosqichida 1-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritgan jamoaning har bir aʼzosi taʼlim muassasalarining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

VII. Yakuniy qoidalar

15. Ishtirokchilar tomonidan mazkur Nizomda belgilanmagan xatti-harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Xavfsizlik qoidalari va oʻrnatilgan kun tartibiga rioya qilmagan jamoalar oʻyinlardan chetlashtiriladi.

16. Musobaqa davomida oʻrnatilgan kun tartibi va intizomni buzgan jamoalarga jarima ballari beriladi.

17. Jamoa aʼzolarining xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari hamda har bir musobaqa shartlarini bajarishiga tayyorgarligi uchun javobgarlik jamoa rahbariga yuklatiladi