E'lon! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Nomdor davlat stipendiyalari haqida batafsil ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'risida”gi qaroriga ko'ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag'batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o'quvchilar, talabalar va magistrantlarni qo'llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e'tibor berib kelinmoqda.
An'anaviy tarzda har yili o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida o'qishi davomida faqat a'lo yoki a'lo va 25% gacha o'rta baholarga fanlarni o'zlashtirgan hamda ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etayotgan oxirgi ikki bosqichda tahsil olayotgan bakalavrlar (2-kurs va 3-kurslar) va magistrlar (1-bosqich) ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalarining (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
Magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi respublika miqyosida (yigirma ikkita) ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha alohida-alohida taqsimlanadi:
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi kvotasi har bir oliy ta'lim muassasasiga 1 ta va nomli davlat stipendiyalari uchun har 1000 nafar talabaga 1 ta kvota quyidagi ta'lim yo'nalishlariga mos ravishda ajratiladi.
Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilangan:
- umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
- yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
- kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
- tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
- O‘zbekiston tarixini bilish.
- Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari (keyingi o‘rinlarda — davlat stipendiyalari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.
Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
- a'lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
- tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish;
- Tillarni bilish bo‘yicha umumiy talablar darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan, oliy ta’lim muassasalarining tillar bo‘yicha ixtisoslashmagan mutaxassisliklar uchun xorijiy tillarga bo‘lgan talablari hajmida belgilanadi.
- Davlat stipendiyalariga talabgorlar chet tilini, axborot texnologiyalarini, O'zbekiston tarixini bilish darajasi bo'yicha maxsus imtixon topshiradilar.
- Davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlar ko‘rsatish davlat oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan, talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatlarini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
Davlat stipendiyasiga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:
1.Hemis tizimidan reyting natijalari transkript (Offis registrator tomonidan tasdiqlangan holatda)
3. Ilmiy rahbarining fikr-mulohazasi
4. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda
5. Qo‘shimcha yutuqlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda (turli tanlov va olimpiadalarda erishilgan yutuqlar)
6. Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari
7. Erishgan qo'shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa)
xorijiy til, O'zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari imtixon natijalari haqidagi ma’lumotnomasi.
Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Barcha hujjatlar PDF format elektron variantda ZIP papkada topshirilishi kerak. Muqovada davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.
Imtiyoz asosida Respublikaning istalgan OTMda imtiyoz asosida magistraturaga qabul qilinadi. Stipendiya summalari 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga tayinlanadi.
Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga quyidagi guvohnomalar beriladi:
“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sovrindori”;
“Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori”;
“Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori”;
“Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sovrindori”;
“Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori”;
“Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi sovrindori”;
“Pahlavon-Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori”;
“Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindori”
Guvohnomalar talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi
Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavni tugatgandan so'ng tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar.
Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng bir yil mobaynida magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab qoladilar.
HUJJATLAR: 2025-yil 24-iyundan 5-iyulga qadar Registrator ofis tomonidan qabul qilinadi.