"AEGIS" Yoshlar Forumi
16-18 Aprel kunlari Xorazm viloyati Xiva shahrida Xorazm viloyati Yoshlar ittifoqi, "Yourchance" yoshlar hamjamiyati hamda O'zbekiston talabalar ASSOTSIATSIYAsi bilan hamkorlikda "LIDER YOSHLAR" oilasi tomonidan "BIZ YOSHLAR- KELAJAK TAYANCHI" shiori ostida "AEGIS" Yoshlar Forumi bo'lib o'tdi.
Forum doirasida RESPUBLIKAMIZning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 110 nafar yoshlar rahbarlik, notiqlik, psixologiya, tadbirkorlik, ilmiy maqola
yo'nalishlari doirasida spikerlardan mahorat darslari olishdi. Bundan tashqari, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "AEGIS- intellektual shou" bellashuvi o'tkazildi va g'olib bo'lgan jamoaga AEGIS KUBOG'I topshirildi. Yurtimizda yoshlar turizmini rivojlantirish hamda yoshlarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish maqsadida "OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEY" deb ataluvchi ICHAN QAL'A bo'ylab sahoyat tashkil qilindi.
Madaniy hordiq uchun "SEHRLI TILAKLAR" fleshmob kechasi bo'lib o'tdi.
Ikki kun davom etgan forum yoshlarga turli yo'nalishlar doirasida bilim olish, ko'plab do'stlar ortirish va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.
"AEGIS" Yoshlar Forumi barcha yoshlarga yuqori kayfiyat va kuchli motivatsiya beroldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bu kabi forumlarni ko'plab tashkil qilish respublikamiz yoshlarini birlashishiga, turli sohalarda bilim olib, fikr almashib tajriba orttirishiga ko'maklashadi.
"AEGIS" Yoshlar Forumni you toube orqali qisqacha tomosha qilishingiz mumkin!