Murojaatlarni muddatida ko‘rib chiqishning sifat bosqichiga o‘tiladi
Joriy yilning 8-oktabr kuni viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari, o‘rinbosar, ijro intizomiga masʼul xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, jismoniy va yuridik shaxslardan, viloyat hokimining ishonch telefoni orqali, bevosita bosh boshqarma hamda hududiy tuzilmalarga kelib tushgan yozma va og‘zaki, sayyor qabullarda qabul qilingan fuqarolar, viloyat hokimining telegram messenjeri orqali kelib tushgan murojaatlari muhokamasi yuzasidan video selektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Bugungi kunga qadar fuqaro murojaatlarini o‘rganish jarayonida tushuntirish ishlari olib borilib muddatida o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari qonuni to‘g‘risidagi Qonunni yuzasidan joylarda va tizim xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar soni o‘sishi bilan bir vaqtda ayrim tuman va shaharlarda murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmayotganligi, qonuniy rad etilgan murojaatlar bo‘yicha murojaatchilarga aniq tushunchalar berilmayotganligi sababli, takroran murojaat qilish holatlari ko‘payib bormoqda. Bosh boshqarma va hududiy tizimlarga kelib tushgan barcha murojaatlar tanqidiy tahlil qilinib, jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi qonunda belgilangan muddatlarda ijrosini taʼminlanishi bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Shu bilan birga har bir murojaatlarni ko‘rib chiqishda birinchi bosqichdan sifatli tizimga o‘tilishi,yaʼni bosh boshqarma va tuman(shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismini ijobiy hal etilishi taʼminlanishini belgilab berildi.
Murojaatlarini muddatida o‘rganishning sifat bosqichida Tashkiliy va ijro intizomi nazorat sho‘basi I.Xoliqulov bilan birgalikda hududlarga biriktirilgan, shuningdek, ijro intizomiga masʼullar Xalq qabulxonasi, Prezident virtual qabulxonasi, bosh vazir qabulxonasi, doc.ijro.uz va viloyat hokimining telegram messenjeri orqali hamda sayyor qabullardagi murojaatlarni o‘z vaqtida ijrosini ijobiy taʼminlash choralarini ko‘radi.
Jarayonlarni tashkiliy va ijro intizomi sho‘basi doimiy tahlil qilib boradi