October 9, 2021

Lider qizlar bilan uchrashuv

Samarqand "Kelajak liderlari" klubi vitse-Prezidenti hamda "Samarqand ilmli qizlari" klubi rahbari Farangiz Xudoyorova Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talaba-qizlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Samarqand viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand filiali hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamkorligida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvda 120 nafar talaba-qizlar, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda universitet ma'muriyati qatnashdi.

Uchrashuv davomida qizlarga "Global fuqarolik", "Rahbar xotin-qizlar imidji", "Kelajak liderlari- yangi avlod kadrlari", "Ilmli qizlar - mamlakat taraqqiyoti, oila mustahkamli demakdir", "Qizlar motivatsiya si: biz baxtli bo'lish uchun tug'ilganmiz" mavzularida taqdimot qilinib, videoroliklar namoyish etildi.


Uchrashuv davomida qizlardan qiziqishlari va loyihalari, OTMdagi imkoniyatlar to'g'risida so'rovnoma o'tkazildi.
Tadbir so'nggida qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

.