Yangi O'zbekiston liderlari
Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida davlatimiz rahbari tomonidan chop etilgan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat filiali hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, viloyat, shahar va tuman deputatlari, "Kelajak liderlari" klubi a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M.Xodjayeva kitobning mazmun-mohiyati haqida gapirdi. Ta’kidlandiki, mazkur kitobda Yangi O‘zbekistonni, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va maqsadi hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritilgan.
Mazkur kitob o‘quvchilarda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.