๐บ๐ป๐จ๐,๐ฌ๐ฝ๐ฌ๐ต ๐ฐ๐ญ ๐ฐ ๐ญ๐ถ๐น๐ฎ๐ฌ๐ป(๐ด๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐'๐๐๐๐ ๐๐๐,๐๐๐.)
Yoongi va Fenna uch yildan beri bir-birini sevishadi.Yoongi tashqi ko'rinishi sovuq,ammo ich-ichidan yumshoq va mehrga to'la,butun dunyo uchun u " Muz devori " lekin, Fenna uchun eng mehribon ,uning bitta tabassumini ko'rish uchun butun g'ururini chetga surib qo'yadigan inson.
O'sha oqshom Fenna boshini Yoongining ko'kragiga qo'yib yotdi,barmoqlari ko'ylagiga doira chizdi.
-Yoongi...agar bir kuni meni unutsangiz,nima qilaman ?
Yoongi qovog'ini chimirdi,qo'llari Fennaning belini mahkam bog'ladi.
-Unutmayman.Lekin o'sha kun haqiqatdan ham kelsa,meni urushing kerak,meni yana sevishing kerak.Meni qo'yib yuborma,tushundingmi ?
Fenna uning lablaridan o'pib kuldi.
Ular bir necha hafta o'tgach,bu va'da ikkalasining ham yuraklarini pichoq kabi teshib,og'riq keltirishini bilishmasdi.
Yomg'irli kechada Yoongi Fennani olishga shoshilardi.Fenna unga qo'ng'iroq qildi,narigi tomondan Yoongining ovozi iliq eshitildi.
-Meni o'n daqiqa kut,ko'chaga chiqma.
Ammo oradan bir necha daqiqa o'tgach,Fennaga qo'ng'iroq bo'ldi : Yoongi avariyaga uchradi.
Fennaning oyoqlari shu qadar qaltirardiki,shifoxona zambilida oq ko'ylagi qonga botgan holda qimir etmay yotgan Yoongini ko'rib,yiqilib tushishiga oz qoldi.
Yoongi uyg'onganida , uning aytgan birinchi so'zi -Sen kimsan ?
Fenna o'zini yo'qotib qo'ymaslik uchun,lablarini qon ketgunicha qattiq tishladi,lekin baribir tabassum qildi.
Sog'ayguningizgacha yoningizda bo'laman.
Shunday keyin har kuni shirin qiynoqlar ketma - ket boshlandi.Yoongi uni eslamadi,lekin uning ko'zlarida hali ham Fennaning yuragini unga tegishli ekanligiga ishontiradigan nimadir bor edi.
Bir kuni Yoongi uxlayotganida alaxsirab,Fennaning qo'lidan ushlab pichirladi.
-Fenna ... meni tashlab ketma.
Fenna yostig'i ho'l bo'lguncha ertalabgacha yig'ladi.
Yoongi hamma narsani unutdi,lekin yuragi hali ham Fennaning ismini chaqirardi.
Fenna kasalxonaning musiqa xonasiga ko'chirilgan pianinoga uzoq vaqt befarq qarab o'tirdi va Yoongining uzun barmoqlari har bir klavishni bosgancha, pianino chalayotganini tomosha qildi.
Sizni juda sog'indim,chunki siz ijro etayotgan ohang,bir paytlar menga bag'ishlangan edi.U xotiralarni eslab,Yoongiga qarab jilmayib qo'ydi.
Yoongi bitta notani ham unutmagandi.U beixtiyor quyosh nuri ostida qizg'ish sochlari tovlanib turgan Fennaga qaradi,yuragi tez ura boshladi,go'yo bu chehrani ko'p marta ko'rgandek g'alati tuyg'u uni chulg'ab oldi.
Fenna karnayni yoqish uchun qo'lini cho'zdi,qo'shiq xona bo'ylab asta - sekin ask - sado berib,Yoongi bilan raqs tushishga majbur qildi.
Fennaning " Va'da " -u uchun maxsus yozilgan qo'shig'ini kuylayotganini eshitgach,Yoongi birdan jim bo'lib qoldi,ko'zlari yoshga to'ldi.
-Nega bu qo'shiq yuragimni og'rityapti ?
-Chunki bu qo'shiqni men sizga,ilk uchrashgan paytlarimizda yozib berganman.Yoongi Fennaga uzoq qarab turdi,so'ng birdan uni quchog'iga tortdi.
-Men seni eslay olmayman..lekin men seni sevishni xoxlayman.Menga imkom bera olasanmi ?
Fenna uni quchoqladi,ko'zlaridan yoshlari oqib,yanoqlariga tushdi.
-Uyg'onganingizdan beri shu jumlani kutaman.
ยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซยซ
Bir kuni tushdan keyin ,yo'l chetida ikkalasi birga ketishayotganlarida,to'satdan ularning ro'parasida mototsikl halokati sodir bo'ldi.
Tormozning chiyillash ovozi,shamolda qon hidi...
Yoongi hayratda qoldi,boshi yorilib ketmoqchi bo'lgandek,boshini changallab o'tirib qoldi.
Xotiralar,xuddi kino plyonkasidagi tasvir kabi ko'z oldida aylana boshladi.
Fennaning shifoxona karavoti yonida yig'layotgani,yomg'irda uni quchoqlagani,sevgisini birinchi bo'lib tan olganidagi titroq o'pish.
Yoongi yig'lab yubordi,Fennani qattiq quchoqlab,sekin pichirladi.
Kechir,shu paytgacha seni yolg'iz qoldirganim uchun.Fenna ham uni qo'llari qaltirab quchoqlagancha yig'ladi.
O'sha oqshom Yoongi va Fenna o'z uyiga,xotiralarga to'la joyga qaytishdi.Ular bir-birini quchoqlab,nafas yetishmagunicha o'pishishdi.
-Men seni bir marta unutdim,lekin bundan buyon ismingni yuragimga muhrlayman.Kimligingni eslolmasam ham,meni sevganing uchun rahmat.
Fenna yosh to'la ko'zlari bilan Yoongiga qarab tabassum qildi.
-Agar keyingi safar yana unutsangiz,sizni yana meni sevishga majbur qilaman.Toki yuragingiz faqat bitta odam borligini eslamagunigacha - Rossi Fenna.