June 12, 2025

𝑺𝒐'π’π’‚π’šπ’π’•π’Œπ’‚π’ 𝑩𝒂𝒉𝒐𝒓

"𝑸𝒂𝒍𝒃 π’ˆπ’‚π’‘π’Šπ’“π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’π’…π’‚ β€” π’Œπ’β€˜π’›π’π’‚π’“, π’Œπ’β€˜π’› π’šπ’†π’•π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’π’…π’‚ β€” π’•π’‚π’’π’…π’Šπ’“ π’‚π’šπ’•π’‚π’…π’Š."

YUNJIN POV
Uchinchi marta. Uchinchi marta bu yerdan o'tyapman. Xali hamon miyamda kiraymi yoki yo'q degan savol aylanmoqda. Oxiri qaror qildim. Bu yerga shunchaki qahva ichish uchun keldim. Ichaman va ketaman.

Kafe ichkarisiga kirib kechagi joyimizga o'tirdim. Chae bugun men bilan bora olmasligini aytdi. Bu qizga nimadir bo'lyapti va mendan sir tutyapti. Nima bo'lsa ham yaxshi bo'lsin. Shu sabab yolg'iz keldim. Kirib kelishim bilan ko'zlarim unga tushdi. O'sha sovuqqon ko'rinishda. Ammo uning kuchli aurasi hali hamon meni o'ziga tortmoqda. Va bir payt u men tomon kelishni boshladi. Bilmadim shu soniyalarda yuragimning urish ritmi o'zgardi. Har doimgidek jiddiy, rasmiy, sovuqqon. Qalban esa... nimadir meni unga tortadi.

– Nima buyurtma qilasiz? β€” dedi baralla, koβ€˜zlarimga qaramasdan.

Men bu safar tik qaradim. Uning ovozida charchoq ham, ishonch ham, begona muzlik ham bor edi.

-Bitta Latte. Faqat shakari kamroq bo'lsin iltimos-dedim.
U daftariga yozib oldi. To'satdan orqadan ovoz keldi.

-Jay, bu stoldan buyurtmalarni ol- dedi uni hamkasbi.
Ismi. Nihoyat eshitdim. "Jay" deb chaqirishdi. O'sha zahoti yuragim bir pasga toβ€˜xtab qolgandek boβ€˜ldi.

U ortga ketdi, men esa stolda oβ€˜tirganimcha sekinlik bilan bu ismni ichimda takrorlay boshladim.

"Jay…" O'zimga o'zib bilinar bilinmas kulib qo'ydim. Bilmadim nega.
U buyurtmamni olib keldi.
-Latte, kam shakarli.
-Rahmat, – dedim oddiygina, ammo koβ€˜nglimda bu rahmat ortida qancha narsa yashiringanini u bilmasdi.

Nigohlarimiz toβ€˜qnashdi. Yuzida hech qanday ifoda yoβ€˜qdek tuyuldi, ammo ichida nimadir siljigandek koβ€˜rindi. U boshini qimirlatdi, burilib ketdi.

Men esa oβ€˜tirgan joyimda yuragimni tinchlantirishga urindim.

Yunjin

POV JAY
Oradan vaqt o'tti. Stollar orasidan oβ€˜tayotib koβ€˜zim oβ€˜sha burchakdagi joyga tushdi. Xayolimga bir necha soat oldin yuz bergan voqealar kela boshladi. Toβ€˜lqin sochli qiz. Uning nigohi. Va...

Stol ustidagi kichik charm hamyon.

Jay unga yaqinlashdi. Rangi och jigarrang, mayin charmli, ustida kichik metal ilmogβ€˜i bor. Ochiq emas, ammo ichida nimadir borligi bilinib turardi. Bir zum ushlab turdi, lekin ochmadi.

Shunchaki ichida qandaydir ishonch bor edi β€” u qaytadi.

Jay hamyonni kafening orqa tarafidagi kichik shkafga olib borib qoβ€˜ydi. U yerda xodimlar oβ€˜z buyumlarini saqlashardi. Hamyonni oβ€˜sha yerga, koβ€˜z ilgβ€˜amas joyga qoβ€˜yarkan, ichidan nimadir silkinib oβ€˜tgandek boβ€˜ldi.

Jay

ERTANGI KUN
Ertalabki darslar, yoqimsiz lekin zarur leksiyalar... Bularning bariga diqqatini jamlay olmagan Yunjin oxiri yon choβ€˜ntagiga qoβ€˜l soldi.

Boβ€˜sh.

β€” Yoβ€˜q! – dedi u sekin. Soβ€˜ng chuqur nafas oldi. Avtobusda ishlatadigan kartasi doimi uning yonida turgani bois, Jen xamyoni yo'qligini hozir bildi.
-Kecha faqat Cafeda xamyonimni qo'limga oldim. Yo Xudoyim. Rostan ham. U o'sh yerda bo'lishi kerak. Bu tasodifmi? Yo'q bu taqdir men bilan yuzlashtirayotkan mo'jiza. Xamyonimni qoldirib ketkanimdan xursand bo'ldim. Rosti jinni bo'lyapman. Buni eshitgan Chae rostan ahmoqligimni tasdiqladi. Darsdan so'ng Blossomga u bilan birga bormoqchi edim. Afsuski, u ishi borligini aytdi. Shu sababdan u yerga o'zim boraman. Ishonamanki u bo'lmasa ham kimdur meni xamyonimni olib qo'ygan.

BLOSSOM CAFE
Cafe ichiga shoshib kirdim, yo xamyonim yo'qolgani uchun yo uni ko'rishni istaganim uchun. Albatta u o'sha yerda turardi. Men xech ikklanmay u tomon bordim va maqsadimni aniq bayon qoldim.
-Salom. Kechirasiz sizdan bir narsani so'ramoqchi edim-dedim ohista. U mening ko'zlarimga qaradi. Go'yoki nima deyishimni biladigandek.
-Salom. Marhamat eshitaman.
-Kecha qahvaxonaga kelgandim esingizda bo'lsa. Shu kechadan so'ng xamyonimni yo'qotib qo'ydim. Balkim uni shu yerda qoldirdim deb o'ylab keldim. Siz xech qanday hamyonni ko'rmadingizmi? Ko'zimda qandaydir ishonch bor edi. Umid qilardimki u men kutgan javobni beradi.
-Och jigarrang, mayin charmli, ustida kichik metal ilmogβ€˜i bor, shundaymi?
Xuddi o'zi. U tasvirlagan xamyon meniki bilan bir hil edi.
-Ha, ha o'sha-dedim tezlikda
-Bir daqiqa-dediyu ichkariga kirib ketti.
Taxminan 2daqiqadan so'ng u qo'llarida men izlagan narsa bilan chiqardi. Ayni damda men xamyonim topilganidan emas balki, Jay unj olib qo'yganidan xursand edim.
-Katta raxmat. Qanday minnatdorchilik bildirishni bilmayman-dedim ko'zlarim porlab.
-Arzimaydi. Umid qilamanki keyingj safar e'tiborli bo'lasiz-dedi va yana ishiga kirib ketdi.
To'g'ri uning bu ko'rinishi va muomalasiga o'rgandim hisob. Hozirdagi quvonchimni hech narsa so'ndira olmaydi. Xamyonimni oldim va uyga yo'l oldim.

Yunjinning xamyoni

POV CHAEWON
Shahar chiroqlari yuragimni isitmasdi. Ular porlayotgandi, lekin men ichimda qorongβ€˜ilikda edim.

Uyda yana oβ€˜sha gaplar. "Sen eng yaxshisi bo'lishing kerak", "Bu yoβ€˜l sening kelajaging", "Biz sendan orzu qilamiz"... Orzular meniki emas, ularniki aslida. Mening orzularim qayerda?

Tizzalarimni quchoqlab, dengiz bo'yida o'tiribman Yigβ€˜lamadim, lekin koβ€˜zlarim qizarib ketganini bilardim. Bu xolatimni hech kimga ko'rsatishni istamayman.
Birdan kimdir boshim tepasida paydo bo'ldi. Qo'lidagi dastro'molni esa men tomonga tutib turardi.
-Agar yig'lashni hoziroq to'xtatmasang, ko'zyoshlaring mana bu dengizga qo'shilib okeanga aylanadi. Qani ol okeanni to'xtatamiz-dedi yengil kinoya bilan-yoki men suzishni boshlayman.
Chae kulib yubordi. Toβ€˜xtatmoqchi boβ€˜ldi, boβ€˜lmadi. Kulgi koβ€˜z yoshga aralashib ketdi.
β€” Yaxshimisan? β€” deb soβ€˜radi yigit bu gal jiddiyroq ohangda.

Chae bosh irgβ€˜adi. Dastro'molni oldi, lekin hali gapirmadi.

β€” Bilasizmi, men har doim shuni tushunmaganman... nega bizdan kim boβ€˜lishimizni soβ€˜rashadi, lekin qanday yashashni hech kim oβ€˜rgatmaydi?

Yigit unga qaradi. U ilk bora kimdirdan bu gapni eshitayotgandek his qildi.

β€” Ba'zan jim yigβ€˜lashing kerak... β€” dedi u. β€” Faqat shunchaki nafas olish uchun.

Yigit choβ€˜ntagidan bitta shokolad olib chiqardi va uzatdi.

β€” Bu hech narsani hal qilmaydi. Lekin shokolad yeb oβ€˜tirgan odam, hech boβ€˜lmasa, bir daqiqa davomida baxtli koβ€˜rinadi.

Chae yana kuldi. Koβ€˜zlarida mung bor edi, ammo yuragida issiqlik paydo boβ€˜lgandek tuyuldi.

β€” Jake, β€” dedi u qoβ€˜lini uzatib.
β€” Men... Chaewon, β€” dedi qiz, biroz tortinib.

β€” Yaxshi Chaewon, biz endi okean boyida tanishgan yaqinlarmiz. Endi bitta maslahat: hayot sahifalaridan chiqib ketishni emas, yangi sahifalarni ochishni oβ€˜rgan. Toβ€˜gβ€˜ri, ba'zida soβ€˜zlar chalkash, lekin hikoya hali tugamagan..
Yigit shunday dediyu bu yerni tark etdi. Men ham bir necha daqiqalardan so'ng bu yerdan kettim.

Jake
Chaewon

Dengiz bo'yi

- Jen Huh