June 10, 2025

𝑺𝒐'π’π’‚π’šπ’π’•π’Œπ’‚π’ 𝑩𝒂𝒉𝒐𝒓

"𝑩𝒂'𝒛𝒂𝒏 π’ƒπ’Šπ’›π’π’Š π’šπ’‚π’π’ˆπ’Š π’…π’–π’π’šπ’π’π’‚π’“π’ˆπ’‚ π’π’π’Šπ’ƒ π’ƒπ’π’“π’‚π’…π’Šπ’ˆπ’‚π’ π’šπ’β€˜π’π’π’‚π’“, π’Œπ’β€˜π’›π’Šπ’Žπ’Šπ’›π’ˆπ’‚ π’–π’π’„π’‰π’‚π’π’Šπ’Œ π’Œπ’‚π’•π’•π’‚ π’ƒπ’β€˜π’π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’ π’Œπ’Šπ’„π’‰π’Šπ’Œ 𝒕𝒂𝒏𝒍𝒐𝒗𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂𝒏 π’ƒπ’π’”π’‰π’π’‚π’π’‚π’…π’Š."

Vanihoyat darslarimiz tugadi. Bu vaqt ichida Chae bergan vadamni eslatib xunob qildi.
-Jen men uzoq joyga borishni istamayman. Oshqozonim xar xil ovozlar chiqarib mendan qasos olishni boshlaydi. Noligancha gapirdi Chae.
-Men allaqachon o'qishga kelayotkanimizda yo'ldan bir kafeni tanlab qo'ydim. Bu yerdan uzoq emas. Aynan o'sha yerga borishni istayman. Qiz ichida o'ylab qo'ygan rejasini ayttiyu dugonasini javobini kuta boshladi.
-Ochig'i menga farqi yo'q. Unda tezroq seni mana bu bochkadayam oshqozoningni to'yg'azayalik. Jen atay uning ustidan kulish uchun ensa qotirib gapirib qo'ydi
-Hhh meni oshqozonim bilan o'ynashma. Och paytim o'zimga javob bermayman. Qo'li bilan dugonasiga o'qtalgan Chae xuddi hazil ila do'q po'pisa qildi.
-Yaxshi, yaxshi xonim, kechirasiz, endi ketaqolaylik.

Yunjin
Chaewon

Rostan ham Chae aytganidek kafe juda yaqin ekan. 15daqiqada piyoda yurib yetib keldik. Qiziq nega bu yerni oldin ko'rmagan ekanman. BLOSSOM CAFE. Nomi menga yoqti. Kirib kelishimiz bilan tashqariga qaragan joydan o'rin oldik. Rostan ham shinam ekan. Bir necha daqiqadan so'ng orqadan kimdir keldi. Qora formada, bo'yi baland ofitsant kiyimida bo'lgan yigit qo'lidagi daftarchasini olib bizga murojat qilishni boshladi.
-Nima buyurtma qilasiz? - so'radi yigit qisqa va rasmiy ohangda. Shu on uni ko'rib to'xtab qoldim. Negadir undan ko'zimni uzolmadim. Yigit esa shunchaki buyurtma berishimizni kutardi. U boshqalarga o'xshamasdi. Odatda kafedagi yigitlar biroz e'tibor va iliqlik bilan qizlarni o'ziga tortish uchun gaplar gapiradi. Ammo hozir bu yigit ularning umuman aksi. Chae ofitsantga qarab qolganimni sezdi shekilli darrov gapirib ketdi.
-Ixm menga 2ta qulupnayli tort hamda kokteyl, ha mangoli bo'lsin, iltimos. Jen sen nima buyurtma qilasan. Qiz menga undan nigohlaringni uz degandek balandroq gapirdi. O'zimni juda noqulay xis qildim. Sababi yigit unga tikilib qolganimni bilib turardi. Endi u nima deb o'ylaydi?
-Ha menga bitta Latte hamda bitta crepe. Barchasini tez-tez aytib tashladim.
Yigit daftarchasiga barini tez-tez yozdiyu, boshini qimirlatib ortga ketti.
Yigit ketishi bilan Chae menga sekin gapirishni boshladi.
-Tovba bu yigitni yuzidan tomayotkan muzlardan Antraktida uy qursa bo'ladi. Lekin, rost, chakki emas. Bir qaraganda chiroyli.
-Men bilmadim. Zo'rg'a gapirdim. Ko'zlarim esa u ketkan joyni taqib qilishda davom etardi.
Kafedan chiqib to'g'ri uyga yo'l oldik. Avtobusdan tushib, Chae bilan xayrlashdim. Uyga keldim. Odatda oyim ishdan kech keladilar. Shu sababdan uyda yolg'iz bo'laman. Kech tushishi men uchun qiyin bo'ldi. Nega? Nega hayollarimni tark etmayabsan? Avval hech qachon hech qaysi bolaga nisbatan o'zimni bunday tutmagandim. U rostan ham o'zgacha edi. Balki ertaga ham borib ko'rarman? Ah Yunjin, Yunjin. Bu rostan ham senmisan? Nima men sevib qoldimmi? Yo'q, yo'q. Bunchalik tez emasda. Ertaga u yerga shunchaki borib ko'raman shunchaki. Qiz o'ziga gaplarini takrorlay takrorlay ko'rpasini ichiga kirib oldi. Go'yo qizni kimdir kuzatib turgandek.

Blossom Cafe

POV JAY
Boshqa kunlardan hech qanday farqi yoβ€˜qdek tuyulgan bugun ham ish boshlandi. Kofe mashinasi, mijozlarning buyurtmalari, fonda eshitilayotgan yumshoq musiqa. Hammasi odatdagidek. Hammasiga ko'nikib bo'lganman. Men Park Jongseong. Yaqinlarim, ishdagilar va do'stlarim Jay deb atashadi. 22yoshdaman. Yonsei universitetida Arxitektura yo'nalishida o'qiyman. Shahar boβ€˜yicha mashhur, lekin men uchun bu shunchaki majburiyat. Oβ€˜qiyapman, chunki oβ€˜ziga toβ€˜q boβ€˜lishim uchun oβ€˜qishim kerak. Bu menga hech kimdan qarz boβ€˜lmaslikni oβ€˜rgatgan hayotning taqozosi. 4yil avval onam vafot etdi. Uni kasallik mendan tortib oldi. Men butunlay yolg'iz qoldim. Otamni esa umuman bilmayman. Ha, ha xatto qiziqmaganman. Bu inson mening hayotimda rol o'ynamagan. Onam ketganidan beri hayotim faqat harakatda. Oβ€˜qish, ish, yana oβ€˜qish. Men ishlashim kerak. Chunki hech kim mening joyimda turib bermaydi. Men shovqinli hayotdan yiroqman. Men uchun hozir hayot β€” bu oldinga intilish. Vaqtimni xayolparastlikka sarflashni istamayman. Mototsiklm esa mening yagona erkinligim.
Kafedagi navbatdagi kunim edi. Ofitsant formasini kiyib, odatdagidek mijozlarga xizmat qilishni boshladim. Yangi kirgan mijozlar e'tiborimni tortmasligi kerak edi. Ammo ular orasida biri... boshqa edi.

Sochlari yoyilgan va to'lqinsimon, koβ€˜zlarida nimadir sokin, lekin ichkaridan chaqnayotgan nurlari bor edi. U menga tikilganini payqadim. Va men ham koβ€˜zlarimni bir zumga u yoqqa qaratdim. Lekin darrov koβ€˜zimni olib qochdim. Bu yillar davomida hosil qilgan himoya devorim singari harakat edi.

β€” Nima buyurtma qilasiz? β€” quruq va rasmiy ohangda soβ€˜radim. Hamma bilan qanday boβ€˜lsam, u bilan ham shunday boβ€˜lishim kerak edi.

Dugonasi kulib, tort va kokteyl buyurtma berdi. Qiz esa Latte va crepe. Qogβ€˜ozga yozdim, ortimga oβ€˜girilib ketdim.

Lekin oβ€˜sha koβ€˜zlar... yuragimda nimadir gβ€˜alati harakat qildi. Koβ€˜zim ortda qoldi, xuddi oβ€˜sha stolda.
Shunchaki mijoz. Oddiy kun.
Blossom kafening eshik qongβ€˜irogβ€˜i yana chalinganida, boshimni koβ€˜tarmadim. Har doimgidek tong β€” kofe, buyurtmalar va notinch ritm. Qaynoq ichimliklar orasida nafas olayotgandek tuyulaman.

Jayβ€” Jay, bu sening buyurtmang! β€” degan ovoz bilan orqamda Minji paydo boβ€˜ldi. U har doimgidek begβ€˜ubor kulib turardi. Eshik tomon qaradim va qarshimda u turardi... To'lqin soch

Jay
Jay
Minji

- Jen Huh