August 11, 2025

"๐—ง๐—ต๐—ถ๐˜€ ๐—ถ๐˜€ ๐—ป๐—ผ๐˜ ๐—ท๐˜‚๐˜€๐˜ ๐—ฎ ๐—ฐ๐—ผ๐—ถ๐—ป๐—ฐ๐—ถ๐—ฑ๐—ฒ๐—ป๐—ฐ๐—ฒ."

Soat millari 8:47ni ko'rsatmoqda. Seoul yo'llari mashinalar bilan to'lgan. Hozirda bu yo'llardan zamonaviy, o'zini hamda toychog'ini sevadigan Jeon Fenna katta tezlikda harakatlanmoqda. Univetsitetning endigina 2-kurs talabasi bo'lgan qiz 9da boshlanadigan darsiga kechikmaslik uchun yo'ldagi barcha qoidalarni unutgan edi. Ammo to'satdan yonilgan qizil chiroq va uning to'g'risida turgan qora Mercedes-Benz avtomabili bilan uni mashinasining urilishi barchasiga yakun yasadi. Ayni damda Fennani o'zi qilgan xatosi emas, balki toychog'ining ahvoli qiziqtirardi. Fenna mashinasining oldiga kelib uni tekshirishni boshladi.

-Lanati, dedi qiz nafasi ostida. Toychog'im, bolajonim meni kechir. Men bunday bo'lishini bilmagandim. U mashinasining yon tomonidagi pachoq joyga qarar ekan.

Ayni damda qora Mersning ichidan, kelishgan taxminan 28-29 yoshlar atrofidagi yosh erkak tushdi.Yigit sekin qizning yoniga bordi va 2daqiqa kutdi. Ammo Fenna xali hanuz toychog'i bilan gaplashar edi. Fenna birdan boshida odam turganini sezib tezda o'rnidan turdi. Shunda yigit iloji boricha muloyimlik bilan gap boshladi.

-Xonim ahvolingiz yaxshimi? O'zingizga hech narsa qilmadimi. Yigit xol ahvol sorar ekan birdan qiz gapira ketti.

-SIZ! HAMMASIGA SIZ AYBDORSIZ. Sizni deb mening o'g'lim jarohatlandi. Aslida hamma ayb qizni bo'ynida bo'lsa ham bunday vaziyatda Fennaga baribir edi va u aybini tan olishni istamasdi. Yigit iloji boricha qizga yordam berishni istagandi, ammo uning bu muomalasidan keyin yigit ham gaplarini o'zgartirdi. U lab chetida kuldida gapira boshladi

-Kechirasiz kechirasiz. Aybni qilgan siz-u, ayblanayotkan menmanmi? Nima qizil chiroqni ko'rish uchun sizga ko'zoynak sotib olib bermaganim aybimmi?

-NIMA. Yigitning gaplaridan qiz battar asabiylasha boshladi. Siz qanday odamsiz. Birinchi bolib mashinamni jarohatladingiz endi esa meni yerga uryapsizmi. Sizdek insonlar g'irt ahmoq va o'qimagan bo'lishadi.

-O'rningizda bo'lganimda bunday demagan bo'lardim, yer dumaloq balki bir kun kelib ishingiz tushganda bu gaplar uchun afsuslanarsiz. Yigit o'zining og'ir vazmin feli bilan qizga tasir otkazishni boshladi.

-Siz bilan qayta uchrashgandan ko'ra, qaytib nafas olmaganim ma'qul. Ogohlantiraman, ortiq yo'limdan chiqmang, yo'qsa afsuslanasiz. Qiz o'zicha yigitni qo'rqittim deb o'ylardi. Ammo bu chetdan yosh bolalarning xuddi akasini qo'rqitkani kabi edi. Qiz shunday dediyu mashinasiga o'tirib universitetga yo'l oldi. Yigit qiz ketkan yo'lga qarab qoldiyu, kulib qo'ydi.

-Hali ko'ramiz qizaloq.

Yigit ham qiz ketkandan so'ng o'z yo'lidan ketti.

Shoshilganidan yugurib hansirashga tushgan qiz auditoriyaga kelganda o'zini epaqaga keltirdi. Albatta ustozidan 1 2dakki olgandan song jimgina kirdi. Bu holida u na tortishishni va na vaziyatni tushintirishni istadi. Kirishi bilan eng yaqin dugonasi Yerinning oldiga o'tirdi.

-Yo xudo Fenna cho'lda qolib ketting deb o'ylagandim, nima boldi nega xomushsan?

Qizlar orqa partada hech kimni eshitmasdan gaplashib o'tirishdi. Fenna esa bugun tongda bo'lgan barcha voqeani aytib berdi.

-Sen qiz jinnimisan? Mashinasini aslida sen turtib yuborgansan. Seni militsiyaga olib bormaganiga shukr qil. Dugonasiga dakki berarkan Fenna bu gaplarni eshitishni istamasdi. U hayollarida baribir haq edi.

-Mayli uni qo'y. Bilasanmi nima yangilik eshittim?

-Albatta bilmayman, gapir.

Yerin ensa qotirdiyu gapini davom ettirdi.

-Universitetimizga bugun yangi professor kelarkan. Aytishlaricha juda chiroyli, kelishkan va tajribali emish.

-Yaxshi kelsa kelavermaydimi, bular haqida bosh qotirish istagim yo'q tezroq dars tugasayu mashinamni ustaxonaga olib borsam.

Ayni shu paytta professor gapirishni boshlaydi.

-Aziz o'quvchilar. Bilasizki oyning oxiri bolganligi sababli loyiha ishini tezlashtirishingiz zarur. Guruhda kamida 2ta odam bo'lsin. Men aytgan adabiyotlardan foydalanmasangiz bari befoyda. Endi tanaffusga chiqing. Loyihalarni keyingi hafta yig'ib olaman.

Qizlar hali loyihani boshlash tugul u haqida o'ylashmagan edi.

-Fenna iltimos sen bugun universitet kutubxonasidan kitoblarni to'pla, loyihani birga qilamiz. Men Jayga bugun uchrashishga vada berganman. Iltimos dugonajon. Fenna ham dugonasini tushingan holda u bilan hayrlashdi.

Kutubxonaga kelgan Fenna 1ta kitobdan tashqari barchasini topkan edi. U uchun kerak bolgan kitobni bugun yangi kelgan professor Kim Taehyung olib ketkan emish. Shu sababdam u hozir o'sha prafessor oldiga ketmoqda. Eshikning oldiga kelib taqqilatgandan so'ng kiring degan ovozni eshitgan Fena ichkariga bemalol kirdi. Ammo qarshisidagi odamni ko'rib xushi uchdi. To'g'risida ertalabki ko'ngilsizlikda sherik bo'lgan insoni MAKTAB PROFESSORI turardi.

-Xo'sh. Demak Jeon Fenna. 2-kurs talabasi. Seni bu yerga nima yetaklab keldi. Taahyung ertalab bu qiz bilan bir joyga kelganidan hayratlanib u haqida surishitrgan edi.

Fennaga aytilgan o'sha Taehyung u ekanligiga hali hanuz ishona olmasdi.

-Nega ranging oqarib ketti? Arvoh emas odamman. Nimadir kerakmi?

Fenna ana endi o'zini o'nglab oldi.

-Ixm kechirasiz m-menga bugun ertalab kutubxonadan olgan kitobingiz kerak edi. O'rta asrlar tarixi haqidagi. Qiz hayajonlanmasdan gapirishga harakat qilarkan ammo uning ovozi buni inkor etardi.

-Demak kitob. Yaxshi Jeon xonim. Senga kitobni beraman. Xohlasangiz nafas olishdan to'xtasangiz suniy nafas bo'lishim ham mumkin nima deysiz. Axir o'zingiz bugun ertalab siz bilan qayta uchrashgandan ko'ra nafas olmaganim yaxshi demaganmidingiz.

Fenna ayni damda juda xijolatli xolda tursa ham o'zini qo'rqoq ko'rsatkisi kelmasdi.

-Ha albatta shunday degandim. Ammo bu gap majoziy manoda edi Professor Kim. Buni hatto yosh bola ham tushinadi. Ertalabki ishga keladigan bo'lsak bu oddiy baxtsiz xodisa edi, shunday emasmi? Oddiy aholi orasida bo'ladigan hodisa. Endi esa menga kitobni bersangiz dedi. Taehyung kitobni uzatishi bilan tezda uning qo'lidan yulib olgan siz shoshilnch raxmat aytib xonadan chiqib ketdi. Ammo u bilmasdiki bu harakatlari bilan uning faqatgina xonasidan chiqish mumkin yuragidan emas

Oradan oylar o'tti bu vaqt ichida Taehyung bilan Fenna barcha ishlarni unutib ancha yaqin bo'lishdi. Ular nafaqat universitetda balki o'qishdan tashqarida ham uchrashishar edi. Aynan o'sha kun keldi Taehyung kutkan kunlar. Darslar tugadi va kech tushdi. Tae Fennani dars qilamiz deb sohil bo'yiga olib keldi. Fenna nega aynan bu yerda ekanligini anglolmasdi. Osmon qorong'u edi ammo birdan salyut ovozi keldi. Fenna tezda u yerga qaradi va u yerda

"FENNA SENI SEVAMAN"

deb yozilgan edi. Va to'satdan ortdan Taehyung paydo bo'ldi. Qizning ko'zi allaqachon yoshlar bilan to'lgandi.

-Fenna bilmayman ammo yuragim hozirni o'zida o'z o'rnidan chiqib ketadigandek. Bu yurak seni ko'rgandan so'ng shunday bo'lib qolgan. Har bid qilgan orzularimda sen borsan. Men seni telbalarcha sevib qoldim. Menga imkon ber. Yigit qo'lida gullar bilan turardi. Fenna ayni damda ko'zlariga ishonmasdi sababi u ham Taehyungga allaqachon befarq emasdi. Ayni damda u shunchaki "Roziman" dedi va hayotidagi u sevgan inson bilan bo'ladigan shirin xotiralarga o'zini tayyorladi

Kim Taehyung
Jeon Fenna
Kang Yerin
Sevgi izhor qilingan joy๐Ÿ’™