October 12, 2025

π—œπ—»π—»π—Όπ—°π—²π—»π˜ π—Ήπ—Όπ˜ƒπ—²

2017-yil 20-oktyabr

Maktab darslari tugashi bilan qo'shimcha darsim sababli avtobusga yugurardim, zero yana kech qolib eshik oldida turishni istamasdim. Endigini 8chi sinf bolsamda ingliz tiliga mehrim sababli uni o'rganishni boshlaganman.

Darslar boshlandi ustoz endi mavzu tushintirishni boshlagan payt xonamiz eshigi taqilladi va adminstratorimiz ustozimdan boshqa guruhni ham endi bizning guruhga qoshishimiz kerakligini aytdi. Avval e'tibor bermadim ammo oradan daqiqalar o'tib guruhga o'sha o'quvchilar kirib kelishni boshladi. Orasida bir mallasochi bor edi. Bilmadim ammo u qandaydir boshqacha edi. Dars boshlandi, ustozimiz bu o'quvchilar bilan tanishishni boshladilar, eshitishimcha ularni darajasi bizniki bilan bir xil ekan. Navbat o'sha mallasochga keldi.

-Mening ismim Kim Taehyung.

Taehyung lablarim orasida shivirladim, yuragim qandaydir notanish ritmda seskandi. Ovozi. Bilmadim ammo qulogimga uning ovozi boshqacha eshitildi. Balki u men uchun hamma emasdir.

2017-yil Dekabr

Taehyung guruhimizga qoshilganinga endigini 2oy boldi. Ammo tan olaman men unga befarq emasman. U juda ham kelishgan aqlli bola. Dars davomida 2lamiz mavzular boyicha talashamiz, men undan u esa mendan oldinroq javob berishga harakat qiladi. Biz ikkimiz goyo bir birimizni toldiradigan boshqotirma edik. U juda ham iltifotli ediki meni sizlardi. Juda ham tarbiyali ekanligi bilinadi, ammo bazi paytlar unga yutqizib qoysam biroz xazillari o'tib tushardi. Uni baribir hamma kamchiliklari bilan qabul qilardim. Yana bir dars u o'ziga uzuk sotib olibdi. Biroz kulgiliya. Ustozimiz uni kordila va

-Ha Fenna bilan birga juftliklar uzukini taqyapsizmi-dedilar men tezda ularga qaradim. Taehyung esa albatta buni rad etti. Ammo ich ichimdan men bu ustozimning xazilini yoqtirdim. Demak ular ham bizni bir birimizga mos deb bilar ekanlar.

2017-yil Yanvar

Uning tug'ilgan kuni ekan va 18yoshni qarshi olibti. U uchun juda xursand bo'ldim. Ammo bilasizmi nima meni xafa qilardi. Nega u xattoki bir marta bolsa ham bimadir sorab yozmagan. Undan juda kop marta bunday narsalar kutardim. Ammo uni o'zini ko'rishimni ham baxt deb bilardim. To'g'risi go'yoki u uchun o'quv markaziga kelayotkandek edim, u kelmagan kunlari esa xatto boshimni ko'tarishni ham istamasdim.

2017-yil Aprel

Uning oyoqlari sinibdi. Bu xabarni uni do'stidan eshittim u ham biz bilan bur guruhda edi. Juda qattiq o'ylandim. Demak endi uni har dars ko'rolmayman. Shu 1oy ichida darsga borgim kelmasdi. Maktabda ham uni o'ylardim. Dugonam Yerinni ham qulogini uning ismi bilan toldirgandim. Yuragimda va hayolimda faqat u edi. TAEHYUNG TAEHYUNG TAEHYUNG.

Bir kuni u menga yozdi, ishonasizmi o'zimda emasdim va yozishi bila hayajonlanganimdan tez ochib yubordim. Ammo uning gapi "bilmaysizmi men hali ham shu guruhdamanmi?" edi. Kayfiyatin biroz tushdi. U o'zini darslarga kelmayotkani uchun guruhdan chetlatildi deb o'ylab menga yozibti. Ammo buni jiddiy olmadim. Hayolimda muhimi u menga yozdi degan so'z edi. Unga javob yozdim.

2017-yil Iyun

Biz yuqori darajaga o'ttik. U tezroq seritifikat olishi kerak edi sababi bu yil maktabni bitirdi. Bilasizmi nima? Men eng qorqqan narsa bu agar bu sertifikat olsa boshqa bu yerda o'qimaydi. Eng qizig'i nima bilasizmi? Uni oxirgi marotaba seshanba kuni ko'rdim shundan so'ng qaytib kursga kelmadi. Qizig'i u sertifikat olibti. O'iqshga ham kiribti. Biz 2oydan so'ng guruh chatida gaplashdik. Ammo telefonim sababli uni hisobini yo'qotib qo'ydim. Ammo umid qilaman bari bir bir kun biz albatta uchrashamiz.

2025-yil Oktyabr

Qiz mashinasinida o'tirib uzun tirbandlikni jimgina kuzatardi. Mashinalar sekin sekin harakatlanishar, hamma o'z ishi bilan band edi. Qiz atrofga nazar solishi bilan kozi tanish chehraga tushdi. Lablaridan osha ism chiqdi

-Taehyung.

Yigit telefonda allakimlar bilan suhbat qurayotkan payt nigohlarni sezib

atrofga qaradi hamki o'g'ri ko'zlar bilan to'qnashdi. Albatta Fenna ko'zlarini olib qochib o'zinu musiqa tinglayotkandek qilib koβ€˜rsatishga harakat qildi ammo soniyalarda chalingan signlar ovozi uni yana osha tarafga qarashga majburladi. O'sha uzoq kutilgan daqiqa. O'sha mallasoch yigit bilan to'qnashgan ko'zlar iliqlikni hosil qildi.

2026-yil Oktyabr

Qiz egnidagi kelin libosini yechishga qilayotkan harakatlari besamar ketayotkan paytta, uni hozirgina turmush o'rtog'iga aylangan yigit tomonidan yordam kuchlari keladi. Yigit ko'ylakning oxirgi qismiga kelganda lablarini qizning bo'yni ostida ko'madi va nafasi ostida pichirlaydi.

-Sen doimo taqibchi oshig'im bo'lgansan, xuddi men senga bo'lganim kabi.

Taehyung
Fenna