πΊπ'ππππππππ π©ππππ
"πΌπππππππ ππβπππππ ππππ ππππππππππππ ππ π. π¨πππ ππππ ππ ππππππππππ ππππππ πππππππππ ππππππππππ π."
Kuz. Seul koβchalarini rangli barglar bosgan. Han daryosi boβyida odamlar shoshilmasdan yuradi, havoda issiq kofe va nam barglarning hidi aralashib ketgan. Osmon xira-koβk, yurakda nimadir oβzgarayotganini sezgandek. Bu kuz β oddiy emasdi. Bu, nimanidir boshlanishi edi.
POV YUNJIN
Bugungi kun ham onamning ertalabki jovrashlari bilan boshlandi. Ularni yaxshi ko'raman. Otam vafotidan so'ng hech kimga turmushga chiqmadilar. Men sabab. 5yoshimda yetim qoldim. Oyim otamga turmushga chiqmaslaridan oldin huquqshunoslik bo'yicha o'qiganlari sababli hozirda Koreyadagi eng kuchli advakatlardan biri Kim Miyeon xonim. Kulib qo'ydi qizi. Ko'p eslayman otamsiz o'tkan har bir kunda onamning yuzidagi tushkunlikni. Kulardilar, ammo ko'zda quvonchdan asar ham yo'q edi. Meni hech kimdan kam bo'lishimni istamadilar. 14yil o'zlari katta qildilar. Erkin fikrlashimni mustaqil bo'lishimni istadilar. Hozirda esa Hongik universitetida 2-kursida dizayn yo'nalishida o'qiyman. Yoshlikdan qiziqqanim bois bu yo'nalishni tanladim va hoziroq o'rnimdan turmasam oyimning jovrashlariga dugonam Chaening ham tanbexlari qo'shiladi.
Qiz o'rnidan turgancha yuvinish xonasi tomon yo'l oldi. Yarim soatlik tayyorlanishdan so'ng pastga shoshgancha tushdi.
-Miyeon xonim bugun ham men uchun nonushta tayyorlabtilarda- qiz shoshgancha dasturxondagi narsalardan bir ikkitasini olib, yeyishga tushib ketti
-Sen qiz hech odam bo'lmaysan. Tuzukroq odam o'xshab nonushta qilsang qo'llaring uzilib tushadi to'g'rimi-kinoyali gapirdi Miyeon xonim
-Yo xudoyim o'zinga shukr. O'zimning oyim ekan. Endi shubxalanishni boshlayotgan edim. Nega meni tergashni boshlamayaptilar deb- qiz gapigancha og'zidagilarni yutish uchun ketidan suv ichib yubordi
-Nonushta uchun raxmat men esa shoshilyapman. Yuzlaringizdan issiq o'pishlarni qoldiraman-onasining ikki yanog'idan o'pib eshik tomon yugurdi qiz
-Yashshamagur qiz, qachon senga aql kirarkan. Ehtiyot bo'l- qizining ortidan gapirib qolgan Miyeon xonim, keyingi ishlari uchun tayyorgarlik ko'rishni boshladi.
CHAEWON POV
Sen kel, men esa seni ko'zingga ko'rsataman Yunjin xonim. Dugonasini 30daqiqadan buyon avtobus bekatida kutayotkan qiz o'ziga o'zi gapirib do'stini haqoratlayotgan edi.
Soat millari 7:58 ko'rsatayotgan bir vaqtda Yunjin xansirab avtobus bekatiga keldi. Bilardiki uni yarim soatdan beri kutayotkan dugonasi u uchun anchagini gaplarni tayyorlab qo'ygan.
-Hozirgina jo'nab ketkan to'qqizinchi avtobus ham allaqachon universitetga yetib borgan bo'lsa kerak. Bizning Yunjin xonim esa vertalyotda borishni reja qilganlar chog'i-hattoki o'rtog'idan xol ahvol so'rashni o'rniga kesatiqli gapini aytib olishga ulgirgan Chaewon, mag'rur turardi.
-Yaaa Chaeee. Soat millari qachondir to'xtasa to'xtaydi ammo seni kesatiqli gaplaring xech qachon tugamaydi shundaymi? Qiz nafasini rostlashga harakat qilar ekan, dugonasiga javob qaytardi.
-Peshonangdan o'pib qo'yish uchun yoningga borishimni kutmayotgandirsan?
-Tan olaman kech qoldim. Aybimni yuvish uchun darsdan so'ng xohlagan joyingda mehmon qilaman. Chehrangni och-dugonasiga taklif berib uning javobini eshitish uchun unga yuzlandi
-Faqat qulupnayli tortdan 2ta olib berasan. Ha aytkancha men yoqtiradigan kokteyl ham- qizga o'z shartini hech qanday reaksiyalarsiz so'zladi
-Kelishdik. Qani endi qovog'ingdagi qorlarni yo'qot o'ninchi avtobus keldi, yo'qsa bunisini sen sababli o'tkazib yuboramiz.
UNIVERSITET
Avtobusdan tushib universitet binosiga kirishimiz bilan bizni Jiwoon kutib oldi. Qo'lida esa yana gullar. Ochig'i charchadim. Bu yigit menga 1yildan beri oshiq. To'g'ri Jiwoon og'ir bosiq, kelishgan, xushmuomala yigit. Ammo men uni yoqtirmayman. Shu sababdan bugun ham uni gullarini rad qilaman u esa boshini eggancha qolib ketadi. Har doimgidek bir hil ssenariy.
-Salom Yunjin, salom Chaewon- u yana ochiqko'ngillik bilan bizni yonimizga kelib salomlashdi
-Ahh Jiwoon, bu gullar o'zining qismati haqida bilmaydi shekilli, eh essiz. Universitetdagi barcha axlat qutilari Yunjinni sharofati bilan gullarga to'ldi. Chaewon bir gullarga bir menga qarardi
-Senga ham salom Jiwon. Darsga shoshilyapmiz kechirasan- Men iloji boricha o'zimni olishga harakat qilib javob berdim.
-Yunjin iltimos bunday qilma, bir bor meni eshit bir bor imkon ber.
Tamom men yana ilojsiz qoldim. O'zimni xuddi aybsiz insonni jazolayotkan shavqatsiz kabi xis qildim. Ammo men shunga majburman.
-Bu haqida sen bilan ko'p gaplashganmiz Jiwoon va so'nggida bir xil javobga kelamiz. Bu ikkimiz uchun ham yaxshi. Biz sen bilan do'stmiz bundan ortiq ham emas, kam ham emas. Endi ketishimiz kerak-Men Chaening qo'lidan sudradim, bo'lmasa u yana bir necha soat gullarga tikilmoqchi edi. Shunday qilib biz kirib kettik, uni esa boshi yana egikligicha qoldi.