𝐁𝐋𝐎𝐎𝐃 𝐀𝐍𝐃 𝐋𝐎𝐕𝐄
Sena uchun tun juda ogʻir oʻtdi, kechalari uygʻonib alahsirab yigʻlasa jungkook unga suv berib tinchlantirar va Sena ingrab yana uyquga ketardi, jungkook esa hech uxlamas koʻziga uyqu kelmasdi, unga ham juda qiyin Senaning bu ahvolini koʻrib yuragi parchalanardi hatto koʻziga yosh ham kelardi
JK pov:
Eh mening sevgilim, seni barcha xavfdan himoya qilmoqchi boʻlibman lekin oʻsha dadangni esimdan chiqarbman, aslida hayotingdagi eng katta xavf dadang ekanini bilmabman, seni u yerga yolgʻiz qoʻyib yubormasligim kerak edi, yoʻq umuman seni u uyga olib bormasligim kerak edi, meni kechir... Lekn endi oʻsha katta xavf yoʻq, men uni yoʻq qildim, endi qoʻrqishinga, bezovtalanib yashashingga yoki doimo qochishinga hojat yoʻq!... Balki dadangni shunchaki oʻldirib yuborganim xatodir, senga bergan har bir qiynoqlarini oʻziga qaytarishim kerak edi, bu unga juda oson oʻlim boʻldi uni nimtalash kerak edi, ammo hech tashvishlanma, bunday jirkanch odamlarning hech qanday izini qoldirmayman, hatto oʻsha qasrigacha yoqib yuboraman, ha oʻsha seni qamab azoblagan qasrga oʻt qoʻyaman, hashamatli restoranini hohlasang sening nominga oʻtkazib beraman bunday ishlar menga umuman qiyin emas, sen tuzalib baxtni his qilsang bas, menga boshqa narsa kerakmas!...
Tong nihoyat keldi. JKning bu tuni eng uzoq va Sena uchun ham juda ogʻriqli oʻtdi. Ammo chaqmoqli yomgʻirdan soʻng ham quyosh charaqlaydi va kamalak chiqadi
Sena choʻchib uygʻonib ketdi va atrofiga qaraganda u uydaligini koʻrib hotirjam tortdi, va oldida stulga oʻtirib kravatga boshini qoʻygancha uxlab qolgan jungkookni koʻrdi
Sena pov:
Meni kechir, seni juda charchatdim ammo sen yonimdasan shu men uchun haqiqiy baxt... Agar mening gapimga qaramay kasalxonaga olib borganinda sen yonimda boʻlmasding, politsiya allaqachon seni mendan ajratib yuborishini bilardim va buni umuman istamaganim uchun u yerga borishni istamadim... Oʻzingni hech ayblama, agar sen boʻlmaganinda men tirik boʻlmasdim, oʻsha paytda dadam men tomon yana qaytganda aniq meni oʻlgunimcha urardi, lekn sen meni saqlab qolding u vaxshiy hayvondan meni qutqarding...raxmat, seni sevaman jungkookginam
Sena shu oʻylarni oʻylagancha qimir etmay jungkookning yoqimli yuziga tikilgancha yotardi, uni kuzatayotganda ogʻriqlarini umuman unutgandi, jungkook juda charchab uxlab qolgani yaqqol yuzidan sezilib turardi shuning uchun Sena uni uygʻotmaslikga harakat qilardi va u ham koʻzlarini yumib sukunatni davom ettirdi, ayni damda soat 8:20
Oradan bir soat oʻtdi ammo jungkook qattiq charchagani uchun hali ham uxlardi va Sena uni sochlaridan silab qulogʻiga pichirladi
Jungkook uning ovozini eshitib alahsirab bosh chayqadi soʻng sekin koʻzlarini ochdi va jim qoldi, Senaning yaxshi kayfiyatda uygʻonganini payqab qaddini rostladi, hayrat va havotrdan koʻzlari katta ochilib ketdi
Jk: sen... Uygʻondingmi, ahvoling qanday? Oʻzingni qanday his qilyapsan? - deya Senani savollarga koʻmishni boshladi
Sena: ha men yaxshiman...boʻyning, beling, oyoq va qoʻllaring ogʻrib ketgandr yotib dam ol...kel yonimga yot... - dedi kichik tabassum bilan
Jungkook ham jilmayib qoʻydi va senaning yuzlaridan silab "hop" degandek bosh irgʻadi soʻng kravatni aylanib oʻtib uning yoniga joylashdi va senaning ohu koʻzlariga choʻkib ketdi, Sena jungkookga yaqinlashib uni quchdi
Jk: hoy, unday qilma... Yaralaring ogʻriydi - dedi havotrlanib
Sena: sen bilan boʻlsam menga hech narsa boʻlmaydi - degancha jkni qattiqroq quchdi
Jungkook esa baribir senaning yaralaridan tashvishlanardi lekin qanday uni oʻzidan itarishi mumkin bunday qilolmaydi va u ham senani yengil quchib sochlaridan siladi soʻng peshonasidan oʻpib qoʻydi va sekin koʻzlarini yumdi, shu holatda ular uxlab qolishdi, xonaga yana sukunat choʻkdi faqatgina ularning maromida nafas olib chiqarishlari eshitilib turardi, oradan 1 yarim soat oʻtdi
Sena yonida jungkook borligini his qilgancha maroq bilan uxlardi, shu payt jungkookning telefoni jiringlay boshladi va Sena koʻzlarini sekin ochdi, jungkook juda charchagani uchun uni bezovta qilishni hohlamadi va kravat oldidagi stolda turgan telefonga qoʻl uzatib oldi va telefonda "Jimin" degan yozuvni koʻrib qoʻngʻiroqni koʻtardi
Jm: Salom Janob Jeon, biz aytgan ishingizni kecha tun yarmida tugatdik, jasadni yoʻqotib uydagi sizning va Jeon xonimni barcha izlarini yoʻqotdik, barcha qonlarni ham tozaladik va uyni yoqib yubordik, olov hozirgina oʻchdi va bu qasr uydan faqatgina kul qoldi, xavotrlanmang bu haqida endi hech kim xabar topmaydi, tunda sizni bezovta qilmaslik uchun qoʻngʻiroq qilmagandim... - deb gapirardi
Sena esa jiminni gaplarini eshitganda koʻzlari hayratdan katta ochilgancha uxlab yotgan jungkookga tikilib turardi, ammo jiminga indamasdi
Jm: alo janob Jeon, meni eshityapsizmi? - dedi jimjitlikdan hayron qolib
Shu zahoti Sena qoʻngʻiroqni yakunladi va nima deyishni nima qilishni ham bilmay qoldi
Sena pov:
Nahotki... Jungkook... Meni yillar davomida qiynab azoblab kelgan xavfni hayotimdan chiqarib tashladi, butunlay... Bunga na xursand boʻlishni na xafa boʻlishni bilaman... Shunchaki ishongim kelmayapti (koʻzlaridan yosh oqa boshladi)... Nahotki, men zulmat qafasdan ozod boʻlgan boʻlsam, endi ozod qushmanmi?... Hohlagan joylariga uchib keta oladigan erkin qushmanmi?...endi uni eslaganimda oyoq qoʻlim titrashni toʻxtatadimi?... Endi qochishim shart emasmi?...endi rostdanam tinch va hech qanday qoʻrquvsiz yashay olamanmi?... Bunga ishonish juda qiyin, jungkook... Rahmat, meni qutqarganing uchun...
Sena oʻtmishdagi azob chekgan har bir kuni har bir onini eslagancha yigʻlardi, ovozidan jkni uygʻotib yubormaslik uchun ogʻzini qoʻli bilan yopgancha yigʻlardi... Jungkook uni quchib turgan nozik qoʻllar yoʻqolganini his qilib koʻzlarini ohista ochib uygʻonib ketdi va orasida biroz masofada yotib yigʻlayotgan senani koʻrdi va undan tashvishlanib unga yaqinlashdi soʻng yengil quchdi
Jk: hoy, hoy nima boʻldi...yigʻlama yigʻlama qayering ogʻriyapti ayt, nega yigʻlayapsan yaralarin ogʻrishni boshladimi, nima boʻldi aytsangchi - dedi past uyqudan boʻgʻilgan ohangida senani tinchlantirishga urinib sochlaridan silardi
Sena: rahmat, rahmat jungkook - deya tinmay yigʻlardi
Jk: nega nega unday deyapsan? Qayeringdir ogʻriyotgan boʻlsa ayt
Sena: yoʻq, hech qayerim ogʻrimayapti... - bosh chayqagancha yigʻi aralash gapirdi
Jungkook hech narsaga tushunmasdi Sena nega yigʻlayotganini bilmasdi
Jk: unda nega yigʻlayapsan nega
Sena: meni qutqarganing uchun... Rahmat, meni tinch qoʻymaydigan oʻsha xavfni yoʻqotganin uchun rahmat, bunga ishongim kelmayapti - dedi yigʻlagancha
Jungkook mayin kulib qoʻydi va senadan uzoqlashib uning tinmay oqayotgan koʻzyoshlarini artdi
Jk: goʻzalim oʻzimni, boʻldi yigʻlama... Hammasi oʻtib ketdi menga rahmat aytishing shart emas, aslida men buni oldinroq bajarolmaganm uchun kechir - dedi yoqimli tinchlantiruvchi ohangda
Sena: yoʻq, kechirim soʻrama...agar sen boʻlmaganingda...men tirik boʻlmasdim, shafqatsiz dadamning qoʻli ostida...oʻlib ketgan boʻlardim - dedi yigʻi bilan duduqlanib
Jungkook senaga tikilgancha uni tinglardi soʻng uni bagʻriga bosdi va orqa qismini silardi
Jk: boʻldi yigʻlashni bas qil, meni qoʻrqitib yubording... Yigʻlaganinni koʻrishni yomon koʻraman bilasan a? - dedi mayin ovozda
Jk: ha azizam - javob qaytardi muloyimlik bilan
Jk: unda nonushta qilamiz, oʻzim senga mazzali, yengil taom tayyorlayman
Sena bosh irgʻadi va ular oʻrnilaridan turishdi, jungkook kravatdan tushib senaning qoʻlidan tutdi va Sena ham sekin turdi, jungkook endi senani koʻtarib olmoqchi boʻlganida
Sena: yoʻq shartmas yura olaman - dedi qat'iyat bilan oʻziga ishonib
Jk: ishonching komilmi? - soʻradi hayron qolib
Sena bosh irgʻadi va jungkookning bir qoʻlidan ushlagancha sekin qadamlar bosishni boshladi
Jk pov:
Unga qoyil qolsa arziydi... Kim oyogʻidagi shuncha urilgan yaralar bilan yura oladi? Aysh, mening Senaym juda jasur va shu bilan juda qaysar ham...hatto yiqilib tushish yoki yaralari ogʻrishini ham oʻylamaydi...balki u yoshligida bunday hollarga koʻp tushgani uchun oʻrganib ketgandir, buni oʻylash juda ogʻriqli, uni oldin bunday xavfdan saqlab qololmaganm juda alam qiladi
Sena jungkook bilan sekin xonadan chiqdi lekn zina oldida toʻxtab qotib qoldi, bunday holatida zina oldida turganida bir xotirani esladi
FLASHBACK:
Sena 13yosh paytlarida aynan tugʻilgan kuniga bir kun qolgandi, maktabda jim oʻtirardi va oldiga Sira ismli dugonasi kelib yonidagi stulga oʻtirdi
Sira: hoy, Sena... Nega bunchalik xafadek oʻtiribsan, ertaga tugʻilgan kuning boʻlsa
Sira: bizni hech tugʻilgan kuningga taklif qilmagansan, uying juda hashamatli dadang esa boy boʻlsa... Senga mazza boʻlsa kerak a? Dadang koʻp sovgʻalar berb tugʻilgan kuningni zoʻr oʻtkazsa kerak a?
Sena shunchaki jim edi, siraga nma deb javob qaytarishni bilmasdi
Sira: men seni barchadan hatto dadangdan ham avval tabriklamoqchiman, bu senga - dedi va orqasida berkitib turgan oʻrtacha kattalikdagi oʻyinchoq ayiqchani berdi, ayiqchaning boʻynida tilla zanjir ham bor edi
Sena siraning sovgʻalariga biroz tikilib turdi va rahmat aytib uni quchdi, dars tugagach hamma uyiga ketayotgandi, senaning haydovchisi ham keldi Sena mashinaga oʻtirgach ular uyga yoʻl olishdi, haydovchi senaning qoʻlidagi ayiqchani va boʻynidagi tilla zanjirni qayerdan olganidan hayron edi, ular nihoyat uyga yetib kelishdi, sena uyga xursand holatda kirib keldi hizmatkorlar ham hayratda...
Xizmatkorlar senaga "Janob Hwang uyda, bularni berkiting" deya ishora qilishdi ammo Sena ularni tushunmay e'tibor bermadi va toʻgʻrisidan dadasi chiqdi
H: bularni qayerdan olding? - soʻradi jiddiy ohangda
Senaning oyoq qoʻllari qoʻrquvdan titray boshladi
Sena: dada, bularni dugonam tugʻilg... - hali gapini tugatmasidan dadasi sochidan qattiq siqib gapini boʻldi
H: menga yolgʻon safsatalaringni gapirma - dedi va oʻsha kabinetiga sudrab ketdi
Sena tinmay yigʻlab dadasiga yalinardi ammo dadasi uni eshitmay kabinetidagi yopiq xonaga olib kirdi va rosa urib savaladi, soʻng tinchgina xonani tark etib pastga tushib ketdi, Sena ogʻriqlardan yigʻlab zoʻrgʻa oʻrnidan turdi va devorlarni ushlab xonasiga bordi
X: ha tayyor, oʻtiring - dedi stulni koʻrsatib
Janob Hwang hech narsa sodir boʻlmagandek jimgina ovqatlana boshladi
X: janob...kichik xonimni chaqiraymi? - soʻradi ovozida biroz titroq bilan
H: ha chaqir, noz qilmay tezda tushsin - dedi va ovqatlanishda davom etdi
Xizmatkor bosh irgʻadi va mehmonxonani tark etdi, zinalardan koʻtarilib senaning xonasi oldiga keldi va eshikni taqillatdi
X: xonim tushlik tayyor, ovqatlanasizmi? - soʻradi ichida havotr hissi ham bor edi
Sena: ishtaham yoʻq - dedi yigʻlab yaralaridan oqayotgan qonlarni artib
Xizmatkor indamay senaning xonasidan uzoqlashib pastga tushdi
X: janob, kichik xonimni ishtahalari yoʻq ekan
H: shibal! Meni yana asabiylashtiryapti, oʻziga oʻzi tilab oladi bu qiz - dedi va jahl bilan oʻrnidan turdi
Janob Hwang zinalardan tez koʻtarilib senaning xonasi eshigini qattiq itarib ochdi va xona chetida yigʻlab oʻtirgan senani oldiga kelib qoʻlidan mahkam ushlab turgʻizdi
H: men yeysan dedmmi yeysan! - dedi baland qoʻpol ohangda
Senani qoʻlidan mahkam siqgancha sudrab xonadan olib chiqdi va zina tomonga itardi
Janob Hwang har zinapoyadan senani turtkilab majburlab tushirdi va mehmonxonaga olib kirib itarib yubordi va oʻzi divanga oʻtirib ovqatlanishni davom etdi
H: oʻlikga oʻxshab yerda yotmasdan toʻgʻri oʻtirib ovqatlan! - dedi buyruq ohangda
Sena yigʻlab zoʻrgʻa oʻrnidan turib stulga oʻtirdi oyoqlari qon edi, bunday ogʻriqda hech narsa yegisi kelmasdi ammo dadasining oʻtkir qarashlaridan majbur yerdi
JK: azizam nma boʻldi nega toʻxtab qolding? - havotr ila soʻradi
Sena: m-men, bu yerdan tusholmayman - dedi past ovozda koʻzlari yoshlanib
Jungkook oʻylab oʻtirmay senani labidan oʻpdi va koʻtarib oldi
Jk: har narsaga yigʻlama, men borman-ku - dedi jilmayib
Jungkook zinalardan tushib oshxonaga kirdi soʻng senani ohista stulga oʻtkazib oʻzi muzlatkichdan kerakli mahsulotlarni olib taom tayyorlashni boshladi
Sena oyoqlariga nazar soldi, ular oldingidek qonamayotgandi, bint bilan oʻralgandi, soʻng jungkookning taom pishirish jarayoniga tikilib turdi
Sena: men umuman pishirishni bilmayman chunki buni menga hech kim oʻrgatmagan, yaxshiyam sen borsan... - dedi qoʻllarini iyagiga tilab
Jungkook senaning gaplariga jilmayib qoʻydi va ishida davom etdi
Birozdan soʻng jkning taomi tayyor boʻldi va uni tarelkalarga solib stol ustiga qoʻydi va oʻzi ham stulga joylashdi
Jk: qani endi yeyaqol - dedi mehr bilan
Sena jilmayib qoʻliga qoshiqni oldi va taomdan olib yedi va yoqgani uchun qayta qayta olib yedi va jilmayib jungkookga qaradi
Sena: sen mohir oshpazsan, qoyil - dedi va yana yeyishda davom etdi
Jungkook ham jilmayib yeya boshladi, Sena va jungkook bir birilariga tabassum bilan koʻz tashlab qoʻyishardi...biroz oʻtib ular ovqatlanib boʻlishdi
Jungkook stul ustini yigʻishtirdi va senani oldiga kelib uni yana koʻtarib oldi, Sena ham qoʻllarini jungkookning boʻynidan oʻrab koʻksiga boshini qoʻyib oldi
Sena: meni kechir, juda charchatib yuboryapman - dedi oʻzida noqulaylik his etib
Jk: bu nima deganin, sen uchun barchasiga tayyorman
Jungkook zinalardan koʻtarilib boʻlgach yotoqxonaga kirdi va Senani sekin kravatga yotqizdi
Shu payt jungkookning telefoni yana jiringladi, jk telefonini qoʻliga olganda "Jimin" yozuvini koʻrdi va qoʻngʻiroqni koʻtardi
Jm: uzr bezovta qildim, ammo janob ombordagi tovarlarimz tugabdi, darxol Tokyoga borb tovar olib kelishingiz kerak
Jk: Aysh shiballl!... Hozir umuman ilojim yoʻq - dedi asabiylashib koʻzlarini shiftga qadab
Jm: lekn ertaga kechgacha olib kelmasangiz boʻlmaydi, mijozlar janjal koʻtaradi
Jk: yaxshi yaxshi unda ertaga ertalab yoʻlga tushishga harakat qilaman - dedi hafsala bilan
Jm: aha hop - dedi va qoʻngʻiroq yakunlandi
Sena: nimaga qoʻngʻiroq qilishibdi tinchlikmi? - soʻradi qiziqib
Jk: ertaga ish safariga Tokyoga borishim kerak ekan.. Aysh, lekin seni qanday tashlab ketaman
Sena: n-nima? - hayratlanib soʻradi