July 13, 2025

𝐁𝐋𝐎𝐎𝐃 𝐀𝐍𝐃 𝐋𝐎𝐕𝐄

EP. 17

Politsiya mahkamasiga Jungkook va Jimin kirib kelishdi, albatta koʻplab qurollan odamlari bilan, politsiya xodimi jungkookga yaqinlashdi

X: sizga nima yordam kerak? - dedi hotirjam ohangda

Politsiya xodimi JKga yaqinlashishi bilan JKning barcha odamlari qurollarini oʻsha xodimga qaratishdi, xodim hayratdan koʻzlarini katta ochdi va ortga qadam bosdi, mahkamadagi boshqa xodimlar ham qurollarini oʻqtalgan holatda jungkook va jiminga qaratishdi

X:sizlar kimsiz, qurollaringizni tushiring boʻlmasa sizlarn... - gapini tugatmasidan jimin gapirdi

Jm: bizga boshligʻingizni xonasini koʻrsating! - dedi qattiq baland ohangda

Politsiya xodimlari hayron edilar va bir xodim qoʻli bilan ishora qilib koʻrsatdi va unga ergashishlarini aytdi, jungkook va jimin, jkning odamlari uni ortidan borishdi

X:shu yerda kutb turing - deb qoʻli b-n ularni toʻxtatdi

Jm: kutb turish? Uni kimligini bilasanmi... Bishligʻinga Jeon Jungkook kelibdi deb ayt - dedi jiddiy ovozida biroz gʻazab bilan

Politsiya xodimi boshliqning xonasiga kirdi va Jungkook kelganini aytdi

B: AHMOQ! NEGA ULARNI KUTTIRASAN, TEZROQ KIRIT - baqirdi boshliq

Xodim bosh irgʻadi va eshikni keng ochib jkni kiritdi, jkning ortidan jimin va koʻp odamlari kirib eshik oldida jungkookni himoya qilish uchun turishdi, jungkook boshliqning qarshisiga oʻtirdi

Mafia jungkook

B: Salom janob Jeon Jungkook, nega meni oldimga keldingiz? Yoki ishchilarim qoʻpollik qilishdimi - dedi muloyim ohangda hurmat bilan oʻrnidan turgancha

Jk: qanday qoʻpollik? SENI ISHCHILARNING MENI XOTINIMNI NOHAQ AYBLAB HIBSGA OLISHDI - deb jahl bilan baland ohangda

B: nima? Qanday qilib? - hayron qoldi chunki jungkookning xotinini hech ham koʻrmagandi

Jk: giyohvandligingni katta inspektoringga aytaymi?....Va sen ishingdan ayrilasan, qamoqda umringni oʻtkazasan, oilangsiz qolasan, butunlay hayoting barbod boʻladi...yoki boshqa imkoni ham bor, mendan olgan narkotik dorilaringni ichingdan ichak-chovoqlaring bilan sugʻurib olib seni mayda-mayda boʻlaklarga boʻlib jasadingni oʻsha panjara ortida saqlashim mumkin, shuni istaysanmi? Yoki tinchgina xotinimni ozod qilasanmi? - dedi jiddiy, boshliqga oʻtkir nigohlari b-n tikilib

Boshliq Jungkookning oyogʻiga kelib tiz choʻkdi va qoʻllarini birlashtirib kechirim soʻrashni boshladi

B: meni kechiring, janob iltimos meni kechiring, kechiring ishchilarim xato qilishibdi... Men albatta sizning xotiningizni ozod qilishlarini buyuraman, faqat iltimos menga rahim qiling

Jungkook Jiminga qoʻlini choʻzdi va jimin jkga toʻpponcha berdi, jungkook toʻpponchani boshliqni peshonasiga qoʻydi

...

Jk: tezlash! - ovozi xavfli darajada past

Politsiya boshligʻi sekin oʻrnidan turdi va xonadan otilib chiqdi va ishchilariga gapirishni boshladi, jungkook va jimin esa uni bir chetda kuzatib turishardi

B: Qotillikda gumon qilib olib kelingan ayolni qoʻyib yuboring! - dedi jiddiy va qattiq

X: lekin janob, dalillar... - gapi tugamasidan boshligʻi gapini boʻldi

B: MEN UNI OZOD QILING DEDIM! - dedi baqirib

Politsiya xodimlari Senani panjara ichidan olib chiqishdi, Sena tinmay tipirchilardi va qichqirardi

Sena: QOʻYIB YUBORING MENI, QAYERGA OLIB KETYAPSIZ... MEN QOTIL EMASMAN

Politsiya xodimlari Senani boshliq oldida yengil qoʻyib yuborishdi, uning goʻzal yuzi koʻzyoshlari bilan qoplangandi va koʻzlari ham biroz qizarib qolgandi, Jungkook Senani koʻrishidayoq havotir hissi bilan oldinga bir qadam tashladi

Jk: Senaym... - dedi past shivirlab

Sena bu ovozni eshitishi bilan jungkook tomonga qaradi va u tomonga yugurib borib uni quchogʻiga otildi

Sena: jungkook.... - dedi ovozida yigʻi bilan

Jungkook ham senani quchib yuzini uning boʻyniga koʻmdi, politsiya boshligʻi egilib uzr soʻrashni boshladi

B: bizni kechiring xonim, bu xatolik edi, biz adawdik, buning uchun sizdan kechirim soʻraymiz - dedi va yonidagi xodimlarga ham egilib uzr soʻrashlarini aytdi va ular ham egilib uzr soʻrashdi

Sena bundan hayratlanib jungkookning quchogʻidan unga qarash uchun ajraldi va politsiya boshligʻining "bu xatolik edi" degan gapiga hayron qoldi, u qotillik qilganini bilardi lekin indamay jungkookdan koʻzlari bilan gaplashardi

Senaning yuz ifodasi

Jk: endi uyga ketamiz yuraqol - deb senani qoʻlidan tutib u yerdan olib ketdi

Jimin jkning odamlariga ishora qildi va hammalari politsiya mahkamasini tark etib tashqaridagi oʻz mashinalariga oʻtirishdi, barcha mashinasini jungkookning oq BMW mashinasi ortidan haydab ketardi

Mafia tódasi

Jungkook nihoyat uyga yetib keldi va mashinadan tushib aylanib oʻtdi soʻng Senaning eshigini ochib tushishiga yordamlashish uchun qoʻl uzatdi, Sena jungkookning qoʻlidan tutib mashinadan tushdi va ortida koʻplab mashinalar yigʻilib turganini koʻrib biroz noqulay boʻldi

Sena: ularga ayt ketishsin - dedi shivirlab jungkookning qulogʻiga

Jungkook Senaning hijolat boʻlayotganini koʻrib kulib yubordi va Jiminga ketishlari mumkinligini ishora qildi, jimin bosh irgʻab mashinani ortga burdi va qolgan barcha mashinalar unga ergashib jungkookning uyidan uzoqlashishdi, jungkook senani qoʻlidan tutgancha uni uyning ichkariga olib kirdi, soat allaqachon 05:00

Jk: qorning och qolgan boʻlsa kerak, men senga mazzali taom pishirib beraman - deya oshxona tomon qadam tashlamoqchiligida Sena uni qoʻlidan qisib qoʻyib toʻxtatdi

Sena: ishtaxam yoʻq... Uyqim kelyapti, uxlaylik - dedi yumshoq past ohangda

Jungkook jilmayib bosh irgʻadi va Senani qoʻllarida koʻtarib oldi, zinalardan chiqib yotoqxonaga kirdi, senani yotoqga ohista yotqizdi, uning koʻzlari allaqachon charchoq va uyqudan yumila boshlagandi va yarim ochiq koʻzlarida jungkookning qoʻlidan tutdi

Sena: men bilan qol - deb shivirladi

Jk: albatta sen bilan qolaman, mening dunyolardan goʻzal Senayimm - dedi va egilib senani quchdi soʻng peshonasidan oʻpib qoʻydi mening dunyolardan goʻzal Senayimm - dedi va egilib senani quchdi soʻng peshonasidan oʻpib qoʻydi

Jungkook ustidagi kiyimini yechib yengil kiyim kiydi va yotoqga senaning yoniga joylashib uni belidan quchdi, sochlariga oʻzini koʻmgancha koʻzlarini sekin yumdi va tinch uxlab qoldi

Tun juda ogʻir va charchoqli oʻtgani uchun xonaning yorugʻligiga e'tibor bermay miriqib uxlashardi, oradan 2soat oʻtib quyosh nuri xonani egallab senaning yuzlaridan siladi, Sena esa uyquga toʻymagani uchun koʻzlarini ochish oʻrniga qattiqroq yumdi va jungkookni keng quchogʻiga yashirindi, jungkook ham chuqur uyquda...

Soat millari 09:00ni koʻrsatayotganda jungkook uygʻonib koʻzlarini sekin ochdi, va uni mahkam quchoqlab yotgan Senani koʻrib yorqin tabassum qildi, senani sochlaridan silab muloyim shivirladi

Jk: bugun mening malikamni uygʻonish niyati bormi - dedi past uyqudan boʻgʻilgan ovozdida

Sena uyqudan ingrab boshini chayqadi, jungkook esa uning yoqimli harakatlaridan kulib yubordi

Jk: turaqol, men oʻzim senga mazzali nonushta tayyorlab beraman...dunyolardan goʻzal senayim, uygʻon endi - dedi va Senaning lablariga oʻz lablarini bosdi

Tonggi mehrli boʻsa

Jungkook Senaning lablaridan ajralib uning koʻzlariga qaradi, Senaning koʻzlari endi ochiq va lablarida tabassum turardi

Jk: hoʻsh oʻrningdan turasanmi?...yoki kun boʻyi shu yotoqdan tushmay birga... - dedi u gapi oxirida kinoyali jilmayib qoʻyib, qoʻllari Senaning ochiq oyoqlariga ushlab tepalashib silardi, Sena kulib sonlaridan tepalashib ketayotgan jungkookning qóllarini tóxtatdi, Sena kulib sonlaridan tepalashib ketayotgan jungkookning qóllarini tóxtatdi

Sena: yaxshi yaxshi men turaman - dedi kulib, va órnidan turishi uchun jungkookga qól uzatdi

Jungkook yotoqdan tushib senani qóllariga kótarib oldi va yotoqxonadan chiqib zinalardan tushdi, oshxona tomon qadam bosardi

Sena: ózim ham yurolaman - dedi jilmayib óynoqi ohangida

Jk: tshhh

Jk and sena

Jungkook oshxonaga kirib senani muloyimlik bilan stulga ótqizdi va oʻzi muzlatkichdan kerakli mahsulotlarni olib yengil nonushta tayyorlashni boshladi

Sena pov:
Unga qoyil qolsa arziydi... U shunchalar mehribonki uning mehri meni doim eritib yuboradi, va u shunchalar mahoratliki.... Hatto taomni ham professionallardek pishiradi, doim meni qiyin vaziyatlardan olib chiqadi, doim meni himoya qalqoniga yashiradi, menga huddi polaponi kabi qaygʻuradi.... Balki shuncha yillar davomida azob chekganim shu baxtga yetib kelishim uchun menga berilgan sinovdir deb oʻylab qolaman ba'zan

Sena shu oʻylarni oʻylagancha jkga tikilib oʻtirardi, biroz oʻtib jungkook yengil va oddiy ammo mehr bilan tayyorlagan nonushtasi tayyor boʻldi va ikki likopchani stol ustiga qoʻyib oʻzi ham Senaning qarshisidagi stulga joylashdi

Likopchaning bir tomonida 3xil mevalar ya'ni banan, qulupnay, olma kesilib qoʻyilgan, ikkinchi tomonida esa qovurilgan sasiska, oʻzgacha qovurilgan tuxum va pishirilgan kotlet ustiga pishloq sepilgandi, yengil va juda mazzali nonushta...

Jungkook tayyorlagan nonusta

Jk: qani yeyaqol... - dedi jilmayib

Sena ham tabassum bilan bosh irgʻadi va qoʻliga vilka olib sasiskadan yedi

Sena: raxmat~ doimgidek ajoyib

Jk: huddi sendek - dedi va tabassum ila nonushta qilayotganda Senaga qoʻshildi

Ular birga baxtli ovqatlanishardi, biroz oʻtib Senaning likopchasi boʻshab oʻzi ortiga suyandi

Sena: bugun ishingga bormaysanmi - qiziqib soʻradi

Jk: albatta boraman, ishlarim juda koʻp - dedi va likopchasidagi oxirgi qulupnay boʻlagini vilkasiga olib ogʻziga soldi

Sena biroz xomush tortdi ammo jungkook ishga ketishi kerakligini bilardi shuning uchun qayta jilmaydi va jungkookga bosh irgʻadi soʻng oʻrnidan turib boʻshagan likopchalarni stol ustidan yigʻishtirdi, jungkook oʻrnidan turib Senani yoniga bordi va tezda uni koʻtarib oldi

Sena: hoy nima qilyapsan - dedi kulib

Jk: men ishga ketishim kerak, lekin undan avval senaymni yotoqga yotqizib dam olishiga ishonch hosil qilishim kerak, men ketganimni kun boʻyi oʻzingni charchatishingni hohlamayman - deb uni oshxonadan olib chiqib zinalarni bosib oʻtdi, yotoqxonaga kirib senani yotoqga yotqizdi va tabassum ila lablaridan boʻsa olishni boshladi, Sena ham jkning boʻsalarini maromida qaytarardi

Sena toʻsatdan jungkookni oʻzidan itarib yuborib ogʻzini qoʻli bilan yopdi va tezda oʻrnidan turib hammom tomon yugurdi va boshini egib qayd qilib yubordi, jungkook senaning harakatlarini tushunmadi va tezda orqasidan kirib uni yoniga bordi

.....

Jk: yaxshimisan - dedi havotirlanib va Sena sekin boshini koʻtarib jungkookga qaradi

Sena: kechir, negadr koʻnglim behuzur boʻlib ketdi, bu seni deb emas - dedi past

Jungkook bosh irgʻab Senani oʻrnidan turishiga yordamlashdi va uni rakvina oldiga olib keldi, Sena iliq suvda ogʻzini chayqadi va suvni oʻchirganida boshi aylanib ketdi, qoʻli bilan boshini ushlab koʻzlarini yumib hushidan ketdi, polga yiqilmasidan jungkook uni ushlab qoldi va uni koʻtarib hammomdan olib chiqdi soʻng yotoqga ehtiyotkorlik bilan yotqizdi, Senani uygʻotishga harakat qildi, va koʻp oʻtmay Sena sekin koʻzlarini ochdi, u biroz holsiz koʻrinardi

Sena: j-jungkook...

Jk: ha azizam, seni eshitaman, yaxshimisan - dedi Senaning sochlari va yuzidan silab

Sena: bilmadim, nega bunday boʻlayotganini tushunmayapman... Balki doktorga borish kerakdir

Jk: hammasi yaxshi, shunchaki sen juda toliqgansan, kecha politsiya mahkamasida koʻp energiyangni sarflagan boʻlsang kerak, biroz dam olsang barchasi oʻtib ketadi - dedi muloyim Senani tinchlantirish uchun

Sena: shunday deb oʻylaysanmi

Jungkook tabassum bilan bosh irgʻadi, va senaning peshonasiga oʻpich bosdi

Sena: hop, mayli unda sen ketaver, men yaxshiman - dedi past ohangda

Jk: men sen uchun ertaroq qaytishga harakat qilaman, oʻzingni asra va faqat dam ol

Sena kichik tabassum bilan bosh irgʻadi va jungkookning qoʻllarini qoʻyib yubordi, jungkook kiyimini alishtirdi va qaysi mashinasida ketishini oʻylab soʻng Audi mashinasini kalitini oldi va yotoqxonani tark etmoqchi boʻlganida Sena uni chaqirdi

Jungkookning mashina kalitlari

Sena: jungkook...

Jk: ha malikam - deb ortiga oʻgirildi jilmayib

Sena: menga qaytishingda shokolad olib kel, juda yetim kelyapti, iltimos - dedi muloyimlik bilan

Jk: albatta mening dunyolardan goʻzal senayim uchun barcha narsani olib kelishga ham tayyorman - dedi kulib

Sena ham kuldi va jungkookga havodan oʻpich yubordi, jungkookning yuragi mehrdan urib ketdi va qoʻl silkitib ketdi, uydan chiqib garajdagi mashinasiga oʻtirdi va mashinani yurgʻizib uydan uzoqlashdi....

Oradan bir necha soatlar oʻtdi, shu orada Senaning koʻngli yana 2-3marotaba aynidi, Senaning hayollariga turli xil taxminlar kela boshladi va sinab koʻrishga qaror qildi, hammomdagi shkafda bir kun kerak boʻlar deb oʻzi yashirib qoʻygan homiladorlikni tekshiruvchi testni oldi va tekshirib koʻrdi, test chiziqlariga qarashdan oldin koʻzlarini qattiq yumib hayajonlandi va sekin ochib qaraganda, ikki ijobiy chiziqlarni koʻrdi va koʻzlari baxtdan yoshlandi

Ijobiy ikki chiziq




17-qism tugadi🖤🦋
𝙏𝙊 𝘽𝙀 𝘾𝙊𝙉𝙏𝙄𝙉𝙐𝙀𝘿.....