August 1, 2025

𝐁𝐋𝐎𝐎𝐃 𝐀𝐍𝐃 𝐋𝐎𝐕𝐄

EP.18(1)

Sena pov:
Nahotki... Ishonolmayman, bu rost toʻgʻrimi men adawmayapman a, mening koʻzlarimdan tinmay quvonch koʻz yoshlari oqardi, mening vujudimda jajji chaqaloq bor, eshityapsizmi oyi...endi menda ham jajji chaqaloq boʻladi, uni huddi siz meni tarbiya qilgandek tarbiyalayman, onalik baxti qandayligini endi tushunsam kerak, oyi siz ardoqlab, avaylab, bor mehringizni berib katta qilgan kichkintoy malikangiz ham ona boʻladi, vaqt juda tez oʻtayapti, sizni juda sogʻindim....qoʻllarim hayajondan titrayapdi, tezda yuvinish xonasidan chiqdim va bu yangilikni jungkookga etish uchun telefonim oldiga shoshildim, telefonimni qoʻlimga olganimda esa toʻxtab qoldim....yaxshisi bu yangilikni oʻzi kelganda syurpriz qilib aytaman, u ham juda hayron qolib baxtdan porlasa kerak

Sena pastki qavatga tushdi va oshxonaga kirib Jungkook kelguncha unga birinchi marta nimadur pishirishga qaror qildi, telefonidan kichik mazzali tortsimon pishiriqlar pishirish tartibini qidirib kerakli mahsulotlarni oshxona stoli ustiga oldi, tayyorlashni boshlashdan avval biroz oʻylanib qoldi chunki u umuman pishirishni bilmasdi, yoshligida bu ishlarni faqat hizmatkorlar qilgan oʻrganish uchun esa vaqti boʻlmagan, hatto oʻrganishni hayolidan ham oʻtkazmagan chunki u paytlar otasi juda qattiqqoʻl edi va undan juda qoʻrqib diqqatini faqat oʻqishga qaratgandi...

Sena: qoʻlimdan keladi, men uddalayman - degan gaplar bilan oʻziga kuch bagʻishladi va tayyorlashni boshladi

Internetdagi videodan ilhomlangancha, u mahsulotlarni birin-ketin idishga solib, muloyimlik bilan aralashtirdi. Qo‘llari mohirona harakat qilardi, xuddi bu oddiy pishirish emas, balki yuragidagi nimanidir ifodalashdek edi. Tayyor massa tort qoliplariga quyildi, har biri ehtiyotkorlik bilan patnisga joylashtirilib, pechga tiqildi.

Issiqlik asta-sekin xonani to‘ldirar, pech ichida esa kichik, tortsimon pishiriqlar o‘z shirin jozibasini to‘play boshlagan edi. Ular qizargach, u ularni pechdan olib, ustiga oppoq qaymoqli kremni muloyim aylana harakatlar bilan siqib chiqardi. Har bir pishiriq — o‘ziga xos asarga o‘xshardi.

So‘ng, u ularni kichik likopchalarga joylab, stol ustiga qo‘ydi. Xonaga biroz sokinlik hukm surardi. U romantik muhit yaratmoqchi edi — shuning uchun maxsus shamlarni yoqdi. Yaltiroq olovlar yorug‘lik o‘ynardi.

So‘ngra tokchadagi ko‘plab vinolar orasidan biri tanlandi. U ikkita shisha stakan bilan birga uni stol chetiga qo‘ydi. Hammasi mukammal edi — bu kecha, bu shirinlik, bu sukunat... aynan bir kishi uchun yaratilgandi.

Shunga oʻxshash

Sena tepa qavatga chiqib hammomga yuvinish uchun kirib ketdi, juda hayajonda edi, yuragi dukirlab urardi yuzidan esa tabassum tushmasdi, oradan taxminan yarim soat ótgach Sena hammomdan sochiqda chiqdi, ózining maxsus kiyinish xonasiga kirib chiroyli uzun tungi kóylaklardan birini tanlashga óylandi va qora rangli tungi kóylakni kiyishga qaror qildi, sochlarini quritdi va xushbóy ammo ótkir hidli atir sepdi, va Jungkook kelishiga tayyor bólib pastki qavatga tushib uni kutdi

Oradan kóp ótmay eshik jiringladi va Sena eshik tomon yugurib borib eshikni gózal tabassumi bilan ochdi, Jungkook esa Senani bu jozibador holatini kórib hayratdan qotib qoldi

Senaning tungi koʻylagi

Jk: mening dunyolardan gózal Senaym bugun koinotdan ham gózallashib ketibdimi - dedi hushomad bilan jilmayib ayyorona

Sena uning gapiga kulib qóydi, va jungkook uyga kirib Senani belidan qóllarini órab óziga yaqinlashtirdi va lablariga yaqinlashib dedi

Jk: ahvoling ancha yaxshi bólib qoldimi, men kun bóyi sendan havotirlandim shuning uchun tezroq qaytdim...hósh, bunday xursandligingni sababi nima - dedi senaning ohu kózlariga tikilgancha

Sena: ha men juda yaxshiman, senga bir yaxshi yangiligim bor - dedi yuragi tez urishidan tabassumi kengayib

Jk: mm, meni quloqlarim eshitishga tayyor qani aytchi

Sena: avval shokoladimni ber, juda yegim kelyapti degandim

Jk: shokolad? - dedi hayron yuz ifodasida

Sena: hoy, yodimdan kótarilibdi deya kórma

Jk: kechir yodimdan kótarilibdi - dedi past ovozda

Sena: unda yangilikni senga aytmayman - deb jungkookning qóllaridan ajraldi, va qóllarini birlashtirib undan uzoqlashdi

Jungkook Senaning yoqimli harakatlariga kulib yubordi, va Senaning uzoqlashib ketayotganini koʻrib unga gapirdi

Jk: hoy hazillashdim, shokolad mashinada qolibdi - dedi Senaga kulib qaragancha

Sena: unda olib kel - dedi past ohangda jungkookga oʻgirilib qarab soʻng oʻzi oshxonaga kirib ketdi

Jungkook qayta tashqariga chiqib mashinaning oldi oʻrindigʻidagi kichik quticha ichiga joylashtirilgan shokoladni olib uyga kirdi, oshxona tomon borayotganida nega xona chirogʻi oʻchiqligiga hayron qoldi va ichkariga kirganida xonadagi muhitni koʻrib koʻzlari sevgi va hayratdan kattalashdi, Sena tabassum bilan jungkookga yaqinlashib qoʻlidagi qutichani oldi va qoʻli bilan stulga oʻtirishini ishora qildi, jungkook tabassum bilan stulga oʻtirdi, Sena ham uni qarshisidagi stulga joylashdi va shokolad ustidagi qutichani tezda ochib ichidagi turli xil boʻlakli shokoladlardan birini olib ogʻziga soldi va koʻzlarini zavqdan yumdi

Qutidagi turli xil shokolad boʻlaklari

Sena: mmm, jin ursin kechadan beri shuni juda yegim kelgandi, raxmat~... Endi sen ham men pishirgan pishiriqlardan ta'tib koʻr

Jk: bularni rostdan ham oʻzing tayyorladingmi - dedi likopchadagi pishiriqlarga hayron qarab

Sena: ha albatta, bu birinchi martasi, senga aytgandimku men taom va pishiriqlar pishirishni umuman bilmayman deb ammo bularni sen uchun tayyorladim - dedi past yoqimli ovozida

Jungkookning yuragi mehrdan urib ketdi va qoʻliga vilka olib pishiriqlardan biridan ta'tib koʻrdi

Sena pishirgan pishiriq

Jk: mening xotinimni qoʻli juda shirin huddi oʻzi kabi, bu juda mazzali chiqibdi - dedi va senaning qoʻlini labiga olib kelib oʻpich bosdi

Sena kulib qoʻydi, jungkook ishtaha bilan unga rahmat aytgancha yeyayotganini tomosha qildi va toʻsatdan...

Sena: bizning oilamizga jajji mehmon kelayapti - dedi hayajondan qoʻllari qaltiragancha

Jk: ha yaxshiku - dedi Senaning gaplariga unchalik e'tibor bermay taomlanishda davom etib, soʻng qotib qoldi uning koʻzlariga hayrat bilan qaradi

Jk: nima deding - dedi ovozi hayratdan pasayib

Sena: sen ota boʻlasan men esa ona... - dedi yorqin tabassumi bilan

Jungkook pov:
Nima? Bu rostmi yoki men tush koʻryapmanmi... Nahotki men ota boʻlsam, jajji mehmon bu tugʻilajak farzandimmi?...men qotib qoldim bu yangilikdan soʻng nima deyishniyam bilmay qoldim, Koʻzlarim hayratdan katta ochilgan va baxtdan biroz yoshlangan ham

Jungkook biroz vaqt Senaga tikilgancha oʻylanib qotib qoldi va oʻrnidan turib uni mahkam quchib oldi, Sena ham jilmayib tinmay koʻzyosh toʻkardi

Jk: rahmat, rahmat...men juda baxtliman- derdi faqat mehr bilan yuzini senaning sochlariga koʻmgancha

Sena: ertaga jajji farzandimiz qiz yoki oʻgʻil ekanini bilish uchun shifoxonaga birga boramizmi - soʻradi yumshoq

Jk: albatta men buni juda hohlaymam ammo... - gapini davom ettirmay toʻxtab qoldi

Sena: ammo nima? - soʻradi hayron jungkookning quchogʻidan chiqib

Jk: bilasan zarur ishlarim juda koʻp, kel uni koʻrishni boshqa kunga koʻchiramiz - dedi ovozi muloyimlik bilan past

Sena jkning ishlari koʻpligini bilardi lekin juda xafa boʻldi, bu farzand ikkisiniki... Jungkook e'tibor qaratmayotgani koʻnglini qattiq ogʻritdi

Sena: mayli... - dedi past ohangda koʻzlarini olib qochib

Jk: meni tushunganing uchun raxmat goʻzal malikam - deb Senani yana yengil quchib qoʻydi

Jungkook Senaga oshxonani yigʻishtirishga yordamlashdi va ular tepa qavatga koʻtarilib yotoqxonaga kirishdi, jungkook yuvinish uchun hammomga kirib ketgan payti Sena yotoq ustiga oʻtirgancha qorniga qoʻlini qoʻydi va koʻzlaridan yosh oqdi, chunki homilasi tufayli ancha ta'sirchan boʻlib qolgandi

Kechqurun tungi koʻylakda deb tasavvur qilila

Sena: bolajonim... Xafa boʻlma, dadangni biroz ishlari koʻp, u aslida bunday inson emas, u...juda mehribon va menga e'tiborli, sen ham bu yorugʻ dunyoga kelsang koʻrasan otang qanchalik yaxshi inson ekanini... Seni judayam koʻrishni hohlayman, jajji qoʻllaringdan tutishni, shirin yuzlaringdan oʻpishni, yoqimli kulguyingni koʻrishni istayman...onang juda sabrsiz - deb qornidagi kichkintoy bilan gaplashardi

Oradan biroz oʻtib Jungkook yuvinishni tugatib hammomdan chiqdi, Senaga koʻz tashladi va allaqachon charchab yotoqda uxlab qolganini koʻrdi, lablarida yoqimli kichik tabassum qildi va shkafni ochib kiyimlarini oldi

Jungkookning Senaga koʻz tashlashi

Jk kiyimlarini kiyib yotoqga Senaning yoniga joylashdi va uni quchib peshonasidan oʻpdi soʻng Senaning biroz shishgan qorniga qoʻlini qoʻyib yoqimli silashni boshladi

Jk pov:
Kechir, senga kam vaqt ajratayotganim uchun...men ham jajji bolamizni koʻrishni juda istayman ammo bu jin urgur ishlar meni charchatyapti...endi bizning kichkintoyimiz borligi va men ota boʻlishim meni dunyolarga sigʻmas darajada baxtli qildi, men seni va bu jajji mittivoyni judayam yaxshi koʻraman....

Jungkook shu oʻylarni hayolidan oʻtkazgancha koʻzlarini yumib uxlab qoldi, xona sukunatga choʻkdi faqat er-xotinlarning nafas olib chiqarishlari eshitilib turardi, Jungkook chuqur uyquga ketsa ham Senaga oʻragan qoʻllarini qoʻyib yubormasdi, uning uzun qora sochlariga yuzini koʻmgancha miriqib uxlardi, uning uzun qora sochlariga yuzini koʻmgancha miriqib uxlardi

Tong otdi soat 06:30, quyoshning hira yorugʻligi pardalar orasidan xonani yoritib turardi, derazadan mayin shabada esardi...Sena uyqusidan qimirlab soʻng sekin koʻzlarini ochdi, qorniga qoʻllarini oʻrab olgancha uxlayotgan Jkni koʻrdi, uni uygʻotib yubormaslikga harakat qilib ohista undan ajraldi va oʻgirilib qaragancha biroz tikilib qoldi soʻng hammomga yuvinish uchun kirib ketdi... ...

Oradan taxminan yarim soat oʻtib sena hammomdan chiqdi, ammo jungkook hali ham uxlab yotardi, Sena javondan yengil keng qora futbolka va sport shimini oldi va kiyinib boʻlgach, sochlarini quritdi, yotoq oldiga yaqinlashib jungkookning yuzidan mayin siladi va qulogʻiga yaqin kelib shivirladiva qulogʻiga yaqin kelib shivirladi

Sena: Uygʻon....jungkook~

Jungkook sekin koʻzlarini yarim holda ochib qoʻllarini choʻzib Senani oʻziga yaqinlashtirdi va iliq bagʻriga bosdi, Senani boʻyniga koʻmib hidladi, Sena hayron qotib qoldi koʻzlari katta ochildi yuragi hayajondan urib ketdi...

Sena: hoy...turmaysanmi, zaril ishing borligini aytganding - dedi past ovozda, duduqlanib

Jk: 5 daqiqa...biroz quchib turay dunyolardan goʻzal Senaym va vujudidagi jajji kichkintoyimni... - dedi uyqudan boʻgʻilgan ovozida

Sena jim Jungkookning yoqimli keng bagʻrida turardi, oradan biroz oʻtib Sena JKga oʻrnidan turishini yana aytdi va jungkook ohista bosh irgʻab hohlamaygina undan qoʻllarini ajratdi sóng bosh irgʻab oʻrnidan turdi, Sena yengil nonushta tayyorlash uchun yotoqxonadan chiqib pastki qavatga tushdi va oshxonaga kirdi

Jungkook POV:
Nma u onalikga tayyorlanyaptimi, oldin pishirishni bilmayman derdi endi esa pishiriqlar pishirdi, nonushta tayyorlayapti, ertalab meni uygʻotyapti...Mening Senaym ulgʻayib qolbdida, ayshh mening goʻzalim...

Jungkook shu oʻylarni oʻylab lablarida tabassum paydo boʻldi va kravatdan tushib hammomga kirib yuzini yuvdi, sochiqga yuzini artib hammomdan chiqdi soʻng ishga ketish uchun tayyorlanib kiyindi, pastga Senani ortidan tushdi, Sena allaqachon stol ustida yengil nonushta tayyorlab endi ikkita stakanga qahva damlayotgandi, jungkook jilmayib stulga oʻtirishidan avval Senaga yaqinlashib ortidan quchdi va yuzidan oʻpdi, jungkook jilmayib stulga oʻtirishidan avval Senaga yaqinlashib ortidan quchdi va yuzidan oʻpdi

JkSena

Sena: nima qilyapsan - dedi kulib

Jk: seni va bolajonmni quchoqlayapman...hoʻsh nima qilibdi - dedi ovozi boʻgʻiq ammo yoqimli, jilmaygancha

Sena: qahva tayyor, yuraqol oʻtirib nonushta qilamiz

Jungkook bosh irgʻadi va Sena damlagan 2 stakanlardagi qahvalarni qoʻliga olib stol ustiga qoʻydi va Sena oʻtirishi uchun iltifot bilan stulni biroz tortib oʻtirishini ishora qildi, Sena kichik tabassum bilan stulga borib oʻtirdi, Jungkook ham joyiga ótirgach ular nonushta qilishni boshlashdi, ular orasida sukunat hukmronlik qilardi Sena ham Jungkook ham jim-jit ovqatlanishda davom etishardi...va bu sokinlikni jungkookning telefonini jiringlashi buzdi

Yengil nonushta
Yengil nonushta
Yengil nonushta

Jungkook qóngʻiroqga javob berishdan oldin Senaga qaradi va mayin past ohangda

Jk: kechirasan... - dedi va qoʻliga telefonini oldi, 'Jimin' degan yozuvni oʻqib darrov qoʻngʻiroqga javob berdi

Jk: alo eshitaman Jimin

Jm: janob biz sizni kutyapmiz, VIP mijoz kelgandi oʻzingiz kelishingizni kutyapti, iltimos tezroq keling - dedi hotirjam lekin biroz shoshilinch

Jk: hop tushunarli ketyapman - deb muloyimlik bilan javob qaytardi va qoʻngʻiroqni yakunladi va nigohini yana Senaga qaratdi

Jk: kechir ketishim kerak...nonushta uchun katta rahmat, seni sevaman oʻzingni koʻp urintirmasdan yotib dam ol - deb Senani qoʻlidan oʻpib qoʻydi va shoshilib oʻrnidan turdi

Sena jim bosh irgʻab u ham oʻrnidan turdi va jungkook bilan eshik oldida hayrlashish uchun u bilan bordi, jungkook oyoq kiyimini kiyib Senani peshonasiga oʻpich bosdi va yuziga tikilish uchun biroz uzoqlashdi ammo qoʻllari Senani yuzini qoʻyib yubormadi

Sena: ehtiyot boʻl, yaxshi yetib ol - dedi iliq ohangda kichik tabassumini ushlab turishga harakat qilib

Jk: sen ham oʻzingni va bolamizni ehtiyot qil - deb unga javoban jilmayib Senaning birozgina shishgan qornidan silab qoʻydi

Sena yana bosh irgʻadi va jungkook Senani qoʻyib yuborib eshikdan tashqariga chiqib ketdi va qora BMW mashinasiga oʻtirib uydan uzoqlashishdan oldin Senaga qoʻl silkitdi, Sena ham eshik oldida qoʻl silkitib hayrlashdi va jk ketgach eshikni yopib oshxonaga qaytdi, stol ustini yigʻishtirib idishlarni yuvib joylashtirdi va zinalardan tepa qavatga koʻtarilib yotoqxonaga kirdi, oyna oldida oʻtirib biroz oʻziga termulgancha hayol surdi

Shunga oʻxshash

Sena pov:
Nima qilsam ekan...uyda bir oʻzim zerikib ketdim, jungkook ham oxirgi kunlarda ishlari koʻp, yoki... bu qornimdagi kichkintoyni koʻrgani bir oʻzim borsammikin, juda qiziqb ketyapman...uning ahvoli, koʻrinishi, jinsi qanday ekan? Lekin jungkook keyinroq birga uni koʻrish uchun boramiz degandi, eh...oʻzim uni qandayligini koʻrib kelaqolaman, jungkook bilan ham keyinroq boraveramiz

Sena hayolidan shu gaplarni oʻtkazgandan soʻng qiziqqonlik hissi bilan jilmayib yotoqxonadan chiqdi va uni yonida joylashgan kiyimlar xonasiga kirdi, koʻylaklaridan birini tanlashga biroz qiynaldi, lekin ularning koʻpi qora rangda edi...birozdan soʻng bitta koʻylakni tanlab kiydi va yotoqxonasidagi oyna oldiga oʻtirib ozgina pardoz qildi, pastki qavatga tushib uydan chiqib ketdi, tashqariga chiqgach uydan uzoqlashib taksi toʻxtatdi va homilani tekshiruvchi kasalxona tomon yoʻl oldi

Senaning koʻylagi




18-qismni yarmi tugadi🖤🦋
𝙏𝙊 𝘽𝙀 𝘾𝙊𝙉𝙏𝙄𝙉𝙐𝙀𝘿...