𝐁𝐋𝐎𝐎𝐃 𝐀𝐍𝐃 𝐋𝐎𝐕𝐄
Sena pov:
Nahotki... Ishonolmayman, bu rost toʻgʻrimi men adawmayapman a, mening koʻzlarimdan tinmay quvonch koʻz yoshlari oqardi, mening vujudimda jajji chaqaloq bor, eshityapsizmi oyi...endi menda ham jajji chaqaloq boʻladi, uni huddi siz meni tarbiya qilgandek tarbiyalayman, onalik baxti qandayligini endi tushunsam kerak, oyi siz ardoqlab, avaylab, bor mehringizni berib katta qilgan kichkintoy malikangiz ham ona boʻladi, vaqt juda tez oʻtayapti, sizni juda sogʻindim....qoʻllarim hayajondan titrayapdi, tezda yuvinish xonasidan chiqdim va bu yangilikni jungkookga etish uchun telefonim oldiga shoshildim, telefonimni qoʻlimga olganimda esa toʻxtab qoldim....yaxshisi bu yangilikni oʻzi kelganda syurpriz qilib aytaman, u ham juda hayron qolib baxtdan porlasa kerak
Sena pastki qavatga tushdi va oshxonaga kirib Jungkook kelguncha unga birinchi marta nimadur pishirishga qaror qildi, telefonidan kichik mazzali tortsimon pishiriqlar pishirish tartibini qidirib kerakli mahsulotlarni oshxona stoli ustiga oldi, tayyorlashni boshlashdan avval biroz oʻylanib qoldi chunki u umuman pishirishni bilmasdi, yoshligida bu ishlarni faqat hizmatkorlar qilgan oʻrganish uchun esa vaqti boʻlmagan, hatto oʻrganishni hayolidan ham oʻtkazmagan chunki u paytlar otasi juda qattiqqoʻl edi va undan juda qoʻrqib diqqatini faqat oʻqishga qaratgandi...
Sena: qoʻlimdan keladi, men uddalayman - degan gaplar bilan oʻziga kuch bagʻishladi va tayyorlashni boshladi
Internetdagi videodan ilhomlangancha, u mahsulotlarni birin-ketin idishga solib, muloyimlik bilan aralashtirdi. Qo‘llari mohirona harakat qilardi, xuddi bu oddiy pishirish emas, balki yuragidagi nimanidir ifodalashdek edi. Tayyor massa tort qoliplariga quyildi, har biri ehtiyotkorlik bilan patnisga joylashtirilib, pechga tiqildi.
Issiqlik asta-sekin xonani to‘ldirar, pech ichida esa kichik, tortsimon pishiriqlar o‘z shirin jozibasini to‘play boshlagan edi. Ular qizargach, u ularni pechdan olib, ustiga oppoq qaymoqli kremni muloyim aylana harakatlar bilan siqib chiqardi. Har bir pishiriq — o‘ziga xos asarga o‘xshardi.
So‘ng, u ularni kichik likopchalarga joylab, stol ustiga qo‘ydi. Xonaga biroz sokinlik hukm surardi. U romantik muhit yaratmoqchi edi — shuning uchun maxsus shamlarni yoqdi. Yaltiroq olovlar yorug‘lik o‘ynardi.
So‘ngra tokchadagi ko‘plab vinolar orasidan biri tanlandi. U ikkita shisha stakan bilan birga uni stol chetiga qo‘ydi. Hammasi mukammal edi — bu kecha, bu shirinlik, bu sukunat... aynan bir kishi uchun yaratilgandi.
Sena tepa qavatga chiqib hammomga yuvinish uchun kirib ketdi, juda hayajonda edi, yuragi dukirlab urardi yuzidan esa tabassum tushmasdi, oradan taxminan yarim soat ótgach Sena hammomdan sochiqda chiqdi, ózining maxsus kiyinish xonasiga kirib chiroyli uzun tungi kóylaklardan birini tanlashga óylandi va qora rangli tungi kóylakni kiyishga qaror qildi, sochlarini quritdi va xushbóy ammo ótkir hidli atir sepdi, va Jungkook kelishiga tayyor bólib pastki qavatga tushib uni kutdi
Oradan kóp ótmay eshik jiringladi va Sena eshik tomon yugurib borib eshikni gózal tabassumi bilan ochdi, Jungkook esa Senani bu jozibador holatini kórib hayratdan qotib qoldi
Jk: mening dunyolardan gózal Senaym bugun koinotdan ham gózallashib ketibdimi - dedi hushomad bilan jilmayib ayyorona
Sena uning gapiga kulib qóydi, va jungkook uyga kirib Senani belidan qóllarini órab óziga yaqinlashtirdi va lablariga yaqinlashib dedi
Jk: ahvoling ancha yaxshi bólib qoldimi, men kun bóyi sendan havotirlandim shuning uchun tezroq qaytdim...hósh, bunday xursandligingni sababi nima - dedi senaning ohu kózlariga tikilgancha
Sena: ha men juda yaxshiman, senga bir yaxshi yangiligim bor - dedi yuragi tez urishidan tabassumi kengayib
Jk: mm, meni quloqlarim eshitishga tayyor qani aytchi
Sena: avval shokoladimni ber, juda yegim kelyapti degandim
Jk: shokolad? - dedi hayron yuz ifodasida
Sena: hoy, yodimdan kótarilibdi deya kórma
Jk: kechir yodimdan kótarilibdi - dedi past ovozda
Sena: unda yangilikni senga aytmayman - deb jungkookning qóllaridan ajraldi, va qóllarini birlashtirib undan uzoqlashdi
Jungkook Senaning yoqimli harakatlariga kulib yubordi, va Senaning uzoqlashib ketayotganini koʻrib unga gapirdi
Jk: hoy hazillashdim, shokolad mashinada qolibdi - dedi Senaga kulib qaragancha
Sena: unda olib kel - dedi past ohangda jungkookga oʻgirilib qarab soʻng oʻzi oshxonaga kirib ketdi
Jungkook qayta tashqariga chiqib mashinaning oldi oʻrindigʻidagi kichik quticha ichiga joylashtirilgan shokoladni olib uyga kirdi, oshxona tomon borayotganida nega xona chirogʻi oʻchiqligiga hayron qoldi va ichkariga kirganida xonadagi muhitni koʻrib koʻzlari sevgi va hayratdan kattalashdi, Sena tabassum bilan jungkookga yaqinlashib qoʻlidagi qutichani oldi va qoʻli bilan stulga oʻtirishini ishora qildi, jungkook tabassum bilan stulga oʻtirdi, Sena ham uni qarshisidagi stulga joylashdi va shokolad ustidagi qutichani tezda ochib ichidagi turli xil boʻlakli shokoladlardan birini olib ogʻziga soldi va koʻzlarini zavqdan yumdi
Sena: mmm, jin ursin kechadan beri shuni juda yegim kelgandi, raxmat~... Endi sen ham men pishirgan pishiriqlardan ta'tib koʻr
Jk: bularni rostdan ham oʻzing tayyorladingmi - dedi likopchadagi pishiriqlarga hayron qarab
Sena: ha albatta, bu birinchi martasi, senga aytgandimku men taom va pishiriqlar pishirishni umuman bilmayman deb ammo bularni sen uchun tayyorladim - dedi past yoqimli ovozida
Jungkookning yuragi mehrdan urib ketdi va qoʻliga vilka olib pishiriqlardan biridan ta'tib koʻrdi
Jk: mening xotinimni qoʻli juda shirin huddi oʻzi kabi, bu juda mazzali chiqibdi - dedi va senaning qoʻlini labiga olib kelib oʻpich bosdi
Sena kulib qoʻydi, jungkook ishtaha bilan unga rahmat aytgancha yeyayotganini tomosha qildi va toʻsatdan...
Sena: bizning oilamizga jajji mehmon kelayapti - dedi hayajondan qoʻllari qaltiragancha
Jk: ha yaxshiku - dedi Senaning gaplariga unchalik e'tibor bermay taomlanishda davom etib, soʻng qotib qoldi uning koʻzlariga hayrat bilan qaradi
Jk: nima deding - dedi ovozi hayratdan pasayib
Sena: sen ota boʻlasan men esa ona... - dedi yorqin tabassumi bilan
Jungkook pov:
Nima? Bu rostmi yoki men tush koʻryapmanmi... Nahotki men ota boʻlsam, jajji mehmon bu tugʻilajak farzandimmi?...men qotib qoldim bu yangilikdan soʻng nima deyishniyam bilmay qoldim, Koʻzlarim hayratdan katta ochilgan va baxtdan biroz yoshlangan ham
Jungkook biroz vaqt Senaga tikilgancha oʻylanib qotib qoldi va oʻrnidan turib uni mahkam quchib oldi, Sena ham jilmayib tinmay koʻzyosh toʻkardi
Jk: rahmat, rahmat...men juda baxtliman- derdi faqat mehr bilan yuzini senaning sochlariga koʻmgancha
Sena: ertaga jajji farzandimiz qiz yoki oʻgʻil ekanini bilish uchun shifoxonaga birga boramizmi - soʻradi yumshoq
Jk: albatta men buni juda hohlaymam ammo... - gapini davom ettirmay toʻxtab qoldi
Sena: ammo nima? - soʻradi hayron jungkookning quchogʻidan chiqib
Jk: bilasan zarur ishlarim juda koʻp, kel uni koʻrishni boshqa kunga koʻchiramiz - dedi ovozi muloyimlik bilan past
Sena jkning ishlari koʻpligini bilardi lekin juda xafa boʻldi, bu farzand ikkisiniki... Jungkook e'tibor qaratmayotgani koʻnglini qattiq ogʻritdi
Sena: mayli... - dedi past ohangda koʻzlarini olib qochib
Jk: meni tushunganing uchun raxmat goʻzal malikam - deb Senani yana yengil quchib qoʻydi
Jungkook Senaga oshxonani yigʻishtirishga yordamlashdi va ular tepa qavatga koʻtarilib yotoqxonaga kirishdi, jungkook yuvinish uchun hammomga kirib ketgan payti Sena yotoq ustiga oʻtirgancha qorniga qoʻlini qoʻydi va koʻzlaridan yosh oqdi, chunki homilasi tufayli ancha ta'sirchan boʻlib qolgandi
Sena: bolajonim... Xafa boʻlma, dadangni biroz ishlari koʻp, u aslida bunday inson emas, u...juda mehribon va menga e'tiborli, sen ham bu yorugʻ dunyoga kelsang koʻrasan otang qanchalik yaxshi inson ekanini... Seni judayam koʻrishni hohlayman, jajji qoʻllaringdan tutishni, shirin yuzlaringdan oʻpishni, yoqimli kulguyingni koʻrishni istayman...onang juda sabrsiz - deb qornidagi kichkintoy bilan gaplashardi
Oradan biroz oʻtib Jungkook yuvinishni tugatib hammomdan chiqdi, Senaga koʻz tashladi va allaqachon charchab yotoqda uxlab qolganini koʻrdi, lablarida yoqimli kichik tabassum qildi va shkafni ochib kiyimlarini oldi
Jk kiyimlarini kiyib yotoqga Senaning yoniga joylashdi va uni quchib peshonasidan oʻpdi soʻng Senaning biroz shishgan qorniga qoʻlini qoʻyib yoqimli silashni boshladi
Jk pov:
Kechir, senga kam vaqt ajratayotganim uchun...men ham jajji bolamizni koʻrishni juda istayman ammo bu jin urgur ishlar meni charchatyapti...endi bizning kichkintoyimiz borligi va men ota boʻlishim meni dunyolarga sigʻmas darajada baxtli qildi, men seni va bu jajji mittivoyni judayam yaxshi koʻraman....
Jungkook shu oʻylarni hayolidan oʻtkazgancha koʻzlarini yumib uxlab qoldi, xona sukunatga choʻkdi faqat er-xotinlarning nafas olib chiqarishlari eshitilib turardi, Jungkook chuqur uyquga ketsa ham Senaga oʻragan qoʻllarini qoʻyib yubormasdi, uning uzun qora sochlariga yuzini koʻmgancha miriqib uxlardi, uning uzun qora sochlariga yuzini koʻmgancha miriqib uxlardi
Tong otdi soat 06:30, quyoshning hira yorugʻligi pardalar orasidan xonani yoritib turardi, derazadan mayin shabada esardi...Sena uyqusidan qimirlab soʻng sekin koʻzlarini ochdi, qorniga qoʻllarini oʻrab olgancha uxlayotgan Jkni koʻrdi, uni uygʻotib yubormaslikga harakat qilib ohista undan ajraldi va oʻgirilib qaragancha biroz tikilib qoldi soʻng hammomga yuvinish uchun kirib ketdi... ...
Oradan taxminan yarim soat oʻtib sena hammomdan chiqdi, ammo jungkook hali ham uxlab yotardi, Sena javondan yengil keng qora futbolka va sport shimini oldi va kiyinib boʻlgach, sochlarini quritdi, yotoq oldiga yaqinlashib jungkookning yuzidan mayin siladi va qulogʻiga yaqin kelib shivirladiva qulogʻiga yaqin kelib shivirladi
Jungkook sekin koʻzlarini yarim holda ochib qoʻllarini choʻzib Senani oʻziga yaqinlashtirdi va iliq bagʻriga bosdi, Senani boʻyniga koʻmib hidladi, Sena hayron qotib qoldi koʻzlari katta ochildi yuragi hayajondan urib ketdi...
Sena: hoy...turmaysanmi, zaril ishing borligini aytganding - dedi past ovozda, duduqlanib
Jk: 5 daqiqa...biroz quchib turay dunyolardan goʻzal Senaym va vujudidagi jajji kichkintoyimni... - dedi uyqudan boʻgʻilgan ovozida
Sena jim Jungkookning yoqimli keng bagʻrida turardi, oradan biroz oʻtib Sena JKga oʻrnidan turishini yana aytdi va jungkook ohista bosh irgʻab hohlamaygina undan qoʻllarini ajratdi sóng bosh irgʻab oʻrnidan turdi, Sena yengil nonushta tayyorlash uchun yotoqxonadan chiqib pastki qavatga tushdi va oshxonaga kirdi
Jungkook POV:
Nma u onalikga tayyorlanyaptimi, oldin pishirishni bilmayman derdi endi esa pishiriqlar pishirdi, nonushta tayyorlayapti, ertalab meni uygʻotyapti...Mening Senaym ulgʻayib qolbdida, ayshh mening goʻzalim...
Jungkook shu oʻylarni oʻylab lablarida tabassum paydo boʻldi va kravatdan tushib hammomga kirib yuzini yuvdi, sochiqga yuzini artib hammomdan chiqdi soʻng ishga ketish uchun tayyorlanib kiyindi, pastga Senani ortidan tushdi, Sena allaqachon stol ustida yengil nonushta tayyorlab endi ikkita stakanga qahva damlayotgandi, jungkook jilmayib stulga oʻtirishidan avval Senaga yaqinlashib ortidan quchdi va yuzidan oʻpdi, jungkook jilmayib stulga oʻtirishidan avval Senaga yaqinlashib ortidan quchdi va yuzidan oʻpdi
Sena: nima qilyapsan - dedi kulib
Jk: seni va bolajonmni quchoqlayapman...hoʻsh nima qilibdi - dedi ovozi boʻgʻiq ammo yoqimli, jilmaygancha
Sena: qahva tayyor, yuraqol oʻtirib nonushta qilamiz
Jungkook bosh irgʻadi va Sena damlagan 2 stakanlardagi qahvalarni qoʻliga olib stol ustiga qoʻydi va Sena oʻtirishi uchun iltifot bilan stulni biroz tortib oʻtirishini ishora qildi, Sena kichik tabassum bilan stulga borib oʻtirdi, Jungkook ham joyiga ótirgach ular nonushta qilishni boshlashdi, ular orasida sukunat hukmronlik qilardi Sena ham Jungkook ham jim-jit ovqatlanishda davom etishardi...va bu sokinlikni jungkookning telefonini jiringlashi buzdi
Jungkook qóngʻiroqga javob berishdan oldin Senaga qaradi va mayin past ohangda
Jk: kechirasan... - dedi va qoʻliga telefonini oldi, 'Jimin' degan yozuvni oʻqib darrov qoʻngʻiroqga javob berdi
Jm: janob biz sizni kutyapmiz, VIP mijoz kelgandi oʻzingiz kelishingizni kutyapti, iltimos tezroq keling - dedi hotirjam lekin biroz shoshilinch
Jk: hop tushunarli ketyapman - deb muloyimlik bilan javob qaytardi va qoʻngʻiroqni yakunladi va nigohini yana Senaga qaratdi
Jk: kechir ketishim kerak...nonushta uchun katta rahmat, seni sevaman oʻzingni koʻp urintirmasdan yotib dam ol - deb Senani qoʻlidan oʻpib qoʻydi va shoshilib oʻrnidan turdi
Sena jim bosh irgʻab u ham oʻrnidan turdi va jungkook bilan eshik oldida hayrlashish uchun u bilan bordi, jungkook oyoq kiyimini kiyib Senani peshonasiga oʻpich bosdi va yuziga tikilish uchun biroz uzoqlashdi ammo qoʻllari Senani yuzini qoʻyib yubormadi
Sena: ehtiyot boʻl, yaxshi yetib ol - dedi iliq ohangda kichik tabassumini ushlab turishga harakat qilib
Jk: sen ham oʻzingni va bolamizni ehtiyot qil - deb unga javoban jilmayib Senaning birozgina shishgan qornidan silab qoʻydi
Sena yana bosh irgʻadi va jungkook Senani qoʻyib yuborib eshikdan tashqariga chiqib ketdi va qora BMW mashinasiga oʻtirib uydan uzoqlashishdan oldin Senaga qoʻl silkitdi, Sena ham eshik oldida qoʻl silkitib hayrlashdi va jk ketgach eshikni yopib oshxonaga qaytdi, stol ustini yigʻishtirib idishlarni yuvib joylashtirdi va zinalardan tepa qavatga koʻtarilib yotoqxonaga kirdi, oyna oldida oʻtirib biroz oʻziga termulgancha hayol surdi
Sena pov:
Nima qilsam ekan...uyda bir oʻzim zerikib ketdim, jungkook ham oxirgi kunlarda ishlari koʻp, yoki... bu qornimdagi kichkintoyni koʻrgani bir oʻzim borsammikin, juda qiziqb ketyapman...uning ahvoli, koʻrinishi, jinsi qanday ekan? Lekin jungkook keyinroq birga uni koʻrish uchun boramiz degandi, eh...oʻzim uni qandayligini koʻrib kelaqolaman, jungkook bilan ham keyinroq boraveramiz
Sena hayolidan shu gaplarni oʻtkazgandan soʻng qiziqqonlik hissi bilan jilmayib yotoqxonadan chiqdi va uni yonida joylashgan kiyimlar xonasiga kirdi, koʻylaklaridan birini tanlashga biroz qiynaldi, lekin ularning koʻpi qora rangda edi...birozdan soʻng bitta koʻylakni tanlab kiydi va yotoqxonasidagi oyna oldiga oʻtirib ozgina pardoz qildi, pastki qavatga tushib uydan chiqib ketdi, tashqariga chiqgach uydan uzoqlashib taksi toʻxtatdi va homilani tekshiruvchi kasalxona tomon yoʻl oldi
X: Jungkook, men sening xodimlaringga ishonmayman, shuning uchun oʻzingni chaqirdim
Jk: hoʻsh janob? - jiddiy qiyofani saqlagancha muloyim ohangda soʻradi
X: Oʻsha kungi sendan sotib olgan dori menga juda yoqdi, u giyohvand moddaga oʻxshamasdi ammo men uni birinchi bora ichganimni oʻzida osmonlarda sayr qildim...aytmoqchimanki, oʻsha dorini qayerdan olib kelasan, ayt hohlaganingcha pul toʻlayman - dedi past va xavfli koʻrinishda tabassum qildi
Jk: bu sir qancha toʻlasangiz ham sizga aytolmayman...ammo undan koʻproq berishim mumkin.. - gapi oxirida taklif berib u ham javoban kichik tabassum qildi
Jk ishxonasida oʻsha maxsus mijozi bilan gaplashayotgan bir vaqtda Sena manzilga yetib keldi va shifoxona ichkarisiga kirib homilani tekshiruvxonasiga hayajon bilan sekin kirdi, avval shifokor bilan hurmat bildirib muloyimlik bilan salonlashdi sóng yotoqga joylashgach shifokor tekshirishi uchun ohista kóylagini kótarib qorin qismini ochdi, shifokor tekshiruv moslamasini senaning qorniga bosdi va ekrandan kuzatishni boshlaganda yuziga iliq keng tabassum paydo bóldi
Sh: egizaklaringiz yaxshi rivojlanayotgan ekan - dedi yoqimli ovozda
Sena: nima? Egizaklarmi? - dedi hayratdan past ovozda kózlari ochilib
Sh: ha egizak ikki qiz, taxminan 8-9haftalik - dedi yana muloyim, ohista Bosh irgʻab
Sena: men bilmagandim, unda qanday qilib 2oylik egizak homilam borligini yaqinda bildim, agar bu egizaklar boʻlsa qornim avvalroq shishib men buni avvalroq bilmasmidm, adawmayapsizmi xonim? - soʻradi yana shifokorning soʻzlaridan ajablanib
Sh: bu odatiy ammo hamma ayollarda ham boʻlavermaydigan holat, homilangiz tanangizga moslashgan ravishda unchalik bilinmay rivojlangan ammo biroz oʻtib homila alomatlari kelib chiqgan...men adashmayapman mana koʻring - dedi va gapi oxirida ekranni yotoqda hayratda yotgan Senaga qaratdi
Senaning koʻzlari buni koʻrib baxtdan koʻzlari yoshlandi, biroz oʻtgach tekshiruv tugadi va u shifokorga rahmat aytib kiyimini toʻgʻirlagach xonani tark etdi, uni yuzidan keng tabassum tushmaguncha uyga qaytdi, uyga qaytgach kiyimlarini oʻzgartirdi va jungkookga buni aytmoqchi boʻlib koʻp marta qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻldi ammo qilmadi, buni oʻziga aytganda ajablanishini koʻrishni hohladi va jungkook kelguncha oʻzini chalgʻitishga urindi
Soat millari 22:40ni koʻrsatayotganda eshik ohista ochilib jungkook kirib keldi, Sena charchab mehmonxonada yotgancha uxlab qolgandi, jungkook uni hamma xonadan chaqirib qidirdi va mehmonxonada yumshoq kursi ustida uxlab qolganini koʻrib jilmayib qoʻydi, yaqinlashib yuzidan siladi va uxlab yotgan yoqimli yuziga lablarini bosdi
Jk: seni judayam sogʻindim shirinm...- deb shivirladi va uni koʻtarib tepa qavatga olib chiqdi, yotoqxonaga kirib ohista kravatga yotqizdi soʻng oʻzi kiyimlarini yengil kiyimga almashtirib Senaning yoniga joylashdi va uni belidan qoʻllarini oʻrab quchgancha koʻzlarini yumib sekin uyquga ketdi
Har kungidek quyosh nurlarini xonaga kiritib tongni olib keldi, lekin bugun Senadan avval jungkook uygʻondi, sekin koʻzlarini yarim ochib oyoq-qoʻllarini choʻzdi, telefonini qoʻliga olib soatni tekshirdi soat 09:10 va unga kelgan xabarni koʻrdi, bu yana Jimindan edi, uning xabarida yozilishicha: "Janob Jeon, bugun ishxonaga erta kelishingiz shart emas, unchalik zaril uchrashuvlar yoʻq, nimadur boʻlsa sizga xabar beraman, kuningizni yaxshi oʻtkazing"...
Jungkook xabarni oʻqigach yengil xoʻrsinib qoʻydi va oʻrnidan turib yotoqdan tushdi hali ham uxlayotgan Senani qulogʻiga shivirladi
Sena uyqusida qimirlab yana uxlashda davom etdi, va uning uyqusida qanchalik yoqimtoyligidan jungkook kulib qoʻydi
Jk: hoy turaqol, bugun oʻzim senga nonushta tayyorlab beraman - dedi jilmayib yoqimli ovozida
Sena: meni shirinlik yegim kelyapti masalan shokoladli to'rt... sen eshingga ketishin kerak - dedi yumuq koʻzlari bilan juda past ohangda
Jk: yoʻq bugun ishga bormayman faqat senga vaqt ajrataman....uygʻonsang oʻzim seni shirinliklar restoraniga olib boraman
Jk: men dunyolardan goʻzal senaymni qachon aldaganman, men rostdan ham seni olib boraman, shuning uchun boʻlaqol oʻrningdan tur
Sena: yaxshi unda qoʻlimdan tort - deb yumuq koʻzlari bilan jkga qoʻlini choʻzdi
Jungkook keng tabassum bilan Senani qoʻlidan tutdi va oʻziga tortib bagʻriga mahkam bosdi
Jk: koʻzlarinni ochmasang boshqa yoʻl bilan ularni katta ochtiraman - dedi qattiq ammo sevgi bilan
Sena jilmaydi, uning koʻzlari allaqachon jungkookning toʻsatdan quchogʻiga tortgandan soʻng yarim ochilgan edi...
Jk: voy hayollari buzuq Senayimey...men yuzingga suv sepishni nazarda tutgandim - dedi kulib
Sena: hooy meni oʻzing chalgʻityapsan - biroz baland ohangda dedi darhol jkni quchogʻidan chiqb yuziga tikilganca
Jk: yoʻgʻe shundaymi - dedi Senani lablariga yaqinlashishni boshlab
Sena: menga olib bermoqchi boʻlgan shokoladli toʻrting shumi - dedi xoʻrsinib, jungkook Senaning gapiga e'tibor bermay uni lablaridan biroz mehr ila oʻpib boʻsani biroz ushlab turdi soʻng Sena jkdan ajralib unga ma'nosiz tikildi
Sena: qornim ochdi, kichkintoy shirinlik talab qilyapti, olib boraman deding olib bor endi
Jk: albatta olib boraman ketish uchun tayyorlanaylik unda
Sena bosh irgʻadi va yotoqdan tushib yuvinish uchun hammomga kirib ketdi, Jungkook kiyinimini oʻzgartirib tayyor boʻlgach biroz Senani kutdi va javon oldiga yaqinlashib tortmani ochdi, qaysi mashinada ketishni oʻylagancha tortmadagi bir nechta mashina kalitlariga tikildi soʻng hammom eshigi ochilib Sena halatda chiqdi
Jk: Sena nima deb oʻylaysan, qaysi biri yaxshi - soʻradi Senadan
Sena yaqinlashib tortmadagi kalitlarga qaradi va gelik mashinasining kalitini barmogʻi bilan koʻrsatdi
Sena: bugun shunisini tanlaylik
Jungkook tabassum bilan bosh qimirlatib qoʻydi va mashina kalitini choʻntagiga solib telefonini oldi, tezda Senaning lablaridan boʻsa olib jilmaydi
Jk: seni tashqarida Kurama tezroq chiq - dedi va xonani tark etdi
Sena ham tabassum qilib sochlarini quritishni boshladi, quritichni tugatgach uzun sochlarini oddiy yigʻib oldi va pastki qismini biroz qayirib qoʻydi...oyna oldida oʻtirib pardoz qildi, ziraklarini taqib oʻzining goʻzalligiga tikilib qoldi
Kiyinishxonasiga oʻtib tezda koʻylaklaridan birini tanlab kiydi, kalta koʻylakning yenglari uzun edi va uning sevimli rangida ya'ni qora, oldi qismi yopiq va orqa qismi ochiq edi, u kiyinib boʻlgach xushboʻy atiriga burkandi va baland tuflilaridan birinitanlabdi, pastki qavatga zinalardan sekin tushib eshik tashqarisida mashina oldida uni kutayotgan Jungkookni oldiga shoshildi, Senaning goʻzalligiga jk hayrat bilan tabassum qilardi
Jk: xotinimning bunday goʻzalligidan rashkdan oʻlaman - dedi jilmaygancha
Sena: boʻlaqol kettik - dedi kulib, jk bosh irgʻab mashina oldi eshigini Sena uchun ochdi va Sena jilmaygancha oʻrindiqga oʻtirdi, jungkook ham mashinani aylanib oʻtib oʻz haydovchi oʻrindigʻiga joylashdi va mashinani yurgʻizdi soʻng ular yoʻlga tushib uydan uzoqlashishdi
Sena telefondan yaxshi restoranlarni qidrdi, jungkook esa ora-orada senaga koʻz tashlab qoʻyardi, vanihoyat Sena topgach keng tabassum qilib manzilni jungkookga koʻrsatdi
Sena: shu restoranga boraylik...unchalik uzoq ham emas ekan - dedi yoqimli ovozda
Jungkook ham tabassum qilib darrov bosh irgʻadi va mashinani oʻsha manzil tomon hayday boshladi...oradan 15daqiqa oʻtib ular yetib kelishdi va Sena qiziqqonlik bilan mashinadan tushdi soʻng jungkook ham mashinadan tushib Senaga yaqinlashdi va qoʻlidan mahkam tutdi va ular birga ichkariga kirishdi, stollarning biriga joylashishdi, ularning stoli oldiga ofitsiant kelib nima buyurtma berishlarini soʻradi, Sena qoʻliga menyuni olgancha koʻzdan kechirardi, menyuda turli xil pishiriqlar va toʻrtlarning rasmlari va narxlari bor edi, soʻng bitta shokoladli toʻrtni koʻrsatib tanladi, jungkook ichimliklardan yengil vino olib kelishni aytib qoʻshib qoʻydi, ofitsiant bosh irgʻab ketdi
Sena: jungkook...bu restoran juda qimmat ekan, men tanlagan toʻrt ham - dedi ovozidan biroz hijolat boʻlganday
Jk: hech qisi yoʻq, men sen va bolam uchun barchasini toʻlayman, havotirlanma - dedi past va hotirjam ohangda
Sena pov:
Albatta toʻlaysan shuncha kun hamma etiboringni ishingga qaratding, vaqtinni mendan va bolangdan koʻra ishingga koʻproq sarflading, endi shuning alamini bugun olaman, shunday pulingni sovurayki alamimdan chiqay, bilaman seni hecham tugamas cheksiz puli bor qora kartang bor, shuning uchun ham hecham havotirlanmayman Jeon Jungkook
Sena kichik tabassum qilib qoʻydi va oradan koʻp vaqt oʻtmay ofitsiant buyurtma qilingan toʻrt bilan yaqinlashib keldi, toʻrt tayyor boʻlaklarga boʻlingan edi va ehtiyotkorlik bilan stol ustiga joylashtirib Sena va jungkookga likopcha bilan sanchqi berdi, ikkita stakanga vinoni yarim holatda quydi
O: yoqimli ishtaha - dedi va ularning stolidan uzoqlashib ketdi
Sena ishtaha bilan yeyishni boshladi, jungkook esa maroq bilan uni tomosha qilgancha sekin yerdi, Sena birgina boʻlakni yarmini yegach stulga suyandi
Jk: lekin uncha koʻp yemadinku
Sena: bilmadim boshqa yegim kelmayapti, ketaylik - dedi past ovozda
Jungkook bosh irgʻab oʻrnidan turdi va kassaga borib qora kartasini berdi, xodim kartadan pulni yechib oldi va jungkook stol oldida turgan senaning yoniga qaytdi va qoʻlidan tutib eshikdan tashqariga chiqib ketishdi