Hammasi sen uchun
Jungkookning hayoti butunlay o‘zgarib ketdi. Sunasiz dunyo unga ma’nosiz tuyulardi. Kunlar o‘tardi, lekin yuragidagi bo‘shliq tobora chuqurlashardi.
U har kuni Sunaning qabri yoniga borardi. Tiz cho‘kib, unga shivirlardi:
— Sen meni tark etding, Suna… Lekin men seni unutolmayman…
Yog‘ayotgan yomg‘ir uning ko‘z yoshlariga aralashardi.
Kunlarning birida Jungkook Sunaning xonasiga kirdi. Barcha narsalar avvalgidek edi. Uning kitoblari, daftarlaridagi qo‘l yozuvlari, yostiq ustida qolib ketgan soch tolasi…
U sekin javonni ochdi va bir daftar topdi. U Sunaning shaxsiy kundaligi edi.
Qaltiragan qo‘llari bilan varaqlay boshladi…
"Men uning hayotida og‘ir yuk bo‘lishni istamayman. Agar u meni unutsa, men baxtli bo‘laman…"
"Men bilaman, men uzoq yashamayman. Lekin shuni istayman: u hayotini davom ettirsin, men uni doim qo‘llab-quvvatlayman… hatto bu dunyoda bo‘lmasam ham."
Jungkook ko‘z yoshlarini tiyolmadi.
— Qanday qilib… qanday qilib sen meni shunchalik sevib, mendan ketishga majbur bo‘lding, Suna?!
Xona jimjit edi. Faqat yuragidagi azob uni bo‘g‘ayotgandi.
Jungkook Sunaning kundaligini doim yonida olib yurardi. Har safar uni o‘qiganida, yuragida yangi kuch paydo bo‘lardi.
Bir kuni u osmonga qarab, shivirladi:
— Men yashayman, Suna… Sening orzularing uchun, sening sevgining uchun…