March 14, 2025

Hammasi sen uchun

Hammasi sen uchun

16-qism: Yuragim sen bilan (Final qism)

Yillar o‘tdi…

Jungkook hayotining eng yorqin kunlarini ortda qoldirgan, ammo yuragida Sunaning xotirasini doimo saqlab kelardi. U endi nafaqat mashhur qo‘shiqchi, balki ko‘plab insonlarga ilhom beradigan shaxsga aylangandi. Har bir qo‘shig‘ida, har bir sahnada u faqat bitta insonni yodga olar edi—Sunani…

Bugun Jungkook Sunaning qabri yonida turardi. U bu yerga tez-tez kelardi, ammo bugun hammasi boshqacha edi. U bilan birga kichkina qizcha—Suna ham bor edi.

Qizcha qabrtoshga tikilib turarkan, birdan savol berdi:

— Jungkook-ajussi, u qanday inson edi?

Jungkook chuqur nafas oldi.

— U eng go‘zal, eng mehribon, eng jasur qiz edi… U mening hayotimdagi eng qadrli inson edi…

Qizcha jilmayib, Jungkookning qo‘lini ushladi.

— U sening birinchi sevgiling bo‘lganmi?

Jungkook lablari titragan holda jilmaydi.

— Ha… va oxirgisi ham…

Qizcha qabrtosh yoniga kichik bir gul qo‘ydi.

— Men seni hech qachon ko‘rmaganman, lekin har doim yuragimda saqlayman, Suna-onni…

Jungkookning yuragi qattiq urdi.

Bu lahzada u his qildi… Suna shu yerdaligini. Shamol yengil esdi, xuddi kimningdir qo‘llari uning yelkasiga tegib, tasalli berayotgandek edi.

U osmonga qaradi va sekin shivirladi:

— Men seni doim sevaman, Suna. Sen men bilan birga yashaysan… yuragimda.

U osmonda porlayotgan eng yorqin yulduzni ko‘rib, jilmaydi.

Bu yulduz unga qarab kulayotgandek edi…

THE END......💔😆