May 5, 2025

MAFIA_and_GHOST

Seni bor vujudim bilan sevaman Jiwon!!

Mafia_and_ghost

🪼 Yoon Jiwon 🪼

Episode-20 🫸🏻 final 🫷🏻

Hayotta hamma narsa boʻladi. Yaxshi insonlar yomon, yomon insonlar esa Yaxshi boʻlishi mumkin. Bu dunyoda hamma ham oʻzi istab yomon boʻlmaydi. Insonlar uni shunga majbur qiladi. Hayot har doim ham bir xil, hech qanday sinovlarsiz boʻlmaydi. Albatta mashaqqat va sinovlarga toʻla bu hayot. Shu sinovlardan muvaffaqiyatga uchrasang sen gʻalaba qozongan boʻlasan. Dunyodagi eng baxtli insonga aylanasan desam ham boʻladi. Bu dunyoda hamma ham oʻzi sevgan insoniga erisha olmaydi. Ikki otashin qalblar doim bir biriga intiladi, lekin birga boʻlishni iloji yoʻq. Harakat qilsang albatta hammasiga erishasan. Bizni hikoyamiz ham oʻz nihoyasiga yetib boryapti. "Sizni baxtli onlar kutmoqda"

Jiwon

Qoʻlidagi xatni olib oʻqir ekan bu soʻzlar kimga tegishli ekanligini anglolmayotgandi Jiwon. Bu yozuv jungkookga tegishli emas. Qiz eshikni shosha pisha ochdiyu xonadan chiqti, atrofga alanglab qaray boshladi lekin hech kim yoʻq edi. Birdan uni kimdur kuzatib turganini