AGE of OBSESSION | JJK
Jin ursin! Men nima qilyapman o‘zi? Axmoq kichkina qizning bitta gapi uchun shuncha emasmi? Agar buni boshqalar ko‘rsa, hayratda og‘zilari tushardi. Chunki men 16 yoshli qizning bittagina gapiga shu kiyimni kiydim. E, Xudo, bir kun ado qiladi meni bu. O‘sha ko‘rsatgan kiyimni kiydim, lekin bunda huddi masxarabozdek turibman. Qancha o‘zimga yoqmasa ham, boshqa choram yo‘q edi, chunki u mening borligim. Agar u yomon bo‘lsa, men bunga qarab tura olmayman. Kiyimni kiyib mehmonxonaga bordim. Televizor ko‘rib o‘tirgan bu qiz ko‘z qiri bilan menga qararkan, birdan baland ovozda kulib yubordi. Kulgudan o‘zini tuta olmay, og‘zidagi popkorn tiqilib qoldi. Qornini ushlab kularkan, mening xorligim kelardi. Aniq aytaman: bunday his menda birinchi marta edi. Jin ursin, ha, ha bu buyuk biznesmen, hamma ko‘rsa titraydigan Jeon Jungkook.
— Axaxxa, Kookie… h..hozir olib qolaman! — kulgudan o‘zini tiyishga urinardi, lekin yana kulib yuborardi.
— Kulishni to‘xtat, shayton qiz, — divan yonidagi yostiqni yuziga uloqtirdim. Hech narsa bo‘lmaganday yana kula boshladi. Kiyimning zamog‘ini yechib, ustimdan olib tashladim. Tirjayib yoniga borarkanman, ana endi kelishgan to‘xtagan pushti nima qilishimni tushunmayotgandi. Yoniga kelib, qo‘limdagi kiyimni boshiga suqdim.
— Qani, qani, endi sening navbating!
— Iyy, Jungkook! Men kiymayman buni! — tipirchilab qutulmoqchi bo‘ldi. Yo‘q, yo‘q, bu ish bunchalik oson emas. Sal qolsa oyog‘i bilan meni tepardi. Oyog‘ini to‘sib qo‘ydim.
— Janob... h..aligi mehmon kelgandi, — ikkalovimiz ham kelishgan to‘xtab qoldik.
— Jeon, zerikmay o‘tiribsanmi, deyman? — Kim bu yerda nima qilyapti? Divan ustidan turdim. Ko‘z ishora bilan Zuhani olib ketishlarini aytdim. Zuhani aravachaga solib olib ketar ekan, Kim bir zum bo‘lsa ham ko‘z uzmadi. Qani edi begonalar bo‘lsa-yu ko‘zlarini olib olsam.
— O‘tiring, janob Kim, — u ham bosh irg‘ab o‘tirdi.
— Uying chiroyli ekan, qiz ham… — Nima? Mushtimni qattiq siqdim. Bu ataylab asabimga tegmoqda, bu oxirgisi yana bir narsa desa, o‘ladi.
— Imm, qizim emas. Nima, men qari ko‘rinayapmanmi?
— Yosh ko‘rinasan, lekin allaqachon 33 yoshga to‘lding. Men sizlarni ko‘rib, sevishganlar deb o‘ylab qoldim. Kichkina qizlarga qiziqasanmi, deyman? — Hozir bu mavzuni yoqtirmasam, aniq bir narsa bo‘ladi. Zuha haqida bunday gapirishlarini yoqtirmayman. Ayniqsa, mendan boshqa hech kim gapirmasin, deyman. Ichimdagi maxluqni imkon boricha ushlab turibman, bo‘lmasa bir soniyada uni azoblab o‘ldirardim.
— Xo‘sh, janob Kim, bu yerga nima uchun keldingiz?
— Senga taklif bo‘yicha kelgandim... Bilasan, safarga ketgan paytim qizimni senga ishongandim. Lekin sen uni xafa qilibsan.
— Meni bilasiz, janob Kim. Fe'l-atvorimni ham! Demak, bu mavzu yopildi. Kim nima qilgan bo‘lsa, men ortig‘ini qilaman. Lekin u — qiz bola bo‘lgani uchun indamadim xolos, — xizmatkor olib kelgan qahvani ho‘plab ichdi. Bu esa tobora sabrimni sinardi.
— Mayli, buni qo‘ya turaylik! Bilasan, ikkimizda ham yirik kompaniyalar va bizneslar mavjud. Lekin ikkalamizning ham sirlarimiz bor, shunday emasmi, Jeon?
— Shunday-shunday... Xo‘sh, bu bilan nima demoqchisiz? — Sirli ish deganda mafialikni nazarda tutyapti, aniq sezilyapti. Bu taklif juda muhim, bo‘lmasa shaxsan o‘zi kelmasdi.
— Bilasan, men osmon bilan bog‘liq ishlarim bor. Bu esa menga sirli ishlarimda ancha yordam beradi. Kim kompaniyasi hozir havo yo‘llari bilan ham bog‘langan. Mehmonxonalar, super marketlar, aeroport — bularning hammasi menga tegishli. Va chet ellik turistlar aynan mening mehmonxonamda, mening marketlarimda va mening aeroportimdan foydalanadi. Bu esa 86,2% ni tashkil qiladi. Sen bilan tuzgan shartnomamiz 13,8% daromad olib keladi, bu esa mening boyligimning 10/2 qismini tashkil qiladi. Xo‘sh, bu normal deb o‘ylaysanmi? Men bunday fikrda emasman. Gapni cho‘zmayman: mening kuyovim bo‘l va ishlarni qo‘lingga ol. Jennie — mening yo‘q-yu yagona qizimdir. Unga sendan boshqa nomzod to‘g‘ri kelmaydi, — kuldim. Faqat kulib yubordim.
— Sizningcha, mening boyligim siznikidan kammi? Ko‘p bo‘lmasa bordir, lekin aslo kam emas. Meni sotib ola olaman deb o‘ylayapsizmi?
— Bu kelishuv ikkalamiz uchun ham foydali, Jeon... Rozi bo‘l. Katta foyda haqida o‘yla. Yoki “rad etaman” desang, oqibatlarini o‘zing bilasan.
Bu axmoqona narsa edi. Mening boyligimning chegarasi yo‘q. Bu esa boylikni pesh qilyaptimi? Kim uydan chiqib ketdi. Divanda viski ichib o‘tirardim, chunki hayolimda faqat o‘sha so‘zlar edi: "Sen shunchami o‘zingni anglolmayapsan, Jeon? U qizni qaysi maqsadda ushlab turganingni bilmaydi, deb o‘ylaysanmi? Bu maqsadga shaxsan o‘zim erishaman! Agar taklifimga rozi bo‘lmasang..." O‘sha payt uni o‘ldirishim kerak edi. Yaramas chol. O‘zini kim deb o‘ylayapti? Tirik yurgani esa dadam sababli xolos. Lekin men... men hech qachon yomon hayolda bo‘lmaganman. Zuha mening borligim, hayotimdagi quvonchimdir. U allaqachon uxlagandir. Xonasiga borib tekshirdim. Mening jajji pushug‘im. Homraygan lablari bilan bir narsalar derdi. Bu lablari huddi "U" harfi kabi. Qo‘lim bilan asta yurgizdim. To‘g‘ri, juda juda mayin lablar. Agar oldiga va ketiga so‘z qo‘ysak, huddi "I love you" so‘zi kabi bo‘ladi. Axxx, juda juda kulguli. Huddi oldingidek pushtigina lablar. Faqat biroz kattalashgan. U uxlaganda har doim lablarini tishlardi. Erta tongda esa lablari homrayib ichiga ketardi, axmoq qiz...
To‘xta... Yo‘q, bunday bo‘lolmaydi... Men nima qilyapman? Jungkook, o‘zingga kel, axmoq! Nima haqida o‘ylayapsan? Biroz avval o‘zing emasmi, unday o‘ylamaganingni aytgan? Zuha — mening borligimdir. Men u haqida yomon o‘yda bo‘lmaganman. Huddi jajji malikam kabi qo‘shig‘imda ulg‘aygan.
Tezda xonadan chiqdim. Amakim bilan gaplashishim kerak, bu bo‘lmaydi!
— Alo? Amaki? Ha-ha, men — Jungkook... Haligi, amaki, siz bilan gaplashmoqchi edim... Ha, shaxsiy! Mayli, unda ertaga boraman! — Telefonni qo‘ymasimdan oldin yana gapirdi. Aytishcha, u uyda emas ekan. Yana yuragi istagan yerga ketibdi.
— Mayli, o‘sha yerga boraman... ìmm... Zuha-mi? U yaxshi, oyog‘i ham tuzalyapti! Bilmasam, u ko‘nsa, yonimga olib boraman. Mayli, amaki, yaxshi dam oling.
Agar ertaga ko‘nsa, Zuha bilan birga boramiz.
Ertaroq turdim, chunki erta turmasak ulgurmaymiz. Pusug‘imni uyg‘otdim. Eshitgan zahoti osmonlarga sakradi. To‘g‘ri, unga tabiat yoqardi.
— Ha, pusug‘im, ketayapmiz. Buncha hayajonlanmasang... Bir joyda o‘tirmay, hamma joyni ko‘zdan kechirib ketardi. Ba’zida hayron qolaman, 16 yoshli qiz bola kabi harakat qiladimi, deb. Lekin mening pusug‘imga shu juda yarashdi.
— Keldik, tush! — Zuha yugurib amakimni quchoqlab oldi. Ko‘p vaqtdan beri ko‘rishmagandik.
— Yaxshiman, amaki, yaxshiman. — Biz birga tushlik qilib, keyin dalaga chiqdik. Zuha esa o‘rik yeyish va ularni terish bilan band edi.
— Shunday qilib, o‘g‘lim, nima haqida gaplashmoqchi eding?
— Xullas, amaki... — Men amakimga hammasini aytib berdim. U esa jimlik bilan eshitardi.
— Shu, amaki, keyin men uni uydan ketkazdim. Men hech qachon bunday hayolga bormaganman, lekin...
— Lekin... men xohlaydigan narsalar bu munosabatlardan boshqacha. Unda men...da boshqa hech kim bo‘lishini xohlamayman, lekin...
— Nima qilay? Menga ayting, axir.
— Nima? Sevgi-mi? — Bu tuyg‘u men uchun begona edi.
— Bu nima bo‘lishi mumkin? Sen aytib bergan narsalarga qaraganda, sen uni sevib qolgansan. Lekin bu o‘rganib qolish ham bo‘lishi mumkin, axir ko‘p yillar davomida birga yashadingiz, axir. Shunday ekan, o‘g‘lim. Sen yo‘lni to‘smasliging kerak. Uni ham, o‘zingni ham qo‘yib yubor. Qara, Zuha juda ham baxtli, shundaymi?
— Ha, shunday! — Zuha kulib kichkina bolalar bilan o‘rik terardi.
— U yanada baxtli bo‘ladi, agar erkinlik bersang. Na sening hayotingda yangi inson bor, na uning hayotida sevgi degan narsa. Sen buni tushunib, uning uchishiga ruxsat berishing kerak. — Men hech narsa tushunmayapman. Men uning yo‘lida to‘siqmanmi? Lekin... men hech qachon bunday deb o‘ylamaganman. Zuhaga qaradim. Yuzidagi mayin kulgu... kulganida ko‘rinib turadigan kulgichlari... Ko‘zlari huddi kristall kabi porlardi...
— Jungkook, yuring men bilan, birga teramiz! — Qo‘limdan tortqilab bog‘ ishiga olib keldi. Hamma joyda o‘riklar. Sapsariq bo‘lib pishgan. Zuhaga o‘riklar juda ham yoqardi. Bugun mazza qilib yeb oldi.
— Kim qo‘ng‘iroq qilayapti? — Boyadan beri Zuhaga qo‘ng‘iroq bo‘lardi, lekin qayta-qayta o‘chirib qo‘yayapti.
— Unda nega ko‘tarmayapsan? — Yuzini yerga qaratib, maysalarni oyog‘i bilan o‘ynay boshladi.
— Bugun hamma o‘tirar ekan, shunga chaqirishyapti, lekin men bormayman, dedim.
— Nega? Sabab? — Menga javob berishni istamaydiganday yuzini burdi.
— Shunchaki borgim kelmayapti. Baribir ruxsat bermasdingiz. — Nima? Men ruxsat bermaymanmi? To‘g‘ri, ruxsat bermasdim, sababi u yerda tanimaydigan odamlar bo‘lishi mumkin. Lekin mendan so‘ramadi ham. Amakim to‘g‘ri aytdi. Men uning erkinligini to‘sayapmanmi? Lekin... men shunchaki u xavfsiz bo‘lishini istayman. Xavfsiz bo‘lishini-mi yoki yonimda bo‘lishini-mi? Axx, Jungkook. Men o‘zimga tushuna olmay qolyapman.
— Mayli, amaki, bizlar ketdik.
— Mayli, yaxshi yetib boring. Yana kelib turinglar, — amakim bilan xayrlashib, yana yo‘lga otlandik.
Men uni sevamanmi? Yoki... bu... his shunchaki yaxshi ko‘rishmi...? Men o‘zimni tushunmay qoldim. Uni kichkinaligidan katta qilganman. Hattoki kasal vaqtlarida ham uning yonida bo‘lib, o‘zim darmon bo‘lganman. Hech qachon men ortiqcha narsa qilmaganman. Faqat unga yaxshi bo‘lishini xohlaganman. U baxtli bo‘lsin derdim. Lekin kecha... kecha men uni sal qolsa... men uni o‘pib qo‘ya yozdim. Keyin-chi, keyin nima qilardim? Hech narsa bo‘lmaganday yurarmidim? Uning yuziga qanday qarardim? Balki u boshqasini sevar? Balki o‘sha... o‘sha tirmizakni sevar? Men bu haqida o‘ylashni ham xohlamayman. Vujudim yonib boryapti. Men unga bunday qilolmayman. Uni bir umr yonimda olib qola olmayman.
Yo‘l bo‘yi hech narsa deya olmadim. Amakim aytganlari rost. Men... endi nima qilaman? Jennie esa uchrashib olishimizni aytdi. Zuhani uyga tashlab, u bilan gaplashib olishim kerak. Zuhani uyga tashlab qo‘ydim. Jennie yuborgan kafega keldim. Odam deyarli yo‘q edi. Meni ko‘rdi-yu, o‘rnidan uchib turdi. Bugun boshqacha, oldingidek kiyinmagan edi. Buning ahamiyati ham yo‘q edi. Stulni surib o‘tirdim.
— Kelasiz deb o‘ylamagandim. Ishlaringiz qanday, yaxshi ketyaptimi?
— Maqsadga o‘t. Nega chaqirding?
— Haligi... dadam... dadam uyingizga borgan ekan. Turmush masalasida... — Jennieng ovozida titroq bor edi. Huddi Zuhada ham bo‘lardi. U yig‘lamasdan oldin shu ohangda gapirar edi. Keyin darrov yig‘lab yuborardi.
— Jungkook... meni tushuning. Men sizni sevaman. Men yoshligimdan sevaman. Har doim ko‘z oldimda yurgansiz. Lekin... o‘sha qizni ko‘rib sizni qizg‘ondim. Rashkim tufayli yomon gapirdim. Bilaman, bu mening aybim edi. Lekin ishoning, keyin o‘zimni angladim. O‘sha kechada kechirim so‘rashga borgandim, lekin shunday bo‘lib qoldi...
— Sizni sevaman! Va har doim shunday bo‘lib qoladi. Iltimos... iltimos, menga imkon bering... — Nima deyishni ham bilmayman. Men Zuhani sevmayman. Buni o‘zimga uqtirishim kerak. Bo‘lmasa men Zuhaga asl yuzimni ko‘rsatib qo‘yaman. Agar unga zarar bersam, bunga chidolmayman.
— Turmush masalasi bu men uchun emas.
— Turmush quraylik demayapman. Menga imkon bering. Mening sevgim ikkimizga yetadi. Albatta siz ham meni sevasiz. Faqat buni anglolmaysiz. Yoshligimizdan birga katta bo‘ldik. Har doim menga yordam berardingiz. Faqat buni anglab yetishingiz kerak xolos.
— Bu haqida biror narsa ayta olmayman. Mening ishlarim bor. — O‘rnimdan turib ketdim. Lekin Jennie meni quchoqlab oldi.
— Sizdan iltimos. Axir men sizni sevaman. Qiz bolalik g‘ururimni chetga surib, sevgi izhor qilyapman. Iltimos... — Qo‘llarini tanamdan olib tashladim. Hech narsa demay, kafedan chiqib ketdim.
Uyga qanday yetib keldim — bilmayman ham. Faqat oldimda Zuhani ko‘rdim.
— Keldingizmi? Yuring, ovqatlanamiz!
— Yuvinib chiqaman. Oldin sen ovqatlanib tur. — Yonidan o‘tmoqchi edim, lekin u yoqamdan tutib, yuzini ko‘ksimga bosdi. Nafasim ichimga tushib ketdi.
— Qayerdan kelyapsiz? Ustingizdan ayollar atiri hidi kelyapti. — Jennie meni quchoqlaganida atiri qolganmikan? Lekin darrov o‘zimdan itargandim.
— Men... bilmayman. — Yonidan o‘tib ketdim. U shunchaki ortimdan qarab qoldi.
*Ustidan ayol atiri kelyapti... demak sevganingiz oldidan kelyapsiz. Menga nima uchun aytmadi? Aytganda hech narsa qilmasdim-ku. Yo‘q. Yo‘q, qilardim. Lekin... kim bilan uchrashdi? Agar juda yaqin bo‘lmasa, ayolning atir hidi sezilmasdi. Hozir gapirsam, yig‘lab yuboradigandayman. Qo‘limdagi qoshiq ham oshxonaning bir chekkasida edi. Lekin uning haqqi bor bir umr menga enagalik qilmaydiku. Lekin mening qandaydir xorligim kelardi.
— Shunchaki biroz aylanamiz. Nima deding?
— Bu nima deganing? Seni sog‘indim.
— Oradan shuncha yil o‘tdi, endi sog‘inib qoldingizmi?
— U bilan turmush qurayapsizmi?
— Deyarli shunday. Endi sening navbating uni olib ketdi va bizga tinchlik ber.
— Ozgina muloyim bo‘lsang bo‘lardi. Ha, mayli.