AGE of OBSESSION | JJK
*Ustidan ayol atiri kelayapti... demak, sevganingiz oldidan kelayapsiz. Menga nima uchun aytmadi? Aytganda hech narsa qilmasdim-ku. Yo‘q. Yo‘q, qilardim. Lekin... kim bilan uchrashdi? Agar juda yaqin bo‘lmasa, ayolning atir hidi sezilmasdi. Hozir gapirsam, yig‘lab yuboradigandayman. Qo‘limdagi qoshiq ham oshxonaning bir chekkasida edi. Lekin uning haqqi bor bir umr menga enagalik qilmaydiku. Lekin mening qandaydir xorligim kelardi. O‘zimga tushunmay boryapman. Menga nima o‘zi? Mening nima ishim bor. Xohlagani bilan uchrashsin. Yuqoridan kelayotgan qadamlar ovozini eshitib, o‘zimni to‘g‘riladim. Axmoq Jirafa xohlaganingni qil, menga nima. Axmoq kallavaram badbashara. Yo‘q, u kelishkan, lekin g'irt ketgan tonka. Ufffffffff.
— Nima qilyapsan? — qo‘limdan pichoqni olib tashladi.
— Shunday ham tayyorlanadimi? Qo‘lingni kesib olsang nima bo‘ladi? — yuziga qaramay, salat qilishda davom etdim.
— Xo‘sh, Pushuq, nima uchun hafa? — yuzimga egilib jilmaydi. Men qaramay, stol tomon kelib, salatni qo‘yib ketmoqchi bo‘ldim.
— O‘rningga o‘tir, — ovozi qo‘pol eshitildi. To‘g‘ri, biz nima bo‘lsa ham bir stolda o‘tirishimiz kerak bu huddi oltin qoidadek edi. Men orqamga o‘girilib, stulga o‘tirdim. U ham jim ovqatni yedi, men ham indamadim.
— Ovqatlanib bo‘ldim! — endi ketmoqchi bo‘layotgan edim, lekin u yana gapimni bo‘ldi:
— Nega? — Jungkookga uyalgan qovoq bilan qaradim.
— Chunki kino ko‘rmoqchiman! — borib popkorn tayyorladim. Bungacha u stoldagi idishlarni yig‘ib qo‘ydi. Yaramas aybini bilib, yaxshi bola rolini o‘ynayapti. Men ham ataylab indamay popkornni tayyorlab, qo‘liga berdim.
— Men bilan birga ko‘rmaysanmi? — ketayotganimni ko‘rib, past ovozda gapirdi.
— Unda nega ikki hissa popkorn qilding? — to‘g‘ri, ikki hissa tayyorladim, chunki u mendan kechirim so‘rab, birga kino ko‘rishimiz kerak edi. Lekin nima uchun kechirim so‘rashi kerak? Hozirgi qilayotganlarim g'irt kichkina qiz kabi edi. Buni tushunsam ham, baribir menga...
— Shunchaki, har doim shunaqa qilganimga o‘rganib qolganman!
— Qani, qani, Pushuq, yur. Nima bo‘ldi o‘zi senga? — qo‘limdan tortqilab, mehmonxonaga olib bordi. Nima bo‘lsa ham qovoq uyib o‘tiraveraman.
Divanga o‘tqazdi-yu, qo‘limga pultni tutqazdi.
— Nimaa? — ishonish qiyin, lekin Jungkook har doim o‘zi tanlardi, sababi men tanlaganim yoshimga mos emas ekan.
— Nima, nima? Xohlaganingni tanla! Yoki men tanlaymanmi? — qo‘limdagi pultga qo‘lini cho‘zayotgandi, darrov o‘zimga oldim.
— Yo‘q, men tanlayman endi, — kulib bosh irg‘adi. Oldin ko‘rmoqchi bo‘lgan bir kino bor edi, o‘shani ko‘raman. Yonimda Jungkook bo‘lsa, hech narsadan qo‘rqmayman.
*Nega hafa bo‘lganini tushunmadim, ammo qanday ko‘tartirishni bilardim. Har doim hafa bo‘lsa, qovog‘ini solar, kayfiyatini esa faqat qilishni xohlaydigan narsalar orqali ko‘tarsa bo‘lardi. Bu uyatsiz qiz yoshiga mos kino ko‘rmasdi. Har doim qo‘rqsa ham shu kinolarni ko‘radi. Bu odati menga yoqardi. O‘ziga zarar bersa ham, yaxshi ko‘rgan narsasini qilish... Menda bunday jur’at yo‘q edi. Tan olaman, u mendan kuchli va baxtli. Shu vaqtgacha men hayotimning eng baxtli kunlarini yashadim. Lekin mening berganim... Qani edi, faqat menga emas, unga ham zarar berardi. Men ko‘rib turib, uni soqit qila olmayman. Qolaversa, Jennie meni sevardi. U yaxshi qiz deya olamanmi yoki yo‘q, bilmayman. Faqat bir necha bor uni barlarda ko‘rganman. Balki bir narsadan siqilar bilmayman, bilgim ham kelmasdi. Shunchaki, u yaxshi hayot kechirsin, u baxtli bo‘lsin. Men shuni xohlayman xolos. U meni hayotda ushlab turgan insondir. Yuzimdagi tabassumning sababchisi edi. Faqat u.
— Jungkook, nimaga tikilib turibsiz? Kinoga qarang, yuzidagi niqob rosa o‘xshabdi, aa?
— Nimaa? — qo‘rqitmoqchi edim, menimcha oshirib yubordim. Pushuqning burni qizarib ketdi. Nimaligini bilmayman, ammo bu qizil Pushuq burnini tishlab ko‘rgim kelardi. Chunki u o‘zidan-o‘zi qizarmaydi ba’zida sovuqdan yoki yig‘laganda. Lekin bu burun har bir hissiyotni ko‘rsatardi hattoki jahli chiqsa ham.
Bu kinoni faqat ovozini eshitdi, yuzini yostiqqa yashirdi. Bu axmoq qiz endi tuni bilan shunday qo‘rqib chiqadi. Nihoyat, film tamom bo‘ldi. Pultni olib o‘chirmoqchi edim, lekin uni ushlab turgan sohibasi allaqachon uxlab qolgandi. Qo‘limdagi pult va yostiqni olib, divanga qo‘ydim. Qo‘limga olib, xonasi tomon yurdim.
O‘rniga asta joylashtirdim. Ustlarini yopib, xonadan chiqdim. Bugun shov-shuvli kun bo‘ldi. Hammomdan chiqib, o‘rnimgga yotishim bilan eshik ochildi. Ha, har doimgi odati.
— Jirafaaa, nega meni tashlab ketdingiz? Juda juda qo‘rqdim, — u hatto uyg‘oq ham emasdi. Bu odatini yo‘qotish kerak. Yonimga kelib, quchog‘imga joylashdi. Hammomdan chiqqan sovuq tanam xuddi issiq shoyi adyolga o‘ralgandek issiy boshladi. Uning butun sharshoqni unuttiradigan bag‘ri... bu mening oxirim kabi... mening tugashim... turli xil o‘y-xayollar bilan men ko‘zlarimni yumdim.
*Ko‘zlarimni ocharkanman, yana o‘zimni Jungkookning xonasida ko‘rdim. Har doim odat bu. Qanday kelganimni bilmayman, ammo miriqib uxladim. Jungkook o‘rnida yo‘q, demak hammomda. Men ham o‘z xonamga kirib, yuvinib pastga tushdim. Oshxonaga borib, nonushta tayyorlamoqchi edim, lekin ko‘rgan manzaram meni lol qoldirdi. Stol allaqachon bezatilgan, yoqimli hid to‘lib turardi. Jungkook bir narsalar qilib, stolga joylashtirdi. Men birinchi marta u nonushta tayyorlayotganini ko‘rdim.
— Jungkook? Rostan bularni siz qildingizmi? Ishongim kelmaydi, nahotki sizning qo‘lingizdan nonushta yesak!
— Albatta, miss Pushuq. Qani, kel... — stulni surib, menga joy ko‘rsatdi. Tirjayib o‘tirar ekanman, bunday g‘amxo‘rlikning sababini bilgim kelardi.
— Xo‘sh, bu e’tibor nima uchun?
— Nima, unutdingmi? — Nimani unutaman, tushunmadim?
— Axir bugun Pushuq 17 ga to‘ldi, shunday emasmi? — Jungkook tirjayib, burnimdan chimchilab qo‘ydi. Men qanday qilib tug‘ilgan kunimni unutdim? Kulib yubordim, chunki bu juda juda kulgili edi. Men o‘z tug‘ilgan kunimni unutibman.
— Axxxx, men unutdim, — yuzimni yashirib kuldim.
— Xo‘sh, menga qanday sovg‘a tayyorladingiz?
— Sovgani kechqurun olasan. Endi esa tezroq nonushta qilib, maktabingga jo‘na!
— Nega-a? Hozir olishni xohlayman! — u gapimni eshitmay, nonushta qila boshladi. Mayli, kechqurun bo‘lsa kechqurun. Lekin mening sabrim yetmaydi!
Jungkook meni maktabga tashlab qo‘ydi. Maktabga borishim bilan hamma dugonalarim meni tabrikladi. Men maktabda yaxshi va a’lochi qizman. Albatta, do‘stlarim ham ko‘p.
Bugungi og‘ir darslardan keyin mening sabrim yetmay, uyga tez borishni xohladim. Shuning uchun ham dugonalarim bilan aylanishga chiqmadi. Bu keyingi masala, hozir faqat Jungkook qanday sovg‘a berishi qiziqtirardi.
— Zuha? — yelkamdan turtgan qo‘lga qaradim.
— Salom! Qalaysan? Aytgancha, tug‘ilgan kuning bilan! — qo‘limga gul va quti tutqazdi.
— Katta rahmat! Sovg‘a uchun ham keragi yo‘q edi...
— Nima uchun kerak emas? Axir tug‘ilgan kuning-ku! Sovgani ochib ko‘rmaysanmi? — Qutini ochganimda, ichida taqinchoq bor edi. Ha, qimmatligi aniq va juda nafis edi.
— Hmm, bu juda qimmatga o‘xshaydi. Sovg‘a uchun rahmat! —Qimmat deb qaytarib bermayman-ku. Qimmat bo‘lishiga qaramay sotib olibdi demak, bunga arziyman. Ha-ha, mening fe’lim shunaqa, va bu menga juda yoqadi.
— Bilmayman, hozir Jungkook keladi, u meni olib ketadi.
— Shunchaki, biroz aylanamiz. Nima deding? Jungkook kelguncha?
— Mayli! — biz uyga olib boradigan yo‘l tomon yurdik. Ba’zi narsalar haqida gaplashdik. Jin ham juda hazilkash, har bir so‘zida rosa kuldirdi meni.
— Nima deb o‘ylaysan, Jungkookning sevgan qizi bormi? — birdan bergan savolimdan Jin jim qoldi. Shunchaki, yelkasini qisdi.
— Bilmayman, balki bordir! Axir shu vaqtgacha uylanishi kerak edi, lekin uylanmadi. Menimcha bor. Axir 33 yoshda bo‘lsa, yana kelishgan — aniq sevgan qizi bo‘lishi kerak.
— Ha, to‘g‘ri! Mayli, uyga ham yetib keldik. Xayr!
— Xayr! — men ortga burilib, uyga kirib ketdim. Kayfiyatim osmonda, yerga tushganday bo‘ldi. Bu haqida o‘ylagim kelmasdi, lekin Jungkook bu haqida menga aytmagani alam qilardi. Uyga kirdim. Har doim sokin bo‘ladigan uy biroz shovqinli edi. Mehmonxonadan kelayotgan ovozlar meni o‘ziga tortdi. Jungkookning yonida yana bir kishi bor...
— Jungkook? — xonaga kirishi bilan meni ko‘rib, Jimin qolgan ikki odamga hayrat bilan qarab qoldi. Tanam muzlab ketdi, deyarli qimirlamay qoldim. Ko‘rayotgan manzaram meni... men nima his qilayotganimni tushunmadim?
— Zuha! — yonimga kelib meni bag‘riga olgan odam... shuncha yil ko‘rmagan, lekin bu yuzi esimda qolgan odam... onam ikkimizni baxtsiz qilgan odam... men “Dada” deyishga arzimaydigan odam turardi. Tezda o‘zimga kelib, uning bag‘ridan chiqdim.
— Bu nima deganing? Seni sog‘indim. — yuzidagi kulgu ketmasdi. Qanday qilib shunday kulib turadi?
— Oradan shuncha yil o‘tdi, endi sog‘inib qoldingizmi?
— Unday dema, qizim. Bilaman, shuncha yil seni va oyingni tashlab ketdim, buning uchun afsusdaman, qizim. Lekin men keyin ko‘rgani keldim, lekin oying seni ko‘rsatmadi. Ko‘p narsalar bo‘lib o‘tdi bu orada, oying ham vafot etibdi. Men sizlarni tashlab ketmadim. Oying ham menga xiyonat qildi, meni tushungin, axir...
— Oying? Sizga xiyonat qildi, shundaymi? Unda men-chi? Mening nima aybim bor edi?
— Kechirim so‘rayman, meni kechir, seni juda juda sog‘indim. — ko‘zimdan oqayotgan ko‘z yoshlar yuzimni yuvardi. Men dadamni juda ham yaxshi ko‘rardim, juda hattoki oyimdan ham ko‘proq. Meni bag‘riga bosdi, shuncha yillik ichimda saqlagan sog‘inchimni ushlab tura olmadim, qattiq bag‘rimga bosdim. Juda ham qattiq quchoqladim. Qancha turganimizni bilmayman, lekin yig‘lashdan to‘xtay olmadim. Yelkamda qo‘lni his qilib, dadamdan uzoqlashdim. Jungkook menga yoqimli tabassum bilan boqardi.
— Menga aytgan sovg‘a shumi? — ham kulib, ham yig‘layapman.
— Deyarli asosiy sovg‘a edi, lekin yana sovg‘alarim bor!
— Boshqa kerak emas, hammasi uchun rahmat, Kookie. — Jungkookni qattiq quchoqladim, u ham sochimdan o‘pib bag‘riga oldi.
— Arziysan, mening Pusug‘im. Hammasiga arziydi. — yuzimdagi ko‘z yoshlarni artdi. Men ham o‘zimga kelishga harakat qilardim. Yuragim qandaydir to‘lg‘anday bo‘ldi. Bariga Jungkook sababchi. U hayotimda borligi mening omadim edi.
Biz birgalikda ovqatlandik, tug‘ilgan kunim uchun tort ham. Dadam ham, Jungkook ham sovg‘alar berishdi. Jungkook bergan sovg‘a taqinchoq edi. Unchalik tushunmadim, lekin bu haqida Jungkook bilan gaplashaman, chunki bu boshqacha edi, qandaydir o‘zgacha. Jungkook bizlarni yolg‘iz qoldirib, xonasiga chiqdi. Dadam ikkimiz miriqib suhbat qurdik.
— Zuha, men bilan birga yashaysanmi? — birdan dadamning bergan savoliga entikib qoldim.
— Men... men bilmayman... aniq bir narsa deya olmayman... Jungkookning birozini ham tashlab keta olmayman.
— Jungkook katta erkak. To‘g‘ri, unga rahmat, shuncha yil seni yaxshi tarbiyalabdi, lekin u erkak bo‘lgan, uylanishi kerak, oilali bo‘lishi kerak. Shu vaqtgacha oila qurmagani g‘alati emasmi? Yana sen bilan birga bir uyda yashab...
— Bu bilan nima demoqchisiz? Jungkook yaxshi odam, u hammadan yaxshi, hattoki sizdan ham. U haqida yomon narsa aytmang! — jahlim juda qattiq chiqdi, hattoki ovoz ko‘taryotganimni bilsam ham, o‘sha ohangda gapirdim.
— Sen bilmaysan, lekin men bilaman. Sening bu yerda qolishingni istamayman. Hech o‘ylab ko‘rmadingmi, bunday odam nega 8 yoshli qizni yonida qoldirdi, deb? — indamadim, chunki javobim yo‘q edi. Meni yonida olib qolish uchun sabab kerak emasdi. Lekin birinchi tanishganimizda u meni umuman bilmasdi.
— Indamading... lekin men bilaman. Meros uchun seni yonida, o‘gay otangning merosi uchun olib qoldi. Bo‘lmasa, hattoki seni ko‘rgisi ham kelmasdi. Bu qilgan yaxshi muomalasi esa o‘sha hujjatga qo‘l qo‘yishing uchun edi.
— JIM BO‘LING! JIM! Jungkook hech qachon bunday qilmasdi, qilmaydi ham...
— Ishonmasang, o‘zidan so‘ra. Bor va bu narsalar haqiqatmi yoki yolg‘onligin so‘ra! — bilmayman nima qilishimni, nima qilayotganimni fahmlay olmadim. Yuqoriga chiqib, qanday xonasiga kelganimni ham sezmadim. Eshikni ochishim bilan u divanda boshini quyiga egib o‘tirardi. Yoniga bordim.
— Bu rostmi? — u boshini ko‘tarib menga qaradi.
— Meni meros uchun katta qilganingiz shu rostmi? — u indamadi, og‘zini ochdi-yu, hech narsa demadi. Stolga qaradim, qog‘ozlar turardi. Jahl bilan qo‘limga olib o‘qidim. Bu o‘sha narsa edi — men qo‘l qo‘yishim kerak bo‘lgan narsa. Ruchkani oldim-u, qog‘ozga qo‘l qo‘ydim.
— Mana, oling o‘sha merosni! — qo‘limdagi qog‘ozlarni yuziga uloqtirdim.
— Shu kerakmidi? Bunday ikkiyuzlamachilik qilmasdan ham bu qog‘ozlarni imzo qo‘yib berardim.
— Zuha, meni eshit. Sen noto‘g‘ri tushunding, men...
— NIMA MEN? NIMA MEN... O‘ZINGIZNI OQLAMOQCHIMISIZ? OQLANG! UNDAY EMAS, ASLIDA MEROS UCHUN EMAS, MEN SENI SINGLIM DEB QABUL QILDIM, DENG! SHUNDAY DENG! YO‘Q, UNDAY DEYA OLMAYSIZ! MEN HATTOKI DADANGIZNING QIZI EMASMAN! UNDAY DEYA OLMAYSIZ! SHU KERAKMIDI? MANA, OLING VA MENI HECH QACHON QAYTA KO‘RMAYSIZ!
— Yoninga biror narsa olasanmi?
— Bu uydan hech narsa olmayman. Ustimdagilarni jo‘natib yuboraman, janob Jeon!
— U bilan turmush qurayapsizmi?
— Deyarli shunday. Endi sening navbating — uni olib ket, va bizga tinchlik ber.
— Ozgina muloyim bo‘lsang bo‘lardi. Ha, mayli.