Bodyguard | JJK
Jungkook yumshoqlik bilan bo‘sa olar ekan, asta divanga yotqizdi. Lablarini uzmagan holda sekinlik bilan yotqizarkan, Zuha ham asta javob berar edi. Bor og‘irligini solmay, uni tagiga olgan Jungkook bo‘sani uzdi. Unga tikilgancha hansirab qolgan kapalagiga qop-qora ko‘zlari bilan qaradi. Zuha ko‘zlarini ochar, Jungkook esa tikilib turishda davom etardi. Zuha kuldi, Jungkook qosh shimirar, izidan u ham kulib yubordi.
— Sen juda-juda shirinsan, kapalagim mening, — Jungkook yonoq, peshona, quloq, bo‘ynidan boshlab burni va yuzini aylanib o‘pardi. Burniga o‘z burnini tekkazib, turtib qo‘ydi. Divanning chetiga, ya’ni Zuhaning yoniga yotib, uni mahkam quchib oldi.
— Imm, Jungkook, sig‘maymiz, turing, — Zuha tipirchilab turishga urindi. Jungkook esa uni joyiga yotqizib, yanada o‘ziga tortib quchdi.
Eng yaxshi darmon — bu sevgan insoning bag‘rida tinch uxlashdir. Boshqa dunyo muammolaridan uzilib, sen insonligingni, sen baxtli bo‘ladigan yerdir. Kunlar o‘tar, baxtli onlar ko‘payardi. Zuhaning bitiruv kuni yaqinlashar, bundan hamma quvonardi. Bugungi bitiruv kuni uchun tayyorlanayotgan Zuha oyna oldiga keldi. O‘ziga nazar solar ekan, go‘zalligi so‘z bilan ifodalab bo‘lmasdi. O‘zini naq tag‘iga tushdi. Oilasi uning bitiruv kuniga tayyor turib, Zuhani kutardi. Janob Park hayajon ila qo‘llari titrar, bugun u eng baxtli inson edi. Bir-ikki yil avval oldida o‘ynab yurgan, yuragining bir parchasi bugun katta hayotga qadam qo‘yardi.
Jungkookda bugun g‘alati hissiyot bor edi. O‘zi ham hech tushunmasdi. Janob Park qanchalar xursand bo‘lsa, u ham shunchalik xursand edi. Zuha tepadan tushib kelar, Jungkook deyarli qotib qolgandi. Huddi kapalak misol, qanot yozib uchganday ular tomon yugurib kelardi. Yuzidagi tabassum — huddi dunyoni yoritayotganidek beg‘ubor edi. Jungkookning ichidagi achish hissi juda ham og‘rirdi. Bu baxtli onlar ko‘pga cho‘zilmasligini u sezardi. Qancha harakat qilmasin, hech narsa o‘xshamayapti. Qancha uzoqlashtirishga harakat qilsa ham, na iloj — ularni ajrata olmayapti. Jungkook Suga tomon qaradi — yuzida tabassum, huddi baxtli deya. Bu niqob ostiga qanday darajada yaxshi yashiringan... Jungkook bir oydan beri o‘ylaydi va o‘ylagan rejasi amalga oshsa, bu eng yaxshisi bo‘ladi. Suganing e’tiborini boshqa narsaga qaratish kerak va bu ish bugun sodir bo‘ladi. Huddi qiyomat kunining oldini olganday.
Zuha do‘stlari bilan o‘ynab-kulib, birga vaqt o‘tkazdi. Bitiruv juda ham yaxshi o‘tdi. Bugungi qilgan jinliklari — shuncha yillik dardlarni ortga tashlaganday bo‘ldi. Hamma kelishib olishdi va o‘zlaricha sayr qilishga qaror qilishdi. Zuha dugonalari bilan xayrlashib, uyiga ketishni o‘yladi. Va albatta, uning baxti uni kutib turgandi. Yugurib borib, bo‘ynidan qo‘llarini o‘tkazib quchdi. Jungkook ham qulay bo‘lishi uchun egildi. Sochlarini silab, bo‘ynidan hidlab qo‘ydi.
— Kapalak, shasharmisan, deyman? — dedi, Zuhaning bag‘riga yanada mahkam tortib.
— Ha, juda ham charchadim. Oyog‘imda turishga holim yo‘q, — Jungkook iyagini Zuhaning yelkasiga qo‘ydi.
— Mayli, uyga ketamiz, — dedi. Zuha indamay mashinaga o‘tirdi. Uyga yetib kelguncha Zuha allaqachon uxlab qolgan edi. Uni ko‘tarib, xonasiga olib kirdi. Kichkina qizcha kabi uxlab yotardi. Yuzi va labidan engil bo‘sa olib, xonadan chiqib ketdi. Xonasiga kiyim almashtirish uchun borayotgan payt Suganing xonasidan chiqayotgan ovozlarni eshitib qoldi.
— Nima haqida aytyapsan? Bu miyang ishlaydimi o‘zi? — Suga telefonni deyarli sindirar darajada gapirardi. O‘zini biroz bosib, past ohangda davom etdi:
— Meni yaxshilab eshit. O‘sha mollarning qaerdaligini topasan — tushundingmi?! Qanday qilib bunchalik molni yo‘qotding, axmoq kallavaram! — Jungkook miyig‘ida kulib, xonasiga kirib ketdi.
Ertalab edi, lekin bugun negadir havo yomon va bulutli edi. Zuhaning boshi og‘rib uyg‘ondi. Hamma joyi og‘riqdan zirqirab ketardi. Uyg‘onishni istamay, yana ko‘zlarini yumib uxlab qoldi.
Jungkook erta tongdan uydan chiqib ketdi. Kompaniya katta bo‘lgani sari ishlar ham ko‘payardi. O‘zining xonasiga kirar ekan, kotibasi uni kutib oldi.
— Hayrli tong, Janob Jeon! Yaxshimisiz? — Ishga mos bo‘lmagan kiyim, yuzi — huddi remont qilinayotgan uy kabi ko‘p bo‘yoqli, ko‘kragi bemalol ko‘rinadigan, beli ochiq va kalta yubka. Lekin Jungkook e’tibor bermay xonasiga kirdi.
— Hali mendan keta olmay qolasan, yigitcha, — Helsey ko‘zlarini qisib o‘z joyiga o‘tirdi. "Ko‘zingni qisganchi, bir joyingni qis" degan edi bir bobolar. Mayli, ssenariyga qaytsak.
Jungkook bugungi 2 ta uchrashuvni bitirib xonasiga kirdi. Chuqur uh tortib, o‘zini divanga tashladi. Boshidagi og‘riqdan boshining ikki tarafini qo‘li bilan uqaladi.
— Jungkookkkk! — xonada Jungkook uchun yoqimli ovoz yangradi. Kim ekanligini bildi. Xursand bo‘lib ko‘zlarini ocharkan, u tomon kichkina qizcha kabi yugurib kelgan Zuhani bag‘riga bosdi.
— Seni juda ham sog‘indim, — o‘ziga yoqadigan hidni sezib ko‘zlarini yumdi. Lablarini bo‘ynining yumshoq qismida bosib o‘pdi.
— Men ham sizni juda juda sog‘indim. Tongda yonimga kelmabsiz, uyg‘onganimda sizni topolmadim, na telefonga javob bermadingiz, — Zuha lablarini burishtirib gapirdi.
— Kechir, Kapalak. Bugun ishlar ko‘payib ketdi, hattoki telefonga qarashga ham vaqtim bo‘lmadi. Xo‘sh, nima uchun tashrif buyuribdilar?
— Hm, kelganimning boshqa sababi ham bor. Ya’ni sizdan bir narsa so‘ramoqchiman. Ertaga... hammamiz, ya’ni sinfdoshlarimiz bilan... sayrga bormoqchimiz! Bu ko‘proq sayr emas, piknikka o‘xshaydi...
Jungkook indamadi. Zuha bu jimlikdan shoshila boshladi.
— Imm... Jungkook... dadam ruxsat berdi va biz... ertaga ketamiz, bu shahardan tashqarida bo‘lishi mumkin. Shunga... borsam maylimi?
Jungkook Zuhani bag‘ridan olib, o‘z kursisiga o‘tirdi.
— Allaqachon hal qilib bo‘libsan, nima uchun so‘rayapsan?
Zuha jimlik ma’nosini anglab, yana Jungkook yoniga bordi va qo‘lidan ushladi.
— Unaqa qilmang, axir hamma sinfdoshlarim borishadi, men ham borgim kelayapti, axir, — dedi erkalanib.
— Senga borma demayapman, bora ber. Nima uchun mendan so‘rayapsan? — Jungkook e’tiborini kompyuterga qaratib bir narsalarni yoza boshladi.
Zuha yozganlariga qarab turarkan, birdan kulib yubordi. Qo‘lining uchi bilan ekranga ishora qildi.
— Jungkook, axir bunaqa bo‘lmaydi, qarang, bu yerda xato yozibsiz, — Zuha kulib ekrandan ko‘zini Jungkookga qaratarkan, uning qarashidan yana ham battar kulib yubordi.
— Jungkook, basharangizga qarang, — Zuha kulganidan ichi og‘rib, chuqur nafas olib, o‘zini to‘xtatishga urundi.
Jungkook qancha jahli chiqmasin, bu beg‘ubor kulgu uni eritib yubordi. Lekin tez yumshagisi kelmay, o‘zini bosdi.
Zuha kulgudan to‘xtab Jungkook tomon qaradi. Uning jiddiylashib ketgan yuzidan Zuhaning tanasini tok urganday bo‘ldi.
— Aa... Jungkook, men shunchaki... shunchaki hazillashdim xolos...
— Men hazillashyotganga o‘xshaymanmi? Bu yerga kel dedim.
Zuha vaziyat og‘irlashganini bilib, hech narsa deya olmay qoldi. Kichik qadamlar bilan yoniga borarkan, Jungkook qo‘lidan ushlab tizzasiga o‘tqazdi.
— Xo‘sh, u yerda kimlar bo‘ladi?
Zuha berilgan savoldan hayratga tushdi.
— Imm... u yerda sinfdoshlarim bo‘ladi, boshqalar bo‘lmaydi, — Zuha boshini egib.
— Xo‘sh, seni u yerga yuboradi deb o‘ylaysanmi?
— Yo‘q, unday deb o‘ylamayman, — boshini egib tirnoqlari bilan deyarli qonatib yuborardi.
— Barmoqlaringni tinch qo‘yib, menga qara.
Zuha Jungkook aytganday, barmoqlarini tinch qo‘yib, unga qaradi.
— Menga qara, bu sening erkinligingni cheklov emas, aksincha, sening himoyang uchundir. U yerga men ishlarimni tashlab bora olmayman. Shunday ekan, keyinroq o‘zimiz sayrga chiqamiz va seni xohlagan joyingga olib boraman. Hopmi, Kapalagim? — sochidan silab, peshonasidan o‘pdi.
Zuha indamay, faqat bosh silkidi. Endi turib ketaman degan payt Jungkook belidan ushlab, yana tizzasiga o‘tqazdi.
— Xo‘sh... biz yarim kun ko‘rishmadik, shunday ekan, men seni sog‘indim.
Zuha boshini ko‘tarmadi. Jungkook uni hafa bo‘lganini bilsa ham hech narsa qila olmasdi. Nima qilsin, axir u yerda bir o‘zi, bu yoqda esa ishlar tiqilib yotibdi.
Zuha uning ko‘zlariga qaradi. Katta ko‘zlari yoshlardan yaltirab turardi. Jungkook boshini yuqoriga tashlab, chuqur uh tortib yubordi.
— Mayli, ruxsat beraman. Faqat har doim menga qo‘ng‘iroq qilib turasan. Maylimi?
Zuha chaqnadi ko‘zlari bilan, bosh silkidi, quvonib Jungkookdan yengil bo‘sa oldi. Jungkook kulib Zuhani o‘ziga tortib, bo‘sani chuqurlashtirdi. Bir-biridan yoqimli bo‘sa olar ekan, eshikning yopilgan ovozidan ikkisi ham ajraldi.
Ikkalasi ham eshik tomon qararkan, Zuhaning hayratdan ko‘zlari ochildi.
– Bu yerda nima qilyapsan?! – Jungkook jahli bilan baqirib yubordi.
– H-haligi, Janob... sizga hujjatlarni olib kelgandim, – Helseyning yuzlari qizarib ketdi, bu uyaldanmi yoki jahldan.
– Chiqib ket xonadan! – Zuha uyalganidan Jungkookning tizzasidan tushdi. Helsey qo‘llarini musht qilib, xonadan chiqib ketdi. Zuha ko‘zlarini xonadan bir aylantirib chiqdi. Uyatdan yuzlari qizarib ketgandi.
– Men... men ketdim, keyinroq ko‘rishamiz, – Zuha darrov sumkasini qo‘liga olib.
– Haligi... – Jungkook so‘zlarini tugatmasdan oldin, Zuha xonadan chiqib ketdi. Bundan miyig‘ida kulgan Jungkook yana ishga sho‘ng‘ib ketdi.
Zuha xonadan chiqarkan, yonida o‘sha xonaga kirgan qiz turardi.
– Sen Jungkookka kim bo‘lasan? – hech qanday hurmatsizliksiz berilgan bu savolga, Zuha hayrat bilan og‘zini ochib qoldi.
– Ko‘rmadingizmi? Kimlarga o‘xshayapmiz? – Zuha ikki qo‘lini chambarchas chalishtirib.
– Ko‘rganimdek, uning bo‘yniga osilayotgan kichkina qizaloq. Hali kichkinasan, bunaqa yurishga uyalmaysanmi? – Zuha bu gaplarga jahli chiqarkan, o‘zini bosishga urinar edi.
– Men katta bo‘lganman. Aslida siz qarib qolganga o‘xshaysiz. Keyin Jungkook bilan ishingiz bo‘lmasin. U sizga Jungkook emas, Janob Jeon, tushundingizmi? – Zuha Helsey tomon yana bir qadam yurdi.
– Va unga osilib yurganingizni ko‘rsam yoki eshitsam, va’da beraman, hozirgi muloyim qiz bo‘lmaydi, – Zuha mag‘rur bo‘lib o‘tib ketdi. Helseyning jahli burnining uchiga chiqib, o‘zini bosishga urinar edi. Sababi Jungkookka yomon ko‘rina olmasdi. Zuha tirjayib ketarkan, aytgan gaplaridan o‘zi ham mag‘rurlanib ketdi.
– Xo‘sh, qizaloq, kel yonimizga, axir tunda yolg‘iz yurish xafli
Zuha qo‘rqib, orqa tomoniga qochdi.
– Iltimos... iltimos... menga... yordam bering... – ko‘zlari asta yumila boshladi.
– Buni qilishimiz shart emas. Senga ishonaman.
– Yo‘q, buni men xohlayman. Buni tasdiqlashimiz kerak.