Dark Agony | JJK
Nega? Nega aynan men? Nega men? Baxtli bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Akam u ahvolda, bu yoqda Dadam, bir tomonda esa... Jungkook. Nima qilishim kerak, nima qilaman endi? Endi yaxshi bo‘layotgandi. Endi baxtli bo‘laman degandim. Lekin har doimgidek shu ahvolga tushyapman. Nima aybim bor mening? Nima ayb ish qildim? Meni shu ahvolga solishlari uchun nima qildim?
Uyga qanday yetib kelganimni ham bilmayman. Har doimgi sokinlik. O‘sha zulmat, o‘sha jimlik. Qani edi shu zulmatda olib ketsam, bu muammolar ichida qolmasam edi. Qani edi. Hech narsani his qilmayapman. Hech narsa. Faqatgina bo‘layotgan voqealar ko‘z oldimda kino kabi o‘tib ketar edi. Faqat bir narsa miyyamda aylanardi, xuddi hayot menga shunday deyotganday:
"Senga aytgandim, sening baxtli bo‘lishga haqqing yo‘q! Sen baxtli bo‘lolmaysan, sen sevishga, sevilishga haqqing yo‘q. Sen sevilmaysan. Hech qachon, hech qachon, hech qachon!"
Menga aytilgan shu so‘zlar, men biladigan faqatgina shu so‘zlar edi.
— To‘xta, — bosayotgan qadamimdan to‘xtadim. Dadam mehmonxonada faqatgina bitta chiroqning yorug‘ida, divanda o‘tirardi. Yoniga keldim. Menga qaramadi ham.
— O‘tir, — oldidagi divanga borib o‘tirdim.
— Qayerdan kelyapsan? — Dadamning savoliga hech narsa demak kelmasdi. Jungkookning xiyonatiga guvoh bo‘lib kelyapman deymi yoki yarim kechasi bardan keldim deymanmi...
— Jungkook bilan uchrashdim, — endi bu yog‘iga nima bo‘ladi, yoki nima qilishadi, o‘ylagim ham kelmasdi.
— Yo‘q, ochiq-sochiq kiyimlarini ko‘chada yechib kelyapman. Axir o‘ynashimning oldiga bu ahvolda bormaymanku...
— Jim bo‘l! — yuzimga kelib urilgan tarsakidan gapimni tugatolmadim. Men shunchalar nimjonmanmi, bitta tarsaki bilan yerga yiqildim. "Hech", demak tirik ekanman, chunki yuzim og‘riganini his qildim. Demak, ruhim tanamda ekan.
— Yo‘qol xonaga! — hozir nima qilayotganimni ham bilmayapman. Shunchaki miyyamda ovozlar aylanyapti, xuddi o‘layotgan odamga o‘xshab, hamma xotiralar avj olardi.
O‘sha tundan keyin men odamlardan uzildim. Jungkook turgan gap, uydagilar bilan ham gaplashmayman. Faqatgina piyoda sayr qilaman yoki xonamda o‘tirib turli xil ishlarni bajaraman. Telefonni hattoki yoqib ham ko‘rmadim. Hech kim bilan gaplashgim kelmasdi. Shu tinchlik menga yoqa boshladi. Faqat dugonam uyga kelib turardi. Hayotda gaplashadigan insonim u edi. U hozir baxtli. Garchi mendan bir necha yosh katta bo‘lsa ham, biz ikkalamiz yaxshi kelishamiz. Uni maktabda uchratgandim va biz qalin dugona bo‘lib ketdik. Jungkookdan keyin menga yaqin munosabatda bo‘lgan yagona inson edi. Meni ayblamagan, meni haqoratlamagan, meni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilgan inson. Jungkook haqida o‘ylar 1 soniya bo‘lsa ham hayolimdan ketmasdi. Bugun buvimnikiga borishga qaror qildim. Ularni juda sog‘indim. Iloji bo‘lsa-yu buvim va oyim yoniga ketsam edi. Lekin...
Uydagilarga aytmadim, shunchaki xizmatchiga aytdim va chiqib ketdim. Taksi bilan buvimning uyi tomon ketdim. Eng osoyishta yer o‘sha joy edi. Taksining oynasini ochib, o‘rmon hididan nafas oldim. Shu yerda yashaging keladi. Odamlardan uzoq va osoyishta. Osmon bag‘rida. Taksi yetib kelganimizni aytdi. Men mashinadan tushib, o‘rmon ichkarisida emas, lekin atrofini daraxtu gullar qoplagan shinamgina uyga keldim. Bu yerda oyim bilan yashamasdan oldin buvim bilan yashardik. Bu xotiralar hech esimdan chiqmaydi. Uyni aylanib, chang bosgan joylarni tozalab yig‘ishtirdim. Bu yer eng yaxshi panoh topadigan joyim, deya o‘yladim. Bir kuni shu yerda yashayman. Shahardan yaqin emas, lekin uzoq ham emasdi.
Butun uyni aylanib, hamma yerini ko‘rdim. Yoshligimda buvim bilan tushgan rasmlarimiz ko‘p edi. Ko‘zimdagi yosh ila hammasini ko‘zdan kechirdim. Xuddi oldingidek buvimning quchog‘i kabi iliq edi.
Deyarli kech bo‘ldi. Taksini chaqirdim. Balki avval bilinmagandir, lekin kelishi qiyin bo‘lib ketdi. Narsalarimni yig‘ishtirib tashqariga chiqdim, lekin hali yo‘q edi. Atrofni boshqacha jimlik egallagandi. Bu mening yuragimda qo‘rquv soldi. Bu jimlik xavfdan edi. Odatda hech tinchimay uchadigan qushlar ham jim. Men katta yo‘l tomon yurdim.
Yo‘lga qaradim, lekin hech qanday mashina ko‘rinmasdi. Lekin bir narsa eshitganday bo‘lyapman. Bu mashinaning ovozimi? Ha, xuddi shu.
Bu mashinaniki. Lekin juda ham tez. Uzoqdan qora mashina kelarkan, mening yuragim tezlashib ketdi. Chunki deyarli eng katta tezlikda kelyotgan mashina men tomon harakatlanayotgan edi. Yo xudo, hozir o‘lamanmi? Qo‘rquv tanamni qamrab olar ekan, oyoqlarim qotib qoldi. Harakatlana olmasdim. Ko‘zlarim chirt yumildi. Quloqlarim tagida qattiq mashina urilish ovozi eshitildi. O‘ldim deb o‘yladim, lekin tanamda og‘riq yo‘q. Ko‘zlarimni pirpiratib asta ochdim. Mendan bir necha metr uzoqlikda bo‘lgan mashina katta daraxtga urilgandi. Nima bo‘ldi? Demak, tirikman. Lekin mashina ichidagi odamchi? Mashinaning oldi tarafidan chiqayotgan tutunga e’tibor bermay yaqinlashdim. Old eshik yoniga keldim. Derazalar sinib ketgan. Mashina haydovchisi esa tirik emasga o‘xshardi. Lekin himoya yostiqchasi bor ekan. Mashina eshigini tosh bilan urib ochdim. Qo‘llarim qon talash bo‘lib ketdi. Hamma joyda oyna siniqlari.
— Janob, yaxshimisiz? — Uning yuzini ko‘ra olmayapman. Yelkasidan ushlab amallab mashinadan chiqardim. U tirik ekan, har xil og‘riqli ovozlar chiqaryapti. Uni yerga qo‘ymoqchi bo‘lganimda birdan zarb bilan o‘zi yerga yiqildi. Jin ursin, huddi bir qop kartoshkadek o‘tib yubordi, deb o‘ylamaslik ham mumkin emasdi. Boshida kepka, yuzida niqob, qo‘llari ham qo‘lqopda edi. Bu kim o‘zi? Uni orqasi bilan yotqizib yuzidagi narsalarni oldim...
B-bu... u nega bu yerda? Nega? Nega bunday ahvolda? Yuzini ko‘rib yuragim tovonimga tushib ketdi. Yuzlari kichik-kichik jarohatlar bilan to‘lgan. Labi qon, yuzlari ko‘kargan.
— Nima bo‘ldi...? Hoy, tursang-chi! Nima bo‘ldi?! NEGA BUNDAY AHVOLDASIZ?! — Uni turtib uyg‘otmoqchiman, lekin javob bermasdi. Ko‘kragiga qulog‘imni tutdim... uhhh... tirik ekan. Telefonni olib tez yordamga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldim. JIN URSIN BARCHASINI. Telefonimning zaryadi tugabdi. Endi nima qilaman? Uxxx. Avval uni o‘ziga keltirishim kerak.
— Ko‘zlaringizni oching. Bunday holatda yota olmaysiz. Turing deyapman! — Yuzidagi og‘riqli ifoda ila tanasi harakatga keldi. Asta ko‘zlarini ocharkan, men allaqachon ko‘z yosh bilan burkangan ko‘zim orqali xira ko‘rardim.
— S..sen? B..bu yerda nima qilyabsan? — Tanasini tiklashga urinib biroz harakat qildi.
— O‘zing-chi? Bu yerda nima qilyapsiz? Aqlingizni yedingizmi? Tormoz bossangiz ham to‘xtardi. Nega tormoz bosmadingiz? O‘lishni xohladingizmi? Axmoqmisiz? Olib ketganingizda nima bo‘la... — So‘zimni to‘sib qo‘ydi. Ichimdagi boron to‘xtab qolgandek edi. Mayin bo‘sa olar ekan, tanam bo‘shashib ketdi. Boshimning orqasidan ushlab yanada o‘ziga tortdi. Mayin bo‘sa izi chuqurlashib, qattiqroq o‘pa boshladi. Men uni sog‘ingandim, juda-juda sog‘indim. Lekin... lekin bo‘lmaydi... bo‘lmaydi... bunday qila olmayman... Ikkalamizning ham nafasimiz yetishmaganidan lablarimiz ajradi. Yelkasiga boshimni qo‘yib chuqur-chuqur nafas olar ekanman, meni bag‘riga tortdi.
— Kechir... — faqat shu so‘zlarni eshitdim. Shunchalik osonmi bu so‘zlarni aytish? Yuzimga muzdek narsa tomdi. Birdan Jungkook yig‘layapti degan o‘y keldi. Bag‘ridan chiqib, unga qaradim, lekin yo‘q, yig‘lamayapti. Yana va yana ko‘proq tomchilar. Yomg‘ir yoqa boshladi. Yuziga qaramay ko‘zlarimni olib qochdim.
— Yo‘q. Telefon yonimda emas. — Asabiylik bilan nafas chiqardim. Boshqa iloj yo‘q. Yomg‘ir esa tobora kuchayib yoqa boshladi. Sumkamdagi lab bo‘yog‘imni olib, mashinaga yozuv yozdim. Agar bu yerdan birov o‘tsa, aniq yordam beradi. Jungkookning yoniga kelib turishiga yordam berdim.
— Ko‘tarib bormoqchimisan? — Ensa qotirib uy tomon yura boshladik. Yo‘l unchalik uzoq emasdi. Qiyin kechmadi.
— Bu yerda nima qilyabsan? — O‘zi zo‘rg‘a turibdi, hozir savol berishning mavridi emas-ku?
— Buvving meni ko‘rsa nima deydi? — Birdan kulib yubordim. Uning tushunmay turgan yuzi yana-da kulgili edi.
— Agar mashina qattiq urilganda, buvim bilan ko‘rishishingiz mumkin edi. — Uning hayrat ila ochilgan og‘zi va kattalashgan ko‘zlari... ehh, rostan tushunmadimi?
— Lekin sening buving tirik-ku, qanday qilib o‘ladi?
— Men haqimda ko‘p narsa bilasiz shekilli... Meni asrab olishgan. Va bu yer mening haqiqiy buvimning uyi. — U jim qoldi. Uyga kirib uni divanga o‘tqazdim. Bu yerda oziq-ovqat ham kam. Dorilarni aytmasa ham bo‘ladi.
Kaminga yog‘ochlarni soldim. Hech bo‘lmasa sovuq qotmaymiz. Choynakni suvga to‘ldirib, kaminning chetiga qo‘ydim. Ozgina issisa, yaralarini yuvardik. Narsalarni qo‘yib, boyadan beri mendan ko‘zini uzmayotgan Jungkookning qarshisiga o‘tirdim.
— Hòsh, boshidan ayting. Bu yerda nima qilyapsiz?
— Mashinada aylanib yurgandim.
— Ishonadi deb o‘ylayapsizmi? Unda nega tormozni bosmadingiz? Agar bosganingizda bu ahvolda bo‘lmasdik, — mening ko‘zimga qaramasdi. Bu esa bir narsa yashirayotganidan dalolat.
— O‘zing nega bu yerdasan? — gapni burmoqchi bo‘ldi.
— Gapni boshqa tomonga burmang. Sizdan so‘rayapman, bu yerda nima qilyapsiz? Va nega tormozni bosmadingiz? Yana yuzingizdagi yaralar qanday bo‘ldi?
— Tormozni bosdim, lekin to‘xtamadi. Oldimdan esa odam bir edi... ho‘sh, nima qilishim kerak edi? Uni urib yuboraymi? Shikastlar esa avtohalokatdan bo‘ldi, — meni ahmoq deb o‘ylayaptimi? Ko‘rinmaydimi bu avtohalokatdan emasligi aniq-ku?
— Mayli... aytmasangiz aytmang, — o‘rnimdan turib, kamindagi choynakni oldim.
— Axxx.
— Nima bo‘ldi? Kuydingizmi? — men tomonga kelmoqchi bo‘lganda to‘xtashini aytdim.
— Yo‘q, jiddiy emas. Shunchaki tegib ketdi, — choynakdagi suvni olib idishga qo‘ydim. To‘g‘ri issiq ekan, ozgina sovuq suv aralashtirdim. Sochiq va suvni oldiga qo‘ydim.
— Imm, men qila olmayman, — u menga kichkina boladek qarab turardi. — Axir hamma joyim og‘riyapti, qanday tozalayman?
Boshqa iloji yo‘q. Sochiqni ho‘llab yuzini arta boshladim. Bu aniq mushtlashgan. Chunki bunaqa ko‘karmasdi. Ortiqcha savol ham bergim kelmasdi. Aytkisi kelsa aytardi. Yuzini va bo‘ynini artib bo‘ldim. Ustidagi kiyimni yechib, yalang‘och qoldi. Qo‘limdagi sochiqni mahkam siqdim. Yaralangan va ko‘kargan joylarini artib chiqarkanman, beixtiyor uning mushakdor tanasiga ko‘zim tushardi. Yutunib, ishimni davom ettirdim. Lekin uning tanasini birinchi bor ko‘rib turardim.
— Qarashga vaqtingiz bor, hozir tozalagan yaxshi, — Jungkookning bu so‘zlarini eshitar ekanman, dovdirab qoldim. Darrov sochiqni oldim.
— Men... men qaramadim... yaralarni artyotgandim...
— Ha, rostdan! — o‘rnimdan turib ketmoqchi bo‘lganimda qo‘limdan ushlab, o‘ziga tortdi. Bir zumda o‘zimni uning tanasida ko‘rdim.
— Nima qilyapsiz, qo‘yib yuboring meni!
— Tssh, jim bo‘l ozgina...! — yuzini yuzimga yaqinlashtirdi. Issiq va sokin ovozi ila gapirarkan, nafasi tobora meni bog‘lardi. — Shunchaki... shunchaki... men seni sog‘indim... — tezlik bilan lablarimizni birlashtirar ekan, och bo‘ridek meni yeyotgandi. Men qilayotgan harakatlarimni anglolmasdim. Unga bo‘lgan sog‘inishim ustun kelayotgandi, hech narsani o‘ylamay men ham javob qaytara boshladim. Qanchalik urinmay, u tez edi. Allaqachon nafasim tiqilib qolgan, lekin u qo‘yib yubormayapti. Pastki labimni so‘rib, tishlab oldi. Labimda kuchli og‘riq sezar ekanman, u ustki labimni so‘rib boshladi. Bu harakatlardan uni yaralangan odam deyish qiyin. Sonimdan ushlab, o‘ziga qulay joyga o‘tqazdi. Belimdan ushlab bir silab, bir qisib qo‘yardi. Ikkala qo‘lini orqamga olib borib, o‘zi tomon yanada tortdi. Menga bilinayotgan — huddi oldingidek narsa — hozir ham shunday edi. Bu haqida o‘ylasam, sovuq ter bosardi. Meni orqam bilan yotqizib, o‘zi ustimga chiqdi, yana shiddat ila bo‘sa ola boshladi. Kuz kunlari uchun moslab kiygan sviterim ostidan sovuq barmoqlarni his qildim. Jungkook butun tanamni qo‘llari bilan silab chiqar ekan, mening yuragim esa shiddat ila urardi. Nihoyat, lablarimiz ajratildiyu, sviterim tanamdan qanday yechilganini bilmay ham qoldim. Yo‘q, yo‘q, bu endi ortiqcha edi. Oyoqlarimni qimirlatib, yuqoriga harakatlandim. Iloji boricha tanamni qo‘lim bilan yopishga urinardim. Jungkookning tirjaygan yuzini ko‘rib, yanada qo‘rquvim ochib ketdi. Oyoqlarimdan tortiyu men uning ostida paydo bo‘ldim.
— Malika, hozir vaqti emas... shunchaki menga ishon, xo‘pmi...
— J..Jungkook... y..yo‘q, bunday qila olmaymiz... iltimos, qo‘yib yuboring... — ko‘zimdan oqayotgan yoshlar divanni ho‘l qilgandi.