June 8, 2025

AGE of OBSESSION | JJK

6-BOB:Ikkimiz...

— Jin ursin shu vaqtda-mi, — Jungkook hammomda tinchlanishga urunardi. Hozir tegolmasligini tushuntirar, lekin hech o‘xshamasdi. Na iloj, bu yerda bo‘lmasdi. Ayniqsa, Zuhaning xonasida. Hammomdan chiqib, xonaga ko‘z yugurtirdi. Zuha shiringina bo‘lib uxlab yotardi. Tirjayib, xonadan chiqib ketdi, tezroq xonasiga borishga shoshilardi. Bu azob, xuddi birov uni nafas olishdan to‘xtatib qo‘ygandek edi.

Doktor chiqib ketganidan keyin ham xonadan chiqmagan Jungkookni kutayotgan Jennie butun uyni aylanib chiqdi. Eshik yopilgan ovozni eshitib, lab uchida kulib xona tomon ketdi. Shovqin solmay xona eshigini ochar ekan, xona o‘rtasida har yoqqa yurayotgan Jungkookga ko‘zi tushdi. Eshik yopilgan ovozidan u tomon qarar ekan, hali ham kelmagan Jenniega ko‘zi tushdi.

— Bu yerda nima qilyabsan? — Jungkook hayron bo‘lib qaradi. Jennie kichik bo‘lmagan qadam bilan yaqinlashdi. Yuzidagi terlar, tez-tez nafas olishlar va o‘sha taranglik — buni Jennie sezdi.

— Ha, senga yordam kerak shekilli? — Jennie suzilib uning ko‘kragiga qo‘lini qo‘ydi.
— Yordam berishim mumkin...

Jungkook hayron qolganidan tushunmay qarab turdi. Jennie ko‘kragidagi qo‘lini tana bo‘ylab yugurtirib, asta pastlay boshladi. So‘nggi nuqtaga yetib kelar ekan, adashmaganini va bu narsa o‘ziga yoqadigan darajada qattiqlashganini sezdi.

— Mmm, juda ham qattiq... — asta kiyim ustidan silay boshladi. Jungkook bu harakatlardan hech narsani sezmasdi, shunchaki uning qilayotganlarini tushungisi ham kelmasdi. Jennie qo‘llarini bo‘ynida o‘tkazib, tanasini tanasiga bosdi. Qattiq a’zosini o‘zida yana ham sezdi. Asta suzilib, ishqalaganday tanasini qimirlatdi. Jungkookning sabr kosasi to‘lar ekan, boshqa bu harakatlarga chidolmasdi.


Ertalab. Binafsha pardalardan tushayotgan bu sariq nurlar xona ichiga boshqacha rang bo‘lib nur taratardi. Ko‘zlarini ochgan Zuha qo‘llarini kerib, uyqusini yozdi. Ko‘zlarini ishqalab, o‘zini uyg‘otishga urundi. Endi turmoqchi bo‘lgan payti kechagi ishlar yodiga tushar ekan, oyog‘i ham og‘rimay qolgandi. Lekin shifokor bir hafta yurmasligini aytgandi. Shu sababli ham Jungkookni kutishga qaror qildi. Yana uyqu ustun kelib, ko‘zlarini yumdi. Oradan qancha vaqt o‘tgan edi noma’lum, lekin Jungkook xonaga kirib keldi.

— Pushuq, hali ham uxlayaptimi? — Zuhaning yoniga kelib, burnidan tortib qo‘ydi.
— Qani, uyg‘onamiz, bugun doktorga borishimiz kerak, — Jungkook Zuhaning sochini to‘zg‘itib gapirdi.

— Mayli, uyg‘ondimmm... — Zuha o‘rnidan biroz siljib, qo‘llarini cho‘zdi. Jungkook ko‘zini aylantirib, uni ko‘tarib oldi.

— Xo‘sh, men seni o‘lgunimcha shunday ko‘tarib yuramanmi? — dedi Jungkook hammomga kirayotib.

— Albatta! Eslaysizmi, kichkinaligimda ham meni ko‘tarib yurardingiz.

— Ha-ha, buni unutib bo‘ladimi. Hattoki ishdan charchab kelsam ham eshakday yelkamga o‘tirding. Bo‘lmasa, sochimdan shunaqangi tortardingki, ehhh... Shundan keyin mening sochlarim siyraklashib ketgan, qara, — Jungkook sochiga ishora qildi. Zuha kulib, yana sochidan qattiq tortdi.

— Ko‘p gapirmasdan meni yuvintiring! — jahl bilan dedi.

— Mayli, mayli. Shu bir hafta o‘tsinchi, xizmatkor olib kelmayman, butun uyni o‘zing yig‘ishtirasan!

— Yo‘g‘e, men yig‘ishtirar ekanmanmi, ko‘ramiz hali. Menga tish cho‘tkasini olib bering, — Zuha tish cho‘tkasiga ishora qildi. Jungkook cho‘tkaning ustiga tish pastasini surtib berdi. Zuha tishini va yuz, qo‘llarini yuva boshladi. Yakunlab, yuzini artdi.

— Men ochman, pastga olib tushing va menga ovqat tayyorlab bering, — Zuha ikki qo‘lini ko‘kragiga birlashtirib.

— Sen qiz..! Ha mayli, shu ahvoldingda quvonib qolishingni ko‘ramiz keyin, — Jungkook Zuhani pastga olib tushdi. Unga nonushta tayyorlab berdi.

— Anavi qiz kecha nega kelibdi? — Zuha og‘ziga ovqat solib. Jungkook yeyotgan ovqatdan to‘xtab qoldi. Ozgina o‘ylanib gapirdi:

— Bu, dadasi bilan bog‘liq, shu bo‘yicha kelibdi! — Zuha bosh irg‘ab, yeyishda davom etdi.

Ular nonushta qilib bo‘lib, kasalxonaga borishdi. 3-4 ta ko‘rikdan so‘ng, doktorlar ahvoli og‘ir emasligini aytishdi. Jungkook telefonda gaplashish uchun tashqariga chiqib ketdi. Gaplashgandan so‘ng ichkariga kirmoqchi bo‘lgan payti:

— Janob, bu aravachani oling, qizaloq yurishi osonroq bo‘ladi, — Hamshira yoniga nogironlar uchun aravacha olib kelib.

— Buni bizga keragi yo‘q, — dedi.

— Axir, janob, qizaloq qiynaladi yurishga...

— Hechqisi yo‘q, qiynalmaydi. Qiynalsa, o‘zim ko‘tarib olaman, — deb ichkariga kirib ketdi.

— Zuha, yur ketdik, — deb Zuhaning yoniga keldi.

— Mayli, doktor rahmat! — tabassum bilan Zuha doktorga rahmat aytdi. Bundan qovog‘i osilib ketgan Jungkook, Zuhaga jahl bilan qaradi. Zuha qarashni ko‘rib jim bo‘lib qoldi. Xonadan chiqmoqchi bo‘lganda doktor yo‘lini to‘sdi.

— Manabu aravachani oling. Bemor uchun osonroq bo‘ladi.

— Jungkook... — Zuha Jungkookga mo‘ltillab qaradi. Jungkook ko‘z qara­shini aylantirib, Zuhani aravachaga o‘tkazdi. Ular shifoxonadan chiqib mashinaga yo‘l olishdi. Zuha­ni ko‘tarib mashinaga o‘tkazdi, aravachani orqaga soldi.

— Nima yeyishni xohlaysan? — Jungkook yo‘ldagi ko‘plab restoranlarga qarab so‘radi.

— Mm, bilmayman, hozircha hech narsa... Faqat uyqum kelayapti xolos, — dedi Zuha. Jungkook boshini silkitib, uyni tomon haydadi.


— Ota, bir narsa qiling, men u holda yashay olmayman, uni qattiq sevaman axir!

— Qizim, nega tushunmaysan, axir u bilan hamkormiz xolos. U darajada yaqin emasmiz va Jeon Jungkook hech qachon foyda keltirmaydigan ishlarga aralashmaydi. Nima deb o‘ylaysan, agar seni unga turmushga bersam, mening bor boyligimni olmaydimi?

— Shunda siz mening baxtimni emas, boyliklaringizni o‘ylayapsizmi?

— Yo‘q, yo‘q qizim, kel bu yerga, — yonidagi divanga ishora qildi. Jennie e’tirozsiz u yerga o‘tirdi.

— Agar sen uni rostdan sev­sang, unda bo‘ldi — bu ish bitti deb hisoblayver. Jon qizim, menga faqat sening baxting muhim xolos, — dedi va Jenniening boshidan silab bag‘riga tortdi. Jennie yuzidagi tabassumni yashirmadi, aksincha maqsadiga yetishayotganidan quvonardi.


Jungkook Zuhani uyga olib borib, o‘zi kompaniyaga keldi. Xonasiga kirmoqchi bo‘lgan payti kotibi yoniga kelib, ta’zim qilib salom berdi.

— Hayrli kun, janob. Sizni ko‘rgani mehmon keldi, — dedi kotib boshini egib.

— Kim ekan o‘sha mehmon? — Jungkook tushunarsiz ifoda bilan so‘radi.

— Haligi... hamkoringizning qizi ekan. Siz kelmaysiz degandim, lekin u "kutaman" deb o‘tirib oldi. Shu bo‘yi yarim soat o‘tdi, — dedi kotib. Jungkook kimligini tushunib, boshini qimirlatdi va kotibga ishga qaytishini buyurdi.

— Bu yerga nega kelding? — xonaga kirib darrov savol berdi. Jennie tanish ovozni eshitib o‘rnidan turdi.

— Sen bilan gaplashib olmoqchiman, — deb Jennie Jungkookning oldiga yaqinlashdi.

— Gaplashadigan mavzu bor deb o‘ylamayman.

— Gaplashmasak... balki... kechagi ishni davom ettirarmiz, — Jennie qo‘lini ko‘kragiga qo‘ydi. Jungkook qo‘li bilan siltab tashladi.

— Gaplashadigan ham, qiladigan ham hech narsa qolmadi. Kechagi kamikaze qildi shekilli, a?

— Ha, to‘ymadim. Bugun mening ham vaqtim bor, balki...

— To‘xtat! — Jungkook jahl bilan Jenniening gapini tugatmasdan to‘xtatdi.

— Kecha hech narsa bo‘lmadi. Va bunday ham bo‘lmaydi. Tushundingmi? Endi xonadan chiqib ket, — Jenniega xona eshigini ko‘rsatdi. Jennie bu gaplar uchun albatta qasos olishini o‘ylab, xonadan chiqib ketdi.

Jungkook stulga boshini qo‘yib, bir zum kechagi tunni o‘yladi.


Kechagi tun:

Jungkookning sabr kosasi to‘lar ekan, boshqa bu harakatlarga chidolmadi. Jennieni tanasidan itarib yubordi.

— Tegma menga, lanati! — dedi. Jennie yana yoniga keldi.

— Rad etmayapsan-ku, zo‘rg‘a chidayotganingni bilaman axir. Shunchaki rohatlanishingga yo‘l ber, xolos!

— Chiqib ket! Nafaqat xonadan — uydan yo‘qol! Agar seni ko‘z oldimda ko‘rsam, o‘sha sen xohlagan ishni ko‘chada turgan xizmatchilarga qildiraman. Albatta bu sen o‘lmaguningcha davom etadi! — Jennie hech narsa deya olmay qoldi. Yutindi va indamay chiqib ketdi.


Jungkook o‘ziga kelib, e’tiborini kompyuteriga qaratdi.


1 haftadan so‘ng...

— Men bugun kechroq qaytaman, shuning uchun uyda jimgina o‘tir. Tushundingmi? — Jungkook Zuhaning oldiga kelib o‘tirdi. Zuha e’tiborini kinodan uzib, unga qaratar ekan, yana qo‘lida galstuk. Tushunmay Jungkookga qaradi. Jungkook ko‘zi bilan galstukka ishora qildi.

— Taq!

— Uf, Jungkook! Shu holimda ham tinchlik yo‘g‘e. Katta erkaksiz, nega taqishni o‘rganmaysiz? — Zuha qo‘lidagi popkornni qo‘yib, galstukni qo‘liga olib taqib berdi.

— Mayli, yaxshi qiz bo‘lib o‘tir, — Jungkook uydan chiqib, ishxonaga ketdi. Bugun ham ishlar ko‘p edi.

Zuha bir kunini deyarli televizor ko‘rish bilan o‘tkazdi. Har xil narsalarni ko‘rdi va ko‘ziga bir multfilm chiroyli bo‘lib ko‘rindi.

Har xil arilar edi. Bitta erkak ari kiyimida kelib, arilarning uyini vayron qildi. Keyin o‘sha arilar o‘sha erkakni chaqib oldi, garchi kiyimda bo‘lsa ham ignasi qattiq og‘ridi. Bu multfilm juda komedik edi. Zuhaga o‘sha kiyim juda yoqib qoldi va internet orqali o‘sha kiyimni buyurtma qildi.

Kech tushdi. Buyurtma allaqachon kelsa ham, Zuha oyog‘i tufayli uni ola olmadi. Shunchaki Jungkookni kutdi xolos. Eshik ochilib, ichkariga Jungkook kirib keldi.

— Zuha! — ichkariga kirib birinchi aytgan so‘zi shu bo‘ldi.

— Mehmonxonadaman... — Jungkook mehmonxonaga kirib keldi. Qara-shiqlarini kinodan uzib, Jungkookga qaratdi. Qo‘lida quti bor edi.

— Ha, olib kirdizmi? Menga bering.

— Bu nima o‘zi? — Jungkook qo‘lida turgan qutiga tushunmay qaradi.
Zuha qutini pala-partishlik bilan tezda ochdi. Ichidagi kiyimga nazar solar ekan, aynan buyurtma qilganidek edi. Zuha ko‘zini qisib, o‘lchab ko‘rgandek bo‘ldi. Keyin miyyasiga kelgan g‘oyadan kulib yubordi.

— Jungkook, shuni kiyib chiqing! — Zuha qo‘lidagi kiyimni Jungkookga uzatdi.

— Hazillashyapsanmi? — Jungkook kiyimga qarab hayratda qoldi.

— Yo‘q, nega hazillashay? Buni kiying! — dedi Zuha, Jungkookning qo‘lidagi kiyimga ishora qilib.

— Meni shu kiyimni kiyadi deb o‘ylayapsanmi? Zuha, charchab keldim o‘zi ishdan, boshlamagin sen ham...

— Yo‘q, Jungkook, shuni kiyasiz. Bo‘lmasa men umuman ovqat yemayman! — dedi va ko‘zlaridan soxta yoshlarni oqizib, ko‘z qiri bilan Jungkookga qarab qo‘ydi. Kulmaslik uchun pastki labini tishlab, nafasini ushlab gapirdi:

— Jungkook, bu qiyin emasku. Shunchaki shu arining kiyimini kiyib chiqasiz, bo‘ldi. Ah! Qattiq asabiylashganimda oyog‘im ham og‘rib ketdi... — dedi va soxta aktyorlik bilan jarohatlangan oyog‘ini ushlab oldi.

Jungkook jahl bilan kiyimni olib, xonasiga kirib ketdi. Kulgusini qo‘yib yuborgan Zuha hozir Jungkook qanday ko‘rinishda chiqishini o‘ylab, to‘xtamasdan kula boshladi.


Jungkook ning kiyimi

Jungkook o‘sha kiyimni kiyib Zuhaning oldiga keldi. Bu ko‘rinishidan o‘zini bosolmay, qattiq kulib yuborgan Zuha deyarli divanda ag‘darilib ketay dedi.

— Kulishni to‘xtat! — Jahli chiqqanidan yuzini burushtirdi.

— Jungkook, siz juda ham yoqimtoysiz! — Zuha Jungkookning ikki yonoqchasidan ushlab chimchiladi.


Keyingi qismlarda:

— Bu kelishuv ikkalamiz uchun ham yaxshi, Jeon... Rozi bo‘l. Katta foyda haqida o‘yla. Yoki rad etaman desang, oqibatlarini o‘zing bilasan.


— Nima qilay? Menga ayting, axir.

— Sen uni sevasanmi?

— Nima? Sevgi-mi?

— Bu nima bo‘lishi mumkin? Sen aytib bergan narsalarga qaraganda, sen uni sevib qolgansan. Lekin bu o‘rganib qolish ham bo‘lishi mumkin, axir ko‘p yillar davomida birga yashadingiz, axir.


— Men uni sevamanmi? Yoki... bu... his shunchaki yaxshi ko'rishmi...?

Zuha

Jungkook