May 14, 2025

AGE of OBSESSION | JJK

2—BOB: BIZ...

Ular katta qasr oldiga yetib kelishdi. Mercedes oynasidan qarayotgan bu ko‘zlarni ulkan qora darvoza qarshi oldi. Jungkook Zuhaning reaksiyasini kuzatar ekan, deyarli hayrat yo‘q edi. To‘g‘ri, avval Zuha ham shunday uyda yashagan, lekin bu otasinikidan ham kattaroq edi.

Jungkook mashinada xizmatkorning eshikni ochishini kutmay, o‘zi tushdi. Xizmatkor Zuhaning eshigini ochib, unga tushishga yordam berdi.

Katta hovli butun uyning atrofini yashil maysa bilan qoplagan. Uy atrofi darvozadek ulkan devorlar bilan o‘ralgan edi. Hovlining chekkasida hovuz, uning yonida esa yotish uchun o‘rindiqlar bor edi — huddi plyajdagidek. Ochiq osmon ostida mashq qilish uchun katta jihozlar o‘rnatilgan edi. Lekin hech bir gul ko‘rinmasdi.

— Og‘zingni yum, pashsha kirib ketmasin, — dedi Jungkook, Zuhaga.

— Ha, yummasam kirishi mumkin, lekin pashsha sizning balandligingizga yeta olmaydi, janob jirafa! — dedi Zuha ikki qo‘lini birlashtirib, oldinga yurishga shoshilar ekan. Jungkook katta qadamlar bilan yurib, undan o‘tib ketdi va yo‘lini to‘sdi.

— Og‘zingni yopkaning bilan foyda bermaydi, baribir bu pashsha sening pushuq burningdan kirib ketadi, — barmog‘i bilan Zuhaning burnini qisib qo‘ydi.

— Hoy! — Zuha yugurib borib, bor kuchi bilan kichkina oyoqlari bilan Jungkookni tepdi.

— Yaramas qiz! — To‘g‘ri, oyog‘iga u qadar ta’sir qilmagan bo‘lsa-da, biroz og‘rigandi.

Zuha eshik yoniga borib to‘xtadi, chunki eshik dastagiga qo‘li yetmasdi. Jungkook kulib eshik yonida to‘xtadi.

— Uzun oyoqlaring bilan oshmaysanmi? — dedi labining ustida tabassum bilan. Zuha jim qolishni afzal ko‘rib, indamadi.

Eshik ochildi, va ishlaridan boshi egilgan xizmatkor ko‘rindi.

— Xush kelibsiz, janob!

— Bu qizga xona tayyorla, — Zuha tomon og‘irildi. — Sen esa, pushuq, o‘sha xonada uxlaydi, tushundingmi?

Jungkook ortiqcha hech narsa demay, zinadan ko‘tarilib, o‘z xonasiga kirdi. Uning ortidan lablarini cho‘chaytirib qarab qolgan Zuha o‘ylandi:

Ha, bu uy juda ham katta ekan. Lekin gullar bo‘lmagani menga yoqmadi. O‘zim ekaman.

Shunday deb, asta zinapoyadan xizmatkor ortidan ko‘tarildi.

— Hattoki zinapoyalar ham katta-yey! Uff! — nola qilib, xizmatkor ko‘rsatgan xonaga kirdi. Xona uyning rangi kabi, qora edi.

— Shu yerga joylashishingiz mumkin! Biror narsa kerak bo‘lsa, menga ayting, — dedi xizmatkor va chiqib ketdi.

Jungkook hammomdan chiqib, kiyinib pastga tusharkan, oshxonadan kulgi ovozlari eshitildi. Bu uyda birinchi marta kulgi eshitgan edi.

— Hoy Zuha, qarasang-chi! Huddi bunday bo‘ladi! — Oshxona o‘rtasida yuzini va ovozini har xil hayvonlarga o‘xshatib, qizni kuldirayotgan yigit Jungkookni ko‘rib, to‘xtab qoldi.

— Nima qilyapsan?

— Janob, men shunchaki... — Yigit ikkilanib, nima deyishni bilmasdi.

— Meni kuldirishga yordam berdi? Nima bo‘libdi? — Jungkook hech narsa demadi. Oshxonaning ro‘parasidagi divanga borib o‘tirdi.

— Menga qahva olib kel, — dedi u o‘sha yigitga qarab.

— Xop, janob! — Yigit tezda qahvani tayyorlab, oldiga qo‘ydi.

— Sen ketishing mumkin, — dedi Jungkook. Yigit bir Zumga Zuhaga qaradi va bosh egib chiqib ketdi.

— Bu yerga o‘tir, — dedi Jungkook. Zuha asta kichik oyoqlari bilan ro‘parasiga o‘tirishga harakat qildi. Hattoki to‘g‘ri o‘tira olmayotgandi ham.

— Seni shug‘ullantirish kerak, bo‘ying juda past, pushuq, — kulib, Zuhani o‘tqazib qo‘ydi.

— Men hali kichkinaman, o‘sadi bo‘yim.

— Yo‘g‘e? Sen 8 yoshdasan. Bu vaqtgacha o‘smagan bo‘lsang, keyin ham o‘smaysan, — Jungkook kulib, masxara qilishda davom etdi.

— Bas qiling! Siz ham bu bo‘yingiz bilan hattoki mana shu shiftga ham sig‘maysiz! — dedi u, barmog‘i bilan yuqoriga ishora qilib. Jungkook shunchaki kulib, o‘z o‘rniga o‘tirdi.

— Xo‘sh, kulgini yig‘ishtiramiz, endi maqsadga o‘tsak. Bu uyning qoidalari bilan tanish. Bu uyning birinchi va eng asosiy qoidasi — bu mening gapim.

Zuha tushunmay, qovog‘ini uydi.

— Qoida — bu mening so‘zim. So‘zim — bu qoida, degani, — dedi Jungkook. Zuha ko‘zlarini aylantirib, hafsalasi pir bo‘lgandek ovoz chiqardi:

— Nima, yosh bolamisiz? Bu gapni faqat 3 yoshli bola aytadi.

— Yo‘q! Bu hech qanday hazil emas. Agar qoidani buzsang, jazo olasan! — Jungkook bu safar ovozini ko‘tarib gapirdi. Zuha jim qoldi.

— Endi o‘qishing haqida. O‘zim seni yaxshi maktabga o‘tkazaman va sen yaxshi o‘qishing kerak!

— Yo‘q! Men avvalgi maktabimda o‘qiyman!

— Nega?

— Shunchaki... u yerda do‘stlarim ko‘p.

Shu kundan keyin Zuha maktabini o‘zgartirmadi. Soatlar kunlarga, kunlar oylarga, oylar yillarga tutashib, xuddi suv kabi tez oqib o‘tib ketdi.

— Jungkook, aytayapmanku, menga qora rang yoqmaydi! Nega tushunmaysiz axir? — Zuha yana o‘sha harxasha qilishni boshladi.

— Nima endi, sen qo‘rqinchli payting men binafsha xonada uxlashim kerakmi? Hech qachon unday bo‘lmaydi.

— Xxiii... "uxlang" deb kim aytdi? Shunchaki, siz menga juda ham qo‘rqinchli kinolar ko‘rsatasiz, men shundan qo‘rqaman. Bu sizning aybingiz! Bu qo‘rquv esa qora rangli xonada yanada kuchayadi! — Zuha o‘sha Jungkookni yumshatish usuli bilan ko‘zlariga yosh olib, yoniga bordi.

— Iltimos! Iltimos, Jungkook! Men o‘zimga yoqadigan xona xohlayman!

Jungkook boshini osmonga qaratib, nafas chiqarib yubordi.

— Mayli, o‘yin o‘ynaymiz.

Zuha shunga ham xursand bo‘lib ketdi.

— Yaxshi, yaxshi! — ular bir-birining ro‘parasiga joy olishdi. Jungkook savol bera boshladi:

— Haqiqat yoki jasorat?

— Haqiqat! — Zuha ikkilanmay javob berdi.

— Hop! Hmm, qanday savol bersam ekan, aa? — Jungkook biroz o‘ylanib, qaysi qiyin savol bo‘lishini xayolida chamalay boshladi. — Topdim! O‘sha 2 hafta oldingi voqeada nima uchun o‘sha qiz bilan janjallashding?

Zuhaning yuzidagi tabassum bir zumda so‘nib qoldi.

*Agar rost aytsam nima bo‘ladi? Jungkookga aytsammi? Yo‘q, yo‘q. Ayta olmayman. Agar u qiz bilan Jungkook sabab janjallashdim desam, u ‘nima uchun?’ deb so‘raydi. Uni rashk qildim deymanmi? Yo‘q! Aslo, u meni masxara qiladi.

— Yo‘q! Jasorat!

— Iyy, Zuha, bu nima qilganing? Aytding-ku! Bo‘ldi, o‘sha xonani tayyor qilaman... Men ayta olmayman axir, nega tushunmaydi?

— Yo‘q, javob bermayman! Shartingizni ayting!

— Hop, mayli, lekin shartim savoldan ham qiyinroq! — U aniq bir narsa boshlaydi. Avvalgidek meni raqsga tushishga majbur qiladi. Shunchaki, o‘yin tufayli men o‘sha ahmoqona raqsga tushdim. O‘shandan keyin har esiga tushganda u meni masxara qilardi.

— Bo‘ldi, topdim! Menga ovqat qilib berasan, va u mazali bo‘lishi kerak! Agar qila olmasang — xona tayyorlamayman!

— Nima?! Ovqatmi?

— Ha, ovqat. Nima qiyin!

Men ovqat qilishni bilmayman-ku? Yana 13 yoshli qiz buni uddalaydimi? Yo‘q, buni qilishim kerak, bo‘lmasa yana o‘sha qorong‘ulikda uxlayman!

— Mayli!

Biroz vaqt o‘tib, telefonimdan ko‘rib ovqat qildim. Bu shunchaki ramyon edi. Jungkook kelib oshxona stuliga o‘tirdi.

— Pishdimi? — Ovqatni hidlab ko‘rdi. — Nima bor-yu, ramyonmi?

Jungkookning qo‘liga bir tushurdim.

— Axmoq! Men atigi 13 yoshdaman, murakkab ovqatlarni qila olmayman-ku!

— Mayli, o‘rganasan! — deb, men qilganday, lekin yengil turtdi.

— Nega o‘rganaman?

— Chunki har kuni menga ovqat qilib berasan! — u menga masxara qilgandek kuldi. Men rozi bo‘ldim, chunki bu xonani juda istayotgan edim.


3 yildan so‘ng...

Biz Jungkook bilan o‘yin o‘ynardik. Bu o‘yin 15 yoshimdan boshlab boshlangandi. To‘g‘ri, avval ham shunga o‘xshash o‘yin o‘ynardik. Jungkook doim aytardi: "Hamma narsaning to‘lovi bor. Demak, bir narsaning evaziga bir narsani berish yoki to‘lash kerak."

Biz shunga amal qilardik. Men biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsam, evaziga biror narsa qilishim kerak edi.

13 yoshimda men o‘z xonamni xohlagandek bezatishni so‘radim. Menga qora rang yoqmasdi. Jungkook: "Hop", — dedi, faqat evaziga unga ovqat pishirishim kerak edi.

O‘sha kundan keyin ovqat qilishni o‘rganib, har kuni soat 20:00 da ishidan kelishiga ovqat tayyorlab qo‘yardim.

Lekin biz o‘yinni o‘zgartirdik. Endi ikki tanlov bor edi: bu haqiqat yoki jasorat o‘yiniga o‘xshardi. Faqat bunda istalgan o‘yinni o‘ynardik — yutqazgan odamning aytgani bo‘lardi. Ikkinchisi esa jasorat: agar men biror narsa so‘rasam, xuddi uning narxiga teng bo‘lgan narsani bajarishim kerak edi.

Bugunga shu yetadi. Kundaligimni yopib, toliqqan ko‘zlarimni yumdim.

Telefonimdan ovoz keldi. Olib qarasam — o‘sha bola edi. Uning ismi Jin edi. Yoshi mendan atigi 2 yosh katta. U bilan maktabda tanishdik, keyin telefon orqali gaplashib do‘stlashdik. Bu bola boshqacha edi. Boshqalar bilan unchalik gaplashmasdi. Lekin juda ham ajoyib bola. Uni sevib qoldim deb ham o‘ylamayman.

Chunki yuragim allaqachon boshqaniki edi. Lekin bu hislarim to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri — bilmayman. Shunchaki men buni boshqacha tasavvur qilardim. Lekin bu his — yoqtirishmi yoki sevishmi — bilmayman ham.

Soat 19:17 edi. Jungkook tez orada kelardi. Men esa unga ovqat tayyorlashim kerak edi.

Pastga tushdim. Endi men usta oshpazga aylangandim — ovqatlarim rosa ham maqtovga loyiq chiqardi. Ayniqsa, Jungkook men pishirgan taomlarni zavq bilan yerdi.

Qo‘ng‘iroq chalindi. Men xizmatkordan voz kechgandim, chunki u o‘zini g‘alati tutardi. Meni asabimni chiqarardi, shuning uchun bir og‘iz so‘zim bilan ishdan bo‘shatgandim.

Eshikni ochdim. U o‘sha ertalabki kiyimlarida edi, lekin galstukini bo‘shatgan, ko‘ylakning yuqori tugmalari ochiq, kostyumi qo‘lida va yuzi... boshqacha edi.

– Jungkook, nima bo‘ldi? – deb so‘radim.

U indamay yonimdan o‘tib oshxonaga kirib ketdi. Kostyumini qo‘limdan oldim. U men tayyorlagan ovqatdan tatib, ko‘zlarini yumdi. Yoqishini bilardim.

– Ish og‘ir o‘tdimi? – dedim.

U boshini biroz qimirlatdi – “ha” deganday. Og‘zi to‘la ovqat edi.

Men ham o‘zimga ovqat solib yedim. Rostdan ham, ajoyib chiqibdi. Lekin ko‘p yemaslikka qaror qildim.

– Nega yemading? – Jungkook og‘zini hali chaynayotganda so‘radi. Uning yuzi bolalarnikidek shishib ketgandi.

– Jungkook, aytdimku! Og‘zingdagini yeb bo‘lib gapir! – dedim.

U tez-tez chaynab yutib yubordi.

– Xo‘p! Nega yemading?

– Vazn tashlayapman shunchaki.

– Nimasi? Sen hattoki 50 kg ham bo‘lmasang kerak! Yeysan! – dedi va ovqatni menga uzatdi.

– Jungkook! Axir kino ko‘ramiz dedik-ku. Popkorn yeyolmay qolaman!

U kulib yubordi.

– Bo‘ldi, bo‘ldi, pishiq! Men ham to‘ydim. Yur, ko‘ramiz.

– Siz tanlang, men idishlarni yuvib chiqaman.

U rozi bo‘lib mehmonxonadagi katta televizor yoniga ketdi. Men esa popkorn tayyorlab, idishlarni yuvdim.

Kelib qarasam, u hali ham kino tanlay olmay o‘tirardi.

– Qani bering! – dedim va pultni olib, o‘zimga yoqqan janrni tanladim.

– Hoy, kechasi bilan qo‘rqib chiqasan-ku! Nega bunday kino tanlaysan?

– Chunki bu menga yoqadi! – dedim va dahshatli filmni yoqdim.

Ikkimiz divanga o‘tirib, tomosha qila boshladik. Dastlab hammasi tinch edi, so‘ngra men kutgan dahshatli sahnalar boshlandi.

– Hoy, meni tirnab oldirasan! – deb baqirdi Jungkook.

– Kechir! – dedim. Har safar qo‘rqsam, tirnoqlarim bilan Jungkookning qo‘llarini yoki yelkasini tirnar edim. Bu menga biroz xavfsizlik hissini berardi.

Lekin birdan... ekranda o‘sha sahna boshlandi. Yo‘q, bu endi dahshat emas edi — ular o‘pishardi. Bu juda ham boshqacha edi.

Jungkook qo‘llari bilan ko‘zlarimni to‘sdi.

– Hoy, qiz, hali kichkinasan! Qarama!

– Yo‘q! Men katta qizman! – deb qo‘lini olib tashlamoqchi bo‘ldim.

– Hecham katta emassan! Hali 16 yoshdasan!

– Bu katta degani! – dedim jig‘ibiyron bo‘lib.

U indamay qoldi.

Ekrandagi sahna esa... u o‘pishdan ham o‘tib ketayotgandi. Hayolimda “Bu dahshatli film emas-ku!” degan fikr aylanardi.

Birdan televizor o‘chib qoldi.

– Jungkook! Nega o‘chirding? Qiziq joyiga kelgandi-ku!

– Hoy, uyatsiz qiz! Ular... o‘sha narsani...

– Bering! Qani davom ettiray!

– Yo‘q, ko‘rmaysan! – dedi va pultni yuqoriga ko‘tardi.

– Bu adolatdan emas! Men yetolmayman!

U kuldi. Men pultga yetish uchun tirmashdim, ammo baribir qolim yetmadi. Keyin birdaniga bir fikr keldi — uning ko‘kragidan itardim.

U muvozanatini yo‘qotib, yiqilib tushayotgan edi. Shunda meni qo‘limdan tutib, o‘ziga tortdi.

Ko‘zlarimni ochsam... men uning bagrida edim.


Keyingi qismlarda...

– Tursang-chi! Yoki... nima...

...

– U kim, Jungkook? Nega biz bilan yashashi kerak?

...

– Nega u bilan yozishib yuribsan?

– Shunchaki do‘stim.

– Ha, shundaymi? Unda bu stiker nima? – u menga o‘pish tushirilgan stiker yuborgandi.

– Shunchaki smaylik, xolos!

– Ha, shunchaki... unda bu ham shunchaki o‘pish bo‘lsin...

Keyingi qism aytilgan rekdan so'ng Amaris!...

Jungkook

Zuha

Pashti shunaqa otirishibdi