Bodyguard | JJK
"Tugadi... hammasi tugadi" — miyasida aylanyotgan bu so‘zlar Jungkookni aqldan ozdiray derdi. Yerga qo‘yilgan tizzalar allaqachon qon talash bo‘lgan. Yuzidagi ifoda hech narsani ko‘rsatmas edi. Ichida yonayotgan bu to‘fonni bostira olmadi. Miyasiga kelayotgan hayollar esa uni tiriklayin ko‘mganday bo‘lardi.
"Yo‘q, yo‘q, bunday bo‘lmaydi. U tirik. Ha, u tirik, sezib turibman. U tirik! Men izlashim kerak, Kapalagimni izlashim kerak" — o‘ziga dalda berdi. U hozir to‘xtay olmaydi. Kapalagi qo‘rqyapti. Qorong‘i o‘rmonda, sovuq yerda qo‘rqyapti.
Jiringlagan qo‘ng‘iroq Jungkookni xayolot olamidan olib chiqqanida, ekran yuzasidagi raqamga qaradi. Noma’lum raqamdan. Telefonni ko‘tararkan, shoshib gapirgan odam nafas olishni ham unutganday edi:
— Daryo chetidan qiz bolaning jasadi topildi... uni taniy olmayapmiz, ammo... daryo siz aytgan jarlikning pastida joylashgan ekan...
To‘xtadi. Hamma narsa to‘xtab qoldi. Jungkookning nafas olishi, ko‘kragida urayotgan yuragi, tanasida ilon kabi aylanyotgan qon ham to‘xtadi. Ko‘z oldi qorong‘ulashar, telefon qanday yerga tushganini, qanday ortiga qarab yugurganini sezmadi. Nafasi qisilar, shunchalar qattiq yugurardiki, Olimpiada yugurish bo‘yicha 1-o‘rinni olgan odam ham qolib ketardi.
Yuragi qattiq og‘rirdi. U yerga borishni xohlamayapti. Kapalagi shu o‘rmonda, hozir sovuq suvda ivib yotganiga ishonishni xohlamayapti.
Oxiri — o‘rmonning oxiri. O‘sha sovuq o‘rmonga chiqqanida, oldida turgan odamlarga qaramay o‘tib ketdi. Hamma jim. Sariq rangda to‘rtburchak shaklida o‘rab qo‘yilgan yer va uning o‘rtasidagi oq shoyi ostida yotgan tana.
Jungkookning qadamlari sekinlashar, nafas olishni eslaganday tez-tez nafas olar edi. Titroq tanasiga tarqaldi. Tirmog‘ining uchigacha titrab ketdi. Yo‘lini to‘sayotgan politsiyani itarib, yerda yotgan tanaga yaqinlashar ekan, titroq bosgan qo‘lini shoyshab tomon yo‘naltirdi.
Ko‘karib ketgan tana. Jungkookning bo‘g‘ziga tiqilgan narsa uni o‘ldirar darajada qattiqlashdi. Yuzlari, tanasi, qo‘llari, barmoqlari — hamma yeri shishib ketgan. Jungkook tezlik bilan o‘rnidan turdi. Olomon orasidan o‘tib mashinasiga qarab yurdi. Qolida turgan narsa uni to‘xtatdi.
Avval qo‘lga, keyin egasiga qaragan Jungkook oldida — yig‘idan shishib ketgan ko‘zlar, titroq bilan qaltirayotgan yuzlar. Hammasi ayon bo‘lib ko‘rinib turardi.
— O‘g‘lim... — Janob Park og‘zidan chiqqan shu so‘z Jungkookni bag‘riga bosdi. Jungkook ko‘ziga kelgan yoshlarini tutib turarkan, amakisining bag‘rida iliqlik his qildi.
— Amaki... u Zuha emas! Aniq bilaman, u Zuha emas. Menga ishoning, men topaman, albatta topaman uni... — Park yig‘i bilan bosh chayqab qo‘ydi. Jungkook o‘sha yerdagi stullardan biriga amakisini o‘tqazdiyu, mashinasi tomon yurdi.
Mashina ichidan kerakli narsani oldi-yu, yana o‘sha sovuq o‘rmonga qaytdi. Yichanga qo‘ng‘iroq qilish uchun cho‘ntagiga qo‘l cho‘zarkan, telefoni yo‘q edi. Biroz oldin tashlab ketgan joyini esladi-yu, hafsala bilan nafas chiqardi.
O‘sha jarlikka yetgunicha yo‘ldagi qon izlarini ko‘rarkan, yuragini o‘tmas pichoq bilan sanchayotganday edi. O‘sha yoqimsiz jarlikka keldi. Telefon yerda, yonida ko‘ylakning yirtilgan tolasi turardi. Jungkook egilib, o‘sha yirtiq matoni ko‘ksiga bosdi.
— Kechir... — qanday qilib yerga o‘tirganini bilmadi-yu, faqat o‘sha matoga qarab turdi. Qo‘li bilan matoni qattiq siqdi. Telefonni oldi-yu, o‘rnidan turib ortga burildi.
— Jungkook... — birinchi qadamini qo‘ydi-yu, to‘xtab qoldi. Bu zumda eshitilgan ovozidan shokka tushdi va ortga shartta burildi. Jarlik, pastda daraxtlar, quyosh endi yuzaga chiqardi. Ko‘zidagi yoshlar yuziga chiqdi. Bu sarobmi yoki ro‘yami — ishonolmay qoldi.
Shunchaki qulog‘iga eshitildi. Hozir ortiqcha o‘ylamay, izlash kerak. Shu o‘ylar bilan yana ortga burilar ekan, endi aniqroq ovoz eshitdi. Jungkook shoshib atrofga qarar ekan, bu ovoz aniq eshitilardi.
— Kapalagim?.. — atrofini ko‘rib chiqdi, lekin payqagan narsasi jarlikdan uzoqlashar ekan, ovoz eshitilmay qoldi. Miyasiga kelgan fikr bilan jarlik tomon yugurib keldi. Pastga qaradi. Ko‘zlariga ishonmasdi. Ko‘zidan oqayotgan yoshlar pastga tushardi lekin aytilgan daryo ustiga emas, qon talash bo‘lgan tanaga.
Jarlik. Jarlikdan qulagan odam o‘lardi. Lekin... lekin jarlikdan pastda joylashgan qoya bor edi.
Charchagan tana. Oldiga emaklab kelayotgan erkakdan zir titrayotgan qiz ortga tisarilar edi. Nima bo‘ldi, tushunmadi. Jarlikning boshiga ham yetib kelganini bilmay ortga qarab yiqildi. Jarlikdan pastda joylashgan qoya ustiga tars etib tushdi.
Yuqoridan qiz pastga tushganini ko‘rgan erkak qo‘rquv bilan ortga qaytdi.
Pastda yotgan tana egasi hushsiz edi. Pastga qattiq bosim bilan tushganligi sabab boshi o‘sha yerdagi mayda toshlarga tegdi.
Keyingi ko‘rgan narsasini eslolmaydi, ammo o‘sha shirin tushida sevgilisi uning ismini aytib baqirgani eshitildi. Hali ham o‘zida emas, lekin eshitganini tush deb o‘yladi.
Ko‘zlarini ochgan Zuha atrofga qaradi. Bo‘lgan voqealarni eslab, yuziga yosh oqar ekan, o‘rnidan siljisa ham tanasi battar og‘riy boshladi. Yuragiga shunday tuyg‘u keldiki, yonida Jungkook yotganini hayol qildi. Allaqachon o‘limini tan olgan qiz so‘nggi bora xotiralarida u dunyoda eng ko‘p sevgan odamni hayol qildi.
Jungkook pastda yotgan tanani ko‘rdiyu yuragi ura boshladi. Jinniga o‘xshab tabassum qilar edi, lekin qimirlamay yotgani battar asabiylashtirdi.
— ZUHAAA! — ismini eshitgan qiz ko‘zlarini zo‘rg‘a ochar ekan, yuqorida supermen kabi turgan Jungkookni ko‘rdi.
— Men... menman... Kapalagim, biroz kut, seni olib chiqaman, biroz chidagin, — avval oyog‘ini qo‘yib pastga tushmoqchi bo‘lar ekan, qizning ovozi uni to‘xtatdi.
— Yo‘q! O‘sha yerda turing! Bu yerga tushsangiz, ikkimiz ham o‘lamiz, — tanasini harakatga keltirish uchun harakat qilarkan, lekin og‘riq yanada kuchayardi.
— Kut! Mayli, qimirlama, ortiqcha harakat qilma. Hozir... hozir kelaman, — shoshilinchda yugurib ketar ekan, Zuha faqat osmonga qaragancha, ko‘zidagi yoshlar oqardi. Tanasini deyarli his qilmasdi.
Jungkook yordam chaqirib keldi. Hech kimga ruxsat bermay, beliga arqon bog‘lab jarlikdan tushdi. Tepadagilar arqonni asta pastga tushirar ekan, hali oyog‘i yerga tegmasdan, Jungkook shoshilib, lekin bosim bermay yoniga o‘tirdi.
— Kapalagim... bo‘ldi, indama... bo‘ldi... — tanasini qo‘liga oldiyu yuqoridan tushgan, bemalol yotqizishga mo‘ljallangan arqonga yotqizdi. Tepadagilar birinchi Zuhani tortib olishdi. Izidan Jungkook ham tepaga chiqdi.
Tez yordam mashinasi o‘rmondan chiqib ketar ekan, ortidan qolmay haydab kelayotgan Jungkook rulni qattiq siqardi.
Nihoyat yetib kelgan mashina shifoxonaga keldi. Bemorga birinchi yordam ko‘rsatildi. Park va Jungkook yo‘lakda kutishardi. Jungkook bir joyda turolmas, bir u yoqqa, bir bu yoqqa borardi. Shifoxonaga shoshilib kelgan Suga avval dadasining yoniga borib, ahvoli haqida so‘radi.
— Park Zuhaga kim? — Jungkook og‘iz juftlamoqchi bo‘ldiyu, hech narsa deya olmadi. Park "Men" deb yonlariga bordi.
— Bemor yaxshi, lekin umurtqa sinish xavfi bor. Uni rengenga olib borishimiz kerak. Agar darrov muolajani boshlamasak...
— Nima boshlamasak? — so‘zini asabiy bo‘lgan Jungkook shifokorga yaqinlashdi. — Bu bilan yura olmaydi demoqchimisan?
— BU NIMA DEGANING, ABLAX?! — shifokorning yoqasiga yopisha ketdi. Ovozi butun qavatni to‘ldirar ekan, Park zo‘rg‘a ajratib oldi. Shifokorni olib ketgan Park, Jungkookga Zuhadan xabar olishini aytdi. Jungkook ham shu sabab o‘zini bosib oldi. Xonaga kirar ekan, asta eshikni ochdi.
Xona o‘rtasida joylashgan yotoq ustida Kapalagining ko‘zlari yumilib yotardi. Uyg‘otib yubormaslik uchun asta yoniga borib o‘tirdi. Qollarini qo‘llariga bosarkan, deyarli sovuq, muzdan farqi qolmagandi.
Barmoqlari bilan qo‘llarini silar ekan, hozir Kapalagining qo‘lidan ushlab turganiga ishonmasdi. Bir zum Kapalagini yo‘qotdim deb o‘ylagandi. Agar o‘shanda o‘sha jasadni Zuha deb qabul qilganda, bu yerda turmagan bo‘lardi.
Hozir nima his qilayotganini bilmas, faqat Kapalagining tirik ekanligiga, yonida ekanligiga quvonardi. Ko‘zlari beixtiyor qo‘llariga tusharkan, boshqacha ko‘karish izi qolgan edi. Ishonmay, endi yaxshilab ko‘raman deganda, Zuha birdan uyg‘ondi.
Oldida unga qarab turgan qora ko‘zlarga qarar ekan, uni quchoqlagisi keldiyu, tanasini qimirlata olmadi.
— Jungkook... men... men tanamni... — so‘zlari tugamasdan ikki labni tutashtirgan Jungkook shunchaki unutishni xohlardi. Sochlarini silab uzoqlasharkan, yig‘idan o‘zini tiyib turgan Jungkook unga nim tabassum qildi.
— Bo‘ldi... gapirma! O‘tib ketadi, hozir charchagansan, tanang ham charchagan. Yotib dam ol, — oldida turgan ko‘rpaning yuqorisini ko‘tarib.
— Men... — gapirishga tili bormas, hozir nima bo‘lganini so‘rasa, Jungkook nima deb o‘ylashidan qo‘rqardi.
— Uxla! — sochidan silab ko‘zlariga qaradi. Zuha e’tirozsiz ko‘zlarini yumdi. Jungkookning yuziga yoshlar oqar ekan, bu zaiflikdan emas edi. Balki zaiflikdir, lekin bu zaiflik — oldida turgan Kapalagiga hech qanday yordam bera olmasligi edi.
Doktor xonaga kirdi, ortidan politsiya xodimlari. Jungkook sergak tortib o‘rnidan turib, ularga biroz qarab yana Zuhaga qaradi. Hali uxlab yotardi. Doktor ham bosh irg‘ab yoniga bordi. Zuhani asta uyg‘otdi. O‘ziga kelgan qizga bir qancha savollar bera boshladi.
— Axvolingiz joyidami? — Zuha shunchaki bosh irg‘ab qo‘ydi.
— Og‘riq bormi? — Zuha javob bermay yana bosh irg‘adi. Doktor ham tushunganday indamadi. Jungkookga qaragan doktor undan ruxsat so‘raganday ko‘z aloqasi bilan gaplashdi.
— Qizim, biz seni tezroq davolashimiz uchun sen bizlarga aytishing kerak. Qaering og‘riyapti va qanday yiqilib tushding? — Zuha boshini egdi. Lekin gapirmadi. Doktor ham bosim o‘tkazgisi kelmasdi, ammo Jungkook ichini kemirardi. Politsiya xodimlari bo‘layotgan muhim narsalarni yozardi.
— Men... men o‘sha kuni qaytayotgandim va... o‘rmonda adashib qoldim. Va bir kulbaning oldiga kelib qoldim. Ichidan uch... uchta erkak chiqdi. Men ulardan yordam so‘radim, lekin... lekin ular menga yopishib ketishdi... Men yugurdim. Keyin aniq bilmayman, oxirgi marta ko‘z oldim qorong‘ulashdi. Shuni bilaman xolos... — doktor ham bosh irg‘adi. Politsiyachilarning biri yaqinlashib gap boshladi:
— Ularning yuzlarini tasvirlab bera olasizmi? — Zuha yo‘q ma’nosida bosh chayqadi.
— Qorong‘u bo‘lganligi sabab ko‘rolmadim. — Jungkook ularni yolg‘iz qoldirib, sokin xonadan chiqdi. Palatadan uzoqlashdiyu qo‘lini devorga urdi. Park yugurib oldiga keldi. Qontalash bo‘lgan qo‘lini ushlab, o‘ziga qaratdi:
— Jungkook, o‘zingni bos, iltimos!
— O‘zimni qanday bosaman, amaki?! Qasos olaman. Har biridan qasos olaman. Bitta dona sog‘ suyagi qolmaydi! — shunday dediyu kasalxonadan chiqib ketdi.
Yonsu va Taehyung allaqachon kelishgandi. Yonsu tinimsiz yig‘lar, Taehyung unga taskin berardi:
— Yonsu, siqilma, bu sening aybing emas.
— Qanday mening aybim emas, Taehyung?! Zuha... Zuha meni deb... — davom eta olmay, yig‘lab yubordi. Bir burchakda doktor chiqishini kutishardi. Nihoyat ular chiqisharkan, Park ham tezda xonaga kirdi.
Oradan 2 kun o‘tdi. Lekin Jungkookdan hali darak yo‘q. Zuha bunda o‘zini aybladi. "U menga ishonmadi. U noto‘g‘ri tushundi. U ablahlar menga tegmadi. Mening shanimni bulgatmadim." — miyasida so‘zlar aylanar ekan, ko‘zlaridan beixtiyor yoshlar oqdi.
O‘rmon chekkasi. Qo‘lida katta temir bo‘lagi. Allaqachon temir odamning qoni bilan bo‘yalgan edi. Eng so‘nggisi emaklab ortga qochar ekan, Jungkook oyog‘idan tortib yoniga olib keldi.
— Sen! — temir bilan oyog‘iga qattiq zarba bilan urdi. Erkakning dod-voyi butun o‘rmonni egallarkan, qushlar ham qasos ilinjida tepada uchishardi. Jungkook xushidan chiqquncha uni kaltakladi.
Ushsha erkak ham umr bo‘yi yura olmasligi aniq edi. Jungkook qo‘lidagi temir bo‘lagini tashladi. Odamlariga yo‘q qilishni buyurib, o‘zi mashinaga chiqdi.
Haydovchiga tezroq haydashini aytib, yo‘l bo‘yi ustidagi qon tomchilarini tozaladi.
Zuha navbatdagi tekshiruvdan o‘tib, xonasi tomon olib ketildi. Yo‘lakda hamshira aravachadagi bemorni olib borar ekan, yo‘lakning eng boshida bo‘y-basti kelishgan erkak qo‘lida guli bilan Zuhaning yoniga yugurib keldi.
Zuhani bag‘riga bosib, hamshiraga ketishini aytdi.
— Sizga kelmang degandim. O‘zi kecha kelgan bo‘lsangiz, men yaxshiman, ishlariz ham bor.
— Nega kelmas ekanman? Mening Malikamga hozir e’tibor kerak. E’tibor + yoniga ulkan ulkan mehr qo‘shib beraman axir. — Suga mayin tabassum bilan Zuhani palataga kiritdi. Yotoq yoniga olib borib, o‘rniga yotqizmoqchi bo‘lganida xona eshigi shartta ochildi.
Jungkook oldidagi manzaradan hayratga tushar ekan, ichidagi boron yana uyg‘ondi. Katta qadamlar bilan yonlariga kelib, Zuhani ko‘tarib oldi. Sugani turtib karavotga yotqizar ekan, Suga singlisi bor ekani uchun indamay turardi.
Zuha oradagi sovuqlikni sezdi-yu, Jungkookning yelkasidan turtdi. Jungkook ham tushunmay qaradi. Miyyasiga tepganday gapirdi:
— Bizni yolg‘iz qoldirsang yaxshi bo‘lardi, — dedi Jungkook kinoyali ohangda.
— Qayta sen ketishing kerak bu yerdan. Kim bo‘lib bu yerga kelyapsan o‘zi?
— Ko‘rmayapsan yoki aytish kerakmi! Men uning yigitiman, shunday ekan bu yerdan chiqib, bizni yolg‘iz qoldir! — Jungkook asabiy eshikni ko‘rsatdi.
— Yoqe, unda men akasiman. Hosh, bu yerda kim ustun?! — Suga yana bir qaram yurdi. Jungkook lab ustida tabassum qildi. Huddi u kabi unga yaqinlashdi:
— Unda men uning eri bo‘laman va vakolati menda! Shunday ekan, o‘zim chiqarmasdan yo‘qol!
— Jungkook! — ortidan Zuhaning ovozi eshitilar ekan, ikkalasi ham jimib qoldi. Suganing asablari shunchalar taranglashdiki, hozir qabul qilmasa, o‘zini tuta olmay qoladi.
Qollarini musht qilib, xonadan chiqib ketdi. Xonadan chiqdi-yu, bir tanaga urilib ketdi. Suganing burniga kelgan yoqimli hid, narkotikka bo‘lgan xohishini bir zumda sindirib yubordi. Farishtadek yuziga tikilib, bu ko‘zlarga sho‘ng‘ib ketganday bo‘ldi.
— Kechirasiz, janob. Men Zuhaning oldiga kelgandim.
— Zuhaning oldida odam bor, — Yonsu bosh irg‘ab, eshik yonidagi kursiga o‘tirdi. Suga ketishni xohlamay, uning qarama-qarshisiga o‘tirib, unga tikilib qoldi.
— Kapalagim, yaxshimisan? — Zuha bosh irg‘adi. Jungkook mayin tabassum bilan yuziga egildi. Labidan mayin bo‘sa olib, bo‘ynining yumshoq yerini tishladi.