July 4, 2025

Dark Agony | JJK

Zuha pov:

Chapter Twelve

— Jungkook, bu... bu xato.

— Yo‘q! Aslo xato dema! Tushundingmi? Bu hech qachon xato bo‘lmaydi. Qarshilik qilma, yo‘qsa men boshqa yo‘lni ham bilaman, bu senga og‘riqli bo‘lishini kafolatlayman, Malikam.

— Jungkook, meni qo‘rqityapsiz,— baland ovozda kulib yubordi. Yonoqlarimni o‘pib, tishlab qo‘ydi. To‘g‘risi, bu menda birinchi, lekin u aytayotgan gaplar juda qo‘rqinchli edi.

— Shuning uchun qarshilik qilma, mening Malikam,— yuragim qattiq urardi. Tanam qandaydir uyushganday tortilib qoldi. Nafas olishimni his qilmadim, faqat qulog‘im tagida juda qattiq urayotgan yurak sadosi eshitilardi. Men buni xohlamayman, ayniqsa ertangi kunni o‘ylasam, battar qo‘rquv bosardi.

— Jungkook! — menga nimqora ko‘zlari bilan qaradi. Hamma qo‘rquvlarimni yig‘ib, uni tanamdan ajratdim. Nima bo‘lganini tushunmay menga qaradi.

— Bu bo‘lmaydi! Yo‘q! — o‘sha yerdagi ko‘rpa bilan ustimni yopib oldim. Menga tushunarsiz nigoh bilan qarab turgan odam esa hafsalasi pir bo‘lib, ko‘zlarini yumdi. Har bir harakatini sinchkovlik bilan kuzatib turardim. U o‘rnidan turib hech narsa demay qotib qoldi. Hech narsa demay, hech narsa qilmay turib qoldi. Bu harakatlar meni qo‘rqitsa ham, o‘zimni bosishga urinardim.

— Nega? — nihoyat u gap boshladi. Indamadim. Men bunday tavakkal qilmayman. To‘g‘ri, uni sevaman, butun borlig‘im, vujudim bilan sevaman. Lekin men ikkimizga ham adolatsizlik qila olmayman.

— Nega bunday qilyapsan, Zuha? Nega meni o‘zingdan uzoqlashtiryapsan? — Men indamadim. U boshini tepaga qaratib nafas chiqardi. Jahli chiqqanini bilaman.

— H... xohlamayman! — titrab, ustimdagi shoyi shabani qattiqroq qisdim. Jungkook mening yonimga kelib, iyagimni ushlab, o‘ziga qaratdi. Bu harakati yumshoq yoki qo‘pol deyolmayman. Hech narsa demay bo‘sa ola boshladi. Hayron qoldim jahl qilmadi. Lekin jahli chiqqani bu qattiq bo‘sadan ham bilinardi. Men indamadim, hozir bir narsa desam, uning jahlidan qo‘rqyapman. Bo‘sani tugatib, peshonasini peshonamga qo‘ydi. Shuqur nafas oldi. Shu holatda qotib qolgandi. Yuragim oldingidan ham battar urardi. Bilmayman, bu nimadan. Ichimda shunday hissiyotlar o‘tardiki, buni o‘zimga ham tushuntira olmasdim.

Bir muddat ko‘zimga qaradi. Bu qarashlari meni yondiryapti. Ichimda xuddi tok bir bu yoqqa, bir u yoqqa yurganday edi.

— Men mehmonxonada bo‘laman, — shunday dedi-yu chiqib ketdi. Uni hafa qildimmi? Yoki jahli chiqdimi? Nima bo‘ldi? Hech narsa ham demadi. Yerdagi kiyimlarimni olib kiydim. Jin ursin, anu mehmonxonada qolibdi. Oldimni qo‘llarim bilan yopishga urinib mehmonxonaga bordim. U shunchaki kaminga tikilib o‘tirardi. Men ovoz chiqarmay ko‘zlarim bilan izladim. Naq oyog‘ining tagida turgan ekan. Qaysi yuz bilan olaman endi? Yoniga asta bordim. U chuqur o‘yga cho‘mganday bir nuqtaga tikilib turardi. Oyog‘im bilan asta o‘zim tomon tortdim. Bir-ikki urunishda o‘xshadi. Qo‘limga yashirib, xonam tomon yurdim. Chuqur-chuqur nafas olib, xonamga yugurib kirdim. Hozir u bilan yuzlana olmayman. Juda ham sharmandali.

Mehmonxonadan asta o‘tib, oshxonaga kirmoqchi edim. Lekin Jungkook yo‘q edi. U qayerda? Tashqariga chiqdimi? Yomg‘ir ham ancha tingandi. Lekin kun botayotganligi sababli unchalik yorug‘ emasdi. O‘sha ahvolda qayerga ketdi? Tashqariga chiqib ko‘rsammikan? Nima qilishni bilmay turganimda, tashqaridan Jungkook kirib keldi.

— Jungkook... haligi... qayerdan kelyapsan?

— Narsalaringni tayyorla! — Nimaga tayyorlashim kerak? Axir kech tushdi-ku, qayerga boramiz?

— Nimaga narsalarimni tayyorlashim kerak, axir qayerga boramiz?

— Birozdan mashina keladi. Narsalaringni tayyorlab, tashqariga chiq.

— Mashinani? — Hech narsaga tushunmadim. Mashina qayerdan keladi, axir biz chaqirmadik-ku? Unchalik narsalarim ham ko‘p emasdi. Tashqariga chiqqanimda, Jungkook turardi. Qo‘limdagi sumkani olib, asosiy yo‘l tomon ketdi. Men ham orqasidan ergashdim. Oldimizda qora rangli mashina turardi. Hayron bo‘lib, Jungkookga qaradim. U hech narsa bo‘lmaganday haydovchining o‘rniga o‘tirdi. Men ham yoniga joylashdim.

Lekin mashinani kim haydab olib keldi? Jungkookga qaradim, u asabiy, buni uyilgan qoshlaridan ham bilinib turardi.

Mashina harakatlana boshladi. Yo‘l bo‘yi bir o‘rmonga, bir Jungkookga qaradim. U indamay mashinani boshqarardi. Qanday ko‘zlarim yumilganini, qanday uxlab qolganimni sezmadim.

Avtor pov:

Ormondan chiqayotgan mashina ovozi hamma yoqni egallagandi. Matorning ovozi bilinardi, bundan esa mashina qimmatligi bilinardi. Buni boshqaryotgan odam hayollarida ming xil narsalar o‘tardi, lekin bu faqat bitta odam haqida yonida uxlab yotgan sevgilisi haqida. Uni tushunardi, lekin bu harakatlari xuddi ishonchsizlik kabi edi. Jungkookga ishonmaydimi yoki bu qo‘rquv tufaylimi? U siz o‘tgan bu oylar juda og‘riqli edi. Lekin uni his qila olmasa-da, yuragi faqat o‘z Malikasi uchun uradigan insonni uzoqdan kuzatardi. Har bir harakatini, har bir jilmayganini, har bir qadamini. Tunda hech narsaga, hech kimga e’tibor bermay uning yoniga borar, ming jur’at etsa ham uyqudagi Malikasining visoliga to‘ya olmasdi. Yuziga barmoqlarini olib borsa ham tekkiza olmas, yumshoq yonoqlaridan tishlay olmasdi. Bo‘yniga yuzini komsa, lekin bir bora lablarini bo‘sa olmasdi. Nima uchun bilmasdi. Uni ham, o‘zini ham qiynayotgan muammolarmi? Yoki oralariga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarmi? Balki visoliga yetish uchun Malikasi ham uni quchoqlashi kerakdir.

Jungkook uchun azobli bo‘lgan tunlar Malikasi yig‘layotganini eshitsa ham, o‘sha derazadan kirib uni yupata olmasdi. Axir bu ko‘z yoshlarga o‘zi sababchi edida. O‘sha o‘lgur g‘ururni qo‘yib o‘sha kuni izidan borganda edi. Uni bu ishlarga aralashtirmaganida edi. Boshqa vaziyatda uchrashishganida edi. Qani edi shunday bo‘lsa-yu, hamma narsani tashlab u bilan baxtli bo‘lsa. Lekin vijdon azobi qiynardi. Tomog‘idan o‘tayotgan bu ovqatlar ham zahar edi u uchun. Lekin hech narsa qila olmasdi. Gapirmaydigan onasi har kuni qasos haqida gapirar, hattoki uxlaganda ham tushlarida tinch qo‘ymasdi.

Hammasi o‘z joyiga tushadi. Qachonki shu qasosga nuqta qo‘ysa. Lekin o‘sha nuqta sevgisiga ham nuqta qo‘yardi. Baxtli, lekin vijdon azobi ila sevgilisi bilan baxtli bo‘lish yoki hammasidan voz kechgan holda o‘sha qora nuqtani qo‘yishi kerak. Lekin bu azob edi. Malikasining ko‘zlariga qarash azob edi. Qanday qilib bunday ishni bajarganidan so‘ng Malikasiga soxta tabassum qila olardi? Qayta ikki tomonlama vijdon azobi qiynamaydimi? Bilmasdi, hech narsani bilmasdi. Shunchaki kun botishini va Malikasining yoniga borishni o‘ylardi. Shiroyli ko‘zlari ichida sevgi bilan unga qarashini, shirin lablaridan to‘yib-to‘yib bo‘sa olishni xohlardi. Boshini ko‘ksiga qo‘ysa-yu uxlab qolsa edi. Ko‘p narsa xohlayaptimi? Bu ko‘p narsami? Nega baxtli bo‘la olmaydi?

Yuragi ham har safar og‘rirdi bu ishni qilsa ham, qilmasa ham og‘rirdi. Lekin bu bo‘lishi kerak. Bir kuni bo‘lishi kerak. Rulda turgan qo‘llari qattiq siqilar, nafasi ham bo‘g‘ziga tiqilardi. Yonida xotirjam nafas olayotgan beg‘ubor Malikasi bularni bilishini xohlamasdi. Ikki tomonlama eng yaxshi rejani tuzdiyu, oqibati qiziqtirmas, faqat u bilan baxtli bo‘lsa bo‘ldi edi.

Mashina oynasi ochildi. Yomg‘irdan so‘ng yoqimli nam havo yuziga urildi. Allaqachon uyining yoniga yetib kelgandi. Bir chetda mashinani to‘xtatdi. Yuziga tikilar ekan, oynadan kirgan sovuq havo uni biroz qimirlatgandi. Uzun kipriklari titrab, ko‘zlari ochilar ekan, yetib kelganini payqagan Zuha unga tikilib turgan ko‘zlarga tikildi. Hech narsa demay, go‘yoki ular ko‘zlari orqali gaplashayotgandek.

Zuha hech narsa demay, uydan 10 metr uzoqda turgan mashinadan tushdi. Mashina harakatlanib orqasiga qaytdi. Qorg‘onga kirib kelar ekan, uyining yonidagi ko‘p mashinalarga ko‘zi tushdi. Odamlar yig‘ilishgan. 6 yoshida ko‘rgan manzarani 10 yildan so‘ng yana oldida turardi. Har bir qadamda unga qarab turgan qorong‘u nigohlarni tanasi ham sezardi. Ba’zilar shivirlashib go‘yoki “U nima qilib yuribdi?” deyishardi.

“Ahvoliga qarang, aytganlari to‘g‘ri ekan, hammasi shuni deb!”, “To‘g‘ri aytasiz, agar u bo‘lmaganida bu yerda ikkinchi bor bunday ahvolda turmasdik”, “Kiyib olgan kiyimiga qarang, go‘yoki o‘zidan siponi yoqqan, hozir aktrisalik mahoratini ko‘rsatadi”, bir-biriga aytayotgan gaplari qulog‘iga kirmaydigan darajada og‘ir so‘zlar edi. Zuha eshitayotgan gaplardan xuddi 10 yil orqaga qaytdiyu, o‘sha so‘zlar, o‘sha odamlar yana shunaqa derdi.

Ko‘nglidagi g‘ashlik ortar, qadamlarini tezlashtirdi. Qorg‘onga kirdiyu, qo‘lidan qattiq tortib bir tor xonaga kiritdi.

Oldida turgan akasiga tushunmay qarayotgandi. Endi gapirish uchun ogʻiz juftladiyu yuziga tushgan tarsakidan yerga qulab tushdi.

— Shu yerdan chiqqaningni ko‘rmay. Sen loyiq emassan, hattoki janozada qatnashishga loyiq emassan! — xonadan chiqib ketdi. Zuha nima bo‘lganini tushunmayotgandi. Faqat miyasidagi shiyillash o‘tib borar, ko‘z oldi xiralashdi. Qorong‘ulik, ko‘zining oldini qorong‘ulik egalladi. Boshi yerga tekdi, sharshagan tanasi polga cho‘zildi.

Marosim tugadi. Hamma mehmon ketdi. Jimin qo‘lidan ushlagani xotiniga qaradiyu yuzini ko‘z yoshlari yuvdi. Lilya erini bag‘riga olar ekan, boshini silab: “Hammasi yaxshi bo‘ladi, o‘tib ketadi,” derdi.

Jimin uxlab qoldi. Boya Zuha kelganini ko‘rgan Lilya qancha Jiminni to‘xtatmasin, qo‘lidan kelmadi. Qulflangan xonani eshigini ochdi-yu, yerda yotgan tanani ko‘rib yoniga yugurdi. Darrov titroq qo‘llari bilan tez yordam raqamini terdi.

Shoshilinch chaqirilgan shifokorlar qorg‘onga kelishdi. Zaiflikdan qimirlamay yotgan Zuhani olib ketishdi. Lilya ham izidan bordi. Shoshilinch yordam ko‘rsatildi. Bir-ikki kun shu yerda qolishini aytishdi-ya, palatadan chiqib ketishdi. Lilya Zuhaning qo‘llarini qo‘lga bosdi. Ilk ko‘rganidanoq mehr qo‘ygan, gaplashmasa ham o‘z singlisidan yaqinroq tutgan qizni bag‘riga bosdi. Erining majburlashlari bilan Zuha bilan gaplashmasdi. Eriga qancha aytsa ham: “Hattoki yosh bola ham sendan aqilli fikrlaydi" derdi.

Zuha ko‘zlarini ochdi. Yonida qo‘llarini mahkam tutgan kelinoyisi boshini qo‘yib uxlab yotardi. Atrofga nazar tashlab, bu yer shifoxona ekanligini anglab yetdi. Zuhaning qimirlagan tanasidan uyg‘ongan Lilya o‘zini tutib turolmay Zuhani bag‘riga bosdi. Zuha tushunmay esankirab qoldi.

— Kechiring meni, Zuha, kechiring! Men to‘sqinlik qila olmadim. Siz yaxshi bo‘ling, xo‘pmi? Hech ham hafa bo‘lmang, sizning hech qanday aybingiz yo‘q, xo‘pmi, shuni yodda tuting hech qanday aybingiz yo‘q!

— Nima bo‘ldi, opa? Nega yig‘layapsiz? Men yaxshiman, yig‘lamang, iltimos! — Lilya ko‘zidagi yoshlarni artib, o‘rniga o‘tirdi. Nafasini rostlaguncha Zuha hech narsa demadi. Lilya o‘ziga kelib olganini bilib, boshida aylanayotgan savolni aytdi:

— Opa, o‘sha odamlar kim edi? Nega bunchalik ko‘p odamlar bor edi? — Lilya bu savolni eshitdi-yu yana ko‘zlariga yosh oldi.

— Sabr tilayman, Zuha. O‘zingizni tuting. O‘sha odamlar esa... Dadamning... dadamning janozasiga kelishdi... — Zuha eshitgan so‘zlari qulog‘iga qattiq baqirgandek kirib keldi. Eshitganini yolg‘on deb o‘ylagan miyasiga bu haqiqat sig‘masdi.

— N... nima? Nima demoqchisiz, opa? Bu... bu bilan... dadam... dadam... — bo‘g‘ziga qattiq narsa tiqilib, nafas olishiga yo‘l qo‘ymasdi. Ko‘zlarini tez-tez pirpiratib, nafas olishga harakat qildi. Qo‘lidagi ukollarni sug‘urib oldi-yu yalang‘oyoq sovuq kafelga bosdi. Eshikka ham bormay yerga yiqildi.

— Bunday bo‘lishi mumkin emas! Bunday bo‘lishi mumkin emas! Dadam yaxshi, u hozir uyda! Hozir uyga boraman va meni ko‘rmagandek xonasiga chiqib ketadi. Ha... ha shunday bo‘ladi. Hozir uyga boraman va shunday bo‘ladi, aniq shunday bo‘ladi! — yana turishga urunar, lekin zaif tanasi yerga qulardi. Lilya shoshilmay uni bag‘riga qattiq bosib yig‘ladi. Zuhaning yuziga oqayotgan ko‘z yoshlari ko‘zlaridan suv kabi oqib chiqardi. Bu qizning 10 yil to‘kkan ko‘z yoshi hech tugamaganday yana to‘kilardi. Eshikni ochgan shifokor kelib, Zuhani turg‘azdi. Bu holi yomon ekanligini bilsa ham, uni xonasiga olib ketdi.

Jungkook shovqin bilan uyiga kirib kelar ekan, mehmonxonadan kelayotgan baland ovoz uni o‘ziga jalb qildi. Mehmonxonaga kirdi. Katta televizor oldida yangiliklarni ko‘rib turgan onasiga ko‘zi tushdi. Endi og‘iz juftladi-yu, televizordagi yangilik to‘xtatdi.

"Bugungi kunning eng muhim yangiliklari! Koreya aholisining yuragidan joy olgan, har yili bolalar va kambag‘al insonlarga, mamlakatimizga o‘zining mehnatidan bo‘lgan pullarni ehson qiladigan Hwan Min avtohalokat tufayli vafot etdi. Politsiya aniqlashicha, kuchli yoqqan yomg‘ir tufayli avtohalokat sodir bo‘lgan. Bu xabar hammaning ko‘ngliga sovuqlik olib keldi.

Hwan Min yordam bergan har bir inson unga ta’ziyasini bildirmoqda..." — televizor o‘chdi. Jungkook qora rangdagi ekranga qarab qotib qoldi. Qulog‘i eshitgan narsasiga ishonmadi.

Uydan yugurib chiqarkan, izidan baqirib qolgan onasiga ham e’tibor bermadi. To‘g‘ri Malikasining yoniga oshiqarkan, uning ahvoli qandayligini ko‘z oldiga, yig‘layotgan yuzi kelar ekan, asabiylik bilan ko‘zlarini yumdi.

Uyiga yetib keldi, lekin qo‘riqchilar ular ketishganini aytdi-yu, boshqa hech narsa deyishmadi. Jungkook ichkariga kirishga harakat qilmasin, qo‘riqchilar ruxsat bermadi. O‘zining yo‘lidan foydalanib, qo‘riqchilar yo‘q joydan o‘tdi-yu Malikasining balkoniga keldi. Deraza ochiq, lekin xonada hech kim yo‘q edi. Pastki qavatni ham ko‘rdi, lekin uy suv quyganday jim-jit.

Oxirgi daqiqalar edi. Zuhaning baxtli o‘tgan oxirgi daqiqasi edi. Yakun shunday bo‘ldimi? Shuncha azobdan keyin yakun shunday bo‘ldimi? Zuha o‘sha palatada yig‘i bilan qoldi. Bu yoqda Jungkook qay yerdan izlamasin topa olmadi. Oradan kunlar o‘tdi-yu, Zuhaning hattoki daragi ham chiqmay qoldi. Akasi bilan gaplashgan Jungkook hattoki kaltak yesa ham indamadi, faqat qay yerdaligini aytishini so‘rardi. Lekin yo‘q yer yutdi-yu o‘sha yerga kirib ketdi. Hattoki umidini ham uzmasdi. Minlar uyni sotdi. Jungkook qanday xotira bo‘lsa ham saqlab qoldi. O‘sha xotira ila katta kon uyning faqat bitta xonasida Malikasining xonasida, yotoq ustida yotardi. Bu qilayotgan telba harakatlari tugamasdi.

Sevishganlarning tarixi doston bo‘ladi deyishadi. Ammo o‘sha dostondagi sevishganlarning qismati o‘lim edi. Chin oshiq o‘lmaydi yurakda yashaydi. Ammo sog‘inch hissi sog‘lom odamni ham o‘ldirardi. Bu sog‘inch hissi Jungkookda nafratga aylandi. Soatlar kunlarga, kunlar oylarga, oylar yillarga tutashdi, lekin bu yurakdagi nafrat so‘nmadi. Balki o‘sha yurakdagi nafrat sog‘inchdir, balki bir oshiqning boshlanmasdan tugagan hikoyasining mahsulidir. Noma’lum... hamma narsa noma’lum edi. Faqatgina davomi bor edi.
Davomi...

1-fasl, 12-qism tugadi! E’tibor uchun raxmat, Meris!

Keyingi qism 200+ reaksiya va 70+ odamning uzun-uzun fikridan so‘ng!

Zuha

Jungkook