July 12, 2025

AGE of OBSESSION | JJK

9—BOB: SEVGI

— Bu bilan nima demoqchisiz? — qolini tanasida asta yugurtirar ekan, Zuha titrab ketdi. Yuzidagi ayyorona kulgu bilan yaqinlashdi.

— Shunchaki...

— Bunday qilolmaysiz. Jungkook, siz mening o‘gay bo‘lsangiz ham, akamsiz! Chegarangizni biling! — Masxara ohangda kulib yuborgan Jungkook belidan ushlab, Zuhani o‘ziga tortdi.

— Chegara? Bu men uchun emas, Pushugim — tanasini yotoqqa itarib yuborib, ustiga chiqdi. Kiyimlariga yopisharkan, boshiga kelib urilgan narsadan yiqildi. Tana yotoqdan ag‘darilar ekan, Jungkook to‘satdan shoshib uyg‘ondi.

Boshining og‘rig‘idan bukchayib qoldi. Og‘zidan haqoratli so‘zlar chiqarkan, bor kuchi bilan yerga musht tushurdi. O‘ziga ozgina kelgandan keyin hammom tomon bordi.

Oynadan o‘z akasiga qarar ekan, allaqachon avvalgi Jungkookdan asar qolmagandi. Hayotiga o‘sha unutulmas, og‘riqli kecha... Bu tushlar uni 2 oy davomida ta’qib qildi. Erkatoyi, Malikasi, asrab-avaylaydigan guli bo‘lmish Pushugi haqida bunday nopok tushlar ko‘rayotgani, reallikdan ajrala olmay qolgani unga o‘zidan yanada nafratlanishiga olib kelardi.

Oynaga, o‘z akasiga qaradi. Zuha ketgan o‘sha kunni esladiyu, yuzini sovuq suvda yuvdi.

2 oy avval.

— NIMA, MEN? NIMA, MEN... O‘ZINGIZNI OQLAMOQCHIMISIZ? OQLANG! UNDAY EMAS, ASLIDA MEROS UCHUN EMAS, MENI “SENI SINGLIM” DEB QABUL QILDIM, DENG! SHUNDAY DENG! YO‘Q, UNDAY DEYA OLMAYSIZ! MEN HATTOKI DADANGIZNING QIZI EMASMAN! UNDAY DEYA OLMAYSIZ! SHU KERAKMIDIMI? MANA, OLING VA MENI HECH QACHON QAYTA KO‘RMAYSIZ!

Xonadan jahl bilan chiqib ketgan Zuha pastga dadasining yoniga tushdi. U ham kutib turgandek, hammasi shay edi. Jungkook ortidan ergashar, uni ushlab qolishga urunardi.

Lekin Zuha hattoki eshitishni ham istamayapti. Tez-tez bosilgan qadamlar bilan pastga tushdi. Dadasining yoniga borib, ketishini aytdi.

— Yoninga biror narsa olasanmi?

— Bu uydan hech narsa olmayman. Ustimdagilarni jo‘natib yuboraman, janob Jeon! — tekkizib, ortiga qaramay, qorqondan chiqib ketdi. Jungkook qotganicha qoldi. O‘sha zinaning yonida.

Qorg'ondan chiqib ketgan mashina. Ichida faqat tashqariga qarab jim o‘tirgan Zuha. Qancha urinmasin, uni gapira olmayotgan Dadasi.

Jungkook endi nima qilishini bilmasdi. U bilan gaplashadigan, lekin nima deydi uning har bir aytganlari rost edi. Lekin esdan chiqargan o‘sha bittagina sabab uni bu uyda olib qolardi.

Har kuni Jungkook Zuhaning oldiga tashrif buyurardi. Lekin har gal quvib solar. Alamlisi uning yuzini ham ko‘rolmasdi. Ikki qavatli uyning ikkinchi qavatidagi xonaning chirog‘i yonib turar, uni esa pastda Jungkook kuzatib turardi.

Qancha urinmasin bari befoyda. Zuha hattoki eshitishni ham istamasdi. Yana o‘sha afsus ila boqdi. Chiroq yonib turardi, lekin qaramasdi. Ko‘p o‘tmay xona chirog‘i o‘chirildi. Tashqarida birdan quygan jala Zuhani derazadan qarashga majbur qildi.

Yomg‘ir yog‘sa ham, huddi haykal misol o‘sha yerda turgan tanaga oyna chetidan qaradi. Ko‘zlariga suzilib kelayotgan ko‘z yoshlar yuzaga chiqdi. U bilan gaplashgisi kelsa ham, huddi bir narsa ushlab turibdi. O‘sha ichidagi uni qaytarayotgan tuyg‘uni tushunmasdi.

Dadasi bilan ko‘p gaplashdi. Bu uyda hech nima yaxshi emasdi. Dadasi va onasi birgalikda bo‘lmasa ham, ikkisini birga ko‘rib o‘rgangan edi lekin hozir boshqacha. Dadasining yangi uyi bor, yangi ishi, yangi oilasi. Huddi keraksiz odamdek. Zuhaning uyi bu to‘rt devor emasdi. Jungkookning uyiga qaytsa ham, bu uning manzili emasdi.

Shuncha bo‘lgan shirin shohliklar har doim ko‘zining oldida aylanar, lekin sodir bo‘lmasdi. To‘g‘ri, ular bir-biriga bog‘langandi. Lekin bu tuyg‘uni nima deyish mumkin?

Bog‘lanib qolishmi yoki... yoki o‘sha sevgimi? Zuhaning miyyasiga kelmaydi. Hech qachon u Jungkookni sevmagan. Sevish har bir insonga boshqacha tuyuladi. Sevgining ham turlari bor, deyishadi.

Do‘stlarga do‘stona sevgi. Oilasi bor mehri bilan sevishadi. Lekin yuragidagi inson... o‘shadir. Yuragingda kim bo‘lsa o‘shani sevasan. Ba’zilar tashqi ko‘rinish, ba’zilar xarakter tufayli sevishadi. Lekin biz sevgi degan tushunchani noto‘g‘ri o‘ylamaymizmi?..

Sevgi baxtdan iboratmi? Sevgan inson bilan baxtli damlarni o'tkazsang, u bilan birga bo‘lasan shu xolosmi? Yo‘q... sevgi bunday emas. Sevgi shunday narsa-ki, bu haqida doston yozsang ham tugamaydi.

Jungkook jim. Zuha gapirar. Jungkook kular, Zuha uni kuldirar. Zuha yig‘lar, Jungkook uni yupatar. Zuha yonida Jungkook edi. Bu boshidan shunday edi. Bu shunchaki bir tuyg‘u-ki, unga nom berish qiyin. Shunchaki buni his qila olamiz xolos. Bir kun keladi, o‘shanda bu tuyg‘uning nomi paydo bo‘ladi, lekin hozir emas.

Bu vaqt emas. Hamma narsaning vaqti bo‘ladi. Bu erta yoki kech bo‘lmasin, o‘sha kun keladi. Hammasi o‘shanda o‘rniga tushadi. Shunchaki bizdan shirin sabr xolos.

Jungkook sabr qildi. Bir kun o‘rniga tushadi. Zuha o‘z hayotiga qaytdi. Lekin Jungkook shuni tushundiki, Zuha uning hayoti. Bobosi to‘g‘ri aytgandi u haddan tashqari bog‘lanib qolgan.

— Nima haqida o‘ylayapsiz? — yoniga kelib o‘tgan qizga e’tiborini qaratdi.

— Hech narsa— sovuq ohangda javob berarkan, qolidagi muzli qahvani ichdi.

— Mayli... Xo‘sh, biz endi unashtirildik. To‘y ni cho‘zib yurgandan foyda yo‘q, shunday emasmi? — Jennie ishimligini hoplab gapirdi.

— Shunday!

— Unda to‘y sanasini belgilaymiz. Men dadamga aytaman, keyin aniq bo‘ladi, — Jungkook bosh irg‘ab qo‘ydi. Telefonga qo‘ng‘iroq bo‘lib, uni muhim ish bo‘yicha chaqirishdi. O‘zi majburan kelgan Jungkookga bu yoqqanday, darrov tuyoqini shiqillatdi.

— U bilan turmush qurayapsizmi? — oldiga kelib o‘tgan erkakka e’tibor qaratdi.

— Deyarli shunday. Endi sening navbating uni olib ket, va bizga tinchlik ber.

— Ozgina muloyim bo‘lsang bo‘lardi. Ha, mayli. Men Zuhani undan ajratdim, lekin u huddi telbadek har kecha oynangning tagida turadi. Men Zuhaga u bilan ko‘rishishni qat’iyan taqiqladim, u ham ko‘rishmayapti. Bu yog‘i sening qo‘lingda, tulki ko‘z.

— Sal kech, o‘zingga boshqa odam top. Qarib quyilmagan chol! — Jennie kulib, u kafedan ketdi.

— Ko‘ramiz, ko‘ramiz, hali shunaqa qilamanki... tulki ko‘z...

Kompaniyadagi og‘ir ishlarni tugatib, toza havoga chiqqan Jungkook atrofga qarab har kungi manziliga yurdi.

Mashina to‘xtagan ovozini eshitgan Zuha yashirincha oyna chetidan qaradi. Lekin yo‘q, bu boshqa edi. Hafsala bilan “ufff” tortdi.

— Hoy, oyim ovqatga chaqiryapti, pastga tush.

— Yemayman! — o‘gay singlisi bilan unchalik kelisha olmagandi. Kelishib ketishga ham urunmagan Zuha yana oynadan tashqariga qaradi.

— O‘sha kelishgan yigitni kutyapsanmi? Bilmayman, endi u kelmasa ham kerak. Sendek odam unga kerakmidi? — gap bilan chaqib xonadan chiqmoqchi bo‘lgan qizning qo‘lidan tutib, o‘ziga qaratdi.

— Hoy, og‘zingga qarab gapir! U haqida hattoki gapirma ham, tushundingmi? — Zuha tahdid ohangida qizning qo‘lini qattiqroq siqdi.

— Gapirsam nima qilasan? Senga aytishmadi shekilli o‘sha kelishgan yigit uylanayotgan ekan. Sen esa xonangda o‘tirib olib, uni deb siqilyapsan qanday ahmoqlik! — Zuha “uylanmoqda” degan so‘zni eshitdiyu qotib qoldi. Qo‘lini tortib olib, xonadan chiqib ketgan qizning gaplari miyasida aylanardi.

— Uylanayaptimi?.. — tashqaridan mashina ovozi eshitildi. Yugurib borib oynadan qaradi bu safar kelgandi. Lekin yuzidagi tabassum so‘nib ketdi. Yana esiga tusharkan, Jungkook bilan bu safar gaplashishni o‘yladi.

Xonasidan chiqdi, pastgi qavatga tushar ekan, ularning gaplari qulog‘iga chalindi. Hozir eshikdan chiqish bu noto‘g‘ri ekanligini bilardi. Ortga qaytdiyu nima qilishni o‘ylab qotib qoldi.

Miyasiga kelgan birinchi, ahmoqqona bo‘lsa ham, g‘oyani sinab ko‘rgisi keldi. Derazani ochdi. Bir oyog‘ini chiqarib, asta derazaning narigi tomoniga o‘tdi. Ikkinchisi bilan ham asta xonadan chiqdi.

Pastda turgan Jungkook boshini quyi egib turardi. Yuqoridan pastga tushgan toshlarni ko‘rib, ko‘zlarini ko‘tardi.

— Pushuq nima qilyapsan? — Zuhaning asta pastga tushayotganini ko‘rib yuragi shuv etdi.

— Gapirmang, yaqinroq keling, yiqilsam ushlang! — Jungkook ham tezda u tomon keldi. Bir-ikki bor uydan shu yo‘l bilan chiqqan Zuhaga bu qiyinchilik tug‘dirmadi.

Zuha va Jungkook

— Hozir sakrayman, meni ushlang — Jungkook bosh irg‘ab pastda turdi. Unchalik baland bo‘lmasa ham, yiqilsa jarohat olardi.

Jirafaning bo‘yidek uzun tana unga qo‘l keldi. Oyog‘i toyib ketmasligi uchun yaxshiroq yerga qo‘ydi. Oyoqlarini pastga tushurdi, qo‘llari bilan shiftning bir shaklasini ushladi.

— Oyog‘imni ushlang — Jungkook oyoqlarini yelkasiga qo‘ydi.

— Bo‘ldi, ushladim tashla — qo‘lini qo‘yib yubordi, o‘sha yerda qotib qoldi. Asta Jungkook uni pastga tushurdi. Zuha oyoqlarini yerga bosdiyu, uni bag‘riga olgan tanadan esankirab qoldi.

Qo‘llari bilan sochlarini silab, chuqur nafas oldi. Lekin Zuha qotib turardi. Hech qanday javobsiz. Jungkook ham sezib, uni o‘zidan arjitdi.

Bir-biriga tushunarsiz qarab turgan ko‘zlari ichidagi dardlarini yashirardi.

— Men... men haligi... — Jungkook gap topolmay to‘xtab qoldi.

— Nega oynadan tushding? Bu xavfli edi. Agar men bo‘lmasam...

— Siz borligingiz uchun ham tushdim — Jungkookning gapini bo‘ldi. Jungkook ham bosh irg‘ab qo‘ydi. Ikki qo‘lini ko‘kragiga birlashtirib, hech narsa demadi.

Jungkookga bu jimjitlik yoqmasdi. Shuncha kutgan onlarda endi gap topolmasdi.

— Pushuq, haligi... men senga boshidan tushuntiray, eshit meni.

— To‘xtang, men bu haqida gaplashmoqchi emasman. Sizdan so‘raydigan yagona savolim: uylanayapsizmi? — Jungkookning nafasi qisilar ekan, Zuhani bu jimlik o‘ldirardi. Jungkook chuqur nafas olib, davom etmoqchi bo‘ldiyu, lekin og‘zidan hech narsa chiqmasdi.

— Sukut rozilik alomati— istehzoli kulib qo‘ydi — Mayli, shuni so‘ramoqchi edim. Baxtli bo‘ling. Ketish uchun ortga ogirildi

— Zuha... — qo‘lidan ushlab qolgan Jungkook nima bo‘layotganini anglamasdi. Uning uylanishining nima ta’siri bor?

Zuha Jungkook ushlagan qo‘liga qarab turardi. Qo‘lidagi yaralar. Bu nimani anglatadi?

— Qo‘yib yuboring— qo‘lini olmoqchi bo‘ldi, ammo bo‘lmadi. Jungkook qattiq ushlab turmagan bo‘lsa ham, qo‘yib yubormasdi.

— Meni eshit bir marta! — Zuha jim qoldi — To‘g‘ri, men... men dadamning merosi uchun seni uyimga olib keldim. Lekin... lekin bari o‘zgardi, Zuha. Eshityapsanmi... bari o‘zgardi. Sen bilan... sen bilan eng baxtli kunlarim o‘tdi, faqat sen bilan. Hech qachon bu meros haqida qaytib o‘ylamadim. Mening senga munosabatim ham yolg‘on emasdi. Hech qachon yolg‘on bo‘lmagandi.

— Unda... — Zuha gapni bo‘ldi. — Unda o‘sha kungi hujjatlar nima uchun o‘sha yerda turgandi?

— Dadang... dadam oldimga keldi va seni qaytarmoqchi ekanligini aytdi. Men rozi bo‘lmadim va o‘sha merosni qo‘zg‘adi. Sen 17 yoshga to‘lganingda, o‘sha meros yozilgan hujjatga qo‘l qo‘yasan yoki uni o‘zingda olib qolasan. Undan keyin men sening hayotingga aralasha olmasdim. Men... men o‘sha hujjatni yirtib tashlamoqchi edim, lekin sen birdan jahling chiqib baqirib ketding meni eshitmading, — qo‘lidan ushlab, kaftlarini birlashtirdi. Qora ko‘zlaridagi yarqirash bilan Pushug‘iga qaradi.

— Meni kechir... lekin men hech qachon bu meros haqida o‘ylamadim. Xohlasang, o‘sha merosga o‘zing egalik qil. Faqat yonimga qayt. Iltimos, Pushuq — Zuha tutashgan kaftlarga tikildi. Miyasida ming hayol aylanardi.

— Mening yonimda qol, faqat menga shu kerak xolos— Zuhani bag‘riga tortdi. Sochidan silab nafas olar ekan, Zuha shurq ham etmadi. Ko‘kragidagi qo‘llarni sezgan Jungkook Zuha o‘zidan itarayotganini ko‘rdi. Majburan qo‘yib yuborarkan, tushunarsiz tikildi.

— Siz uylanayapsiz. Endi xotiningiz yoningizda bo‘ladi. Keting— Zuha ortga qayrilib ketdi. Lekin qo‘lidan ushlab, Jungkook uni o‘ziga tortdi. Baxosdan tanalar urilarkan, buni ikkalasi ham sezdi. Shu turishda qotdiyu boshqa qimirlab etmadi.

Jungkookning issiq nafasi yuziga urilarkan, Zuha ko‘zlarini yumdi. Lablari qaltirab ketdi.

— Jungkook? — Zuha past ovozda chiyilladi.

— Hmmm...

— Biz nimamiz? — Ikkalasi ham yaqinlashayotganini sezar, tanasi aqliga bo‘ysinmasdi.

— Bilmayman, — Jungkookning ovozi titrab ketdi. Yuzlari yaqinlashdi. Lekin ko‘zlari buni ko‘rmasdi, ikkisi ham tushunarsiz tuyg‘udan ko‘zlarini yumgan, bir-birining issiq nafasini yuzida sezardi.

— Buning nimaligini bilmayman. Men... shunchaki... — Jungkookning titroq ila chiqayotgan ovozini eshitar, issiq nafasi endi aniq yuzida sezilardi. Zuha Jungkookning yuzi uning yuziga tegib turganini sezgan onda tanasini titroq bosdi.

Jungkook issiq nafas bilan tez-tez nafas olardi. Lablarining orasida santimetrli oraliq qoldi.

Jungkook

Zuha