June 23, 2025

Bodyguard | JJK

Chapter Eleven

Piknik uchun hamma narsa tayyor edi. Ular rejalashtirgan piknik o‘rmonda bo‘ladi. Zuha ham shunga qarab tayyorgarlik ko‘rdi. Janob Park Zuha uchun hamma narsani tayyor qildi. Lekin Zuha buni olib ketishni istamasdi, axir o‘zidagi narsalar yetarli edi. Sinfdoshlar rejasi bo‘yicha ular tog‘da o‘yin-kulgu qilishardi. Chodirlar qurib, tuni bo‘yi olov davrasida qo‘shiq aytib, gaplashib o‘tirish edi va bu amalga oshdi.

Hamma avtobusda o‘rmonga yetib keldi. Lekin bulardan mustasno, Zuha va Yonsu mashinada kelishgandi. Zuha qoriqchilarga ketishini aytib, chodirni qurishga kirishdi. Bu yerda hamma o‘zi xohlagan bilan birga chodirda qolishlari mumkin. Albatta, qizlar o‘z dugonasi bilan qolishardi. Hazil-huzil bilan tun ham bo‘ldi. Ovqatlanib, hamma olov yoniga keldi. Sinfdagi bir bola qo‘liga gitara olib chala boshladi. Unga jo‘r bo‘lgan sinfdoshlari kulib, qo‘shiq aytishar edi. Zuha juda baxtli. Lekin yonida Jungkook bo‘lsa, yanada yaxshi edi.

—Zuha! — meni birov turtdi. Hayollar og‘ushidan chiqdim.

— Nimaaa? — Teahyung yana yashirincha past ovoz bilan gapirardi.

— Senga aytganimdek qilgin. Iltimosss. O‘sha yerga kelsin, bo‘ldi, u bilan gaplashib olmoqchiman.

— Teahyung, nima o‘zing ayta olmaysanmi axir? Buncha tormoz bo‘lmasang! — necha kundan beri meni tinch qo‘ymayotgan Teahyung qovog‘ini uydi.

— Ko‘p narsa so‘ramayapman axir, iltimos qilayapmanku.

— Mayli-mayli. Olib boraman, endi meni tinch qo‘y!

— Unutma, soat 21:15 da Yonsu o‘sha yerda bo‘lishi kerak. — Kulib yubordim. Huddi o‘rta maktab o‘quvchilari kabi edi. Bunday tuyg‘ulari menga yosh bolalardek edi. Balki Jungkook mendan kattaroq bo‘lgani uchundir. Teahyung va Jungkookning farqi bilinardi. Teahyungning ahvolini ko‘rib, Jungkook allaqachon yetuk ekanligini sezdim.

Nihoyat o‘sha kutilgan vaqt keldi. Bugun Jungkook bilan gaplashmadim, shunchaki xabarlashdik, ishdan bo‘shab telefon qilishini aytgandi. Aytishicha, muhim narsa aytarmish.

— My angela! — Yonsuni quchoqlab oldim.

— Nima so‘ramoqchisan?

— Iyyy, quchoqlashim uchun sabab kerakmi? Hafa qilyapsan! — hazil qilayotganini bilsam-da, hafa ohangda gapirdim.

— Bo‘ldi-bo‘ldi, yur, davraga qo‘shilamiz!

— Yo‘q, avval men bilan yur, men o‘rmonda ajoyib manzara ko‘rdim, o‘sha yerga boramiz, — qo‘lidan tortib Teahyung aytgan yerga undadim.

— Zuha, allaqachon qorong‘u tushdi axir. Sen qorong‘idan qo‘rqsang, qanday bormoqchisan?

— Sen yonimda bo‘lsang, qorong‘udan ham qo‘rqmayman, yura qolgin. — Nihoyat rozi bo‘ldi. Tirjayib Teahyung aytgan joy tomon yurdik. Men avvalroq ko‘rgandim, rosa hush manzarali joy edi. Deyarli tog‘ shoqqisi edi. Bu manzaradan huddi oy tepasida sen uchun hamma yerni yoritayotganday bo‘ladi. Teahyung qanchalik romantik ekanini bildim. Yonsuning ham unga nisbatan his-tuyg‘ulari bor deb o‘ylayman. Ular baxtli bo‘lsa, men juda-juda baxtli bo‘laman.

Uzoqdan o‘sha joyni ko‘rdim, qorong‘u edi.

— Aaaa! — birdan baqirib yubordim. Bundan seskanib tushgan Yonsu shoshilib qoldi.

— Nima bo‘ldi? — Yonsu xavotirli gapirdi. Teahyungga kelyotganimizni bildirish uchun shunaqa qilgandim, o‘xshadi shekilli.

— Hech narsa bo‘lmadi, ko‘zimga ko‘ringanday bo‘ldi shekilli. Yur, tezroq! — yetaklab o‘sha yerga keldik. Yonsuning qo‘lini qo‘yib yuborib, asta ortga yurdim. Yonsu huddi yosh bola kabi manzarani tomosha qilardi, hattoki qo‘lini qo‘yib yuborganimni sezmadi ham. Teahyung kelib, qo‘lidagi tugmani bosdiyu, hamma joy yorug‘ bo‘ldi. Shiroqlar bilan bezatilgan, Teahyung esa qo‘lida gul ushlab turardi. Yonsu ko‘zini manzaradan uzib, orqaga qaradi. Hayrat ila ko‘zlari katta ochildi. Yuziga sezilar-sezilmas tabassum yugurdi. Boshqalar buni sezmasa ham, men uning quvonchdan porlagan ko‘zlarini ko‘rdim. Teahyung asta Yonsuga yaqinlashdi. Ayyy, bularning yoqimtoy turishinishi! Men beriroqda turganim uchun unchalik eshitmasdim, lekin Yonsuning jilmayganini ko‘rdim. Teahyung tinimsiz bir narsalar derdi. Yonsu esa jilmayib qo‘yardi. Oxirida Yonsu bir narsa dedi vaaaaaaa voyyyy, ular bir-biridan bo‘sa oldi. OMG, ko‘zlarimga ishonmayman! Demak, to‘g‘ri o‘ylabman, Yonsu Teahyungni sevar ekan! Axx, qanday zo‘r dugonam-ey! Ularni ko‘rib, Jungkook bilan birinchi bo‘samiz esimga tushdi. Uyatdan yuzlarim yona boshladi. Ularni yolg‘iz qoldiraman, bo‘lmasa ular ham uyalib qolishadi.

Yonsuni masxara qilish uchun ajoyib bahona paydo bo‘ldi. Ulardan uzoqlashdim. Lekin qorong‘u o‘rmonda birozim qoldim. Qo‘rqqanimdan yurak urishim tezlashib ketdi. Tez bosilgan qadamlar bilan yorug‘likni ko‘rdim. Yetib keldim demak. Yanada tezroq yugurdim, huddi ortimdan birov kuzatib kelayotganday edi. Nihoyat o‘sha yorug‘likka yetib keldim. Yo‘q, adashibman bu yer boshqa joy. Qo‘rqqanimdan qayerga yurayotganimni bilmay qoldim shekilli. Kulishib o‘sha yerdagi bir kulbadan uchtalab erkak chiqib keldi. Ulardan yordam so‘rasam, yo‘lni ko‘rsatib yuborisharmikan? Ha, so‘rab ko‘raman.

— Kechirasiz? Men sinfdoshlarim bilan kelgandim. Adashib qoldim. O‘rmonning ortasidan o‘tadigan ko‘l qaysi yo‘nalishda ekanini ayta olasizmi? — Ular hayron bo‘lib bir-birlariga qarashdi.

— Ha, adashib qoldingmi?

— Ha, shunday. O‘sha ko‘l qayerda ekanini bilmaysizmi? Menga yo‘lni ko‘rsatib yuboring! — Birdan telefonimga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu Jungkookdan edi. Ko‘tardim.

— Alo, Kapalak? Yaxshimisan? Nima qilyapsan? — Ovozida quvonch bor edi. — Senga aytgandim, senga sovg‘am bor deb. Bilasanmi, men hozir sinfdoshlaringning yonidaman. Dugonang bilan ketibsan, bu yerga qaytinglar tunda xavfli bo‘ladi! Alo..? Zuha, eshityapsanmi? — Yugurardim. Hech qayerga qaramay yugurardim. Telefonim yo‘lda tushib qoldi. Jin ursin, ahmoq soddaligim qursin! Telefonni olgan zahotim ular menga yaqinlashdi. Yuzidagi nigohdan butun tanam jimirlab ketdi. Qo‘rquv hissi tanamga yoyilar ekan, qochish kerakligini bildim. Yugurdim. Ular ham ortimdan yugurishardi. Mening tanam qanchalar zaif bo‘lmasin, ulardan yoshroq edim. Allaqachon bittasi ortda qoldi, lekin bu ikkitasi yugurishardi. Yuzimdagi yoshlar yo‘lni ko‘rishga to‘sqinlik qilar, o‘pkam esa issiq havodan yonardi. Bilmayman, ammo oyog‘im qattiq narsaga urildiyu yerga yiqildim. Yonimga kelgan erkak esa oyog‘imdan tortdi.

— Kelaqol, o‘zimga joniginam! — Yuzidagi hayvoniy tabassum bilan ustimga chiqdi. Qo‘lim izlagan narsani topdiyu, uning boshiga urdim. Baqirishim bilan u ustimdan turdi. Qo‘li bilan boshini ushlab qoldi. Men tezlik bilan undan uzoqlashdim, ammo mening oyog‘imni yana ushlab qolishdi. Nima bo‘lganini hattoki tushunmay qoldim. Yana yerga yiqildim. Miyyam bo‘layotgan narsalarni takror qilmasdan oldin, u kiyimlarimni yirtishga tushdi. Undan xalos bo‘lmoqchi edim. Qo‘llarim bilan, hattoki oyoqlarim bilan uni tepardim, lekin iloji yo‘q. Nega bunday bo‘layapti? Nega? Bunday bo‘lgandan ko‘ra o‘lganim yaxshi edi. Jungkookdan boshqa tanamga teginishini his qildim. O‘zimdan jirkanishni boshladim. Oyog‘imni bo‘shatganini sezdim-u, o‘sha iflos nuqtasiga tizzam bilan zarba berdim. Ikki bukilib qoldi. Og‘zidan turli so‘kishlar chiqardi, men esa orqaga tisarildim. Ornimdan turib yurdim-u, oyog‘im sirpanib qulayotganimni ko‘rdim. Oxirgi ko‘rganlarim esa shunchaki qorong‘ulik edi.

*Buni reja qilgandim. O‘sha kuni Zuhaning yoniga borishni va unga kutilmaganda syurpriz qilmoqchi edim. Ular yig‘ilishgan joyga keldim, lekin Zuhani topa olmadim. Aytishlaricha, Zuha dugonasi bilan ketgan ekan. Unga qo‘ng‘iroq qildim. Yo‘qimli ovozini eshitgim keldi.

— Alo, Kapalak? Yaxshimisan? Nima qilyapsan? Senga aytgandim, senga sovg‘am bor deb. Bilasanmi, men hozir sinfdoshlaringning yonidaman. Dugonang bilan ketibsan, bu yerga qaytinglar tunda xavfli bo‘ladi! Alo..? Zuha, eshityapsanmi? — U javob bermadi. Faqat shitirlashlarni eshitdim xolos. Yuragimda birdan g‘ashlik paydo bo‘ldi. Qo‘rqinchli hayollar miyyam tugul, tanamni ham titratib yubordi.

Sinfdoshlaridan biridan o‘sha dugonasi raqamini oldim. Qancha qo‘ng‘iroq qilmay, u ham ko‘tarmadi. Lekin oxirgi urunishda ko‘tardi.

— Eshitaman?

— Zuha qayerda? — U biroz jim turdi.

— Kimsiz?

— Men... men Jungkookman. Zuha qayerda? Bu yerda yo‘q deyishdi, sening yoningda ekan, unga telefonni ber! — Sabrim chegarasiga yetardi. Miyyam shunchalar qattiq qisilyapdiki, birov boshimdan bosayotganday edi.

— Yo‘q, Zuha allaqachon ketgandi. Rostdan ham yo‘qmi u? — Eshitdim-u, telefonni qo‘yib qo‘ydim. Dugonasining yonidan ketgan, bu yerda ham yo‘q. Demak... o‘rmonda... mening Kapalagim o‘rmonda... lekin... u qorong‘idan qo‘rqadi. Hammaga yo‘qolib qolganini aytdim. Hamma shuvlab ketdi. Men ularga e’tibor bermay, o‘rmon tomon yugurdim.

Hamma yerni qaradim. Hech qayerda yo‘q. Nega?.. Qayerlarni qaradim, bilmayman, ammo ko‘p yurdim. Oradan qancha vaqt o‘tdi, bilmayman, lekin quyosh chiqayotganini ko‘rdim. Zuhaga qancha marta qo‘ng‘iroq qilmay, baribir olmayapti. Hozir sovuq, mening Kapalagim sovuq qotayapti. Baqirdim, yugurdim, hamma yerni qaradim, lekin yo‘q. Mening Kapalagim. Jin ursin, Jungkook! Uni yubormasligim kerak edi. Qancha iltimos qilsa ham, ruxsat bermasligim kerak edi.

Uzoqdan bir ovoz eshitildi. Qanday ovoz — bilmayman, ammo bir ovoz edi. Ovoz kelayotgan tomon yugurdim. Oldimdan telefon chiqdi. Bu Zuhaniki edi. Lekin o‘zi qayerda? Bu yer deyarli tepalik edi. Oldinda faqat bir yo‘l bor — demak, u o‘sha yerda. Nihoyat, nihoyat topdim. Oldinga yugurdim. Oldimdan qon izlari chiqdi. Ozgina tomchi emas edi. Miyyamga kelgan fikrdan o‘zimdan nafratlanib ketdim. Unga hech narsa qilmagan. Yo‘q, unga hech narsa qilmagan! Yo‘nimda davom etdim. Yerda mato parchasi bor edi. Bu mening Kapalagimniki. Bittada bildim. Oldinda... oldinda esa faqat tepalik. O‘sha tomon yurdim. Yo‘q, yo‘q... Yo‘lning davomi yo‘q. Bo‘lishi mumkin emas, bunday bo‘lolmaydi! U... u... o‘rmonda. Mening Kapalagim o‘rmonda. U o‘rmonda Kapalak kabi uchib yuribdi. Shunday u... meni tashlab keta olmaydi, keta olmaydi! Yerga yiqildim. Madorim qolmadi. Ichimdagi g‘alayon yanada ko‘tarilayapti. To‘xtamasligim kerak. To‘xtashi mumkin emas — uni topishim kerak.

— K... Kapalagim... mening Kapalagim... ZUHAAA! — Bor ovozim bilan qichqirdim. Osmonga qushlar uchib chiqdi. Huddi yer titraganday, lekin mening Kapalagim eshitmadi. Mening Kapalagim meni eshitmadi...


Keyingi qismlarda:

— Afsusdaman.

— BU NIMA DEGANING, ABLAX?!


— Jungkook, o‘zingni bos, iltimos!

— O‘zimni qanday bosaman, amaki?! Qasos olaman. Har biridan qasos olaman. Bitta dona sog‘ suyagi qolmaydi!


— Yonsu, siqilma, bu sening aybing emas.

— Qanday mening aybim emas, Teahyung?! Zuha... Zuha meni deb...

Jungkook

Zuha

Yonsu

Teahyung

Ormon