May 24

𝗠𝗬 𝗣𝗥𝗢𝗙𝗘𝗦𝗦𝗢𝗥 || 𝗝𝗝𝗞

𝘦𝘱𝘪𝘴𝘰𝘥𝘦 𝘵𝘩𝘳𝘦𝘦

Oradan ikki kun utdi | Koreya.

Hammasi uz izniga tushib ketgan.. edi. Ayin ham jungkook ham hozir juda baxtli edi... Endi esa ularning nikohi haqida bosh qotirishi kerak edi.

Ayin 5 yil bu yerda bulmagani uchun biroz vaqtini bu yerga kunikish bilan utkazmoqchi.. Jungkook esa uziga ish qidiryabdi. Yana professorlik qilish haqida oldingi maktabiga ariza qoldirgan biroq Ayin bunga qarshi edi. Axir usha yerda u bilan tanishgandi. Yana birortasini topib olishidan qurqardi.

Ayin: Jungkook iltimoss qilayabman.. boshqa ish toping.. - dedi u ertalabdan eriga maktabdan chaqiruv qogʻozi kelganini bilgandan buyon.

Jk: Sevgilim nega qarshilik kursatasan. Axir oldin ham u yerda ishlaganman..

Ayin: shuninh uchun ham yuq deyabman. Usha paytda qizlar sizga qanday qaraganini yaxshi bilaman shuning uchun yuq deyabman - deb qiz yuzlarini burushtirdi. Jungkook bundan qah qah otib kulgancha qizni yelkasidan tutdi.

JK: butun hayolim sen bilan band bulsa qanday qilib men boshqalarga qarayman. Ularni uziga kelsak men ancha qarib qoldim..

Ayin: hecham qari emassizda.. kim aytdi sizni qari deb. Pff..- qiz shunday deb oshxonaga ketish uchun erining qulidan chiqdi.. Jungkook esa jilmaygancha kiyinishda davom etdi.. uz soxasi buyicha ish unga juda qul keladi..

Ayin oshxonada uziga va Jungkookga qora qahva tayyorlarkan Jungkook buyin bogʻini taqqancha uni ortidan turdi..
Qiz ortidan yaqinlik his qilib hursinib quydi..

Ayin: balki beznesgaa qaytarsiz.. dadandiz oldiga..

Jungkook qullarini oshxona stoliga quyib qizni qamal qilarkan yuzidan tabassum ketmadi..

JK: rashkchi sevgilim.. men senikiman nega shuni tushunmaysan.. - u qizning buyniga lablarini bosdi.. qiz bu yaqinlikdan kuzlarini yumdi lekin norozilik bildirishda davom ettirdi.

Ayin: tushunmaymanda nima qilay.. axir siz kelishgan bulsangiz

JK: sen ham juda guzalsan sevgilim..

Ayin: gapni burmang. Maktabda ishlamaysiz..

JK: biznes bilan shugʻullansam u yerda qizlar bulmaydimi..

Ayin: buladi u yerda siz boshliq bulasz shunday ekan men ham u yerda bulaman qizlarni uzim nazorat qilaman . - dedi u eriga ugirilib quli uning kastyumini chekkasini tugʻrilagandek buldi.. Jungkook esa qah qah otib kuldi.. 4 kun oldin unga sen shunday kulasan desa u usha odamni ustidan kulgan bulardi.. lekin bugun mana qiz uni yonida u esa shunday kulmoqda..

JK: yaxshi bugun borib kelay keyin yana gaplashamiz..

Ayin: biz kup narsalar haqida gaplashishiniz kerak hali..

JK: bilaman endi esa men ketdim. Seni sevaman.. - u shunday deya qizning lablariga yumshoq oʻpich quydi. Qiz jilmaydi..

- men ham sevaman..

Jungkook shu bilan uydan chiqib ketdi.. Ayin esa bugun nima qilish haqida uylay boshladi. Keyin tayyorlagan qahvasini yigitga bermaganini eslab kulib quydi.


Timeskip | 15:40

* Qarshimda turgan uyga qarab turarkanman.. utmishdagi yolgʻiz qiz esimga tushib ketdi. Usha vaqtda qanday yolgʻiz edimaa. Bu uy esa meni sherigim edi.. lekin endi bu uy endi uzini ranglarga buyabdi.. men bor vaqtim esa bu ranglar yuq edi. Lekin bundan xafa emasman.. meni shunday kuchli ayol bulishimga sabab buldi bu yolgʻizlik..

Ikkilanardim ichkariga kirish yoki kirmaslik haqida.. lekin men bu yerda qurqoq qiz bulolmasdim.

Ayin ichkari tomon harakat qilarkan qadamlari qatʼiyatli edi.. balki endi u ulgʻaygandir..

Eshik qungʻirogʻini bosgandan keyin bir oz kutdi.. keyin eshik ochildi.

5 yildan beri bir bora kurishni orzu qilmagan ukasi Yunho qarshisida turardi. Boshida Yunho uni tanimadi biroq qizning unga hissizlarcha tikilib turishidan keyin tanidi..

Yunho: opaa sizmisz.. - dedi u ikkilanish bilan. Ayin esa jilmaydi.. huddi mensimagandek.

Ayin: Ha men - dedi u ichkari tomon yurib utarkan. Ukasi esa opasi uzgarganidan hayratda edi. Oldin hech bulmaganda undan nimadir surardi hozir esa uni mensimay utib ketgandi.

* Uyimiz uzgaribdi.. nahot bu uyda ham endi qozon qaynayabdi.. nahot oilam endi bu yerda yashayabdi. Nega men bulgan vaqtim bu yerda bulishmagan.. ketishimni shunchalar kutishganmidi.. judayam achinarli.. men shunchalar keraksizmidim. Doim meni tashlab ketishgan lekin ukam...

U doim ularning oldida bulgan. Meni urnimni doim unga berishgan.. doim.

Zal deb ataydigan xonaga kirgan qizni ogʻzi ochilib qoldi.. bu yer oldin rangsiz edi.. hech narsa yuq edi deyarli.. lekin endichi.. hamma narsa bor.. suratlar quyilibdi..

Lee Minhyul Lee Mari va Lee Yunho.. Ayin kulib yubordi.. bu suratlarda u yuqligi uchun kuldi.. zotan ularni oilasida u hech qachon bulmagan.

Zal derazasi oldida aylanma kursida utirib kitob uqiyotgan ayol qizni kurishi bilan urnidan turdi.. u tanirdi qizni.. axir uzi tuqqan lekin mehr bermagan qizi Lee Ayin.

Ayin esa suratlar tomon yurdi.. ichidagi achishtiruvchi alam bilan ularga tikildi.. har bir suratda tabassum bor edi baxt bor edi. Ayin bu yerda yigʻlab utirganida ular baxtli edilar..

- Ayin.. - dedi ayol.

Qiz unga qaramadi ham.. kuzlari surat ostida tushirilgan sanaga qaratdi.. judayam kulgili edi hozirgi holatda..

Ayin: juda baxtli bulgan ekansizlar.. usha kuni.. - dedi u parkda tushgan suratga boqib.

Ayol boshini quyi egdi.. aybdorlikdan hijolatdan. U ushanda takkabbur edi faqat oʻgʻlini uylaydigan darajada xudbin bulgan.. endichi 5 yildan buyon kurmagan qizi qarshisida turibdi. Nima desin kechirim surasinmi..

- Ayin qizim.. - deb u qizga yaqinlashdi.

Ayin orqaga qadam tashladi.. bu esa ayolni joyida tuxtatishga sabab buldi. Ayol yana boshini egdi.. kuzlari yoshlandi. Lekin Ayin tik turardi. Kuzlarida yosh yuq edi.. biroz achinish bor edi.. lekin bu ayolga emas uziga nisbatan edi.

- Qayerda eding qizim.. - deb suradi ayol boshini sekin kutarib.

Ayin hazlsiz kulib yubordi.. ayolning suzlari u uchun haddan ziyod kulgili edi.

Ayin: buni surash uchun kech emasmi.. o-y-i-j-o-n dedi u oxirgi suzni chuzib urgʻu berib.

Ayol yana boshini egdi.. nima qilsin ayol qulidan faqat shu keladi axir.

- bilaman mendan jaxling chiqqan..

Ayin: jaxlim chiqqan.. - u onasini suzlarini buldi.. zaharli tarzda.. - jaxlim chiqishiga sabab bormi sizningcha..

Qiz jaxl bilan baqirib yubordi. Ayol esa yigʻladi.. hozir qiz nima desa ham haq edi..

Ayin: siz baxtli yashagan vaqtiz meni yana bir farzand bor deb uylaganmisz.. - dedi u suratlarga qarab..

Ayol yana boshini kutarib qizga qaradi.. lekin hech narsa deya olmadi..

Ayin: yuq chunki sizlarga faqat Yunho kerak bulgan.. sizlarga men kerak emas edim.. sizlarga faqat ukam kerak edi..

Ayol bosh chayqadi.. lekin Ayin qulini kutardi..

Ayin: bu yerga utmishni eslash uchun kelmaganman.. shunchaki men ketganimdan keyin qanday yashaganizni kurgani kelgandim.. kurdim endi ketsam buladi.. - u boshqa gapirmay tashqariga chiqib ketdi.. eshik oldidagi ukasiga qarab ham quymadi. Ayol esa yerga yiqildi.. Yunho onasini oldiga yugurdi..

Yunho: oyi oyijon.. nima buldi sizga.. - u ayolni uziga keltirish uchun yuzini siladi lekin ayol hushidan ketgandi.. - hozir hozir shifokor chaqiraman.. - deb u urnidan turdi..

Ayin ortiga ugirildi.. ukasini ovozidan qayta ichkariga kirdi. Onasi yerda yotardi.. lekin u hech narsa qilmadi..


Shifoxona | 17:20

* Shifoxona yulagida turar ekanman kuzlarim esa oyimni olib kirib ketishga eshikla tikilib qolgandi.. men tushunmasdim nima bulganini.. yoki tushunardim. Yunho esa urindiqlardan biriga utirgancha yerga tikilib qolgandi.. biz kelganimizdan beri bir ogʻiz ham gaplashmagandik.. men suramadim u esa aytmadi..

Qizni telefoni jiringlaganda Ayin hayollaridan chiqdi.. u sumkasidan telefonini olib ekranga qararkan "Hayolim" dev saqlangan raqamdan qungʻiroq bulayitgandi. U telefonga javob berarkan narigi tamondan Jungkookni ovozi eshitildi..

JK: alo sevgilim.. qayerdasan. - dedi u havotir bilan.. - uyga kelsam yuq ekansan..

Ayin biroz ukasiga qarab qoldi keyin esa chiqish tomon yurdi..

Ayin: yaxshiman men jungkook.. hozir borayabman.. uyga.

JK: qayerdasan sevgilim.. joyingni aytsamg olgani boraman..

Ayin biroz uylandi keyin ortiga ukasiga qaradi..

Ayin: shifoxonadaman..

JK: nega nima buldi axvoling yaxshimi.. - xovliqib suradi u.

Ayin: tinchlaning men yaxshiman.. shunchaki bu yerda oyimni olib keldim.. - qiz jim qoldi.. Jungkook ham jim buldi.. keyin esa sokin axvolda suradi.

Jk: u yaxshimi.. - deb suradi u. Qiz nima deb javob berishni bilmay qoldi.. yaxshi desinmi.. axir uzi ham bilmaydiku..

Ayin: bilmayman Jungkook.. bilmayman. Unga nisbatan hech narsani his qilmayabman men.

JK: hozir yoningga boraman.. biroz sabr qilib tur xopmi..

Ayin: xop..

Shu bilan aloqa tugadi. Ayin yana boyagi joyiga qaytdi.. yana yulakda bugʻuvchi sukunat yangradi..

Yunho: bizni yomon kuraszmi - deb suradi tusatdan u. Ayin ukasiga qaradi..

Nima deb javob berishni bilmay qolgan qiz jim qoldi.. u ularni yomon kurmaydi.. yaxshi ham kurmasdi.

Ayin: Men..

- Yunho.. - qiz suzlarini tugatmasdan yulakda erkak kishining jarangdor ovozi eshitildi. Qiz boshini burib qaramaadi. Yunho esa urnidan turib uzini erkakning quchogʻiga otdi.

- oying yaxshimi.. doktorlar nima deyishdi.. - deb suradi erkak ugʻlini yuziga qararkan.. kuzlarida qurquv bor edi. Yuqotish qurquvi..

Yunho: ular hali chiqishmadi.. oyim haqida ham hech narsa demadi.. - deb yigʻlab yubordi bola.

- yigʻlama hammasi yaxshi buladi.. u sogʻayib ketadi hali.. - erkak uni ovutdi.. lekin bola bosh chayqadi..

Yunho: ular tuzalmasligini ikkimiz ham bilamiz dada.. ular endi sogʻaymadi.. ularsiz nima qilamiz.. - yigit hiqqiladi yigʻlagandan.

Erkak kishi yigʻlamaydi uyat buladi deyishadi.. lekin yaqin insonini yuqatayotganida nima qilishi kerak.. Yunho 15byosh bulsa ham oʻgʻil bola edi.. lekin onasini yuqotish unga qattiq tasir qilardi albatta..

Erkak yana oʻgʻliga gapirmoqchi bulganda kuzlari devorga suyanib turgan qizga tushdi. Juda tanish va notanish..

- Ayin.. - deb pichirladi erkak. Qiz sekin boshini kutardi.. kuzlarida hech narsa yuq edi..

Qiz erkakga tikilib qoldi. Oxirgi martta kurganiga ancha bulibdi. Sochlari oqargan yuziga ajin tushgandi erkakning.. lekin shunda ham salobatli edi..

- Ayin qayerda eding - dedi u ayblovchi oxangda.. keyin unga yaqinlashishga urundi. Qiz hech qanday harakat qilmadi.. qochmadi yoki oldinga ham yugurmadi. Erkak qizni quchoqladi.. - qayerlarda eding..

Qiz hech narsani his qilmadi yana. Hatto dadasini quchogʻida bulsa ham. Bir paytlar bu narsani hohlagandi biroq endi buni istamasligini tushundi..

Erkak orqaga chekindi.. qizning kuzlariga qaradi.. unda hech narsa kurmagandan keyin uzini aybdor his qildi..

- qizim.. kechir meni - dedi u.. pushaymonlik bilan. - senga yaxshi ota bulmaganim uchun kechir..

Ayin: buni endi axamiyati yuq.. xuddi meni sizlarga axamiyatim bulmaganidek.. - qiz hissiz gapirdi.. va atasidan ikki qadam orqaga chekindi.. erkak hech narsa demadi..

- Bilaman bizdan hafa bulishga haqqiing bor..

Ayin: hafa bulish deysizmi buni.. - qiz achchiqlandi.. - yuq men hafa bulmayabman dada..

Erkak qizga tikildi.. mana endi qilish qizning kuzlaridan yosh oqdi..

Ayin: men hech narsani his qilmayabman.. men sizlarga nisbatan hech narsani his qilmayabman. Nega buni bilaszmi.. sizlar bu hislarni yuq qildilariz.. - u ochiqchasiga dadasini aybladi..

Yunho: oyim kasal.. opa.. hozir shu kerakmi.. - oraga ukasi qushildi.

Ayin: men ham kasal bulganman.. men ham yosh bulganman.. haftalab turmaganman urnimdan..lekin yonimda hech kim yuq edi. Sen kasal bulsang shifoxonama shifoxona yuguradigan ota onam yuq edi meni oldimda.. - qiz oxirgi suzlarini barralla aytdi.. Yunho jim bulib qoldi.. - yonimda dugonam Jendan boshqa hech kim bulmadi.. nega endi men ularni uylashim kerak..

Yunho: ular ota onangiz.. sizni dunyoga keltirgan insonlar. - ana endi Yunho ham jaxl bilan gapirdi..

Ayin: qaniydi meni dunyoga keltirmasa.. qaniydi meni tugʻmaganda.. bunday yashashdan tugʻilmaslik afzal ukajon.. sen men his qilgan ogʻriqlarni birortasini ham his qilib kurmagansan.. shunday ekan menga jaxl qilma..

Bola jim buldi.. u opasi haq ekanligini bilardi lekin onasi ichkarida ulayotgandi.

- Bizni kechir hammasi uchun..

Ayin: kechirim bilan utib ketadimi.. utib ketmaydi.. shunday ekan.. mendan kechirim suramang..

- Lee Mari uchun kim.. - dedi shifokor.. erkak darrov unga yaqinlashdi. Ortidan Yunho ham. Ayin esa usha joyida qoldi. Masofa uzoq emas edi. U barchasimi eshitishi mumkun..

- menman. Men uni eri bulaman.. - dedi Minhyul.. shifokor qulidagi qogʻozga bir qarab oldida keyin yana erkakga qaradi.

- ayolingizni axvoli yana ogʻirlashgan. Usimtaga endi hech qanday dori ham terapiyalar ham yordam bermayabdi. Mari xonim hozir jonlantirish bulimida yotibdi. Menimcha umid qolmadi.. - shifokor afsus bilan bosh chayqadi.. erkak boshini egdi.. Yunho esa yana yigʻlab yubordi.

- glioblastoma oxirgi bosqichda hech qanday davolashni qabul qilmaydi. Ayolingiz endi dori ichishga ham qiynalishi mumkun.

Minhyul: hech qanday chorasi yuqmi.. janob doktor..

- yuq.. oxirgi daraja bu degani hech narsani qabul qilmaydi.. janob menimcha endi unga ruhiy dalda berish kifoya .. uzur surayman.. - shifokor shunday deya yana ichlariga qaytib ketdi. Erkak bukilib qoldi.. Yunho esa otasini ushlab urindiqqa joylashishiga kumaklashdi.

Ayin hamon usha joyida kuz yoshlari bilan qolib ketdi. Onasini ulishini eshitish yuragidagi qaysidir burchakdagi hislarning zanjirini ozgina yengillashtirgandek edi..

* Judayam achinarli bu xolat.. men bunday bulishini kutmagandim. Onamni ulishini bilmagandim. Bilganimda ham hech narsa qila olmayman. Men hozir his qilayotgan narsa nima ekanligini ham bilmayman.. men achinyabman halos.. birdan kimningdir issiq quchogʻiga tortilganimda sergaklandim.

Ayin yoqimli iforni his qilarkan.. u ham erkakni quchoqladi..

JK: hammasi yaxshi buladi.. - dedi u..

Ayin esa bosh irgʻadi.. lekin hech narsa demadi.. Jungkook esa boshqa hech narsa suramadi chunki u hammasini eshitgandi..

Minhyul: janob Jeon.. - erkak hayrat bilan suradi u. Jungkook qizni quchogʻidan chiqarmagancha qizni otasiga qaradi..

JK: janob Lee.. - boshini yengil eggan Jungkook erkakga hurmat kursatgan buldi..

Minhyul: sizni anchadan beri kurmagandim.. bu yerda nima qilayabsiz.. - erkak hamon hayratda.. qizini quchib turgan sobiq professorni kurib albatta..

JK: ha ishdan ketganimdan keyin.. barcha aloqalarni tuxtatgandim..

Minhyul: qizim bilan qanday aloqangiz bor..

Jungkook Ayinga qaradi.. Ayin esa qimirlamadi.. shunchaki hammasini Jungkookni uziga topshirdi..

JK: qizingizni qulini suramoqchiman janob Lee..

Erkak hayrat bilan yoqa ushladi.. qiziga qaradi lekin Ayin unga qarashga holi yuqdek kurindi..

JK: biz ketamiz janob Lee.. bir kun vaqtingizga qarab uyingizga boramiz.. - u yana erkakga tazim qildida ortga ugirildi.. erkak esa hayrat bilan joyida qolib ketdi. Yuzida birdan norozi yuz ifoda paydo bularkan.. u jungkook va qizini ortidan bormoqchi bulganda Yunho uni qulidan ushlab qoldi..

Yunho: dada iltimos indamang.. opam u bilan baxtli bulishiga ishongan.

Hech bulmaganda u opasiga yon bosishni epladi.. erkak esa jaxl bilan qulini tortib oldi..

Minhyul: uni yoshini bilasanmi.. opang endi 23 ga kirdi.. Jungkookchi.. u 32 ga kirgan... Ular urtasidagi yosh

Yunho: nima qilibdi.. siz bermagan baxtni opamga usha inson berayotgan ekan.. indamang.. opam uzi umr yoʻldosh tanlaydigan yoshda..

Yunho duq qilgancha yana urindiqlarga utirdi.. erkak esa jim qolib ketdi.. ming jaxllansa ham oʻgʻlini gaplari rost ekanligini ham bilardi..