Darkness Flower
—Ba’zan zulmat seni qo‘rqitish uchun emas, asl haqiqatni ko‘rsatish uchun keladi.
Tong yorishgan va allaqachon Koreadagi biroz tartibsiz ammo sokin kunlarning biri boshlangan edi.
Hamma o‘z ishiga shoshar ammo ko‘proq o‘smir yoshdagi yigit qizlar maktabga shoshilishar edi.
Soat belgilangan vaqtni ko‘rsatgandan so‘ng yoqimsiz jiringlash ovozi yangradi.
- Yana birozgina - uyqusiragancha budilnikni o‘chirishga urungan qiz uni tokchadan tushirib yubordi
Ovoz esa hamon tingmas edi. Uyqusi o‘chgan qiz asabiylashgancha o‘rnidan turdi.
- Lanati! Jin ursin seni - yerda yotgan soatli budilnikni qo‘liga olib uni o‘chirgan Mira unga qarab uyqusi rostakamiga o‘chib ketdi.
- Yo xudoyim! Naxotki uxlab qolibman! - tezlikda issiq o‘rnidan sapchip turgan Mira dush qabul qilish uchun hammomga kirib ketdi
Qisqa vaqt ichida hammomdan maktab formasidan chiqgan Mira oyna qarshisiga kelib sochlarini tartiblay boshladi.
Maktab sumkasini olgacha pastki qavatda ovqatlanib turgan akasining yoniga tushdi.
- Xayrli tong - degancha akasini quchib qo‘ydi.
Sumkasini stulga qo‘yib , oshxonaga borib o‘zi uchun sharbat tayyorlay boshladi.
- Bugun kech uyg‘onibsanmi? Soat allaqachon 7:30 daqiqa o‘tgan - dedi akasi telefoniga qaragancha xotirjam nonushta qilar ekan
- O‘zingizchi Janob Jeon bugun uyga kelmay tongda kelib turib yana meni so‘roq qilyapsiz - dedi kesatgancha Mira.
- Men kechqolyapman ketishim kerak. O‘qishingda omad - dedi Jungkook kostyumini olgancha.
- Meni eltib qo‘ymaysizmi? - dedi akasing ortidan qarab qolgan Mira - yana gapni olib qochishinichi!
- Bugun men eltib qo‘yolmayman!
Maktabga oz vaqt qolganini sezgan Mira sharbatini oz qismini ichdi va qolganini idishga solib sumkasiga joyladi.
Uydan chiqar ekan dimog‘iga kuz faslining ifori urildi. Sarg‘ish tusga kirgan daraxt barglari va oynadek dinniq osmon. Bir zum ortiga o‘girilib hashamatli uyga qarar ekan qayg‘uli ifodada jilmayib qo‘ydi.
- Shunday ajoyib ob havoda shamol qayerdan esdi desam bu sening xo‘mrayishing ekan-da ? - dedi yigit va - nega tongdan kayfiyating
Oldidagi yigitning hazilomuz gaplariga nim tabassum qilib qo‘ygan Mira dedi:
- Salom Felix. Hammasi joyida shunchaki akam bugun tunda ham kelmadi. Shunga xavotir oldim. - dedi Mira mashinaga chiqish mobaynida
- Xavotir olma Mira hammasi joyida - dedi Felix haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirar ekan Miraga qarab qo‘ydi.
- Meni bilmaydi deb o‘ylaydilar. Ammo hammasini nimalar qilib yurganlarini ham sezaman. Qo‘rqyapman Felix. Ota onamdan keyin akamdan qattiq xavotirdaman - harakatlanayotgan mashina derazasidan tashqariga termulgancha dedi Mira
- Men senga hammasi joyida dedimmi? Demak joyida. Qachon seni aldaganman? - dedi Felix Miraning kayfiyatini ko‘tarishga urunib
Tashqariga qarab ketar ekan ko‘zi o‘zi istamasa ham atrofga etibor bera boshladi. Uzoqdan maydonchada ota onasi bilan o‘ynayotgan 1qizchani ko‘rdi. Va xotiralar ko‘z oldidan o‘ta boshladi.
* Doim maktabdan kelgandan so‘ng oyimga iltimos qilar edim xiyobonga boraylik deb. Ammo ruxsat berishmas edi. Dadamning dushmani ko‘pligini chiqsam menga ziyon yetishi mumkunligini aytishar edi. Ammo oyim men uchun harakat qilar edilar va bazida tashqariga chiqar edik. Maktabda ham tengdoshlarim bilan bo‘lolmas edim. Do‘stlarim yo‘q. Shuning uchun hamdur balki mening yagona do‘stim ham oila azoyim ham men uchun akam edi
- yetib keldik. Senga yaxshi kun tilayman , malika - dedi Felix unga jilmaygancha
- Senga ham , Felix. Kuning yaxshi o‘tsin - degancha mashinadan tushgan Mira endi ketmoqchi edim
- Mira - Felix uni chaqirganini eshitgan Mira u tomonga o‘girildi
Bir zum Felix hech narsa demadi. Mira esa savol nazari bilan qarab turar edi:
- Biror narsa bo‘ldimi? - dedi Mira unga qarab
Hayollarini yig‘ib olgan Felix shoshgancha dedi:
- Aa haa haligi ... - dedi va mashinadan bir quti shirinlikni olgancha unga uzatdi - buni ol. Tongda hech narsa yemagandursan
- Rahmat. Kayfiyatimni ko‘tarding. Ular.... - dedi Mira va Felixga qaradi
- albatta qulupnayli. - dedi kulib
Javoban Mira ham kulib qo‘ydi va qo‘l silkigancha maktab tomon yurib ketdi.
- Qara ... Yujin . Ana ana ana ....
- Nima bo‘ldi Sohe. - dedi Yujin u ko‘rsargan tomonga qaragancha - Yo xudo yana boshladingmi , sohe
- Nima? Hali hech narsa demadimku
- Hozir boshlaysanda. Mira unaqa mira bunaqa deb g‘iybat qilishni - dedi kesatib Yujin
- sen o‘zi mening do‘stimmisan yoki uning! Jin ursin - asabiy ohangda do‘stiga gapirgancha sinfxonasi tomon ketdi.
Sinfiga shoshayotgan Mira tez tez qadamlar bilan zinalardan ko‘tarilgancha yurar ekan kimgadur durdilib ketdi.
- Meni kechiring uzur so‘rayman - dedi Mira egilib uzur so‘ragancha
- hech qisi yo‘q - dedi turdilib ketgan odam ham.
Mira narsalarini yerdan olgancha yo‘lini davom etar ekan. Endi nimadur g‘alati tuyular edi. Qadamlari biroz avvalgidan sekinlashdi va nimadur g‘alati.
Telefoniga bo‘lgan qong‘iroq uning etiborini tortdi.
- Mira meni diqqat bilan tingla. Ammo gaplarimga sezilarni javob berma. - dedi Felix.
- Ortingdan kimdur kuzatyaptimi ? Atrofingda shubxali odam bormi?
- Ha menda sen aytgan narsa bor . Bugun darsdan keyin ko‘rishgan beraman - Dedi Mira odatdagidek gapirishga harakat qilib
- Yaxshi. Shubxa uyg‘otmasdan orqa eshikga bor men seni olib ketaman.
- yaxshi. O‘zi u senga nega kerak? Biror narsa bo‘ldimi? Hammasi joyidami ? - dedi Mira qadamlarini sekinlatib
- kelganingda tushuntiraman , Mira. Go‘shakni qo‘yyapman- dedi Felix
- tushunarli o‘zingni ehtiyot qil.
So‘ng Mira ham qo‘ng‘iroqga yakun yasadi.
Dars boshlanganini bildirgan holda qo‘ng‘iroq chalinar ekan hamma o‘quvchilar o‘z sinfiga shoshar edi. Bu vaqtdan foydalangan Mira o‘quvchilar orasida g‘oyib bo‘ldi.
Orqa eshikdan chiqgan Mira Felixning mashinasini ko‘rar ekan, tezlik bilan mashinaga o‘tirdi.
- Endi menga hammasini tushuntir! - dedi Mira tezda harakatga tushgan mashinaning oynalaridan maktab darvozasiga qaragancha
- Oldin buni ol. Suv ichib ol va tinchlan. - Dedi Felix unga suv uzatgancha.
Mira suvni olib ichar ekan Felix gap boshladi.
- Xullas akangning dushmanlari ular uyga bostirib kirishgan. Yaxshi hamki u yerda hech kim yo‘q edi. Ammo ular seni topishgan va katta ehtimol Janob Jungkookni yani akangni yo‘q qilish uchun sendan foydalanishmoqchi. - dedi Felix va qo‘shimcha qildi - oldinlari bu darajada bo‘lmas edi. Bunisi jiddiy kirishganga o‘xshaydi.
- Bu nima deganing? Akam qayerda? Ahvoli yaxshimi? - Dedi Mira yana xavotirlanib
- Ha xavotir olma. Janon Jeon yaxshi. Hozir senga hammasini to‘lliq tushuntira olmayman. Akang kelganida senga tushuntiradi. Hozir esa mening vazifam Seni xavfsiz joyga olib borishga va xavfsizligingni taminlash - Dedi Felix
- Tushunarli... - deyish bilan kifoyalandi Mira. Sezdiki ortiqcha savol berishning ham foydasi yo‘q.
* Umid qilamanki hammasi joyida bo‘ladi. Odatda bunday holat bo‘lib turar edi. Ammo menga faqat bir necha kun maktabga bormasligimni aytishar edi. Xolat shu darajada jiddiymi? Men akamning zaif nuqtasi bo‘lib unga ziyor keltirishni rostan ham istamayman. Lekin bilamanki hozir akam yaxshi. Felix yaxshi dedimi demak chindan yaxshi.
Bir necha kunda hammasi yana avvalgidek bo‘ladi va o‘z iziga tushib ketadi....
Deb o‘ylagan edim. Ammo hayotim bu darajada qaltis burilishga duch kelishini umuman kutmagan edim ... o‘shanda.
Sevgi bu — uni eslab tabassum qilish. U hatto uzoqda , seni tanimasa ham....<3