November 8, 2025

Between fear and love

Author: angeloMiaᵇᵃᵇʸ🎀

>Cross my heart hope to die
>To my lover I'd never lie
>He said ,, be true "
>Him and i'l try
>In the end it's him and I
>He's out his head I'm out my mind
>We got that love the crazy kind
>I'm his and he is mine
>In the end it's him and I
~Him & I

~ ~ ~

Izg‘irin shamol atrofni to‘ldirgan edi . Kuz tugab qish ilk kunlari boshlanay deb turibdi . Vaqtga qarasa hali oqshom ekanligini ko‘rsatmoqda ammo ob havoda kech tushib ulgurgan . Odamlar esa uylariga shoshmoqda . Ayrimlar esa shunchaki kafe va restarantlarda vaqtini o‘tkazmoqda

Bu sharoitda kutubxonada hech kim yo‘q hisob . Faqat 2 qizdan tashqari . Suhbat esa keskinlashib kerakli mavzuga keldi .

- Javob berasanmi ? Yoki shunday turaveramizmi? - dedi Hari biroz g‘azab bilan

Sena hamon o‘ylanmoqda . Endi nimadirni aytishga shaylangan edi hamki , ikkilanish bilan dedi :

- sen . . . Shunchaki noto‘g‘ri o‘ylayapsan , Hari ! Men men . . .

- Nimani noto‘g‘ri o‘ylayapman ? Nima sen , xo‘sh ? - hari uni battar siquvga ular edi

Biroz vaqtlik sukunat , jim-jitlik , xavotirli nafaslar va yurak urushining buzulgan ritmi o‘zi qaltis bo‘lib ulgurgan vaziyatda battar xavotirli aks oldirar edi .

Kutulmaganda Senaning tushunarsiz gapi Harini hayron qolishiga sabab bo‘ldi:

- Men shunchaki ota onamning qotilini topmoqchiman ! - dedi Sena va ko‘zlarini asabiy yumib sumkasini olgancha ketishga shaylandi

- shoshma ! Gapni boshladingmi oxirigacha menga tushuntir , Sena ! - uning qo‘lidan tutib qolgan Hari alam to‘la nigohlarga duch keldi

- Men aslida boshlashni ham istamagandim ! Sen boshlading va endi o‘zing davom ettir ! - dedi Sena achchiqlanib va so‘ngida - yoki sevgilingdan so‘ra , davom ettiradi !

- N.nima ? Nimalar deyapsan , Sena ? Yoongini bunga nima aloqsi bor ? - dedi Hari tushunarsiz qiyofada

- rostan ham bilishni xoxlaysanmi ?

Biroz jimib qolgan Hari , nigohini pastga tikdi .

- Ha , xoxlayman !

~ ~ ~ ~

Bugungi ko‘plab yig‘ilishlar va offisdagi hujjatli ishlar sabab o‘zida charchoq his qilgan yoongi kunning tugayotganini ko‘rib horg‘inroq o‘rnidan turdi va offisdan chiqa boshladi

Chiqish mobaynida soatga qarar ekan deyarli tun kirib ulgurganini payqadi . Unga bo‘lgan qo‘ng‘iroq sababli cho‘ntagidan telefonini oldi va kim qilayotganini tekshirdi

- xayrli kech , qushcham . Meni sog‘indingmi - dedi Yoongi nim tabassum bilan

- Yoongi , seni kechki ovqatga taklif qilmoqchi edim - dedi Hari

- Yaxshi senga manzilni yuboraman - dedi Yoongi . Ammo Harining gaplari uning hayratiga sabab bo‘ldi

- Yaxshisi mening uyimga kel - dedi Hari dadil bo‘lib

- Yaxshi - dedi Yoongi telefonni o‘chirgancha - o‘zingni o‘zing burgud changaliga tuttiryapsan , qushcham

Timeskip / birozdan so‘ng

Mashinadan tushgan Yoongi haydovchiga mashinani qoldirib ketishini bildirgancha , mexmonxona eshigi tomon bordi . Lift tomon yurib kerakli qavat tanlash mobaynida o‘ziga kerakli raqamga sms yubordi .

Telefoniga kelgan sms ko‘rgan Hari oynaga qaragancha yana bir bor uzun sochlarini yelkalari ustidan to‘g‘irlab yoygacha labiga lab bo‘yog‘ini surtdi

,, Sen deyarli burgut changalidasan , qushcham ! "

Eshik qo‘ng‘irog‘i chalinganini eshitgan Hari , shahdam qadamlar bilan eshik tomon bordi va uni ochib keng tabasumm qildi :

- Salom Yoongi . Yaxshi keldingmi ? - dedi Hari Yoongini uyga kiritish mobaynida

Yoongi allaqachon mast bo‘ldi . U hali hech narsa ichmadi , ammo Harining bu harakatlari o‘zini tutishi va undagi joziba allaqachon Yoongini es-hushidan ayirib mast qilib ulgurgan edi .

- Nimadir ichishni xoxlaysanmi ? - dedi Hari stolga o‘tirayotgan yigitga qarab

- senda viski bormi ? - dedi Yoongi ehtiros to‘la nigohlarini qizga tikib

- qizilidan ichishga nima deysan ? - dedi Hari ham miyag‘ida kulgancha

Oshxonaga kirgan Hari 2 qadah oldi va ularni viski bilan to‘ldila boshladi .

Yoongining oldiga qaytib ulardan birini unga uzatar ekan :

- 1daqiqa men hozir kelaman - degancha yuqori qavatga chiqib ketdi

Uning ortidan qarab qolgan Yoongi lablarini tishlagancha qadahdagi viskidan simirdi .

Oradan 10daqiqalar o‘tdi ammo Hari hamon kelmas edi . Biroq Yoongini bu havotirga solmas edi , unga havo yetmayotgan edi .

Bir nechta tugmalarini bo‘shargan Yoongi chuqur chuqur nafas olar edi .

- H.harii ! Hari qayerdasan ?! - bir qo‘liha tayangancha ko‘z oldi xiralashgan Yoongi zinalardan mamnun holda tushayotgan qizni ko‘rib bir zum nafas ololmay qoldi .

- N.nega ?!

~~~

- Jin ursin ! Och eshikni! Bu nima qilganing ! Kimsan o‘zi och deyapman - asabiy eshikni tepingancha baqirgan qiz eshik ortidan kelayotgan oyoq tovushlaridan biroz bo‘lsada o‘ziga keldi

Keyingi soniyalarda eshik qulfi buralib ochilar ekan , uning ortidagi insonni ko‘rib Sena biroz hayratda qoldi

- Sen ?! Jin ursin seni , Jeon . Nega meni olib qochding! - dedi qiz asabiy - Agar akam topib bo‘lsa nima qilishini o‘ylab ko‘rdingmi ? Salkam mening yo‘qolganimga 1kun bo‘ldi allaqachon akam butun Koreani oyoqga turg‘izgan !

- Xo‘sh shunga nima bo‘libdi , kichkina xonim ? - dedi xotirjam bo‘lib yigit

- akam seni topsa meni olib qochganing uchun seni burdalab go‘shtingni itlarga yem qiladi , Jeon ! - qo‘lini yigitga niqtagancha pas va tahtidli ovozda dedi qiz

- Unday bo‘lsa kichkina Kim ! - u tomon sekin qadam bosar ekan dedi yigit . Quloqlari tomon ohista egili shivirladi - akang meni topib burdalaguncha sen mening izmimda bo‘lasan !

- Lanati ! Mendan nima xoxlaysan

- bu gaping aqilli qaror bo‘ldi - dedi yigit eshikni qulflagancha Sena tomon qadam tashlab

- Nima qilmoqchisan ?! Mendan nari tur ! - dedi qiz 1 2qadan ortga tashlab

- Qo‘rqma kichkina Kim , tishlamayman ! - dedi yigit mazqaranomuz ohangda qiz qarshisidagi stolga o‘tirish mobaynida

Bir zum qiyofasi jiddiy tus olgan yigit qizni so‘roq qila boshladi:

- Yoongi qayerda ? Ahh mazur tutasan savolni o‘zgartiraman , Hari qayerda !

- Men ularni qayerdaligini qanday bilishim mumkin ? Axir o‘zing mafiasan 1ta qizni topolmaysanmi - dedi qiz mazqaronomuz ohangda

- o‘zingni bilmaganga olma , Sena ! Sen Hariga bor haqiqatlarni aytib berganingni bilaman - dedi Jungkook asabiylashib

- Unda ajoyib ish qilibman , tasanno ! Qoyil o‘zimga ! - dedi Sena telbanamo jilmayib qarsak chalgancha - endi nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi !

- Sena ! Esingni yepsan ! Bu qilmishingni deb nimalar bo‘lishini tasavvur qilyapsanmi ?

- XO‘SH O‘ZINGIZNING QILMISHINGIZNI DEB NIMALAR BO‘LISHINI TASAVVUR QILDINGIZMI ! OTA ONAM VAXSHIYLARCHA O‘LDIRILDI AMMO ULARNI XUDDI AVTOHALOKATDA O‘LGANDEK KO‘RSATDINGIZLAR ! - dedi sena ko‘zlarida alamni o‘zi xoxlamaydigan yosh bilan - o‘shanda nimalar bo‘lishini tasavvur qilganingizda edi , hozir bular bo‘lmasdi , Jeon !

- Sena ! Bunda mening aloqam . . . . - Jungkook endi gapirmoqchi edi hamkiy Sena uni gapini bo‘ldi.

- Bu ahamyatsiz ! Sen shu qotillikni berkitgan insonsan ! Harining otasi esa shunchaki noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri joyda paydo bo‘lgan bir noto‘g‘i inson edi !